G ‘arbiy Yevropada Ikkinchi Jahon
urushidan keyin ikki yirik
integratsion guruhning, ya’ni Yevropa Iqtisodiy Hamjam iyati
(EES) va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (EAST)ning vujudga
kelishi natijasida integratsion jarayonlar katta tezlikda rivojlanib
bordi. 90-yillarning o'rtalariga kelib esa EES (1995-yildan boshlab
Yelga aylantirilgan) deyarli EASTni o ‘z tarkibiga qo‘shib oldi. EAST
o ‘z tarkibida faqatgina Islandiya, Lixtenshteyn,
Norvegiya va
Shveysariya davlatlarini saqlab qoldi, xolos. Bu ikki birlashmani
solishtiradigan b o ‘lsak, EAST o'zining taraqqiyotida bojxona
ittifoqini yaratishdan u yog‘iga o ‘tmadi, uning tuzilmasi millatlararo
tashkilotlar bilan mustahkamlanmadi. 1990-yilda Yel va EAST
o'rtasida Yevropa iqtisodiy makonini yaratish to ‘g‘risida kelishib
olindi. Bu makon doirasida EAST a’zolarining ishlab
chiqaruvchilari
Yel a ’zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferensial bojxona
rejimidan foydalanishadi.
Sharqiy Yevropada esa sobiq sotsialistik davlatlardagi d em o
kratik qayta qurishlar 1949-yildan beri mavjud bo'lib kelgan
O 'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining tarqalib ketishiga sababchi
bo'ldi. Sharqiy Yevropa davlatlari o'zlarining iqtisodiy aloqalari
yo'nalishlarini g ‘arbiy bozorlarga qaratishga va yangi birlashmalar
tashkil etishga intilishmoqda. Masalan, 1992-yilda erkin savdo
to'g'risida Markaziy Yevropa kelishuvi imzolanib,
unga Vengriya,
Polsha, Chexiya va Slovakiya a ’zo bo'lgan edi. Sobiq SSSRning
ittifoqdosh respublikalari esa 1991 —1993-yillardan buyon M us
taqil Davlatlar Ham do'stligi doirasida Iqtisodiy ittifoqni shakl-
lantirishga harakat qilishib, integratsion jarayonlar asosida ri
vojlanib kelmoqda.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy
ahamiyati jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi xalqaro integratsion
markazi Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Bu yerda 1994-yilning
1-yanvarida Shimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi (NAFTA)
tashkiloti kuchga kirdi.
NAFTA AQSH, Kanada va Meksikani o 'z
tarkibiga birlashtirgan. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan tovar
va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, o 'zaro ke-
lishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir-
biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda
tutilgan. NAFTAning Yelga nisbatan o'ziga xos xususiyati integ
ratsion jarayonlaming simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika in-
tegratsiyalashuv jaryonida AQSH bilan ko'proq yaqinlashishga
intilishadi, o'zaro esa kuchsiz bog'lanishgan.
124
Jahon iqtisodiyotida uchinchi
integratsion markaz boshqa
integratsion markazlarga nisbatan hududi, aholisi va resurslarining
miqdori bo'yicha ancha ustundir. Biroq, Osiyo—Tinch okeani
mintaqasini integratsiyalashuv yo'lida juda ko‘p to ‘siqlar (m am -
lakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidagi keskin tafovutlar,
etnik-m adaniy farqlar, o'zaro siyosiy d a ’volar, hududiy to 'q -
nashuvlar va boshq.) mavjud. Hozirgi kunda Osiyo—Tinch okeani
havzasida bir necha yirik subhududiy iqtisodiy guruhlar — Janubiy-
Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN),
Janubiy Xitoy
Forum i, A vstraliya-Y angi Zelandiya erkin savdo hududi va
boshqalar mavjud bo'lib, ular ham dunyoning eng yirik okeani
sohillarida joylashgan davlatlarning umumiy tashkilotini shakl-
lanishiga xalaqit bermoqda.
Osiyo—Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy ham -
korligi tashkiloti 1989-yiIda tashkil topgan bo‘lib, 21 mamlakatni
o ‘z tarkibiga birlashtirgan. Bu tashkilotning 1995-yili Osaka shahrida
m a’qullangan harakat dasturi 2010—2020-yillargacha
savdo va
investitsiyalashni U m um jahon Savdo Tashkiloti (UST) stan-
dartlariga muvofiq erkinlashtirishga yo'naltirilgan. Xullas, hozirgi
kunda muvofiqlashtirilgan hujjatlar ushbu hamkorlik tashkilotida
mavjud bo'lsa-da, unga a ’zo mamlakatlar esa bojxona tariflari,
transport va boshqa bir qator sohalardagi muammolarni hal etish
uchun hali ko‘p ishlarni amalga oshirishlari lozimdir.
1. X alqaro iqtisodiy integratsiyaning
m azm uni va m ohiyatini
xarakterlang.
2. Integratsion jarayonlam i ifodalovchi asosiy omillar qaysilar?
3. Integratsion jarayonlam ing jahon markazlari haqida nima bilasiz?
4. Osiyo—Tinch okeani havzasidagi qanday subhududiy iqtisodiy
guruhlar bor?
125