Neft va gaz qazib olinadigan hududlar. Neft va gazni qazib olish usullari va ularni qayta ishlashga tayyorlash
Reja:
I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Neft va gazdan olinadigan maxsulot turlari va ularni insoniyat hayot faoliyati uchun zarurligi
2.2. Respublikamizda neft gazni qayta ishlash korxonalari
2.3. Neft va gaz sanoatining davlatimiz rivojlanishida strategik ahamiyati
2.4. O`zbekistonda neft va gazni qayta ishlaydigan zavodlar va ularning asosiy yo`nalishlari
2.5. Neft va gazni qazib olish usullari va ularni qayta ishlashga tayyorlash
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo‘jaligining asosiy zvenosi bo‘lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bo‘lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi.Ilgarigi o‘z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq―Uzbekneftgaz milliy xolding korporaciyasiga birlashtirildi. Bu korporaciyaning tarkibida neft va gazni kayta ishlash bo‘yicha uchta yirik korxona ishlab turipti. Bular:"O‘zneftni qayta ishlash"davlat sanaoat birlashmasi, SHo‘rton va Muborakdagi gazni qayta ishlas zavodlari. "O‘zbekneft mahsulot" akciyadorlik birlashmasi tarkibiga Farg‘ona, Olti Ariq va Buxorodagi neftni kayta ishlash zavodlari kiradi. SHo‘rton gazni qayta ishalsh zavodining yaqinida gazni kimyoviy usul bilan qayta ishlash kompleksi qurildi. Bu kompleks gazdan polietilen, polimerbenzin va shu kabi maxsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.Bu korxonalar uchun xomashyo:neft,gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi,gaz kondensatning kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o‘xshash bo‘lib, faqat qaynash temperaturasining oxiri bilan farqlanadi, gaz kondensati neftga karaganda birmuncha engil xisoblanadi. SHu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Serquyosh Respublikamiz o‘zining yer osti boyliklari bilan ham dunyodagi ko‘pgina mamlakatlardan ustunlikka egadir. Umumiy maydoni 448,9 ming km2 bo‘lgan Respublikamiz hududining 60% neft va gaz istiqboliga egadir. 2000-2002 yillarida 12 ta yangi neft va gaz konlari ochilib,ulardan 5 tasi istiqbolli Ustyurt mintaqasida joylashgan. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan konlardan qazib olinayotgan neft va gaz Respublikamiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki ularni chetga sotish imkoniyatlari ham mavjud. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan Qorovulbozor tumani hududida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hamda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kabi ulkan va noyob inshootlarning ishga tushirilishi Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi unutilmas voqealardan hisoblanadi. Bu ulkan sanoat inoshootlarining maxsuloti mamlakatimiz yoqilg‘i - energetika bazasining rivojlanishida hamda kimyo sanoatining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim o‘rin egallayodi.
Mavzuning o‘rganilganligi.Ushbu kurs ishida bugungi kunda dolzarb masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy-amaliy tahlil asosida muhim masalalarni ochib berishga katta e’tibor berilgan.