Давлат статистика қўмитаси ҳузуридаги Кадрлар малакасини ошириш ва статистик
тадқиқотлар институтининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон
журнали. 2021 йил,
2
-
сон
Berdiev Jasur Qo'ldoshevich,
Qarshi muxandislik – iqtisodiyot
instituti каtta o`qituvchisi
MEHMONXONALARNI BOSHQARISH VA BRON QILISH
DASTURLARI
Мaqolada O’zbekiston Respublikasida turizm tarmogʻini jadal rivojlantirish
maqsadida mehmonxonalarni boshqarish va bron qilish mexanizimidan samarali
foydalanish
shuningdek,
mehmonxonalarni
avtomatlashtirish
dasturlarini
mehmonxolar tizimiga keng joriy qilish masalalari haqida batafsil yoritib berilgan.
В статье подробно рассказывается об эффективном использовании
механизмов
гостиничного
менеджмента
и
бронирования
для
стремительного развития туристической индустрии в Республике
Узбекистан, а также повсеместном внедрении программ автоматизации
гостиниц в гостиничную систему.
Тhe article details the effective use of hotel management and booking
mechanisms for the rapid development of the tourism industry in the Republic of
Uzbekistan, as well as the widespread implementation of hotel automation
programs in the hotel system.
Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida turizmni jadal
rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish,
hududlarning ulkan turizm salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish,
turizm tarmog‘ini boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm
mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ibot qilish, turizm sohasida
O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish zamon talabi bo‘lmoqda. Shu
jihatlarni hisobga olgan holda Prezidentimiz tomonidan “Turizm tarmogʻini jadal
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori qabulqilinib, unga ko’ra
2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining
maqsadli parametrlari tasdiqlandi [1]. Unga binoan 2019-yilda umumiy xonalar
soni 4664 ta boʻlgan yana 212 ta yangi mehmonxonalar quriladi. Eng koʻp
mehmonxonalar Toshkent (41 ta), Samarqand (30 ta) va Buxoroda (29 ta) bunyod
etiladi. 2021-yilga qadar bosqichma bosqich ularning soni oshirib boriladi va shu
davrga qadar umumiy xonalar soni 30 212 ta boʻlgan yangi 1508 ta
mehmonxonaga asos solinadi. Shu tariqa 2021-yilga borib Oʻzbekistonda
mehmonxonalar soni 2 394 taga yetadi. Ulardagi xonalar soni esa 50 044 tani
tashkil etadi. Mamlakatimizning betakror tarixiy yodgorliklari, qadimiy obidalari,
xushmanzara tabiati, betakror madaniyati va an’analari jahon sayyohlarini o‘ziga
tobora jalb etmoqda. Mamlakatimizning barcha shaharlari sayyohlik borasida
ulkan salohiyatga ega. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva qadimdan Yevropa va
Давлат статистика қўмитаси ҳузуридаги Кадрлар малакасини ошириш ва статистик
тадқиқотлар институтининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон
журнали. 2021 йил,
2
-
сон
Osiyo mamlakatlarining o‘zaro aloqalarida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tagan.
Shu bois hududda savdo-sotiq, madaniyat qadimdan rivojlangan, karvonsaroy va
rabotlar qurilgan. Shu jihatlarni hisobga olgan holda turizm sohasida mehmonxona
tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ayrim muammolar mavjud bo‘lib, uni hal etish
borasida bir qator chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish lozimligini talab etmoqda.
Bu borada mehmonxona biznesi uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlari yaratish birinchi navbatda ichki jarayonlarning uzluksiz amalga
oshirilishini ta’minlash zarur. Amalda bunday mahsulotlardan foydalanish
xizmatni modernizatsiya qilish, ma’lumotlarni qayta ishlash tezligini oshirish va
inson omili tufayli xatolar paydo bo'lishini bartaraf etish imkonini beradi.
Mehmonxona
ishini
ichki
avtomatlashtirish
mehmondo'stlik
muassasasi
mehmonlari uchun ham, menejment uchun ham muhimdir. Samarali dasturiy
echimlarni amalda qo'llash biznes jarayonlarini tahlil qilish uchun asos bo'ladi.
Shunday qilib, mini-mehmonxonani avtomatlashtirish uning yirik mehmonxona
majmuasiga aylanishi uchun birinchi qadamdir.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 2019 - 2021 yillarda mehmonxonalar
qurilishi parametri ham tasdiqlangan bo’lib, unda bir nechta mehnonxolar qurilishi
rejalashtirilgan (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |