O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


Jahon iqtisodiyotida transport va aloqa



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

4.2. Jahon iqtisodiyotida transport va aloqa
tizimining tutgan o‘mi
Jahon iqtisodiyotida transport ham kommunikatsiya tizimiga 
kiradi. Hozirgi kunda transport tizimining asosiy vazifasi ishlab 
chiqarish resurslarini takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'- 
lab, ulaming bozorga chiqishini ta ’minlashdan iboratdir. Boshqacha 
aytganda, jahon iqtisodiyotida transport tizimi ishlab chiqaruv- 
chilarni, xaridor va sotuvchilami ajratib turuvchi vaqt va makonni 
birlashtirib turadi.
Jahon iqtisodiyotida transport ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashishiga ta ’sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo'lgan 
transport ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishni
32


ta ’minlaydi. Transportning YalMdagi ulushi jahonning ko'pgina 
mamlakatlarida 4—9 % ni, bandlikda 3—8 % ni tashkil etadi.
Rivojlangan davlatlarda transportda yuk tashish ishlab chiqa­
rishning zamonaviy miqyosida bir kishiga o 'rta hisobda to 'g 'ri 
keladigan mahsulot miqdori yiliga 20—25 tonnani, jahon bo'yicha 
esa 10 tonnani tashkil etadi. Ayni bir paytda jam oat mahsulotining 
har bir tonnasi o'rta hisobda transportning 860 t/km ishlashini 
talab qiladi.
Jahon iqtisodiyotida insonning mobilligi (harakati) ham oshib 
borm oqda. Agar 1900-yilda AQSH fuqarosi yiliga o 'rta hisobda 
698 km yo'l bosgan bo'lsa, 80—90-yillarda yiliga o 'rta hisobda
19,2 ming km yo'l bosgan edi. Iqtisodiy past rivojlangan davlatlarda 
aholining harakatchanligi yiliga o'rtacha 480—660 km.ni tashkil 
etgan bo'lsa, uchinchi dunyoning eng rivojlangan davlatlarida bu 
ko'rsatkich 20 barobar ortgan edi.
Xullas, insonlarning harakatchanligi u yoki bu mamlakatda 
iqtisodiy rivojlanish ning o'rtacha darajasiga yetgandan so'ng keskin 
o'sib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida transport tizimining rivojlanib borishi yo'l 
qurilishi va yuk-yo'lovchi tashish m iqdoriga qarab aniqlanadi. 
Jahon xo'jaligida hozirgi kunda yuk tashish miqdori yo'llar quri- 
lishidan ko'ra tezroq rivojlanib bormoqda. M a’lumki, jahon iqtiso­
diyotida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi oshib borishi 
bilan yuk tashish dinamikasi pasayib, yo'lovchi tashish darajasi 
ortib boradi.
Masalan, 1940— 1980-yillarda AQSH transport tizimining YalM
4,9 marta, shaharlararo yuk aylanmasi 3,9 marta, yo'lovchi tashish
5,6 marta o'sgan edi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida mintaqaviy 
tashilayotgan yuk miqdorlari bo'yicha transport turlari orasida 
birinchi o'rinda avtomobil transporti, keyingi o'rinlarda esa temir 
yo'l, dengiz, quvur, ichki daryo va aviatsiya transportlari turadi.
Jahon miqyosida yuk tashish miqdorlari bo'yicha birinchi o'rinda 
esa dengiz transporti turadi. Uning hisobiga jahonda tashilayotgan 
yuklarning 60 % to'g'ri keladi.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida transportning barcha turlari va 
transport jarayonining barcha milliy va xalqaro darajadagi bo'g'inlari 
jahon tm asport tizimini tashkil etadi.
Turli guruhlarga kiruvchi davlatlarning transport tizim lari 
turlicha bo'lib, bu asosan, davlatlarning rivojlanishidagi farqiga 
bog'liqdir. Transport xizmatlari bozorida rivojlangan davlatlarning

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish