Ытогм$тоЦап
I
' Л
... I
1. Jahon iqtisodiyotidagi davlatlar qanday mezonlarga ko'ra tasniflanadi?
2. Iqtisodiy birlashmalaming asosiy tiplari qaysilar?
3. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
4. Mamlakatlaming jahon xo'jaligida ishtiroki nimalar bilan belgilanadi?
5. Jahon xo'jaligida mamlakatning raqobatbardoshligini qanday aniqlash
mumkin?
3-bob.
X A L Q A R O M E H N A T T A Q S I M O T I
3.1. Xalqaro mehnat taqsimotining
mazmuni va mohiyati
Milliy iktisodiyotning jahon iqtisodiyotida yahlit bir jahon
xo'jaligiga birlashishini va shuningdek, xalqaro iqtisodiy m uno-
sabatlarning mazmuni va mohiyatini ko'rsatuvchi asosiy k o 'r-
satkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha
mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishda u yoki bu jihatlari bilan xalqaro
mehnat taqsimotiga (XMT) qo'shilgan. Uning chuqurlashuvi esa
ilmiy-texnikaviy inqilobning (ITI) ta ’siri ostida bo ‘lgan ishlab chi
qarish kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok
etish jahonning barcha
davlatlar uchun qo'shim cha iqtisodiy samara berib, o ‘z ehtiyojlarini
eng kam xarajatlar bilan to ‘liqroq qondirish imkonini beradi.
X o‘sh, mehna.t taqsimoti nima?
Mehnat taqsimoti
— bu tarixan
belgilangan ijtim oiy m ehnat tizim dir. U jam iyat rivojlanishi
jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib
chiqadi. Xalqaro m ehnat taqsimoti davlatlar o'rtasidagi mehnatning
ijtimoiy-hududiy taqsimoti darajasi hisoblanadi. U alohida davlatlar
o'rtasidagi ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga asoslanadi. XMT
jahon xo'jaligida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonlarni
o'sib borishida ham muhim rol o'ynab,
birinchidan, ishlab chiqarish
jarayonlarining o'zaro aloqasini ta ’minlaydi,
ikkinchidan, ishlab
chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv va m intaqaviy ixtisoslashuv
proporsiyalami shakllantiradi.
M a’lumki, xalqaro m ehnat taqsimoti to'g'risidagi qarashlar
konsepsiyasi XVI11 asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab
o'tgan ingliz klassik iqtisodiy ta’limotchilar A. Smit va D. Rikardo
ishlarida asoslanib, rivojlantirilgan edi. A. Smit xalqaro m ehnat taq
simoti nazariyasini tahlil qilib. savdo va tadbirkorlik erkinlik zarur-
ligini isbotlagan edi.
Uning fikricha, savdo erkinligidagi turli to"-
siqlar alohida rnintaqalar va butun bir davlatlar o'rtasida ro'y bera-
yotgan xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashishiga xalaqit beradi.
23
To'siqlarning yo‘qotilishi va xalqaro almashuv maydonlarining
kengayishi esa milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuviga va ularning
o'zaro bog'liqligini kengayishiga, umumjahon xo‘jaligining yuzaga
kelishiga olib keladi.
Xullas, A. Smit keyinchalik o ‘ziningjuda mashhur bo‘lib ketgan
erkin savdo shiorini olg‘a surgan edi. Uning qarashlar konsepsiyasini
esa keyinchalik ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, R. Torrens va Jon
Styuart Mill rivojlantirgan edi. Ushbu klassiklaming xalqaro mehnat
taqsimoti to'g'risidagi ilmiy nazariyasining asosiy yutuqlarini biz
ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasida ko‘ramiz. Bu
nazariya xalqaro savdo haqidagi iqtisodiy ta'limotning «klassik»
asosi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning nisbiy xarajatlari nazariyasi asosida
mamlakatlar orasida ishlab chiqarish sharoitlarida
farq mavjudligi
haqidagi g‘oya yotadi. Bunga ko‘ra har qanday mamlakatda har
qanday tabiiy va iqlimiy sharoitlarda har qanday tovar ishlab chi
qarishni tashkil etish mumkin, deb hisoblanadi. Masalan, Shot-
landiyada uzum yetishtirish mumkin. Lekin uning narxi juda baland,
undan olinadigan vino esa kam iste’mol qilingan bo'lardi.
U yoki bu tovar ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan xara-
jatlarni solishtirish, talab bo'lgan barcha
tovarlami ishlab chi-
qarishdan ko‘ra eng kam xarajat talab qiladigan m a’lum bir tovar
ishlab chiqarish foydaliroq, degan xulosaga olib keladi. Ushbu tovarga
ixtisoslashish tashqi bozorda ayirboshlash yo‘li bilan boshqa barcha
tovarlami olish imkonini beradi.
Nisbiy xarajatlar nazariyasi biron-bir tovar ishlab chiqarishda
bir davlatning boshqa davlatdan mutlaq ustunligi mavjudligida emas,
balki bunday ustunlik mavjud bo'lmagan holatda ham ixtisoslashuv
foydali ekanligini isbotlaydi. Agar xalqaro darajadagi xarajatlarga
nisbatan kam xarajat bilan tovar ishlab chiqarishning iloji bo'lm asa,
xarajatlaming o'rtacha darajadan ko'pligi qaysidir bir tovarda eng
kam bo'ladi.
Boshqa tovarlarga nisbatan foydaliroq bo'lgan shu tovar ishlab
chiqarishga ixtisoslashishi kerak. Shu holatdagi ixtisoslashish esa
samara beradi. Bunda teskari holat ham nazarda tutilgan.
Mamlakat
bir necha tovarlar bo'yicha ustunlikka ega bo'lsa, bu ustunlik
maksimal bo'lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashish kerak.
Xullas, siyosiy iqtisod sohasidagi klassiklaming ushbu g'oyalari
E. Xeksher, P. Samuelson, B. Olin, V. Leontev va boshqa bir qator
hozirgi zamon iqtisodchilari tomonidan yanada rivojlantirilgan.
24
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga
qanday omillar ta ’sir qiladi? Birinchidan, ishlab chiqarish unum -
dorligini oshirish, ikkinchidan, ishlab chiqarishda samaradorlikni
ko'tarish, uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga
intilish zaruriyati kabi omillar ta ’sir qiladi.
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi jarayonidagi asosiy
narsa, bu shu jarayonning har bir ishtirokchisi o'zining XMTdagi
ishtirokidan iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro
mehnat taqsimotining ustunliklarini amalga oshirishi qulay sha-
roitlarda (eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki
bozor
narxlaridagi farqni aniqlash, arzonroq bo'lgan im port
tovarlardan foydalanib milliy ishlab chiqarishdan voz kechgan holda
ichki xarajatlami kamaytirish orqali va h.k.lar) amalga oshiriladi.
Agar biz jah o n xo'jaligini b u tu n bir tizim sifatida ko'rib
chiqadigan bo'lsak, unda XMTni ushbu tizimni tashkil qiluvchi
birlashtiruvchi asos, deb bilishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro m ehnat taqsimotining rivojlanish
sur’atlari koeffitsientlari 1971—2000-yillarda quyidagicha xarak-
terlangan edi (1-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: