O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


Tabiiy resurslardan foydalanishning



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

6.3. Tabiiy resurslardan foydalanishning
ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari
Jahon iqtisodiyotida har qanday mamlakatning iqtisodiy holati 
faqatgina ushbu mamlakatda tabiiy xomashyo resurslarining mav­
judligi yoki yo'qligiga bog'liq bo'lmay, jahon xo'jaligining tabiiy 
xomashyo sektoridagi holatiga ham bog'liqdir. Bu holat, eng awalo, 
tabiiy foydali qazilmalarning asosiy ishlab chiqaruvchilari va iste’- 
molchilariga ham tegishlidir.
Jahon xo'jaligida xomashyo mahsulotlari savdosi xalqaro savdo­
ning muhim qismlaridan biridir. Tabiiy xomashyo mahsulotlari 
hisobiga jahon eksportining 19—20 % to'g'ri keladi. Xomashyo
41


eksportida yoqilg‘i-energetika mahsulotlari 53 % ni tashkil etadi. 
Hozirgi kunda xomashyo mahsulotlari eksportida sanoati rivojlangan 
mamlakatlaming roli oshib boshqa rivojlanayotgan davlatlarning 
roli esa kamayib bormoqda.
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan davlatlar ulushining kama­
yishi ulaming xomashyo mahsulotlarini yetkazib beruvchi davlatlar 
sifatidagi iqtisodiy ahamiyatini kamaytirmaydi. Masalan, Yelning 
xomashyo mahsulotlarini importining 50—52 % rivojlanayotgan 
davlatlar hisobiga to ‘g‘ri keladi. Xomashyo mahsulotlarini eksporti 
sanoat rivojlanishi jihatdan ancha qoloq hisoblangan rivojlanayotgan 
davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda muhim 
rol o'ynaydi. Bu esa iqtisodiyotni xomashyo eksportiga qaram qilib 
qo'yadi. Jahon xo'jaligida rivojlanayotgan davlatlarning bir qan- 
chasi uchun xomashyo mahsulotlarini eksporti muhim aham iyat 
kasb etadi. M asalan, Zambiya va Zoir eksport tushum larining 
90 % va 69 % ni mis eksportiga, Mavritaniya eksport tushumlarining 
70 % dan ortig‘i temir rudasi eksportiga, Gvineya eksport tu ­
shumlarining 70 % ni boqsitga to ‘g‘ri keladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro xomashyo bozorlarining rivojlanish 
xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Resurslardan oqilona 
foydalanish sohasida xalqaro aloqalarning asosiy subyektlari xusu­
siy kompaniyalar hisoblanadi. Ularning asosiy qismi g‘arb dav- 
latlarining TM K tashkil etib, ular xomashyo resurslarini qazib 
olishni ham, undan samarali foydalanishni ham nazorat qilishgan. 
Bu holat XX asrning 60—70-yillarida kelib biroz o ‘zgargan edi. 
Yani, rivojlanayotgan davlatlar asta-sekin tabiiy resurslarni zlari 
nazorat qila boshlagan edilar. Xomashyo jahonning bozorlarida 
rivojlanayotgan mamlakatlaming to'liq yoki qisman davlatga tegishli 
bo'lgan kompaniyalari ham paydo bo'ldi. Ulaming noyoqilg'i xom­
ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi unchalik katta 
b o ‘lmasa-da, 10 % atrofida neft ishlab chiqarishdagi ulushi juda 
kattadir. Jahon xo'jaligida bozorlarning tashkiliy tuzilishi narx-navo- 
ning shakllanishiga katta ta ’sir ko’rsatadi. Agar bozorlar bir necha 
kompaniya tomonidan nazorat qilinsa va ayniqsa u yoki bu xomashyoni 
qazib olish va eksport qilish bo'yicha kvotalar haqida kelishuvlar 
tuzilsa narx-navolar sezilarli darajada o'zgarishi mumkin. Bunga xalqaro 
neft mahsulotlami bozorini yaqqol misol qilib ko'rsatsa bo'ladi.
M a’lumki, 1973-yilda OPEK davlatlari tom onidan neft qazib 
olish korxonalari davlat ixtiyoriga o'tkazilgach, ular narxni o'zlari 
belgilay boshladi. N atijada, neftning narxi 1972—1981 -yillar
42


