1
KAZUSLAR:
1. Davlatlarning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʼlish jarayoni o`zida
bir qator kompleks chora-tadbirlarni koʼzda tutadi. Ularning ichida eng muhim
oʼringa ega boʼlagan talablardan biri bu mamlakat milliy qonunchiligini JST
kelishuvlari va talablariga moslashtirish hisoblanadi. Аʼzolikka nomzod davlatlar
savdoni tartibga solishga doir tarif va notarif usullarni, bojxona protseduralarini,
investitsiyalarni tartibga solish, intelektual mulkni tartibga solishga oid oʼzining
milliy qonunchilik normalarini toʼliq qayta koʼrib chiqishi lozim. JST aʼzosi bo’lgan
G davlatning fikricha ushbu chora-tadbirlar davlatlarning ichki ishlariga aralashish
hisoblanadi. JST ga aʼzolikka qabul qilinayotgan O’zbekiston misolida savdoni
tartibga solishga doir tarif va notarif usullarni, bojxona protseduralarini,
investitsiyalarni tartibga solish, intelektual mulkni tartibga solishga oid Oʼzbekiston
milliy qonunchiligini tahlil qilgan holda quyidagi savollarga javob bering.
Vazifa. Mazkur vaziyatga ikki huquq tizimi: xalqaro huquq va ichki huquq
tizimining o’zaro nisbati nuqtai nazaridan kelib chiqib xulosa chiqaring.
O’zbekiston JSTga a’zo bo’lsa qaysi huquq tizimi asosida kelib chiqadigan
munosabatlarni hal qiladi. Agarda O’zbekisto JSTga a’zo bo’lgandan keyin uning
normativ-huquqiy hujjatlari JST kelishuvlariga zid kelib qolsa muammo qay tarzda
hal etilishini yoritib bering.
2
Javob
Barchamizga ma’lumki O`zbekiston Respublikasi Jahon Savdo Tashkilotiga
a’zo bo`lish uchun harakatlarni boshlagan. Jumladan, O`zbekiston 1994-yil iyun
oyida tariflar va savdo bo`yicha Bosh bitimda kuzatuvchi maqomini olgan edi, 1998
yilda JSTga a’zo bo`lish bo`yicha muzokara olib boruvchi ishchi guruh tashkil etildi.
Keyingi yillarda ushbu ishchi guruh faqat uch marotaba yig`ilgan. So`nggi
uchrashuv 2005-yil oktyabr oyida bo`lib o`tgandi. Bundan avvalroq O`zbekiston
tashqi ishlar vazirligi ishchi guruh majlislari 2020-yil mart oyining oxiri, aprel
oyining boshlarida boshlanishini rejalashtirgan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi
tufayli uchrashuvlar amalga oshmadi.
JSTning asosiy maqsadlaridan biri o`zini o`zi himoya qilishni kuchaytirish
va protektsionizm qo`llanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro
tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi.
O`zaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning o`z savdo siyosatlarini
kelishilgan mezonlarda olib borishlarida mas’uliyat yuklaydi. Bundan ko`zlangan
maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga ko`mak berishdir. Shunday ekan
hukumat oldida JSTga a’zo bo`lish uchun judayam ko`p vazifalar mavjud:
iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini
tartibga solish;
maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
import va eksport boj to`lovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
JSTga a’zo bo'lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo`lmagan
imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi.
Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo`yicha rivojlanadi. Masalan, paxta
monopoliyasini bartaraf etish fermer xo`jaligiga nimani ekishni va bozor narxida
sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Natijada yangi tarmoqlar vujudga keladi
va, tabiiyki, qo`shimcha ish o`rinlari yaratiladi. Tashkilotga a’zolik yangi mahsulot
va xizmatlar bo`yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro
tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo`l ochadi. Yurtimizda dunyo
mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini
tug`diradi.
Mamlakatimiz mazkur tashkilotga a’zolikka qabul qilinsa, quyidagi ijobiy
o`zgarishlarni ko`rishimiz mumkin bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |