1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayishi



Download 322,74 Kb.
bet5/6
Sana09.06.2023
Hajmi322,74 Kb.
#950094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayi

6) Orfografiya



7) Fonetika
Fonetika (grekcha phone – «tovush», -tike – «fan» so'zlaridan) inson
nutqini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan tovushlar va ularning vositalari xaqidagi
tilshunoslik sohasidir.
Nutq tovushlari va ularning vositalari bo'lgan bo'g'in, urg'u, intonatsiya
murakkab va ko'pqirrali xususiyatlar hisoblanadi va shu tufayli to'rt tomonlama
o'rganiladi:
1) artikulyatsion ( fiziologik ) – tovushlarning talaffuzida nutq organlarining xizmati;
2) akustik ( fizik ) – nutq tovushlari va ularning vositalari fizik tebranishlar natijasidir;
3) eshitib his etish ( psixologik ) tomoni, ya'ni nutq tovushlari, bo'g'in,
urg'u va intonatsiya eshituvchi tomonidan anglab his etiladi;
4) fonologik (yoki sotsial, funksional) jihatdan nutq tovushlari va
ularning vositalari tildagi so'zlar, so'z formalari, iboralar va gaplarni bir-biridan
farqlash, ularning ma'nosini kengroq ochish uchun zarurdir.
Yuqoridagi to'rt tomonlama qarashni ba'zan artikulyatsion fonetika, akustik fonetika (u ba'zan eshitib his etish tomonini ham o'z ichiga oladi) va
fonologiya nomlari bilan ham ataladi. Ular nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiyani alohida tasnif qilish usullariga ega bo'lib, bir-biri bilan uzviy
bog'liqdir.
O'zining o'rganish sohasi va vazifalariga ko'ra, fonetika ikki turli bo'ladi:
1) Umumiy fonetika – jahondagi barcha tillarga xos bo'lgan talaffuz
xususiyatlarini o'rganadi;
2) Tasviriy fonetika – biror tilga xos bo'lgan talaffuz alomatlarini o'rganadi. Masalan, rus tili fonetikasi, o'zbek tili fonetikasi kabi.
- 12 -
Qo'yilgan maqsadga ko'ra fonetika ikki turli bo'ladi:
1) nazariy fonetika – u biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan
tasnif etadi;
2) amaliy yoki normativ fonetika esa, biror tilning talaffuziga o'rgatish
maqsadida tuziladi. Masalan, ingliz tilining amaliy fonetikasi rus yoki o'zbek
o'rganuvchilari uchun sodda holda mashqlar yordamida izohlab beriladi.
Alohida apparatlar yordamida nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiyadagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni o'rganish sohasi eksperimental
fonetika deb yuritiladi. Yuqorida ko'rsatilgan fonetika turlarining barchasi kuzatishlar yordamida til talaffuzidagi xususiyatlarni ancha aniq tekshirilgan eksperimental fonetika natijalariga asoslanadi.
Agar fonetika tovushlarining hosil bo'lishi va ularning xususiyatlarini o'rgansa, uni segmental fonetika («segment» so'zi nutq bo'lagi ma'nosini anglatadi)
deyiladi. Fonetika nutq tovushlaridan katta birliklarni, ya'ni bo'g'in, so'z va frazalarni o'rganish bilan ish tutsa, uni supersegmental fonetika yoki prosodika deb
ataladi.
Fonetikaning to'rtinchi zaruriy soxasi hisoblangan fonologiya alohida fan
sifatida ham qaraladi. Bunday qarash fonologiyani ham ikkiga bo'lishni talab qiladi:
1) Tovushlarning tildagi funksional tomonlarini o'rganish bo'limi – segmental fonologiya yoki fonemika, fonematika deb yuritiladi.
2) Bo'g'in, urg'u va intonatsiyaning funksional alomatlarini o'rganish sohasi supersegmental fonologiya yoki prosodika deb ataladi.
Fonetika tilning boshqa bosqichlari va yaruslari bo'lgan morfologiya va
sintaksis, leksika va stilistika bilan uzviy bog'liqdir. Chunki tildagi barcha
birliklar (so'z, so'z shakli, so'z birikmalari va frazalar) tovushlar yordamida
namoyon bo'ladi.
- 13 -
Fonetika nutqdagi artikulyatsion-akustik xususiyatlarni, ularning hosil
bo'lishida nutq organlarining xizmati va fizik tebranishlarni o'rganishi bo'yicha
biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan bog'lanadi.
Tildagi fonetik xususiyatlarning tarihini o'rganuvchi soha tarixiy (yoki diaxronik) fonetika deb ham ataladi. Bunda tildagi tovushlar sistemasining taraqqiyoti qadimiy obidalar va qo'lyozmalar hamda tarixiy faktlar yordamida tasnif
etiladi.
Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining o'xshash va farqli
alomatlarini o'rganish «tillar tipologiyasi» nomi bilan atalib, bu sohaning
fonetikaga doir bo'limi qiyosiy-tipologik fonetika yoki qiyosiy-tipologik fonologiya deb ataladi. Masalan, rus, o'zbek va ingliz tillarining qiyosiy-tipologik fonetikasi yoki fonologiyasi kabi.
Tildagi tovushlarni yozma ravishda ko'rsatish uchun alohida belgilar
mavjud bo'lib, uni transkripsiya deyiladi. Ushbu darslikda Xalqaro Fonetika Assotsiatsiyasi taklif etgan transkripsiyaga asoslangan belgilardan foydalanildi.

Download 322,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish