O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


Erkin iqtisodiy hududlarning ko'rinishlari



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

Erkin iqtisodiy hududlarning ko'rinishlari
I. Savdo
I. Sanoat
mahsulotlarini
ishlab chiqarish
III. Texnika
kiritish
IV. Xizmat
1. Erkin
bojxona
hududlari
2. Band
omborlari
3. Erkin
portlar
4. Erkin
savdo
hududlari
1. Import o ‘mini
bosuvchi mahsu­
lotlar
2. Eksportga ishlab
chiqaruvchi m ah­
sulotlar
3.
Sanoat bog‘lari
4. Ilmiy-sanoat
bog‘lari
5. Makiladoras
(Meksika)
1. Texnopolis
2. Texnobog1
3.
Yangi va ilg‘or
texnologiyalarni
rivojlantirish
hududlari
1. Offshor
hududlar
2. Moliyaviy
markazlar
3.
Bank
xizmatlari
hududi
4. Turizm
xizmatlari
hududi
5. EkobogMar
V. Majmuaviy
VI. Xalqaro
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil topishida ikki konseptual 
(hududiy va funksional) yondashuv qo'llaniladi. Birinchi holatdagi 
hududda barcha rezident korxonalar xo'jalik faoliyatida imtiyozlardan 
keng foydalanishadi. Ikkinchi yondashuv b yicha esa firma 
mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat’iy nazar, tadbirkorlik 
faoliyatining m a’lum ko'rinishlari uchun qo'llaniladigan imtiyozli 
rejimlaridan foydalanishi mumkin xolos. Birinchi yondashuvga misol 
qilib Xitoydagi EIH larni, Braziliyadagi «Manaus» hududini, 
rivojlanayotgan davlatlardagi eksport ishlab chiqarish hududlarini 
ko'rsatish m um kin. Ikkinchi yondashuvga misol qilib, offshor 
firmalami, «d’yuti fri» magazinlarini ko'rsatish mumkin.
138


EIHlam ing eng oddiy ko'rinishlaridan biri 
erkin bojxona (bojsiz)
hududlari
(EBH) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari 
kabi birinchi avlod hududlariga kiradi. U lar XVII—XVIII asrlardan 
buyon mavjud. Bu hududlarda tranzit yoki kassignatsion omborlar, 
eksportga mo'ljallangan tovarlami qadoqlash va kam miqdorda qayta 
ishlash sohalari kiradi. Bunday hududlarni ko'pincha bond omborlari 
yoki erkin bojxona hududlari ham deb ataladi. Erkin bojxona 
hududlarda tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi.
Erkin savdo hududlari
(ESH) ham dunyoda keng tarqalgan 
b o 'lib , 1934-yildagi maxsus q o n u n -q o id alar asosida faoliyat 
ko'rsatmoqda. ESH AQSHda eng ko'p rivoj topgan. ESHlaming 
maqsadi xalqaro savdoni rag'batlantirish, savdo operatsiyalarini 
tezlashtirish, savdo xarajatlami kamaytirishdan iboratdir. AQSH 
qonunchiligida tashqi iqtisodiy faoliyatda nisbatan imtiyozlar 
o'rnatilgan. Qonunda har bir rasmiy port qoshida kamida bitta erkin 
tashqi savdo hududi tashkil qilinishi mumkinligi belgilab qo'yilgan. 
AQSH qonunchiligiga muvofiq mamlakat hududidagi erkin savdo 
hududlari umumiy va maxsus (subhudud) hududlarga bo'linadi. 
Umumiy hududlar kichik hududda (bir necha km2) joylashib, milliy 
boj hududidan tashqarida bo'ladi. U larda kiritilgan tovarlam i 
omborlarga joylashtirish va qayta ishlash ishlari amalga oshiriladi 
(qadoqlash, navlarga ajratish va boshq.).
Subhududlar faoliyati umumiy hududdan tashqariga chiquvchi 
alohida yirik kompaniyalar uchun tashkil qilinadi. Subhududlarda 
eksport yoki import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqariladi. 
90-yillaming o'rtalariga kelib AQSHda 500 dan ortiq erkin savdo 
hududlari faoliyat ko'rsatgan edi.
Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aero- 
portlardagi maxsus «d’yuti fri» magazinlarini ham kiritish mumkin. 
Siyosiy rejim nuqtayi nazaridan ular davlat chegaralaridan tash­
qarida, deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli 
holatga ega bo'lgan a n ’anaviy erkin portlam i ham kiritish mumkin.
Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari 
hisoblanadi. Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital 
ham olib kirilishi va shuningdek, faqat savdo bilan emas, ishlab 
chiqarish faoliyati bilan ham shug'ullanishi oqibatida vujudga 
kelgan edi. Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga 
ega bo'lgan hududlarda tashkil topadi. Ularda eksport uchun yoki 
import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqariladi. Bu hududlar 
soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo'ladi.
139


Eksport ishlab chiqarish hududlari (EIC H H ), ayniqsa, rivoj­
lanayotgan davlatlarda keng tarqalgan. Bunday hududlarning 
zamonaviy modeli 1959-yilda Irlandiyaning Shennon aeroportida 
tashkil qilingan hududiy tizimga asoslanadi. Bunday hududlardan 
«yangi industrial davlatlar» eng katta samara ko‘rmoqda. Eksport 
ishlab chiqarish hududlarini tashkil topishi m antiqan olganda 
rivojlanayotgan m am lakatlar iqtisodiyoti bilan cham barchas 
bog'liqdir. XX asrning 50—60-yillarida rivojlanayotgan m am la­
katlarda sanoat eksportini rag'batlantirish va xorijiy kapital oqimi 
yordamida bandlik darajasini oshirish zaairiyati tug‘ilgan edi.
Jahon iqtisodiyotida texnika kiritish hududlari uchinchi avlod 
hududlari hisoblanadi (70—80-yillar). Ular stixiyali tarzda yoki 
maxsus davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil topishi 
mumkin. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi 
milliy va xorijiy tadqiqotchilar, loyihachilar, ilmiy ishlab chiqarish 
firmalar faoliyat ko'rsatadi. Hozirgi kunda texnika kiritish hududlari, 
asosan, AQSH, Yaponiya, Xitoyda faoliyat ko'rsatmoqda. AQSHda 
ularni texnoparklar, Yaponiyada — texnopolislar, Xitoyda — yangi 
va ilg'or texnologiyalar hududi, deb yuritiladi.
Jahonda eng mashhur va AQSHdagi eng yirik «Silikon Velli» 
nomli texnopark jahonda ishlab chiqarilayotgan hisoblash texnikasi 
vositalari va komyuterlarni 20 % ni bermoqda. AQSHda hozirgi 
kunda 80 dan ortiq bunday hududlar mavjud. Yaponiyada maxsus 
hukum at dasturlari doirasida ilg'or ilmiy tashkilotlar asosida 
yigirmaga yaqin texnopolislar tashkil qilingan. XXRda ham bunday 
hududlar davlatning ilmiy-texnikani rivojlantirish rejalarini amalga 
oshirish paytida tashkil topdi. 90-yillarning o'rtalarida Xitoyda 50 
dan ortiq yangi va ilg'or texnologiyalarni rivojlantirish hududlari 
faoliyat ko'rsata boshlagan edi.
Jahon iqtisodiyotida turli iqtisodiy, moliyaviy-sug'urta va boshqa 
xizmatlar ko'rsatuvchi firma va tashkilotlar uchun tadbirkorlik 
faoliyatining im tiyozli sh aro itlar yaratilgan h u d u d la r servis 
hududlar deb ataladi. Servis hududlar qatoriga 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish