O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


4.3. Jahon xo'jaligida transport va aloqani xalqaro



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

34


4.3. Jahon xo'jaligida transport va aloqani xalqaro
tartibga solinishi
Jahon iqtisodiyotida transport va aloqani iqtisodiy nuqtayi 
nazardan tartibga solish turli daraja va shakllarda (hukumatlararo 
miqyosda, kompaniyalaming iqtisodiy munosabatlari miqyosida) 
amalga oshirilm oqda. Hukum atlararo va xususiy monopolistik 
miqyosdagi hamkorliklar, asosan, ikki tomonlama amalga oshirilishi 
bilan bir qatorda ko‘p tom onlam a asosda ham amalga oshirilishi 
mumkin. Jahon iqtisodiyotida transport va aloqani xalqaro tartibga 
solishning asosiy vositasi bo‘lib, xalqaro kelishuvlar xizmat qiladi. 
Bu kelishuvlar jahon xo'jaligida turli tashkilotlaming tuzilishiga 
sabab bo'lmoqda.
Transport sohasidagi ko‘p tomonlama hukumatlararo xalqaro 
munosabatlar turli xalqaro tashkilotlar doirasida amalga oshirilib, 
bunday tashkilotlaming asosiylari quyidagilardan iborat:
— Xalqaro dengiz tashkiloti.
— Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkiloti.
— Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi.
— Kema egalarining xalqaro assotsiatsiyasi.
— Xalqaro kemachilik palatasi va boshqalar.
1. Jahon xo'jaligida aloqa va kommunikatsiya tizimlarining ahamiyati 
haqida nima bilasiz?
2. Jahon xo'jaligida transport kommunikatsiya tizimining asosiy 
vazifalarini ko'rsating.
3. Jahon iqtisodiyotida transport tizimining ahamiyatini xarakterlab 
bering.
4. Jahon xo'jaligida transport va aloqani xalqaro tartibga solish 
shakllarini bayon eting.
35


5-bob.
J A H O N IQ T IS O D I Y O T ID A J A M G ‘A R M A 1 A R
5.1. Jahon xo'jaligida jamg'arma va iqtisodiy
rivojlanish
Jahon xo'jaligining rivojlanishida moddiy ishlab chiqarish kuch- 
larining son jihatdan yaxshilanishi va sifat jihatdan takomillashuvi 
muhim ahamiyatga ega. Jahon xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonlari 
iqtisodiy rivojlanishning birlamchi omili hisoblangan kapitalning 
ko'p miqdorda talab qiladi. Kapitalning jamg'arilishi kompaniyalar, 
uy xo'jaliklari va davlatlarning jam g'arm alaridan shakllanadi.
Jahon iqtisodiyotida kapital jamg'arilishi jarayonida moddiy- 
texnik baza va ilmiy salohiyat shakllanadi. Jahon iqtisodiyotining 
miqyosi va kapital qo'yilmalarining strukturasi iqtisodiy o'sishning 
darajasi va sur’atini belgilab beradi.
Jahon iqtisodiyotida jamg'arish darajasi yuqori bo'lgan davlatlarda 
iqtisodiy o'sish sur’ati odatda yuqoriroq bo'ladi. 1984— 1994-yillarda 
YalM o'sish sur’atlari eng yuqori bo'lgan 20 davlatdan 14 tasida 
jamg'arish miqdori 25 % dan yuqoriroq bo'lgan. Qolgan 6 davlatda 
18 % dan kam bo'lm agan. O 'sish su r’atlari eng past bo'lgan 
20 davlatdan 8 tasida jamg'arish miqdori 10 % dan kamroq bo'lgan. 
Lekin jam g'arm alar va iqtisodiy o'sish darajasi o'rtasidagi bog'liqlik 
bir chiziqli emas.
Ayrim davlatlarda, masalan, Shveysariyada jamg'arish miqdori ancha 
katta bo'lsa-da, xo'jalikning iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan pastdir. 
Aksincha bo'lgan holatlar ham mavjud. Ammo umuman olganda, jam- 
g'arishlar darajasi yuqori bo'lishi iqtisodiy o'sish sur’atlarining yuqori 
bo'lishini ta’minlaydi. Iqtisodiy o'sish sur’atlarini oshirish uchun 
davlat birinchi navbatda o'z jamg'arish miqdorini oshirishi kerak.
Hisob-kitoblarning ko'rsatishicha, jam g'arish miqdori aholi 
jon boshiga to'g'ri keladigan daromad miqdori yuqori va o'rta darajada 
bo'lgan davlatlarning iqtisodiy o'sishga ko'proq ta ’sir ko'rsatadi. 
Shuni ta ’kidlash kerakki, intensiv o'sish sharoitida jam g'arm a miq- 
dorining kamayishi har doim ham o'sish sur’atlarini pasayishiga 
sabab bo'lmaydi. Kapital samaradorligining oshishi iqtisodiy o'sish 
sur’atini ta ’minlash uchun kamroq kapital sarflanishiga olib keladi.
36


Jahon xo'jaligining rivojlanish amaliyoti shuni ko'rsatmoqdaki, 
iqtisodiy o'sish ham o'z navbatida jamg'arm alarning ko'payishiga 
sabab bo'ladi. Masalan, Sharqiy Osiyodagi tez rivojlanayotgan yangi 
industrial mamlakatlarda oldinga xo'jalikning iqtisodiy o'sish sur’at­
lari yuqori bo'lgan, keyinchalik jam g'arm alar darajasi o'sib borgan.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish