(eng ko'p deputat Germaniyadan saylanadi — 99 kishi). Yev-
roparlament o'zining umumiy majlislarini oyda bir marta bir hafta
davomida Fransiyaning Strasburg shahrida o'tkazadi. Parlamentning
muhim huquqi — Yel budjetini tasdiqlashdir.
Yel Kengashi a ’zo mamlakatlaming hukumat vazirlaridan iborat.
Bu tashkilotning qarorlari ko'pchilik
ovoz bilan qabul qilinadi, bu
esa mamlakatlarga m a’lum kvotalar berishni talab qiladi. M asalan,
Germ aniya, Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniyaning har biri
10 tadan, Ispaniya 8 ta, Belgiya, Gretsiya, Niderlandiya va Por-
tugaliya 5 tadan, Avstriya va Shvetsiya 4 tadan, Daniya,
Irlandiya va
Finlandiya 3 tadan, Lyuksemburg 2 ta ovozga ega. Vazirlar tarkibi
majlis mavzusiga qarab o'zgarib turishi mumkin. Kengash o'z fao
liyatida doimiy vakillar qo'mitasiga suyanadi. Bu qo'm ita Yelda
akkreditatsiyadan o'tgan 15 elchidan tashkil topgan.
Yevropa Komissiyasi
— oliy ijrochi organ bo'lib, doimiy ravishda
faoliyat yuritadi. Yirik davlatlar Komissiyada ikkitadan, kichiklari
bittadan ovozga ega. Barcha qarorlar ko'pchilik
ovoz bilan qabul
qilinadi.
Yel tuzilmasining muhim ahamiyatga ega bo'lgan oxirgi tash
kiloti bo'lib Yevropa Sudi sanaladi. Sud a ’zolaming roziligiga ko'ra
olti yilga saylanuvchi 15 sudya va 9 prokurordan tarkib topgan. Sud
ittifoq a ’zolari va Y elning alohida institutlari o'rtasidagi bahslami
hal etishda ham qatnashadi.
So'nggi yillarda Y elning iqtisodiy va ijtim oiy q o 'm ita si
integratsion jarayonlam ing rivojlanishida o'ziga xos ahamiyat kasb
etmoqda. Bu maslahat beruvchi organ bo'lib, u iqtisodiy va ijtimoiy
faoliyatning turli sohalari vakillari bo'lgan 222 a ’zoni birlashtirgan.
Qo'mita tarkibida uch guruh (ish beruvchilar, ishchilar va boshqa
ijtimoiy qatlamlar — fermerlar, iste’molchilar va boshq.)
tashkil
etilgan. Bu tuzilm a mavqeyi jihatidan yuqorida sanab o'tilgan
organlarga tenglasha olmasa-da, Yel Kengashi va Yevropa Ko
missiyasi iq tiso d iy va ijtim oiy sohadagi b arch a q a ro rla m i
chiqarishdan oldin qo'm ita bilan maslahatlashadi.
Yelning asosiy muammolaridan biri bu tashkilotning bundan
keyingi kengayishi masalasidir. Yuqorida aytib o'tganimizdek, Yelga
yangi olti davlatni qabul qilish masalasi ijobiy hal etilgan. Biroq,
ittifoqqa kirishga navbatda turgan davlatlar soni juda ko'p. Nomzodlar
qatorida
Sharqiy Yevropa davlatlari, sobiq Yugoslaviya respubli-
kalari, Turkiya, Malta va Boltiqbo'yi mamlakatlari bor. Ularning
qabul qilinishiga asosiy to'siq milliy xo'jaliklarning nisbatan past
134
darajada rivojlanganligi va bozor iqtisodiyotiga o ‘tish jarayonining
to‘liq yakunlanmaganidir. Yevroparlament vakolatlarini kengaytirish
va Yel Kengashi nufuzini asta-sekin cheklash an’anasi kuzatilmoqda.
Yelning iqtisodiy masalalariga keladigan bo‘lsak, yaqin yillardagi
eng muhim vazifasi valuta islohotlarini o ‘tkazishdir. Ya’ni, milliy
valutani muomaladan chiqarib, yagona yevroni joriy etishdan iborat.
Bu jarayon 1992-yildagi Maastrixt shartnomasidan boshlangan edi.
Valuta ittifoqi tom on qilingan iqtisodiy
harakat uch bosqichda
(1996-yil 1-yanvargacha tayyorgarlik, 1999-yil 1-yanvargacha
tashkiliy va 2002-yilgacha yakuniy bosqichlar) amalga oshirildi. Yevro
hududiga kirish uchun asosiy mezonlar quyidagicha bo'lgan edi:
— budjet kamomadi 2 % dan yuqori bo'lmasligi;
— davlat qarzi YalM ning 60 % dan ko'p bo'lmasligi;
— yillik inflatsiya 1,5 % dan oshmasligi;
— uzoq muddatli kreditlar bo'yicha o'rtacha nom inal foiz
stavkasi yiliga 2 % dan yuqori bo'lmasligi;
— valuta kursining tebranishi 2,25 % dan baland bo'lmasligi va
boshqalar.
V aluta ittifoqiga kiruvchi m am lakatlarga qo'yilgan ushbu
muvofiqlashtirilgan talablar qattiqligi Yel davlatlarining ikki gu
ruhga, jum ladan 2002-yilgacha yevroni
muomalaga kiritadigan
davlatlar (15 tadan 11 tasi) va bu jarayonni 2002-yildan keyinga
qoldiruvchi davlatlar (Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya) gu
ruhiga bo'linishiga olib keldi.
2002-yilning o'rtalariga kelib, 11 davlat o'z milliy valutalarini
emissiya qilishni to'xtatishdi, muomalaga yevroning 5 ta tanga puli
va 9 ta qog'oz pullari kiritildi. Mavjud milliy pul belgilari asta-sekin
m uomaladan chiqarilib, barcha hisob-kitob
operatsiyalari xalqaro
elektron tizim «Target» yordamida yevroga o'tkazildi.
1. Yelning tashkil topishi va uning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari.
2. Yelni tuzishning asosiy maqsadlari va mohiyati.
3. Yelning asosiy rivojlanish tamoyillari.
4. Yel tuzilmasi qanday?
5. Yelning zamonaviy bosqichdagi muammolari nimalardan iborat?
6. Yelning yaqin istiqboli haqida nimalar deya olasiz?
135