1) Leksik ma’noning kengayishi va torayishi.
§. Ma’noning kengayishi
Ma’noning kengayishi — leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov.so‘zi dastlab «tog‘ning tepasidagi o‘tloq»ni ifodalagan: qadimgi turkiy tildä yay (yay) so’zi «yoz»ni, yaylag‘so‘zi esa «yozlaydigan joy»ni anglatgan [105, -226—227], Chorvadorlar yoz payti molni tog‘ning tepasidagi o‘tloqlarda («yaylag‘»da) boqishgan, qishda esa «yaylag‘»dan «qishlag‘»ga tushib yashashgan. Hozirgi paytda yaylov so‘zi faqat tog’ning tepasidagi «mol boqiladigan o‘tloq»ni emas, balki umuman «mol boqiladigan maydon»ni anglatadi, bunday maydon tog‘ning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto pasttekisliklarda ham bo‘lishi mumkin. Bunday ma’no kengayishi qishloq so‘zining semantikasida ham sodir bo’lgan: u dastlab «qish faslida yashaydigan joyni»ni anglatgan, hozir esa umuman «aholi yashaydigan punktning bir turi» ma’nosini ifodalaydi.
Tilshunoslikda atoqli otning turdosh otga o’tishini ma’no kengayishi deb baholash holatlari ham bor [27, -86—87]. Masalan: Rizamat (atoqli ot) — rizamat (mahalliy, xo’raki va mayizbop uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor Rizamat ota Musamuhamedov tomonidan yetishtirilgan va shu sohibkor nomi bilan atalgan (demak, so’zning ma’no hajmi kengaygan).
§. Ma’noning torayishi
Ma’noning torayishi — leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma’noda: «kishi tug‘ilib o'sgan mamlakat, ona-yurt») — vatan (tor ma’noda: «kishi tug‘ilib o'sgan shahar yoki qish!oq»).
Turdosh otning atoqli otga o'tishi ham tilshunoslikda ma’no torayishi deb qaraiadi. Masalan: bolta (turdosh ot) — Bolta (atoqli ot), tola (turdosh ot) - Lola (atoqli ot) kabi.
§. Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari
Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo'ladi: 1) so’zning semantik tarkibidagi ma’nolar miqdori ko'payadi, demak, miqdoro'zgarishi yuz beradi, bu hoi polisemiyaga (ko'p ma’nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo'llari bilan ma’no ko'chirilishida ko'proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko'payadi: ko‘z («ko‘rish a’zosi») — ko‘z («uzukning ko‘zi») — ko‘z («taxtaning ko‘zi») — metafora; tish («odamning tishi») — tish («arraning tishi») — metafora va funksiyadoshlik; gilos («mevaning bir turi») — gilos («gilos daraxti») — sinekdoxa. Metonimiya yo'li bilan ma’no ko'chishida natija ikki xil bo'ladi: a) polisemiya yuzaga keladi (bunda ma’nolar o'rtasidagi bog'lanish saqlanadi): til («nutq a’zosi») — til («aloqa-aralashuv quroli»);
omonimiya paydo bo'ladi. Bunda ma’nolardagi bog'lanish kuchsizlanadi, uzoqlashadi, hatto unutiladi, natijada shakli bir xil bo'lgan ikki so'z yuzaga keladi. Masalan, issiq (sifat) leksemasi asosida issiq (ot) leksemasi yuzaga kelgan. Bunda: «belgi» kategorial semasi «predmet» kategorial semasiga almashgan; sifatdagi semalar tarkibida «norma (o'lchov)», «ortiq» semalari tashlangan; «harorat» semasi yana ham abstraktlashish tomon taraqqiy qilgan, ana shu abstrakt sema ot leksemasining semantik mundarijasini tashkil etib qolgan. Demak, sifatdagi semalar tarkibida «harorat» predmet semasi aktuallashib, qolgan semalar so'ngan, shu bilan ot leksema (semema) yuzaga kelgan [112, -11 — 12], Bu hoi issiq (sifat) va issiq (ot) omonim- larining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Bunday omonimlashishni bir so'z turkumidagi kun (quyosh) va kun («sutkaning ertalabdan kechqurungacha bo'lgan qismi») so'zlarida ham ko'ramiz; 2) so'zning semantik tarkibida ma’no hajmi o'zgaradi. Bunda ma’nolar miqdori ortmaydi, bitta ma’noning hajm ko'lami kengayadi yoki torayadi, xoios.
Do'stlaringiz bilan baham: |