mobaynida 14,5 marta, yoqilg'i narxi 13,5 marta, xomashyo resurs 
0
‘rtacha narxi esa 12,5 marta oshgan edi. Neft narxini saqlab turish 
uchun O PE K davlatlari uni qazib chiqarishni kvotalashdi va shu 
yo‘l bilan uning narxini hozirgi kungacha yuqori bo‘lishiga erishib 
kelishmoqda.
Jahon xo‘jaligida tabiiy xomashyo mahsulotlarining narxlarini 
keskin o‘sishi sanoatda takror ishlab chiqarish sharoitlarining keskin 
o ‘zgarishiga olib keldi. Jahon iqtisodiyotida 70-yillarda ro'y bergan 
yoqilg'i inqirozi foydali qazilma boyliklardan samarali foydalanish
tabiiy xomashyo resurslarini qazib olishda ekstensiv usullardan 
intensiv usullarga o'tish muammolari paydo b o ‘ldi.
Jahon iqtisodiyotida rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning 
iqtisodiy siyosati asosan xomashyo resurslarini tejash, ishlab chi­
qarishda yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabni kamay- 
tirishga qaratilmoqda. Shu maqsadda jahonning ko'pgina davlatlari 
ikkilamchi xomashyo resurslaridan foydalanish masalalariga o ‘z 
e ’tiborini qaratm oqda.
Ushbu chora-tadbirlar ishlab chiqarishning material va yoqilg'i- 
energetika resurslariga bo'lgan talablarini keskin kamayishiga olib 
kelmoqda. Jum ladan, 1960— 1990-yillarda ishlab chiqarishning 
energetika resurslariga bo'lgan talab darajasi 25 % ga kamaygan 
bo'lib, bu an ’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Jahon xo'jaligida, ayniqsa, energiyaning muqobil m anba- 
laridan foydalanishga katta e ’tibor berilm oqda. M asalan, jah o n
xo'jaligida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 % 
AESlarga to 'g 'ri keladi. Bundan tashqari, jah o n iqtisodiyotida 
sanoati rivojlangan davlatlar xomashyo m ahsulotlari bilan o'zini 
o'zi ta ’minlash darajasini oshirishga ham katta e ’tibor qaratish- 
moqda. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Avstraliya, K anada, 
AQSH va JAR ko'plab turdagi tabiiy xomashyo resurslarini ishlab 
chiqarish va eksport qilish bo'yicha jahonda ilg'or o'rin lard an
biriga chiqib oigan edi.
Jahon iqtisodiyotida tabiiy xomashyo resurslarining asosiy 
iste’molchisi bo'lgan rivojlangan davlatlar ham, asosiy eksporter 
bo'lgan rivojlanayotgan davlatlar ham jahon bozorlari ustidan o 'z 
nazoratini o'rnatishga intilmoqda. Bunga rivojlanayotgan davlatlar 
xomashyo ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkilotini (m asalan, 
O PEK tashkiloti) tuzish orqali erishishga harakat qilishyapti.
XX—XXI asrlar bo'sag'asida jahon xo'jaligining tog'-kon sano- 
atida g'arb davlatlari TMKlarining roli oshib bormoqda. Noyoqilg'i
43


sektorda «Anglo-Ameriken korporeyshn of Saus Efrika» boshchiligi- 
dagi eng yirik o ‘nta kompaniya jahon tog‘-kon sanoatida ishlab chiqa­
rishning 30 % ustidan o'z nazoratini o ‘rnatgan edilar. 1990-yillarda 
uchtadan oltitagacha bo'lgan TM K neft savdosining 75 %, mis 
savdosining 80—85 %, tem ir rudasi savdosining 90—95 %, qalay 
savdosining 75—80 %, fosfatlar savdosining 50—60 %, boqsitlar 
savdosining 80—85 % ustidan o'z nazoratini o ‘rnatgan edi.
Jahon bozoridagi holat MDH davlatlari metall eksportining 
oshishi bilan o ‘zgardi. 1992-yildayoq M DH davlatlarining jah o n
eksportidagi ulushi alum iniy b o 'yicha 8,3 
%
ni, mis b o 'y ich a
5 % ni, rux bo'yicha 2,2 % ni tashkil etgan edi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish