6-bob. JAHON XO‘JALIGIDA TABIIY RESURSLAR VA
ULARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI
6,1. Xomashyo resurslarini ishlab chiqarish
va ulardan foydalanish
Jahon xo'jaligining rivojlanishida tabiiy resurslar bilan bog'liq
bo'lgan m uam m olar muhim rol o'ynaydi. Ushbu m uam m olar
mamlakatlar iqtisodiyotining
ishlab chiqarish, moliya-valuta va
tashqi iqtisodiy va boshqa sohalariga jiddiy ta ’sir ko'rsatishi mumkin.
Buni, biz jahon iqtisodiyotida 70-yillardagi iqtisodiy inqirozlar
misolida ham ko'rishimiz mumkin.
M a’lumki, tabiiy xomashyo resurslari har qanday ishlab chi
qarish uchun boshlang'ich material bo'lib hisoblanadi. Xomashyo
resurslarining mahsulotdagi ulushi turli mahsulotlarda turlicha
bo'lishi ham mumkin. Masalan, mashinasozlik sanoatida xomashyo
resurslarining ulushi 10—12 % ni tashkil etsa, asosiy kimyoviy
sintez mahsulotlarda esa 80—90 % ni tashkil etishi mumkin.
Tabiiy xomashyo resurslari ko'pgina
mamlakatlar iqtisodiyoti
uchun sezilarli ahamiyatga ega bo'lib, mamlakat boyligi va daromad
keltiruvchi asosiy manbalaridan biridir.
Jahon xo'jaligida ishlab chiqarish sohalarning ko'payib borishi,
xomashyo resurslari iste’molining ortib borishiga sabab bo'ladi.
1945— 1975-yillarda mobaynida jahon xo'jaligida iste’mol qilingan
xom ashyolar m ahsulotlarining m iqdori 1940-yilgacha bo'lgan
insoniyat tarixida iste’mol qilingan xomashyo mahsulotlarining
miqdori bilan teng bo'lgan. Sanoati rivojlangan davlatlarda ushbu
davr mobaynida ishlab chiqarish 3.5 marta o'sgan bo'lsa, metal-
lurgiya sanoat mahsulotlarini iste’moli taxminan 3 marta, tog'-
kon, kimyoviy sanoat mahsulotlari iste’moli 3,5 marta, birlamchi
energiya manbalari (neft, gaz, ko'mir, uran) iste’moli esa 2,6
marta
o'sgan edi. Xullas, hozirgi paytda jahon iqtisodiyotida xomashyo
mahsulotlari iste’moli miqdorining o'zgarishiga, asosan, quyidagi
omillar ta ’sir ko'rsatmoqda:
—
moddiy ishlab chiqarish darajasi.
Moddiy ishlab chiqarishning
o'sishi xomashyoga bo'lgan talabning o'sishiga olib keladi;
38
—
ilmiy-texnik rivojlanish.
Ilm iy-texnik rivojlanish yakuniy
mahsulot birligiga to ‘g‘ri keladigan xarajatlar darajasining nisbatan
pasayishi va strukturasining o ‘zgarishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida iste’mol hajmi o‘sib borishi sayyoramizning
resurslar salohiyatiga o 'z ta ’sirini ko‘rsatdi. Bu esa obyektiv jihatdan
tabiiy resurlardan oqilona foydalanish m uam m olarini keskin-
lashuviga sabab bo‘lgan edi. Shu nuqtayi nazardan jahon xo'jaligida
yer resurslari qanchaligi dolzarb m uam m olardan
biri ekanligini
bilishimiz mumkin.
Jahon xo'jaligidagi yer usti va yer ostidagi tabiiy xomashyo
resurslar miqdori cheksiz emasligi barchamizga m a’lumdir. Tabiiy
resurslarning xususiyati shundaki, ular yakuniy mahsulot bo'lib,
ularning miqdori u yoki bu elementning yer qobig'i va jahon okeani-
dengizlarida mavjudligi bilan belgilanadi. Demak, nazariy jihatdan
tabiiy resurslardan uzoq yillar mobaynida intensiv foydalangan
holda ularning tugab qolishi xavfi mavjud. Ammo maksimal miqdor
nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, ko'plab
elementlarning yer
qobig'idagi miqdori tabiiy resurslarning hozirgi kundagi iste’mo-
lidan ming-million marotaba ko'proqdir.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan olganda, tabiiy foydali qazilma
boyliklaming sanoat zaxiralari muhim ahamiyatga ega. Sanoat
zaxiralari deganda, mavjud narxlar va texnikaviy bilimlar dara
jasida o'zlashtirish uchun samarali, sifatli va yaxshi o'rganilgan
tabiiy foydali qazilma boyliklaming zaxiralari tushuniladi. Bunday
resurslar miqdori jahon xo'jaligida nisbatan cheklangan. Masalan,
sanoat zaxiralari umumiy miqdorining o 'rtach a yillik qazib olish
darajasiga nisbati tem ir rudasi bo'yicha 190 yilga, nikel bo'yicha
76 yilga, aluminiy bo'yicha 280 yilga, mis 60 yilga, ko'm ir 600,
gaz 54, neft 45 yilga tengdir. Agar biz
ushbu foydali qazilmalarni
qazib olish darajasi yildan-yilga oshib borishini e ’tiborga oladigan
bo'lsak, bu muddat yana ham kamayishi mumkin.
Agar jahon iqtisodiyotida foydali qazilma boyliklaming sanoat
zaxiralarini qazib olishga nisbatini o 'zg a rm a s holda olinsa,
zaxiralaming tugab qolishi tezisi to'g'ri bo'lib chiqadi. Ammo ushbu
nisbatning dinamikasi ko'rib chiqilganda, holat butunlay o'zgarishi
ham mumkin. XX asming 50-yillaridan o'ng jahon xo'jaligida tabiiy
foydali qazilma boyliklaming sanoat zaxiralarini ITT natijasida
geologik qidiruv ishlari tez sur’atlar bilan o'sib borgan ecffi Jum la
dan, 1950—1990-yillarda jahon xo'jaligidagi fosfat rudalarining
sanoat zaxiralardan foydalanish taxminan 112 marta, tem ir rudasi
39
— 2,2, xromli rudalar — 8, neft — 11, aluminiy — 37, mis —
5,7 marta o'sgan edi. Jahon xo'jaligida foydali qazilma boyliklardan
foydalanish tahlillar shuni ko'rsatm oqdaki,
sanoat zaxiralari
miqdorining o'sish sur’atlari qazib olish sur’atlaridan balandroq
ekan. U m um an olganda, jahonda tabiiy resurslarning sanoat
zaxiralari xo'jalik rivojlanishini ta’minlash nuqtayi nazaridan yetarli
hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu zaxiralarning miqdori kam
o'rganilgan
hududlarda va shuningdek, yaxshi m a’lum bo'lgan
hududlarda ham sezilarli darajada oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: