bo'lgan lider kompaniyaga aylandi. 90-yillarning o ‘rtalarida
ushbu
transmilliy korporatsiyaning korxonalarida 110 mingdan ortiq kishi
ishlab, uning yillik aylanmasi 1994-yilda 16 mlrd doll.ni tashkil
etgan edi.
Jahon iqtisodiyotida TMKlar o'z ekspansiyasini kengaytira borib,
jahon bozorini o'zlashtirishning turli shakllaridan (litsenziya berish,
franchayzing, boshqaruv shartnom alari, texnik va m arketing
xizmatlari ko'rsatish, korxonalami «kalit ostida»
topshirish, vaqt
bo'yicha cheklangan qo'shm a korxonalar tuzish haqidagi shart
nomalar, alohida operatsiyalami amalga oshirish bo'yicha keli
shuvlar) keng foydalanishadi. Bu shakllar ko'p jihatdan shart
nomaga asoslanib, hissadorlik kapitalida boshqa firm alarning
qatnashishiga bog'liq bo'lmaydi.
Jah o n iqtisodiyotida
litsenzion kelishuvlar
ayniqsa, keng
tarqalgan bo'lib, 90-yilda TM Kning litsenzion kelishuvlarining
hajmi 1970-yildagiga nisbatan qariyb o'n barobarga o'sgan edi.
Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bo'lib, unga ko'ra litsenziar
litsenziantga bir qancha muddatga to'lov evaziga m a’lum huquqlarni
beradi. Litsenziya berish transmilliy korporatsiyaning ichki firma
shartnomalari bo'yicha ham, texnologiya berishning tashqi kanallari
bo'yicha ham amalga oshiriladi.
Franchayzing
— uzoq muddatga mo'ljallangan litsenzion ke-
lishuvdir. Bunda franchayzer kliyent — firmaga m a’lum
huquqlar
beradi. Bu huquqlar o'z ichiga m a’lum to'lovlar evaziga savdo
markasi yoki firma nom idan foydalanish, shuningdek,
texnik
yordam ko'rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va
boshqarish bo'yicha xizmat ko'rsatish sohalarini oladi.
80-yillardan so'ng
jahon iqtisodiyotida boshqaruv
va
marketing
xizmatlarini ko'rsatish
kabi transmilliy korporatsiyalar ekspan
siyasini shakli keng tarqaldi. Boshqaruv xizmatlarini ko'rsatish
bo'yicha shartnomaga ko'ra, korxonani
operativ nazorat qilish
m a’lum to'lovlar evaziga boshqa korxonaga beriladi. Texnik va
marketing xizmatlarini ko'rsatish haqidagi shartnom aga ko'ra,
transmilliy korporatsiyalar ushbu firma faoliyatiga bog'liq bo'lgan
texnik xizmatlami amalga oshiradi. Bunday shartnomalar, asosan,
mashina va uskunalarni ta ’mirlash, «nou-xau»dan keng foydalanish
bo'yicha maslahatlar berish, avariyalarning
oldini olish va sifatni
nazorat qilish bilan bog'liq bo'ladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi
kunda korxonalami (ishlab chiqarish obyektlarni) «kalit ostida»
topshirish haqidagi shartnomalar ham keng tarqalmoqda. Bunda
50
transmilliy korporatsiya m a’lum obyektni qurish va rejalashtirish
uchun zarur bo'lgan barcha ish faoliyatni amalga oshirish ja
vobgarligini o 'z bo'yniga oladi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar tom onidan
xalqaro bozorlarni egallashning eng yangi
shakllaridan biri xorijda
maxsus investitsion kompaniyalarni tashkil qilishdir. Bu kom-
paniyalarning asosiy vazifasi TMKning sho'ba va hamkorlikdagi
korxonalarining mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni
rag'batlantirish uchun ulam i investitsiyalashdir.
Bunday usuldan
hozirgi kunda Afrikada alkogolsiz ichimliklami sotish bo'yicha eng
yirik xalqaro kompaniyalar — «Pepsi-kola» va «Koka-kola» keng
foydalanishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: