O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


 . 2 . X a lq a r o m e h n a t t a q s im o t in in g r iv o jla n is h ig a



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

3 . 2 . X a lq a r o m e h n a t t a q s im o t in in g r iv o jla n is h ig a
t a ’s ir q ilu v c h i o m illa r
1-jadval
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanish sur’atlarini
koeffitsientlari
K o ‘rtsatkichlar
1 9 7 1 - 1 9 8 0
1 9 8 1 - 1 9 9 0
1 9 9 1 - 2 0 0 0
Ja ho n
1, 08
1.21
1, 08
Sanoat i rivoj l angan davl at l ar
1,11
1,31
1, 15
Ri v o j l a n a y o t g a n davl at l ar
0 , 9 9
K 0 3
0 . 8 0
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab 
chiqarishi ko'p holatlarda tashqi iste’molchilarga va shuningdek, 
ichki talab im portga y o 'n alg an b o 'lad i, deb taxm in qilinsa, 
rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin 
ekstensiv kengayishi
bashorat qilinmoqda.
25


3.3. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining o'ziga
xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab
chiqarish kooperatsiyasi
M a’lumki, XX asrning 80—90-yillarda jahon xo'jaligida misli 
ko'rilm agan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlar ro 'y bergan 
bo'lib, ular xalqaro m ehnat taqsim otiga sezilarli ta ’sir k o 'rsat- 
gan edi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro m ehnat taqsim oti rivojla­
nishining asosiy yo'nalishi xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqa­
rish kooperatsiyasining kengayishi bilan cham barchas bog'liqdir. 
Xalqaro kooperatsiya
(XK) va 
xalqaro ixtisoslashuv
(XI) xalqaro 
m ehnat taqsim otining shakllari bo 'lib , uning m ohiyatini n a ­
moyon etadi.
Turli davlatlardagi korxonalaming m a’lum bir tovarlami ishlab 
chiqarishga ixtisoslashuvi zamonaviy ilmiy-texnika inqilobi bilan 
chambarchas bog'liqdir. Ishlab chiqarishning texnologik tizimini 
murakkablashib borishi bilan bog'liq holda tayyor m ahsulotda 
ishlatiladigan asbob-uskunalar ko'paydi. Masalan, yengil avto- 
mobilda 20 mingdan ortiq, prokat dastgohlarida 100 mingdan ortiq, 
elektrovozlarda esa 250 mingga yaqin detal ishlatiladi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, 
asosan, ikki yo'nalish 
(ishlab chiqarish va hududiy yo'nalish)
bo'yicha rivojlanib boradi. O'z navbatida ishlab chiqarish yo'nalishi:
a) sohalararo; b) davlatlar guruhi; d) alohida korxonalam ing 
ixtisoslashuviga bo'linadi. Hududiy ishlab chiqarish yo'nalishi esa 
o 'z navbatida: a) alohida davlatlar; b) davlatlar guruhi; d) jahon 
bozori uchun hududlarda m a’lum tovarlami ishlab chiqarish kabi 
ixtisoslashuviga bo'linadi.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga, 
birinchidan, predmetli (mahsulot ishlab chiqarish), ikkinchidan, 
detalli (mahsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish), uchin- 
chidan, texnologik yoki bosqichli, ya’ni, alohida texnologik jarayon- 
larni amalga oshirish turlarini (masalan, yig'ish, bo'yash va h.k.lar) 
kiritish mumkin.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi
— xalqaro m ehnat 
taqsim otining dinam ik shaklidir. XX asrning 50—60-yillarida 
avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa ishlab chiqarish va h.k.lar 
ixtisoslashishida oldingi o'rinlardan birida turgan bo'lsa, 70—80-yil- 
larga kelib esa xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvida ushbu 
sohalar ilg'or o'rinlardan birini egallagan edi.
26


Xalqaro m ehnat taqsimotining boshqa bir shakli — 
xalqaro
ishlab chiqarish kooperaisiyasidir.
Uning obyektiv asosi bo‘lib, ishlab 
chiqarish kuchlari rivojlanishining o ‘sib borayotgan darajasi hamda 
mamlakat ichida yoki tashqarisida ro'y berishidan qat’iy nazar 
mustaqil korxonalar o'rtasidagi barqaror ishlab chiqarishdagi alo­
qalar jarayoni hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida ITI ishlab chiqarish kooperatsiyasining 
muhim elementi bo'lib, uning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shib 
kelmoqda. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi m a’lum bir munosabatlar 
tizimi sifatida xizmat ko'rsatayotgan faoliyat sohasi va hamkorlik 
usuli bo'lib hisoblanadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o'zining rivojlangan 
shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oigan bo'lib, 
ular quyidagilardan iboratdir:
1. Ishlab chiqarishda texnologik hamkorlik. Ushbu hamkorlikka:
a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish 
hamkorlik;
b) loyiha va konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni
mahsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj 
ishlarini, kooperatsiyalashgan korxonalami zamonaviy ishlab 
chiqishga moslashtirish hamkorlik;
d) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikat- 
siyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish va shuningdek, 
ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash kabi hamkorlik kiradi.
2. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog'liq bo'lgan savdo- 
iqtisodiy jarayonlardagi hamkorlik.
3. Sotilgan texnik asbob-uskunalarga, stanoklarga xizmat k o 'r­
satish sohasidagi hamkorlik.
Jahon iqtisodiyotida kooperativ aloqalarni o'rnatishda foyda­
laniladigan uch asosiy usulga (hamkorlikdagi dasturlarni amalga 
oshirish, shartnom a asosida ixtisoslashish, qo'shm a korxonalar 
tashkil qilish), alohida e ’tiborni qaratmoq zarur.
Hamkorlikdagi dasturlar amalga oshirish o'z navbatida ikki asosiy 
shaklda 
(pudrat asosida ishlab chiqarish kooperatsiyasi va ham ­
korlikdagi ishlab chiqarish)
amalga oshiriladi. Shartnoma asosida 
ixtisoslashish ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqarish koope­
ratsiyasi ishtirokchilari orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Qo'shma 
korxonalami tashkil etish esa bu integratsiyalashgan kooperatsiyadir.
27


Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimoti ni modemizatsiya 
qilish sohasidagi g‘arb tadqiqotlarini ikki asosiy guruhga (bi- 
rinchidan, «bir-biriga bog'liqlik»ning turli variantlardagi qarashlar 
konsepsiyasiga ega bo'lgan, ikkinchidan, XMTning mavjud mo- 
dellarini qayta ko'rish bo'yicha muayyan rejalar asosida ish olib 
boruvchi guruhlarga) bo'lib o'rganish mumkin.
M a’lumki, «bir-biriga bog'liqlik» konsepsiyasi vakillaridan 
biri — gollandiyalik iqtisodchi olim K. Nuvenxuzdir. U o'z fikrlarini 
tasdiqlashda birinchi navbatda barcha davlatlar uchun umumiy 
bo'lgan ekologik omillarga (atrof-m uhitning barqaror emasligi, 
yerdagi tabiiy resurslarning cheklanganligi) murojaat qilgan edi. 
Uning fikricha rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan davlatlarning 
xomashyo resurslariga qaram bo'lgan holda rivojlanayotgan bo'lsa, 
rivojlanayotgan davlatlar esa o 'z navbatida sanoati rivojlangan 
davlatlardan zam onaviy texnik-texnologik va boshqa sanoat 
mahsulotlariga qaramlikda rivojlanib kelmoqda.
Demak, ular bir-biriga iqtisodiy jihatdan bog'liqdir. G ollan­
diyalik olimning fikricha mana shundan kelib chiqqan holda jahon 
xo'jaligida xalqaro m ehnat taqsimotini vujudga keltirib, yanada 
rivojlantirmoq kerak. K. Nuvenxuzning o'zaro bog'liqlik kon­
sepsiyasi jahon iqtisodiyotida umumiy xarakterga ega bo'lib, ular 
boshqa iqtisodiy nazariyalar guruhini, ya’ni mavjud xalqaro m eh­
nat taqsimotini «zamonaviylashtirish» nazariyasini vujudga kelishi 
uchun asos bo'lgan edi.
Xalqaro mehnat taqsimotini «zamonaviylashtirish» nazariyasiga 
muvofiq, rivojlanayotgan davlatlar proteksionizm siyosatidan voz 
kechishib iqtisodiyotga xorijiy kapitalni keng jalb qilishlari lozim 
(ko'pgina rivojlanayotgan davlatlar xuddi shunday ham qilish- 
moqda). Ular jahon iqtisodiyotida «ochiq eshiklar», «ochiq iqti­
sodiyot» siyosatini olib borib, ko'plab qo'shm a korxonalar, erkin 
tadbirkorlik zonalarni tashkil qilishyapti.
Bunday holatlami biz, ayniqsa, Osiyo—Tinch okean mintaqasi 
va Lotin Amerikasidagi «Yangi industrial mamlakatlar»da (Janubiy 
Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Braziliya, Argentina va 
h.k.lar) keng yoyilganini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda 
ushbu davlatlar proteksionizm siyosatidan to'liq voz kechmasdan 
undan zarur bo'lganda foydalanmoqda ham.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish