O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


-bob. MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI  MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI 15.1. MDH mamlakatlarini jahon xo'jaligiga kirib



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

15-bob.
MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI 
MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI
15.1. MDH mamlakatlarini jahon xo'jaligiga kirib
borishidagi asosiy muammolar
XX asrning 90-villari boshiga qadai sotsialistik rejali tizimni 
boshidan kechirgan Mustaqil Davlatlar H am do'stligi (M D H ) 
mamlakatlari (RF, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston) 
jahon xo'jaligiga dadil kirib borishining nazariy va amaliy tomonlarini 
yechish uchun quyidagi muammolarni hal etishga kirishgan edilar
1. «Ochiq iqtisodiyot» tam oyillari konsepsiyasini nazariy 
jihatlarini tahlil etib, amaliyotda keng qo'llash.
2. Jahon iqtisodiyotida sotsialistik rejali tizim ni boshidan 
kechirgan (XXR, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari) va ho­
zirgi kunda bozor iqtisodiyoti asosida dadil rivojlanib borayotgan 
mamlakatlar iqtisodiy islohotlarini chuqur tahlil etish va am a­
liyotda qo'llash.
3. Iqtisodiyotda eksport strategiyasi bilan sanoat siyosati 
o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni chuqur tahlil etish.
4. Jahon mamlakatlari o'rtasidagi integratsion jarayonlam ing 
borishini tahlil etib, iqtisodiy faoliyatni jahon standartlariga mos 
mexanizmini qo'llash, takomillashtirish va boshqalar.
15.2. MDH mamlakatlarining yaqin va uzoq xorijiy
mamlakatlar bilan olib borayotgan savdo-iqtisodiy aloqalari
M a’lumki, XX—XXI asrlar bo’sag'asi jahon iqtisodiyotida 
rivojlanishning o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lib, tashqi savdo 
sohasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlaming global masshtabda 
rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Ana shu davrda M DH m am ­
lakatlarining iqtisodiy rivojlanishida stabillashuv jarayonlari ro'y 
berganligi, Osiyo—Tinch okeani mintaqasi davlatlarini iqtisodiy 
tiklanganligi ko'zga tashlanadi.
M DH mamlakatlari bilan yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar 
o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini borishida, ayniqsa, sanoati
118


rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, 
Shveysariya, Janubiy Koreya, G FR, Fransiya, Turkiya alohida 
o ‘rinni egallamoqda.
M DH mamlakatlari bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasida 
olib borilayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlar ham samarali rivoj 
topib borm oqda. M D H m am lakatlarini respublikam iz bilan 
bo'ladigan tovar aylanmasining rivojlanishi teng huquqli va o'zaro 
foydali tamoyillarga asoslangan. 2000-yilda Ukraina bilan O 'zb e­
kiston o'rtasidagi savdo aylanmasi 1999-yilga nisbatan 1,3 baro- 
barga, RF bilan bo'ladigan savdo aylanmasi esa 16 % ga o'sdi.
Hozirgi kunda M DH m am lakatlarini respublikam iz bilan 
bo'ladigan tashqi savdo aylanmasining 30—35 % Markaziy Osiyo 
mintaqasi davlatlari (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkma- 
niston) orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yilla­
rida respublikamiz tashqi savdo aloqalarining 70—80 % MDH hissasiga 
to'g'ri kelgan bo'lsa, 1997-yilga kelib, 60—65 
%
ga to'g'ri keldi.
Rossiya Federatsiyasi bilan O'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqti­
sodiy alo q alar y ildan-yilga kengayib, rivojlanib borm oqda.
1997-yilda Rossiya bilan O'zbekiston o'rtasidagi eksport-import 
saldo 65,3 mln dollami tashkil etgan. Hozirgi kunda ham O'zbekiston 
Rossiyaga asosan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chiqarib, kamroq 
sanoat tovarlarini sotib olmoqda. Agar 1992-yilda Rossiyaga sotilgan 
mahsulotlaming 58—59 % paxta tolasiga, 7—8 % mashina va asbob- 
uskunalarga, 1—2 % esa xalq iste'moli tovarlariga to'g'ri kelgan 
bo'lsa, 1998-yilda paxta tolasining ulushi 21—22 
%
ga qisqarganligini, 
mashina va asbob-uskunalar 30—31 % ga, xalq iste’moli m ahsulot­
lari savdosi uchun esa 14—15 
%
ga o'sganligini ko'rishimiz mumkin. 
Xullas, respublikamiz qisqa iqtisodiy rivojlanish yillarida Rossiyadan 
xalq iste’moli mahsulotlarini import qiladigan mamlakatdan, ularni 
eksport qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Agar 1992-yilda yoqilg'i mahsulotlari importi 61—62 % ni tashkil 
yetgan bo'lsa, 1998-yilga kelib RFdan yoqilg'i sotib olish deyarli 
to'xtadi. Hozirgi kunda mashina va asbob-uskunalar, 16—18 % atrofida 
kimyo, 15—18 
%
atrofida qora metallurgiya sanoati mahsulotlari sotib 
olinmoqda. Rossiya esa o'z navbatida O'zbekistondan, asosan, qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarini sotib olyapti. Jumladan, 1992-yilda O'zbe­
kistondan sotib olingan paxta tolasi 58—59 
%
ni tashkil etgan bo'lsa,
1998-yilda 21—22 
%
ni tashkil etdi.
Hozirgi kunda M DH mamlakatlari bilan O'zbekiston o'rtasida 
bo'ladigan tashqi savdo aylanmasining 30—35 % Markaziy Osiyo
119


mintaqasi davlatlari orqali amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy tahlillar 
shuni ko'rsatm oqdaki, 1999-yildan boshlab mintaqa davlatlari 
o'rtasida tovar aylanma yildan-yilga o'sib, rivoj topmoqda.
1999-yilda mintaqa davlatlari bilan respublikamiz o'rtasida tovar 
aylanma 525 mln dollarni, 2002-yilda esa 568 mln dollami tashkil 
etdi. 2002-yilda Qozog'iston bilan O'zbekiston o'rtasidagi tovar 
aylanma 263,3 mln dollarni, Tojikiston bilan 116,9 mln dollarni, 
Qirg'iziston bilan 111,6 mln, Turkmaniston bilan esa 75,3 mln 
dollarni tashkil etdi.
M DH bilan O 'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy m uno­
sabatlar sezilarli rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2003-yilda O 'z- 
bekistonning Ukraina bilan bo'lgan savdo aylanmasi 1,5—2 baro- 
barga, RF bilan 20—25 % ga, Markaziy Osiyo davlatlari bilan 
1,5—2 barobarga o'sdi. M DH mamlakatlarining savdo-iqtisodiy 
aloqalari Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya va Gruziya kabi 
mustaqil davlatlar bilan ham yildan-yilga kengayib borm oqda. 
M DH mamlakatlarining savdo-iqtisodiy aloqalari borishida, ay­
niqsa, sanoati rivojlangan (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ita­
liya) va rivojlanayotgan (Hindiston, Turkiya, Eron, Saudiya Ara- 
bistoni) davlatlari alohida o'rinni egallab turibdi.
1. M D H mamlakatlari tarkibiga kiruvchi davlatlarni aniqlab, ushbu 
mamlakatlar oldida turgan asosiy muammolarni xarakterlab bering.
2. M DH mamlakatlari rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini bayon 
eting.
3. M DH mamlakatlarini yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan olib 
borayotgan savdo-iqtisodiy aloqalarini tavsiflang.
4. Respublikamizning M DH mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy alo­
qalari qanday tamoyillarga asoslangan?

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish