Bog’dorchilik, mevachilik 1 q X. ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi



Download 13,21 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi13,21 Kb.
#222852
Bog'liq
Bog`dorchilik


BOG’DORCHILIK, mevachilik — 1) q.x. ning meva, uzum va rezavor mevalarni yetishtiradigan muhim sohasi. Aholining meva va meva mahsulotlariga, sanoatning meva xom ashyosiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Sof B. (olma, nok, o’rik, gilos va b. yetishtirish) va ko’chatchilik (ko’chatzorlarda mevali daraxtlar ko’chatlari yetishtirish) tarmoqpariga bo’linadi. Jahon bog’dorchiligida 200 dan ortiq meva, rezavor meva, yong’oq meva turlari ekiladi, ulardan 100 meva turi sanoat ahamiyatiga ega. Olma, zaytun, finikiya palʼmasi, banan, mango, tok eng ko’p ekiladigan meva turlariga kiradi. B. Xitoy, AQSH, Hindiston, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Fransiya, Italiyada rivojlangan. O’rta Osiyodagi B. haqida dastlabki maʼlumotlar mil. av. 1-ming yillikning o’rtalariga oid yunon, xitoy, rim manbalarida uchraydi. O’rta Osiyo ko’pgina meva turlarining vatani hisoblanadi. Asrlar davomida xalq seleksiyasi asosida o’rik, olma, nok, yong’oq, bodom, anor, tok va b.ning juda serhosil navlari yaratilgan. Ularning ko’plari sifat jihatidan dunyo kolleksiyasida o’zining takrorlanmas o’rniga ega. 20-a. boshlarida hozirgi O’zbekiston hududida taxm. 50 ming ga bog’, jumladan 22 ming ga mevazor, 37 ming ga tokzor bo’lgan. Bog’larning asosiy maydonlari Fargona vodiysi (24%), Toshkent vohasi (36%) va Zarafshon vodiysi (tokzorlarning 50%) ga to’g’ri kelar edi. Bog’larda danakli mevalar 70% ni (asosan o’rik), urug’li mevalar (olma, nok, behi) 25% maydonni egallagan edi. Shahar va qishloqlar atroflarida alohida mevazorlarda aholining bog’lari va chorbog’lari (mevazor, tokzor, poliz va sayilbog’)da mevalar, tok, turli gullarning mahalliy navlari ekib kelingan. Yetishtirilgan mevalar yangiligida isteʼmol etilgan, lekin qoqi va mayiz solish asosiy o’rinda turgan. 20 y.larning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan mevachilik va tokchilik xo’jaliklari barpo etila boshladi, tog’ va tog’ etaklari zonalarida joylashgan jamoa xo’jaliklarida ham bu tarmoqqa katta eʼtibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadlarida olma, nok, uzum va b. ning Yevropa mamlakatlarida yetishtirilgan navlari keltirib ekildi. 50-y.lar oxiri — 60-y.larda 2500—3000 ga bog’ va tokzorlarga ega bo’lgan agrokombinatlar tashkil etildi.

Respublikada meva va rezavor mevaning 20 turi ekiladi. Urug’li meva daraxtlari (olma, nok, behi va b.), danakli meva daraxtlari (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos, olcha, oluvoli va b.), subtropik o’simliklar (anor, anjir), yong’oq mevalilar (yong’oq, pista, bodom), rezavor mevalilar (qulupnay, malina, smorodina, chakanda) asosiy o’rinni egallaydi. Olma, nok va tokning yozgi, kuzgi va kishki navlari muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. Tokchilik qadimdan Toshkent, Samarqand viloyatlari, Farg’ona vodiysida taraqqiy etgan, xo’raki, mayizbop va konserva mahsulotlari (shinni, murabbo, sharbatlar) hamda vinochilik yo’nalishlariga ega. O’zbekistonda meva qoqilari va mayizning noyob xillari tayyorlanadi. Respublikaga tropik va subtropik mintaqalardan olib kelingan limon, apelsin, mandarin, unobi, sharq xurmosi, pekan kabi mevalar tobora ko’proq maydonlarda ekilmoqda. Andijon, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ko’pgina xo’jaliklarda issiqxona limonzorlari barpo qilingan. Respublika bo’yicha bunday issiqxonalar maydoni 427 ga dan ko’proq (2001). 90-y.lardan boshlab paxta maydonlari qisqartirilishi munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi; Xorazm, Buxoro, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko’plab bog’ va tokzorlar tashkil etildi. Respublikada 100 dan ortiq ixtisoslashtirilgan B. xo’jaliklari bor. Respublikada bog’larning umumiy mayd. 320 ming ga ga yetdi (meva bog’lari 199 ming ga, tokzorlar 120 ming ga), yalpi meva va uzum hosili 833 ming t dan oshdi (1999). Mevaning har bir viloyat, tumanning tuproq va iklim sharoitiga moslashtirilgan, r-nlashtirilgan navlari ekiladi. 2) B. fan sifatida mevali daraxtlarning tuzilishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi hamda hosil berish qonuniyatlarini, shuningdek ularning tashqi muhit bilan aloqadorligini o’rganadi, turli tabiiy muhitda o’sib, yaxshi hosil berishini taʼminlash uchun ilg’or agrotexnika usullarini ishlab chiqadi. B. biol., tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo hamda umumiy dehqonchilik bilan bevosita aloqador bo’lib, B. agrotexnikasining barcha usullari shu fanlarga asoslanadi. O’zbekistonda B.ni rivojlantirishda akad. R. R. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti va O’zbekiston O’simlikshunoslik institutitsht xizmati katta. Keyingi yillarda meva, rezavorlar va tokning 200 dan ortiq serhosil navlari yaratildi, boshqa mamlakatlardan keltirib ik,limlashtirildi va ekishga tavsiya etildi.



Respublikadako’chatchilik ishl a r i ham ilmiy asosga qo’yilgan va markazlashtirilgan. R. R. Shreder nomidagi "Mevasharbat" korporatsiya va uning viloyatlardagi filial va xo’jaliklarida xo’jaliklar va bog’bon, sohibkorlarga sotish uchun har yili 10—12 mln. dona turli meva daraxtlari va tok
Download 13,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish