O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

urbanizatsiyaga
olib kelmoqda.
M a’lumki, XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmida 
Buyuk Britaniya jahon mamlakatlari ichida eng rivojlangan dav- 
latlardan biri bo'lgan bo'lsa, XIX asrning oxirlariga kelib iqtisodiy 
rivojlanish barcha sanoati rivojlangan G 'arbiy Yevropa m am ­
lakatlarini va Shimoliy Amerikani ham qamrab oigan edi. Jahon 
iqtisodiyotida London, Nyu-York, Chikago kabi dunyoning eng 
yirik shaharlari paydo bo'ldi. Xullas, XX asr jahon xo'jaligi uchun 
um um iy urbanizatsiya asri bo'lib, jahon xo'jaligida juda katta o 'z ­
garishlar yuz bera boshladi. Agar 70-yillarda sh ah ar aholisi 
um um d u n y o aholisining 38—39 % ni tashkil etgan b o 'lsa ,
70


2000-yilda 48 % ni tashkil etgan edi. Sanoati rivojlangan m am ­
lakatlarda shahar aholisi 80 % ni tashkil etgan bo'lsa, rivojlana­
yotgan mamlakatlarda esa 44 % ni tashkil etgan.
2025-yilga qadar urbanizatsiya jarayonlari davom etib, dunyo 
m am lakatlari shaharlarida aholining 2/3 qismi yashay boshlaydi 
(sanoati rivojlangan m am lakatlarda aholining 85—87 %, rivoj­
langan m am lakatlarda esa aholining 61—63 %). Hozirgi kunda 
shahar aholisining keskin ko'payib borish alomatlari Janub va 
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining bir qator shaharlarida 
kuzatilm oqda (ushbu m am lakatlar aholisi taxminan 30—35 % 
shaharlarda yashamoqda). G'arbiy Yevropa dunyoning eng yirik 
urbanizatsiyalashgan mintaqasi sifatida tan olingan bo'lsa, ancha 
kam urbanizatsiyalashgan qit’alardan biri Afrikadir.
XX asrning 90-yillariga kelib, jahonning yetakchi sanoati 
rivojlangan davlatlarining ko'pchiligida shahar aholisining o'sishi 
(ko'payishi) darajasi qisqarib bormoqda. Bu holat rivojlangan 
mamlakatlarda urbanizatsiya jarayonini borishini sekinlashtiryapti. 
Biroq, bunga qaram a-qarshi rivojlanayotgan m am lakatlam ing 
ko'pchiligida esa shahar aholisini ko'payishi alomatlari kuzatilayotir. 
Xarakterli tomoni shundaki, 70-yillarning o'rtalariga kelib, tarixda 
birinchi marta rivojlanayotgan m amlakatlaming shahar aholisi 
(50 % dan ortiqroqni tashkil etgan edi) dunyo mamlakatlari shahar 
aholisiga nisbatan ko'pchilikni tashkil etgan edi. 90-yillarning 
boshidayoq rivojlangan mamlakatlaming shahar aholisi, sanoati 
rivojlangan davlatlarning shahar aholisiga nisbatan 1/3 ga ko'paygan 
bo'lsa, 2000-yillarga kelib esa ikki barobarga ortgan edi.
Jahon iqtisodiyotining eng muhim tomonlaridan biri shahar 
aholisining 
megapollashib
(megapol — yunoncha so'z bo'lib, «katta 
shahar» demakdir) borayotganlidir. 1950-yilda jahon mamlakatlari 
ichida shahar aholisi 10 mln kishidan ortiq bo'lgan shaharlar 
soni faqat ikkita (Nyu-York va London) bo'lgan bo'lsa, 80-yillarga 
kelib jahonda yangi yetakchi shaharlar — Tokio-Iokogama (20 
mln kishi) paydo bo'lgan edi. 2000-yilda jahonning eng yirik 
shaharlari bo'lib, Mexiko-Siti (aholisi 28 mln kishi atrofida), Tokio- 
Iokogama (aholisi 28 mln kishi), San-Paulo (aholisi 22 mln kishi 
atrofida), Nyu-York (aholisi 20 mln kishi atrofida) hisoblangan.
Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlaming mega- 
polislashuv jarayonlarining borishi tobora xarakterli tusga kirib bor­
moqda. Agar 1980-yilda megapolis shaharlarining soni 17 bo'lgan 
bo'lsa, 2025-yillarga borib esa ulaming soni yanada ortib — Mexiko-
71


Siti (37 mln kishi atrofida), San-Paulo (30 mln kishi atrofida), 
Katta Bombey (27 mln kishi atrofida), Kalkutta (37 mln kishi 
atrofida), Jakarta (24 mln kishi atrofida), Dakka (24 mln kishi 
atrofida), Madras (21 mln kishi atrofida), Karachi (21 mln kishi 
atrofida), Bangoq (20 mln kishi atrofida), Qohira (20 mln kishi 
atrofida), Lagos (20 mln kishi atrofida) va boshqalar megapolis 
shaharlardan bo‘lib qolishi qayd etilmoqda.
. Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa bu 
davrda teskari an ’ana, ya’ni shaharlarda yashovchi aholi o‘sishining 
sekinlashishi va h atto megapolis shaharlardagi aholi soni qisqa- 
rib borishi kuzatilm oqda. Hozirgi kunda iqtisodiyotning eng 
m uhim m uam m olaridan biri, bu «shaharlar inqirozi»ning ro ‘y 
berayotganligidir. Bu inqiroz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ekologik, 
transport, jinoyatchilikni o ‘sishi muammolari bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, bunday holatlar hozirgi kunda rivojlangan shaharlar 
hayotida kuzatilyapti.
1. Jahon iqtisodiyotida aholining xalqaro migratsiyasi dastlabki 
ko‘rinishlarini xarakterlab bering.
2. Aholi migratsiyasining jahon mamlakatlari iqtisodiyotini rivoj- 
lanishidagi ahamiyatini ochib bering.
3. Xalqaro ishchi kuchi bozorlari doirasida faoliyat ko'rsatayotgan 
«TMKlar segmenti» to‘g‘risida nima bilasiz?
4. T.R. Maltusning demografik muammolarning mavjudligi to‘g‘risidagi 
nazariyasini izohlang.
5. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan «demografik portlash» 
jarayonlarini bayon eting.
6. Jahon iqtisodiyotida aholi o‘zgarishining dinamikasini xarakterlovchi 
asosiy populatsion sikllami mazmuni va mohiyatini ochib bering.
7. Jahon iqtisodiyotida «mutaxassislik» va «kasbkorlik» tushunchalarini 
bir-biridan farqlarini ko‘rsatib bering.
8. Jahon iqtisodiyotida urbanizatsiya jarayonlarining borishini 
xarakterlang.


10-bob. XALQARO ISHLAB CHIQARISH VA ILMIY-

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish