2-bob. MAMLAKATLARNING TASNIFLANISHI
VA ULARNING JAHON XO‘JALIGIDAGI
ISHTIROKI
2.1. Jahon iqtisodiyotida davlatlarning iqtisodiy
biriashmalari, asosiy tiplari
M a’lumki, milliy iqtisodiyotning hech biri jahon xo'jaligi va
jahon iqtisodiyotidan ayrim holda boshqa bir milliy iqtisodiyotlar
bilan o'zaro munosabatlarga kirishmay turib to'laqonli ravishda
rivojlana olmaydi. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning to 'la
avtonom ligi to 'g 'risid a gapirganda, ya’ni yopiq iqtisodiyotli
mamlakatlarga (Shimoliy Koreya va Kuba)
misol keltirish juda
mushkul. Masalan, 1990-yilning oxirlarida Shimoliy Koreyada
ocharchilik yuz bergan bir paytda bu mamlakatga Janubiy Koreya
va XXR tom onidan beg'araz insonparvarlik yordami ko'rsatilgan
edi. Kuba ning jahon mamlakatlari bilan bo'ladigan tashqi iqtisodiy
bitim lar soni juda kam bo'lishiga qaram ay, ushbu m am lakat
sayyohlarni qabul qilish va mashhur Gavana sigaralarini xorijga
yetkazib berishga ixtisoslashgan edi.
Dunyodagi barcha mamlakatlaming jahon xo'jalik
aloqalarida
tutgan o'rni, eng aw alo, ularning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari
orqali baholanadi. Bu ko'rsatkichlar qatoriga mamlakatlaming yalpi
ichki mahsuloti (Y alM ) yoki yalpi milliy mahsulot (YaM M )
hajmini, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YalM yoki YaMMni,
o'rtacha ish haqi miqdorini, tashqi savdo operatsiyalari hajmini,
kapital harakatidagi ko'rsatkichlami, mamlakatlaming tashqi qarzlari
miqdorlari va h.k.larni kiritish mumkin. Bundan tashqari, makro
iqtisodiy ko'rsatkichlami baholashda inflatsiya va ishsizlikning o'sish
sur’ati, foiz stavkasi darajasi, soliq stavkalari,
milliy valuta kursining
yetakchi mamlakatlar valutalariga nisbatan o'zgarish dinamikasi va
boshqa nisbiy ko'rsatkichlardan ham foydalaniladi. Shuni ta ’kidlab
o'tish joizki, jahon mamlakatlarini o'zaro solishtirishda aholining
savodxonlik darajasi, ijtimoiy rag'batlantirish va nafaqa miqdori,
o'rtacha umr ko'rish davri kabi ko'rsatkichlari ham inobatga olinadi.
15
Jahon mamlakatlarini guruhlarga ajratishda turli mezonlardan
ham keng foydalaniladi. Ana shunday mezonlardan biri hududiy
yondashuvdir. M amlakatlar qit’alar bo'yicha guruhlanadi.
Misol
uchun Yevropa q it’asini G'arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropaga
ajratib, iqtisodiy jih atd an o 'rg an ish , tahlil qilish m aqsadga
muvofiqdir.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida aholi jon boshiga to 'g 'ri kela
digan YalM miqdoriga ko'ra, jahon m am lakatlarini eng kam
rivojlangan, rivojlanayotgan va rivojlangan m am lakatlar guruhiga
bo'lib o'rganiladi. Xullas, BMTning iqtisodiy tahlillari bo'yicha
jahon mamlakatlarini hozirgi kunda quyidagi guruhlarga: rivojlangan
m am lakatlar (bozor iqtisodiyotli davlatlar), o'tish davri iqti-
sodiyotli mamlakatlar va rivojlanayotgan
m am lakatlar guruhiga
bo'lib o'rganilm oqda. Bu guruhlarga kiruvchi mamlakatlarni ham
turli iqtisodiy, ijtim oiy-siyosiy va m adaniy tam oyillarga k o'ra,
yana bir necha kichik guruhlarga b o'lib o'rganish m um kin.
Masalan, rivojlangan m am lakatlam ing ichida eng taraqqiy etgan
«yettilik» mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, Germ aniya, Buyuk
Britaniya,
Fransiya, Italiya va Kanadani yoki Yel mamlakatlarini
(Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, G erm aniya, G ollandiya,
Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya,
Lyuksemburg,
Portugaliya, Shvetsiya, Finlandiya, Fransiya va boshq.) alohida
ajratib olib o'rganish mumkin. Rivojlangan mamlakatlardan Islan-
diya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya kabi davlatlar Yevropa
Erkin Savdo Assotsiatsiyasiga birlashgan bo'lsa, Shimoliy Ame-
rikadagi AQSH, Meksika va
Kanada esa mintaqaviy NAFTA
tashkilotiga birlashgan.
O 'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar guruhiga sobiq Ittifoq
tarkibiga kirgan respublikalarni kiritish mumkin.
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarni hududiy
joylashuvi, iqtisodiyotining rivojlanishi va tashqi qarzi miqdorlari
darajasi jihatidan ham bir necha guruhlarga ajratib o'rganish mumkin.
M asalan, sof kreditor, sof qarzdor mamlakatlar yoki energiya
resurslarini eksport qiluvchi yoki bu resurslarni im port qiluvchi
mamlakatlar va h.k.lar. Xullas, yuqorida bildirilgan fikrlami um um -
lashtirgan holda ja h o n m am lakatlarini
quyidagi e le m e n ta r
tipologiyasini keltirishimiz mumkin:
1. Rivojlangan «katta yettilik» davlatlar guruhi.
2. Rivojlangan boshqa mamlakatlar guruhi.
3. Rivojlanayotgan «yangi industrial mamlakatlar» guruhi.
16
|4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari guruhi.
5. Iqtisodiy o'tish davridagi MDH davlatlari guruhi.
6. Xitoy Xalq Respublikasi.
7. Hindiston va Pokiston.
8. Nisbatan tezroq rivojlanib borayotgan mamlakatlar guruhi.
9. Klassik rivojlanayotgan davlatlar guruhi.
10. Eng kam rivojlangan mamlakatlar guruhi.
Jahon mamlakatlarini daromad darajasiga ko‘ra, kam daromadli
(ularning soni 60 ta), o'rtadan past daromadli (59 ta), o ‘rtadan
yuqori daromadli (37 ta) va yuqori daromadli (53 ta) mamlakatlar
guruhiga ham ajratib o ‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: