O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


Rivojlangan mamlakatlarning moliya-valuta siyosati



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

11.4. Rivojlangan mamlakatlarning moliya-valuta siyosati
M a ’lum ki, barcha xalqaro iqtisodiy m unosabatlar valuta 
ayirboshlash shaklidagi moliyaviy oqim lar harakati orqali o 'z
ifodasini topadi. Barcha rivojlangan davlatlar uchun erkin valuta 
siyosati xos bo'lib, ular hech qanday valuta chegaralanishlarini 
qo'llab-quw atlam aydi. Valuta kurslarining boshqarilishi Markaziy 
banklaming valuta intervensiyalari va pul-kredit siyosati vositalari 
orqali amalga oshiriladi.
Jah o n iqtisodiyotida rivojlangan davlatlar xalqaro valuta 
munosabatlari muhitida ustunlik qilishadi. Bu, awalambor, AQSHga 
tegishlidir. 90-yillaming o'rtasida 40 % dan oshiq valuta-almashuv 
operatsiyalari 44 % atrofidagi mablag'ning turli xil moliyaviy insti- 
tutlarga tegishli bo'lgan xalqaro savdo hisob-kitoblari, asosan, 
AQSH dollarida amalga oshirilgan edi. 90-yillarning ikkinchi 
yarm ida dollar o 'rn in i jahon moliyaviy bozorida yiriklashishi 
va boshqa rivojlangan davlatlar valutasi o'm ining zaiflashishi bilan 
tavsiflanadi. Shunday qilib, dollarning barcha rivojlangan m am ­
lakatlar valuta zaxirasidagi ulushi, EKYu ulushi (1991-yil 1-yan­
vardan yevro) 30 % ni tashkil qilgan holda, 1990-yildagi 45 % dan, 
1998-yilda 58 % gacha ko'paygan edi.
Jahon iqtisodiyotida Y aponiya «iyena zona»sini tashkil q i­
lishga u rinishayotgan O siyo— T inch okeani m intaqasi d a v lat­
larida ham 80-yillarda valuta zaxirasida dollarning ulushi 48,6 % 
dan 62,7 % gacha o'sgan bo'lib, iyenaning ulushi 13,9 % dan 
17,7 % gacha o'sgan edi, xolos. Jahonning boshqa davlatlarida 
orttirilgan dollarlar asosli ravishda xalqaro moliyaviy bozorlardagi 
beqarorlik muhitida mashhurligi keskin o'sgan Amerika federal 
xazinasining qiymatli qog'ozlariga sarflangan edi.
85


Jahon iqtisodiyotida 1997—1998-yillarda ro ‘y bergan moliyaviy 
inqiroz valuta va fond bozorlari ahvoliga sezilarli ta ’sir ko'rsatgan 
edi. 1998-yilda rivojlangan davlatlarning kompaniyalari aksiyalari 
kursining o'sish sur’atlari amalda ikki marta sekinlashdi. G'arbiy 
Yevropa bozorlaridagi aksiyalar kursi, ayniqsg, yuqori sur’atda 
ko'tarildi. G 'arbiy Yevropa davlatlarining investorlari faollik bilan 
aksiyalarini sotishgan. Shunday yo'llar bilan AQSH va Germaniya 
yirik qiymatli qog'ozlar vositasiga ega bo'lishgan. Bunday ijobiy 
harakatlarning iqtisodiy ko'rsatkichlarini biz davlat budjeti za- 
rarining pasayishida, inflatsiya sekinlashishida, yevroni joriy qili- 
nishida ko'rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida yevroni joriy qilinishida ko'rilgan tayyor- 
garlik G 'arbiy Yevropa davlatlarini fond bozorlaridagi birlashuv 
jarayonlarini tezlashtirgan edi. 1998-yilning iyulida London va 
Frankfurt fond biijalari o'rtasida yagona savdo tizimini tashkil qilish 
to'g'risidagi bitim tuzildi. 1998-yilning noyabrida ushbu bitimga 
G'arbiy Yevropa davlatlarining yana 6 ta fond biijasi qo'shilgan edi. 
Shu tarzda, rivojlangan davlatlar o'rtasidagi xalqaro iqtisodiy m u­
nosabatlaming rivojlanishi bir tom ondan, ularda xo'jalikni bay- 
nalmilallashuvini kuchayishidan guvohlik bersa, boshqa bir to ­
mondan esa ulaming iqtisodiy mustaqilligini kuchaytirib, sanoati 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kapitalning o'zaro oqimidan 
zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh tovarlar ishlab 
chiqarishga o'tayotganligidan dalolat beradi.
1. Rivojlangan mamlakatlaming o'ziga xos xususiyatlarini xarakterlab 
bering.
2. AQSHning liberal, Germaniyaning ijtimoiy bozor va Shvetsiyaning
iqtisodiy rivojlanish modellarini mazmuni va mohiyatini ochib 
bering.
3. Rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishi umumiy qo­
nunchiligi masalalarini bayon eting.
4. Rivojlangan mamlakatlaming tashqi iqtisodiy faoliyatini o'ziga xos 
an’analarini xarakterlab bering.
5. Rivojlangan mamlakatlaming investitsion va moliyaviy-valuta 
siyosatlarini tavsiflang.
6. Rivojlangan mamlakatlardagi xalqaro ishchi kuchi migratsiyasidagi 
holatlami ochib bering.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish