O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY YA O'RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
G.G‘. NAZAROVA, H.X. XALILOV, A.A. ESHTOYEV,
I.A AHMEDOV, N.Z. HAKIMOV, U.H. MUHAMEDRAHIMOV
JAHON
IQTISODIYOTI
Oliy о ‘quv yurtlarining «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar» ta ’lim yo ‘nalishi talabalari uchun darslik
Toshkent - «ILM ZIYO» - 2005
65.5уа 722
J39
0 ‘quv qo‘llanmada jahon xo‘jaligi va uning rivojlanish bosqichlari, tabiiy
resurslari va undan foydalanish muammolari, jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat
taqsimoti, rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar
iqtisodiyoti chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, jahon xo‘jaligidagi integratsion va
globallashuv jarayonlaming borishi, xalqaro korporatsiyalar, global muammo-
laming iqtisodiy ko‘rinishlari, erkin iqtisodiy hududlaming xalqaro savdodagi
ahamiyati masalalari, 0 ‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga kirishi, xalqaro iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarda ishtiroki va uning muammolari, bozor munosabatlari
shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, jahonning ilg‘or mamlakatlari tajribasidan
keng foydalanish yo‘llari va muammolari yoritib berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining iqtisodiyot, biznes va bosh-
qaruv-tayyorlov yo‘nalishidagi talabalari, professor-o‘qituvchilari va shuningdek,
jahon iqtisodiyoti bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
T a q r i z c h i l a r :
Q. ABIRQULOV — iqtisod fanlari doktori,
professor; Z. ODILOVA — iqtisod fanlari
nomzodi, dotsent.
ISBN 1439-1963-7
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2005-y.
KIRISH
Jahon iqtisodiyotida BMTga a ’zo bo'lgan 190 dan ortiq mustaqil
davlatlar mavjud bo'lib, ushbu davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
va madaniy rivojlanishiga ko'ra uch guruhga bo'lib o'rganish mumkin:
/.
Rivojlangan davlatlar guruhi
(hozirgi kunda jahonning 30 ga
yaqin davlatlari kiradi).
2. Rivojlanayoigan davlatlar guruhi
(hozirgi kunda jahonning
100 dan ortiq davlatlari kiradi).
3. O'tish davri iqtisodiyotli davlatlar guruhi
(M DH va Sharqiy
Yevropa mamlakatlari).
Jahon xo'jaligida ushbu davlatlar o'zlarining tarixan rivoj-
lanishida turli iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy bosqichlarni
bosib o'tganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, xususiy mulk
chilik, ya’ni sinfiy jam iyatning (Sharqning antik va O 'rta asr
davlatlarining, shuningdek, Yevropaning O 'rta asr davlatlarini)
vujudga kelishi bilan bog'liq holda jahon iqtisodiyotida bozor
m unosabatlarini ham shakllantirib, rivojlanib bordi. Bunday
m unosabatlar dastlab Yevropaning bir qator m am lakatlarida
(Gollandiya-Niderlandiya, Angliya va h.k.larda) XVI—XIX asrlarda
tez rivoj topib borgan edi. Jahon iqtisodiyotida ro'y bergan buyuk
jug'rofik kashfiyotlar (XVI—XIX asrlar) oqibatida jahon xo'jaligida
m ustam lakachilik tizim i paydo bo'lishi jahondagi b a ’zi-b ir
davlatlarning tez rivojiga va aksincha, yer yuzidagi ko'pgina mamla
katlaming (asosan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari)
iqtisodiy-siyosiy qaramligiga va halokatiga olib keldi. Xullas, jahon
xo'jaligida bozor munosabatlari deyarli barcha davlatlarda hukmronlik
qilgan bo'lsa-da, uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy
oqibatlari turlicha ko'rinishda bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.
M a’lumki, jahon xo'jaligi barcha davlatlar uchun umumiy
bo'lgan bir tabiiy va iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qonunlar
asosida takomillashib, rivojlanib boradi. Ya’ni, jahon xo'jaligida bozor
munosabatlari rivojlanishining alohida bir milliy libosi yo'q, ammo
rivoj lan ish ning o'ziga xos xususiyatlari, tamoyillari mavjud bo'lib,
ulami mazkur mamlakatlaming tabiiy sharoitida, resurslarida, milliy
3
an ’analarida, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish
jihatlarining turlicha rivojlanish darajasida ko'rishimiz mumkin.
Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotida ba’zi-bir davlatlar yuqori
darajada, ayrimlari o'rtacha, ba’zi-birlari esa (asosan, ko'pchiligi)
past rivojlangandir. Shu sababli jahon iqtisodiyotida rivojlangan
davlatlarning (ayniqsa, sanoati rivojlangan davlatlar) va shuningdek,
rivojlanayotgan davlatlarning (ayniqsa, «yangi industrial m am
lakatlar» deb nom oigan davlatlarning) iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
va madaniy rivojlainish yutuqlarini atroflicha chuqur tahlil qilish,
ushbu davlatlarning [iqtisodiy rivojlanish tajribasidan ijodiy
foydalanish O'zbekiston Respublikasi uchun ham nazariy, ham
amaliy ahamiyat kasb etadi.
O 'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida (1991) jahon
xo'jaligiga o'zining ilk qadamini qo'ydi. Boshqaruv mexanizmining
yangi dem okratik jam iyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va
madaniy rivojlanish shart-sharoitida, ya’ni bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o'tib borayotgan bir sharoitda respublikaning
integratsion jarayonlarga, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga faol
va keng ko'lam da jalb etilishiga xalaqit berayotgan bir qator
to'siqlarni, muam m olarni yengib o'tishiga to 'g 'ri kelmoqda. Shu
nuqtayi nazardan olganda, bozor munosabatlari nazariyasi va
amaliyotini, raqobatbardosh iqtisodiy asoslarini, firma va korporat-
siyalarning iqtisodiy aloqalardagi ishtiroki masalalarini o'rganishga
bo'lgan qiziqish respublikamizda tobora ortib borayapti. Bu muam-
molar hozirgi kunda to r guruhdagi mutaxassislaming o'rganish
predmeti bo'lm ay qoldi. Milliy iqtisodiyotning jahon xo'jaligini
bir qismi ekanligini tan olinishi esa «Jahon iqtisodiyoti» fanini
o'rganishga bo'lgan qiziqishini yanada ortib borishiga sabab bo'layotir.
O'zbekistondagi sanoat korxonalarining ishlab chiqargan m ah
sulotlari tashqi bozorga chiqishi, xorijiy firma va kompaniyalaming
respublikada endigina shakllanib kelayotgan tovar va xizm atlar
bozoriga kirib kelishi ilgari xo'jalik amaliyotida duch kelinmagan
yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibidan
ajralib chiqqan bir qator mustaqil davlatlar qatori O'zbekistonda
ham bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, zam onaviy bozor
iqtisodiyoti sharoitida faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan
nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxassislaming
kamligi yoki deyarli yo'qligi sezilyapti. Bu borada «Jahon iqti
sodiyoti» predm etining maqsadi jahon ham jam iyati iqtisodiy
hayotidagi asosiy jarayonlar va hodisalarni o'rganishdir. Ushbu
4
maqsadga muvofiq, kurs o ‘z oldiga quyidagi asosiy qarashlar kon-
(sepsiyasini faktik manbalar va statistik materiallar asosida o'rga-
nishdek muhim vazifani qo'ygan:
— jahon iqtisodiyoti: mohiyati va XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida
taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari;
— zamonaviy jahon xo'jaligi subyektlari va mamlakatlaming
jahon xo'jaligida tutgan o‘rnini tavsiflovchi faktik manbalarni
va statistik materiallami;
— xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar ko'rinishlari va
borishini;
— jahon iqtisodiyotidagi global muam m olarni (demografik,
oziq-ovqat, tabiiy resurslar, xalqaro xavfsizlik, ekologiya va
h.k.lar);
— jahon xo'jaligida tabiiy resurslarning salohiyati;
— jahon iqtisodiyotida inson resurslarining o 'r n i ^
— jahon xo'jaligi taraqqiyotida ilmiy-texnik salohiyati;
— jahon xo'jaligida tarmoq tuzilmasi tushunchasi va zamonaviy
sanoatning jahon iqtisodiyotida tutgan o 'm i;
— rivojlangan va rivojlanayotgan m am lakatlarni jahon x o 'ja
ligida tutgan o 'm in i;
— O'zbekistonning jahon xo'jaligiga kirishi. Respublikani xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarda ishtiroki va h.k.lar.
O'zbekiston jahonning 100 dan ortiq rivojlangan va rivojla
nayotgan mamlakatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy
aloqalarni olib borm oqda. Ushbu m am lakatlar bilan xalqaro
iqtisodiy aloqalarni to 'g 'ri olib borishi uchun ham jahonning
ushbu mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish yo'llarini (m odellari)
har tomonlama va keng o'rganish maqsadga molikdir. O'zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida (1993) respiio-
likamiz Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Bizning o'z
istiqlol va taraqqiyot yo'limiz respublikaning o'ziga xos turmush
tarzini, shart-sharoitlarini va xususiyatlarini, xalq a n ’analari va urf-
odatlarini har tom onlam a hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda
bizning yo'l jahon amaliyoti to'plagan, iqtisodiy jihatdan rivoj
langan davlatlar qatoriga o'tgan m am lakatlar orttirgan ijobiy
tajribalarni ham hisobga oladi».
Qo'llanm a birinchi bor yaratilganligi tufayli b a’zi-bir ju z’iy
kamchiliklardan holi emas. Ushbu o'quv qo'llanm ani tayyorlashda
o'zlarining qimmatli maslahatlarini, ijobiy va tanqidiy fikrlarini
bildirganlarga mualliflar minnatdorchilik izhor qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |