O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


«Yangi industrial mamlakatlar»ning iqtisodiy



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

13.1. «Yangi industrial mamlakatlar»ning iqtisodiy
rivojlanishiga umumiy tavsif
XX asrning 60—80-yillarida jahonning rivojlanayotgan mam- 
lakatlami, shu jumladan, «yangi industrial mamlakatlar»ni (YalM) 
umumiy tuzilishida ham global o'zgarishlar ro‘y berganligi bilan 
xarakterlanadi. Jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlaming 
ko‘pchiligidan «yangi industrial mamlakatlar» o'z parametrlarining 
barcha tizimlari bo'yicha ajralib turadi. YalM ni rivojlanayotgan 
mamlakatlardan farqlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlardan ham ajralib turishligidir. Ya’ni, ularning 
rivojlanishi «yangi industrial» rivojlanish modeli sifatida mavjud- 
ligidir. Bunday xarakterli tomonlar, Osiyo—Tinch okeani m inta­
qasidagi va shuningdek, Lotin Amerikasidagi YalMning rivojlanish 
tajribasini chuqur tahlil qilish jarayonida ko‘zga tashlangan edi.
Lotin Amerikasidagi YalMlarning rivojlanish tajribasi va shu­
ningdek, Osiyo—Tinch okeani mintaqasidagi YalMlarning k o 'p ­
chiligi ozodlikka erishgan jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari 
uchun xalq xo‘jaligining ichki rivojlanish dinamikasi bo‘yicha ham, 
tashqi iqtisodiy m unosabatlam ing ekspansiyasi bo‘yicha ham 
rivojlanishnirg o ‘ziga xos namunasidir. Odatda, rivojlanayotgan 
«Yangi industrial mamlakatlar» qatoriga Osiyo—Tinch okeani 
mintaqasidagi Janubiv Koreya, Tavvan, G onkong, Singapur, 
Malayziya, snu bilan bir qatorda Lotin Amerikasidagi Argentina
Braziliya, Moksika kabi mamlakatlar taalluqlidir. Yuqorida qayd 
etib o ‘tilgan barcha mamlakatlar YalMlarning birinchi avlodlari 
yoki birinchi qaldirg'ochlari hisoblanadi. U larning orqasida 
YalM ning so'nggi avlodlari (Filippin va Xitoyning janubiy che- 
garalari) yeti '-.ib chiqmoqda.
BMT ton onidan ishlab chiqilgan metodika bo'yicha YalM
qatoriga kiruvchi mamlakatlar u yoki bu mezonlar bo'yicha alohida 
ajralib turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:
100


— aholi jo n boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulotlaming 
miqdori;
— yalpi ichki mahsulotning o ‘rtacha yillik o ‘sish sur’ati;
— yalpi ichki mahsulot tarkibidagi qayta ishlash sanoatining 
um um iy miqdori (20 % atrofida bo‘lishi kerak);
— chiqariladigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan sanoat 
mahsulotlarining ulushi va eksport miqdori;
— xorijiy m am lakatlarga chiqariladigan t o ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri 
yo'naltirilgan investitsiyalaming umumiy miqdori va h.k.lar.
Yangi industrial mamlakatlar ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha 
nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi, balki ayrim 
hollarda b ir q a to r sanoati rivojlangan m am lakatlardan ham 
ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha ustunlikka egadir. Masalan, Tayvan, 
1952— 1995-yillarda aholi jon boshiga YalM hajmini 170 marotaba 
o'stirgan edi (aholining o'sishiga nisbatan 2,5 marotaba ortiqroqdir). 
Tashqi savdo hajmini esa 544 marotabaga oshirdi. Mamlakatning 
inflatsiya darajasi o'rtacha 3,6 % ni, iqtisodiy o'sishning o'rtacha 
yillik sur’ati esa 8,7 % ni tashkil etgan edi. Shunday qilib, Tayvan 
iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish ko'rsatkichlari 
bo'yicha dunyoning ilg'or mamlakatlari qatoriga kiritilgan bo'lib, 
aholi jo n boshiga to 'g 'r i keladigan yillik d aro m ad taxm inan 
12 ming dollami tashkil qilgan edi.
Shunday qilib, 1960— 1990-yillarda O siyo—T inch okeani 
mintaqasidagi m am lakatlam ing iqtisodiy rivojlanish sur’ati hi­
soblab ko'rilganda uning miqdori yiliga 5 % ni tashkil etganligini 
ko'rishim iz m um kin (bu ko'rsatkich Yevropa m am lakatlarida
2 % ga teng bo'lgan). Ana shu yillarda, Tayvanda yillik o'sish sur’ati 
juda yuqori bo'lib, 8,7 % ni tashkil etgan. 90-yillarda Janubiy 
Koreya va Singapurda yillik o'sish sur’ati 8 % ni, Malayziyada esa 
9 % ni tashkil etgan.
Jahon iqtisodiyotida «yangi industrial m am lakatlar»ning 
iqtisodiy rivojlanish su r’ati yuqoriligi aholining turm ush tar- 
zini yaxshilanib borayotganligi bilan uyg'unlashib borm oqda. 
1960—1990-yillarda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yillik daro­
mad rivojlanayotgan YalM da 4 marotaba o'sgan edi. Xullas, xalqaro 
ekspertlarning bashorat qilishicha, 2010-yilga borib, Sharqiy 
Osiyoning rivojlanayotgan m am lakatlari G 'arb iy Yevropaning 
rivojlangan m am lakatlarini yalpi m illiy m ahsulotning hajm i 
bo'yicha quvib o 'tishi, 2020-yilga borib esa Shimoliy Amerikadan 
ham o'zib ketishi bashorat qilinmoqda (3-jadval).

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish