Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 9,55 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi9,55 Kb.
#391740
Bog'liq
2 5345889958756356585(1)


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish
markazining 2021-yil 24-dekabrda o'tkazilgan yig'ilishi

BAYONNOMASI



Toshkent shahri 2021-yil, 24-dekabr

Qatnashdilar: Yig'ilish raisi, Markaz direktori I.Azimov, Markaz uslubchisi, yig'ilish kotibasi N.Almatova, Markaz professor-o'qituvchilari - f.f.d. dotsent M.Hakimova, f.f.n, dotsent N.Axmedova, f.f.n., (PhD) M.Umurzoqova, o'qituvchilar - Sh.Qulbulov, Q.Abdurasulov, J.O^azov, Sh.Zarmasov, M.Alimova va boshqalar.

KUN TARTIBI:



  1. Joriy yilda Markazda tashkil qilingan o'quv kurslari o'quv jarayonining tahlili

  2. 2022-yil uchun o'quv reja va fan dasturlarini tayyorlash

  3. Ish daftarini qayta ko'rib chiqish, tahrirlash va yangi nashrga tayyorlash

  4. Tizim (edu.dtrm.uz)da tinglovchilarga yuboriladigan topshiriqlar tahlili

  5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi

52-son Qarori ijrosi bo yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili

  1. Markazning 2022-yil uchun professor-o'qituvchilari zaxirasini shakllantirish

ESHITILDI: Yig'ilish raisi I .Azimov so'zga chiqib, yig'ilish ishtirokchilarini yig'ilish kun tartibi bilan tanishtirib o'tdi.

Birinchi masala bo'yicha Markaz direktori I.Azimovning nutqi tinglandi. 2021-yilda tashkil qilingan an'anaviy hamda masofaviy malaka oshirish kurslari, ularda o'quv jarayonining tashkil qilinishi, yo'l qo'yilgan kamchiliklar hamda erishilgan yutuqlar haqida gapirdi. Professor-o'qituvchilarning yillik faoliyati tahlil qilindi.

SO'ZGA CH1QDILAR:



Ikkinchi masala yuzasidan Markaz uslubchisi N.Almatova so'zga chiqdi. Har yil yakunida keyingi yil uchun malaka oshirish kurslarining o*quv rejalari, fan dasturlari va ishchi dasturlari tasdiqlanishi zarurligini ta'kidladi. Markazda tashkil qilingan o'quv kurslari fan dasturlarini qayta ko'rib chiqish tahrirlash va tasdiqqa tayyorlash taklif qilindi. Tahrir jarayonida baholash mezonlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi aytib o'tildi.

Kun tartibida belgilangan uchinchi masalada professor-o'qituvchilar ish daftarida ko'zga tashlangan kamchiliklar va ularni tuzatish boyicha takliflar aytib o'tildi. Ish daftarini 2022-yil uchun qayta nashr qilish rejalashtirilganligi bois kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy tarkibda ish daftarini tahrirlash taklif etildi.

To'rtinchi masalada tizim topshiriqlari tahlil qilindi va 2022-yil yanvar oyidan professor-o'qituvchilar tomonidan alohida-alohida topshiriqlar zaxirasini shakllantirishga kelishib olindi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi 52-son Qarori ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan uslubiy qo'llanma tayyorlash masalasi ilgari surildi.

So'nggi masala bo'yicha Markaz uslubchisi Sh.Zarmasov tomonidan Markazda ta'lim jarayoni o*quv yili bo'yicha emas, yil davomiyligi asosida amalga oshirilishi sababli 2022-yil uchun professor-o'qituvchilar zaxirasini shakllantirish zarurligi ma'lum qilindi. Yig'ilish qatnashchilariga soatbay dars o'tish bo yicha ariza yozish va talab qilingan hujjatlar yig*ma jildini shakllantirish zarurligi aytildi.

Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha o'rganildi va quyidagicha

QAROR QILINDI:



  1. 2021-yilda Markazda tashkil qilingan o'quv kurslarining o'quv jarayoni qoniqarli deb baholansin.

  2. 2022-yil uchun malaka oshirish kurslarining o'quv rejalari, fan dasturlari va ishchi dasturlari qayta ko*rib tayyorlansin va tasdiqqa kiritilsin.

  3. Malaka oshirish kurslarining fan dasturlari va ishchi dasturlari baholash mezonlari chiqilsin.

  4. 2022-yil yanvar oyidan professor-o'qituvchilar tomonidan alohida- alohida topshiriqlar zaxirasi shakllantirish va yangilib borilsin.

  5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi

52-son Qarori ijrosi bo yicha tizimli ishlar amalga oshirilsin.

  1. 2022-yil uchun professor-o'qituvchilar zaxirasini shakllantirish va belgilangan tartib asosida ishga qabul qilinsin.



I.Azimov
Yig'ilish raisi



Yig'ilish kotibi


N.Almatova


Download 9,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish