O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

Nazorat savollari
1. Osiyo—Tinch okeani mintaqasi va shuningdek, Lotin Amerikasida 
joylashgan qanday YalMlarni bilasiz?
2. Osiyo va Lotin Amerikasidagi YalMlarni rivojlanish xususiyatlarini 
xarakterlab bering.
3. Rivojlangan va YalMlarni rivojlanish xususiyatlarini bir-biridan 
farqlab bering.
4. Jahon iqtisodiyotida YalMlarning iqtisodiy rivojlanish modellarini 
o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
111


14-bob.
BOZOR IQTISODIYOTIGA 0 ‘TAY0TGAN 
DAVLATLAR
14.1. Ishlab chiqarishning sotsialistik rejali xo‘jalik
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
zarurligi
Jahon iqtisodiyotida o ‘tish davri iqtisodiyoti bir xo'jalik yuritish 
tizimining boshqasi bilan almashish holatini ifoda etadi. Bu jarayon 
nisbatan uzoq davrni o ‘z ichiga oladi. Uning o'ziga xos jihati 
shundaki, eski iqtisodiy tizim batamom yo‘q b o iib ketmaydi, yangi 
tizim esa o'zining samaraliroq ekanligini ko'rsata olmaydi. Buning 
natijasida iqtisodiyotning yaxlitligi buziladi, ya’ni eski va yangi 
iqtisodiyotning unsurlari bir vaqtning o'zida faoliyat ko'rsatadi. 
Shunga o'xshash holatlar jahon xo'jaligining sivilizatsiyalar alma- 
shuvida (antik davrdan o'rta asrlar davriga, o'rta asrlar davridan 
kapitalizmga o'tishda) kuzatilgan edi.
Zamonaviy bosqichda o'tish davri iqtisodiyoti Yevropa va Osiyodagi 
sobiq sotsialistik mamlakatlarga (KXDR bundan mustasno) xosdir. 
KXDR hozirgi kunda ham markazdan turib rejalashtirilgan tizimga 
asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirib kelmoqda. Jahon iqtiso­
diyotida SSSR, Chexoslovakiya va Yugoslaviya kabi sotsialistik 
tizimdagi davlatlar tarqalib (bo'linib) ketgandan so'ng, ularning 
o'rnini 29 ta o'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlar vujudga keldi. 
Hozirgi kunda ushbu davlatlar o'tish davri qiyinchiliklarini boshidan 
kechirmoqda. O'tish davri davlatlarining iqtisodiyoti bir butun yaxlit 
emas, buning natijasida barqaror o'sish mexanizmlari qiyin ahvolga 
tushib qolgan bo'lib, milliy xo'jalik holati barqaror va turg'un emas.
O'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarda davlat barqarorlashtirish 
jarayonlarini kuchaytirishga, milliy ishlab chiqarishni raqobat­
bardoshligini oshirishga, yangi xo'jalik yuritishning bozor ko'ri- 
nishlarini amalga oshirishni yengillashtirishga harakat qiladi. Jahon 
iqtisodiyotida raqobatbardoshlik muammosi eng dolzarb hisoblanadi, 
chunki markazdan turib rejalashtirish tizimidan voz kechish, eng 
aw alo, ishlab chiqarishda samaradorlikni pastligi bilan va shu­
ningdek, uning daromadligini pasayishi bilan xarakterlanadi. Sharqiy
112


Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti tashqi bozorga bog'liq bo ‘lganligi 
sababli o ‘z mahsulotlarini jahon bozorida sotishda bir qator muam- 
molarga duch kelishgan edi. Eksport imkoniyatlarining yetarli 
darajada emasligi esa valuta mablag'larini jamlashda qiyinchiliklami 
tug'dirdi. Bu esa o'z navbatida ushbu mamlakatlarda aholining 
turm ush farovonligini ta ’m inlash uchun zarur bo'lgan im port 
tovarlami yetarli darajada sotib olish imkoniyatini bermagan edi.
O 'tish davri mamlakatlari raqobatbardoshlik va jahon narxlariga 
bog'lanib qolganlik muammosini sobiq SSSRga nisbatan chuqurroq 
his etadi. Chunki sobiq SSSRda ichki bozor o'zining sig'imliligi va 
diversifikatsiyalanganligi uchun ham takror ishlab chiqarish jara­
yonida jahon bozoriga nisbatan ahamiyatliroq edi.
O 'tish davri m am lakatlarida ishlab chiqarish sam aradorligiga 
bo'lgan talablarga nisbatan yondashuv ham bir xil em as edi. 
Agar Sharqiy Yevropa m am lakatlarida xo'jalik boshqaruv m exa­
nizmining inqirozga uchraganligi jahon bozori talablaridan orqada 
qolganligi bilan baholansa, sobiq SSSRda rejali iqtisodiyot ishlab 
chiqarishda aholining haqiqiy ehtiyojlari uchun xizmat qilmasligi 
tanqid ostiga olinadi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari jahon bozori bosimini o'zlarida 
ko'proq his qilib, sobiq SSSRga nisbatan sotsializm modelitii tako­
millashtirish yo'llarini faolroq izladilar. Bu mamlakatlarda davlat 
va kooperativ mulk mayda xususiy mulkni (xizmatlar, chakana va 
ulguiji savdo ishlari) siqib chiqarmagan edi. Bu holat, ayniqsa, 
Polshaga xos. Ushbu davlatning qishloq xo'jaligida kooperatsiya- 
lashtirish jarayonlari amalga oshirilmagan edi. Shunday qilib
Sharqiy Yevropada bozor iqtisodiyotiga xos bo'lgan xususiy xo'jalik 
alohida iqtisodiy uklad sifatida saqlanib qolgan bo'lib, u bozor 
islohotlarini amalda qo'llanilishini yengillashtirgan edi.
XX asrning 60-yillarida boshqaruvning sotsialistik xo'jalik 
iqtisodiyotida inqirozli holatlar kuzatila boshlandi, iqtisodiy o'sish 
sur’atlari sekinlashdi. SSSRda sanoat mahsulotlarini sotish muammosi 
kuchayib ketdi. Xalq iste’moli tovarlari yetishmagan bir vaziyatda, 
o'z xaridorini topmagan tovarlarning ortib borishi kuzatildi. Bunday 
muammolar Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham mavjud. Ushbu 
mamlakatlarda bozorning kichikligi bois sotilmagan tovarlami bir 
bozordan boshqasiga tashlash imkoniyati yo'q. Shuning uchun ham 
ular tovar assortimentini tez-tez almashtirishga va sifatiga ko'proq 
e’tibor berilgan. Ana shunday vaziyatda iqtisodiy o'sishning ekstensiv 
omillari tugab, intensiv o'sish omillariga o'tish zaruriyati tug'ilgandi.
X - 353
113



Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish