12.2. Rivojlanayotgan mamlakatlaming xalqaro
tovar ayirboshlashda tutgan o‘mi
Rivojlanayotgan mamlakatlaming xalqaro mehnat taqsimotida
faol ishtirok etish, jahon xo'jaligi aloqalarining ancha rivojlangan
sistemasi, oddiy va moliyaviy resurslarning mamlakatlararo oqib
yuradigan qismi, iqtisodiy taraqqiyotning cheksiz shart-sharoitlariga
90
aylanib qoldi. M ustaqil davlat sifatida jahon ham jam iyatida ish
tiro k etish orqali rivojlanayotgan m am lakatlam ing barchasi
70-yillarning boshlaridan boshlab xalqaro m ehnat taqsim otida
qatnashish uchun faol ravishda intilmoqda. Ushbu davlatlarning
xalqaro m ehnat taqsim otida faol ishtirok etishining zaruriyati
shunday asoslanib beriladiki, ular tayyor mahsulot ishlab chiqarish
uchun zarur bo'lgan barcha narsalami yetishtirish imkoniyatiga
ega emas. Hozirgi paytda ular sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun
xomashyo yetishtirib beruvchilar hamda nisbatan arzon ishchi kuchi
manbayi bo'lib hisoblanadi.
M a’lumki, xalqaro mehnat taqsimotida ko'plab xo'jalik faoliyati
bilan shug'ullanuvchi guruhlar jamlangandir. Eng muhimi, xalqaro
savdoni tashkil etuvchi xom ashyolar va tayyor m ahsulotlarni
hamda, barcha iqtisodiy resurslarni dunyolar o'rtasidagi o'zaro
almashinuvini ta ’minlaydi. Xalqaro savdo asosan, eng kambag'al
rivojlanayotgan m am lakatlar uchun tashqi daromadning ancha
ishonchli manbayi bo'lib qoladi. Ammo, material va energiya
sig'imining keyingi yillarda kamayishi munosabati bilan rivojlangan
mamlakatning o'sishida tabiiy xomashyolarning xalqaro savdodagi
tutgan o 'm i pasayib borishi aniq a n ’analarga egadir. Shunga m u
vofiq, u 1991-yilda jahon eksporti umumiy ulushining 25 % ni
tashkil etadi. Bir vaqtning o'zida, bir qator an’anaviy tovarlami
ko'zda tutganda aynan o'sha rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasida
ulushlaming qayta taqsimlanishi sodir bo'layotir.
Jahon iqtisodiyotida XX asrning 70—90-yillarida Afrikaning
rivojlanayotgan mamlakatlarni umumiy eksport hajmidagi ulushi
qisqarib borganligi qayd etiladi. U Osiyo mamlakatlaridan jo 'n a -
tilayotgan mollaming doimiy o'sayotganligiga qaramasdan, ikki
barobardan k o 'p ro q pasayib ketdi. Eksportning asosi xom -
ashyolardan iborat bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda ulam ing
jahon bozorida egallab turgan pozitsiyalarining yomonlashuvini
to'xtatish imkoniyatiga ega bo'lgan qo'shim cha eksport resurslarini
izlab topishga kuchli ehtiyoj sezilyapti. Buning uchun, eksportning
xilma-xilligini ta ’minlash, ya’ni chiqariladigan xomashyolami qayta
ishlash, boshqa turdagi sanoat mahsulotlari va boshqalaming jahon
bozoridagi erkin harakatini ta ’minlash eng muhim ustuvor yo‘-
nalishlardan biri bo'lib qolmoqda.
Jahon iqtisodiyotida a n ’anaviy tovarlar eksporti hajmini ken
gaytirish borasidagi ko'plab muammolarga qaramasdan, rivojla
nayotgan m am lakatlam ing jah o n eksportidagi um um iy ulushi
91
sekin-astalik bilan oshib borayotir. Shuningdek, u 1987-yildagi
22 % o'rniga 1992-yilga kelib 24,7 % ga qadar ortdi. 1993-yilda
rivojlanayotgan mamlakatlaming eksportini fizik hajmi sanoati
rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,2 % ga qisqarganiga qaramasdan
yana 10 % ga ortgan edi. Rivojlanayotgan m am lakatlarda jam i
eksportni tarkiblashtirish jarayoni sodir bo'lm oqda. 1991 -yilda
rivojlanayotgan mamlakatlaming eksportidagi sanoat mollarining
ulushi (rangli materiallami hisobga olganda) 57,7 % ga yetgan edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon sanoati eksportidagi
ulushi ham o'sib bordi. Agar rivojlanayotgan mamlakatlaming
eksportidagi sanoat mollarining ulushi 1970-yilda 7,6 % ni tashkil
etgan bo'lsa, 1980-yilda 11 % ni, 1991-yilda 19,5 % ni, 1995-yilda
esa 25 % ni tashkil etgan edi. Xullas, jahon xo'jaligida 90-yillar
rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon eksportidagi ulushi doimiy
ravishda o'sish an’anasiga ega bo'lishligi bilan xarakterlanadi.
Rivojlanayotgan m am lakatlam ing sanoat m ahsulotlari eks
porti hajmining o'sishida mashina va zamonaviy asbob-uskunalar
eng muhim rol o'ynam oqda. Ushbu tovarlam i eksport qilish
1970— 1991-yillar oralig'ida 90 m arotabaga o'sib, sanoatning
umumiy ulushi 35,7
%
ni, tovarlar eksportining umumiy hajmi
22 % ni tashkil etgan edi.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming ba’zi-birlari 1980—1990-yil-
lar mobaynida xomashyo mahsulotlarini ko'plab chetga chiqarish
hisobiga o 'zlarin in g xalqaro m ehnat taqsim otida qatnashish
imkoniyatlarini ham kuchaytirishga erishdi. Boshqa bir rivoj
lanayotgan mamlakatlar esa o'zlarining jahon eksportidagi shaxsiy
ulushlarini sanoatda qayta ishlanadigan m ahsulotlam ing tashqi
bozordagi faol harakati hisobiga oshirib borishmoqda. O 'z navbatida,
mazkur guruhlar o'rtasidagi ba’zi-bir mamlakatlar erishgan mu-
vaffaqiyatlar ham alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir.
Jahon iqtisodiyotida oldingi o'rinlardan birida «yangi industrial
mamlakatlar» borayotgan bo'lsa, boshqa rivojlanayotgan m am
lakatlar esa, eksportning asosini tashkil etuvchi sanoatni kuchay
tirish va kengaytirish borasida eng kam ulushni qo'lga kiritishgan.
Ba’zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlar esa, masalan, Afrikaning
eng yirik davlatlaridan biri Nigeriya o'zining sanoat eksportidagi
ulushini tobora qisqartirib bormoqda.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida xalqaro savdo misolida, rivoj
lanayotgan mamlakatlaming xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok
etish natijalarini baholash orqali jahon xo'jaligi tizimining butunlay
92
notenglik asosida qurilganligini ko'rishim iz m umkin. Ba’zi-bir
rivojlanayotgan mamlakatlar ilmiy-texnologik yutuqlaridan kam
foydalanayotgan bir paytda, rivojlanayotgan dunyoning qolgan
qismlari esa oldingidek an’anaviy industriallashuviga, ba’zi-bir qismi
esa industriallashuvigacha bo'lgan texnologik yutuqlarga asoslanib
taraqqiy etmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon iqtisodiyotidagi ahvoli
bilan bog'liq bo'lgan umumiy holatlami xarakterlash orqali shu
narsani ta ’kidlab o'tish lozimki, qoloq rivojlangan mamlakatlar
borgan sari xalqaro iqtisodiy m unosabatlar tizim idan «ajratib»
qo'yilm oqda. Bunday fikrlar 1996-yilda savdo va rivojlanishga
bag'ishlab o'tkazilgan (U NCTAD) BMT konferensiyasida taqdim
etilgan m a’ruzalaming mualliflari tom onidan keltirib o'tilgan edi.
Jahon iqtisodiyotida Urugvay — Raundi doirasida amal qiluvchi
global savdo bitimi makonini oigan GATT — qishloq xo'jaligi
mahsulotlarini eksport qilishda subsidiyalarini qisqartirish kerakligini
ta ’kidlab o'tadi. Bunday vaziyat kuchsiz rivojlangan mamlakatlarga
nisbatan berilgan kuchli zarba edi. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida
bug'doy, qand, go'sht va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining
bozor narxlari kundan-kunga o'sib borm oqda. 2000-yilda eng
kambag'al mamlakatlaming jami yillik savdo kamomadi taxminan
300—600 mlrd dollami tashkil etgan edi.
Dunyo savdosida xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi
tobora qisqarib borishi munosabati bilan ularni ishlab chiqarishga
bo'lgan ixtisoslashuv o'zining yetakchilik rolini yo'qotyapti. Iqtisodiy
o'sishni qo'llab-quwatlash maqsadidagi xomashyoviy ixtisoslashuv
esa vaqtincha o'zining yordamchilik rolini bajarishga qodirligini
ko'rsatmoqda, xolos. Xalqaro savdoning rivojlanish alomatlarining
guvohlik berishicha, so'nggi o 'n yilliklarda turli xildagi xizmatlarning
hajmi va ahamiyati beqiyos darajada o'sib borayotir. Rivojlanayotgan
mamlakatlar o'zlarining bu yo'ldagi imkoniyatlaridan faol foy-
dalanishmoqda. Masalan, sayyohlik va m ehnat bilan bog'liq xiz
matlar, turli xildagi «iflos» va past maosh to'lanadigan ishlar uchun
ishchi kuchlarini eksport qilish shular jumlasidandir.
Jahon iqtisodiyotida
Do'stlaringiz bilan baham: |