O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


-bob. Y E V R O P A IT T IF O Q I I Q T I S O D I Y IN T E G R A T S IY A S I



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

18-bob.
Y E V R O P A IT T IF O Q I I Q T I S O D I Y IN T E G R A T S IY A S I
18.1. Yel tashkilotining tashkil topishi va uning
iqtisodiy rivojlanish bosqichlari
Ikkinchi Jahon urushidan keyin G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 
ro'y bergan bir necha tarixiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqealar inte­
gratsion guruhning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu tash­
kilotning tashkil topishida 1950-yil 9-mayda Germaniya va Fransiya 
o'rtasida ko'm ir ham da po'lat ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishni 
taklif etgan Fransiya tashqi ishlar vaziri R. Shumanning taklifini 
alohida t a ’kidlab o 'tis h joizdir. U m um evropa h am korligini 
uyushtirishda «Marshal rejasi» (1948-yil) ham katta ahamiyatga ega 
bo'ldi. Bu reja doirasida g'arbiy Yevropa davlatlari iqtisodiyotni tiklash 
va qayta qurish uchun AQSHdan juda katta miqdorda (12,4 mlrd 
AQSH dollari) m oddiy yordam olishdi. Bundan tashqari, sobiq 
Ittifoq hukum ati boshchiligida Sharqiy Yevropa davlatlarining 
1949-yilda O 'zaro Iqtisodiy Yordam kengashining tashkil etilishi 
ham G 'arbiy Yevropa mamlakatlarining milliy xo'jaliklarini bir- 
biriga yaqinlashishiga turtki bo'ldi. Va, nihoyat, mustamlaka im- 
periyalarning (Britaniya, Fransiya, keyinchalik Ispaniya va Por- 
tugaliya imperiyalari) parchalanishi sobiq metropol davlatlarning 
o'z qit’asidagi qo'shnilari bilan aloqalarini rivojlantirishiga e ’tibor 
qaratishga majbur etdi. Shunday qilib, 1951 -yilning aprelida ko'm ir 
va po'lat bo'yicha Yevropa birlashmasini (KPEB) ta’sis etish haqida 
Parij shartnomasi imzolandi. Unga olti davlat (Belgiya, N ider- 
landiya), Lyuksemburg (BENILYuKS davlatlar G FR , Fransiya 
va Italiya) a ’zo bo'ldi.
1955-yilning iyun oyida bo'lib o'tgan Missin anjumani qarorlari 
ham integratsion jarayonlaming rivojlanishida yangi turtki bo'ldi. Bu 
anjumanda Yevropa integratsiyasining istiqbollari belgilab olingan bo'lib, 
bundan pirovard maqsad milliy xo'jaliklaming birlashtirib ijtimoiy 
siyosatni muvofiqlashtirish orqali umumiy bozomi shakllantirish edi.
Yelning navbatdagi ikkinchi yirik tarixiy bosqichi 1957-yilning 
mart oyida bojxona ittifoqi va qishloq xo'jaligi sohasida umumiy siyosat
131


olib borishga asoslangan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatini (YelH) 
tashkil etish to ‘g‘risidagi Rim shartnomasining imzolanishi bo'ldi. 
Bundan tashqari, shu yili atom energetikasi bo'yicha Yevropa Ham- 
jamiyati (Yevroatom) tashkil topdi. Rim shartnomasining kuchga 
kirishi ko'm ir va po'lat bo'yicha Yevropa birlashmasi, YelH va Yev- 
roatomning birlashishiga sabab bo'ldi. Yuqorida zikr etilgan olti 
mamlakat unga a ’zo bo'lib kirdi. Ushbu hujjat integratsion jara- 
yonlarni rivojlantirishga doir asosiy yondashuvlarni, jum ladan, 
«to'rt erkinlik» makonni yaratishni, ya’ni tovarlar va xizmatlar ko'r­
satish, kapital va ishchi kuchini erkin harakatlanishi makonini yara­
tishni ifodalab berdi. 60-yillarda YelHning davlatlararo muvofiqlash- 
tiruvchi organlarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirildi. 
Vazirlar Kengashi, Yevropa Komissiyasi va Yevropa Sudi tashkil etildi.
1969-yili Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo'lib o'tgan majlis 
Yel tarixida birinchi bosqich tugallanganligidan dalolat berdi. Bu 
davrni bojxona ittifoqi deb ham atash mumkin. 1973-yili «oltilik» 
tarkibiga Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya, 1981-yilda Gretsiya, 
1986-yilda esa Ispaniya va Portugaliya qo'shildi. 1974-yilda Yevropa 
Kengashi tashkil etildi. 1979-yilda Yevropa Parlamenti saylanib, 
faoliyat ko'rsata boshladi. Yevropa valuta tizimi vujudga keldi.
Yel rivojlanishida 1986-yilda imzolangan Yagona Yevropa Akti 
(YeA) ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu akt umumiy bozomi 
iqtisodiy ittifoqqa aylantirish yo'nalishlarini belgilab berdi. Ya’ni, 
savdo yo'lidagi barcha to'siqlarni olib tashlash, ishtirokchi m am ­
lakatlarda ichki chegaralami ochish, ilmiy-texnologik ayirboshlashni 
jadallashtirish, yagona valuta tizimini joriy etish va barcha fuqa­
rolarning huquqlari tengligi ham da ijtim oiy kafolatlanish va 
boshqalar edi.
Yel rivojlanishining uchinchi, ya’ni zamonaviy bosqichi G'arbiy 
Yevropada iqtisodiy ittifoqni yaratishga qaratilgan bo'lib, u XX 
asrning oxirgi o 'n yilliklariga to 'g 'r i kelgan edi. 1990-yilda 
H am jam iyatning o 'n ikki davlat rahbarlaridan iborat a ’zosi 
odamlar, tovarlar, kapital va axborotlarning erkin harakatlanishi 
uchun ishtirokchi-m am lakatlar o'rtasidagi chegaralarni 1993- 
yilning 1-yanvaridan boshlab ochish to'g'risida Shengen bitimini 
imzolashadi. 1992-yilda Yel to 'g 'risid a Maastrix shartnom asi 
imzolanib, ushbu hujjatga ko'ra quyidagilar ta ’sis etildi:
— Yagona Yevropa fuqaroligi.
— Siyosiy ittifoqligi.
— Iqtisodiy va valuta ittifoqi.
132


Maastrix shartnomasida milliy valutalarni asta-sekin m uoma- 
ladan chiqarib va yagona Umumevropa pul birligini (yevro) joriy 
etishdek m urakkab jarayonga ilk qadam qo'yildi. Va, nihoyat, 
1995-yilda Hamjamiyatga yana uch davlat (Avstriya, Finlyandiya va 
Shvetsiya) kirishi va Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining Yel deb 
nomlanishidan so'ng bu integratsion birlashma o'zining hozirgi 
zamonaviy ko'rinishiga ega bo'ldi.
Hozirgi kunda Yel davlatlari 370 mln kishidan ortiq aholiga ega 
bo'lib, um um iy YalM 5 trillion AQSH dollaridan ortiq 25 m am- 
lakatni o 'z tarkibiga birlashtirgan. 1970— 1980-yillarda ko'plab 
rivojlanayotgan mamlakatlar bilan, 90 yillarda Yevropa erkin 
savdo assotsiatsiyasi (EAST) a ’zolari bilan, shuningdek, AQSH 
va Yaponiya bilan tuzilgan bitimlar Yelni jahon iqtisodiyotining 
yirik markazlardan biriga aylantirdi. Yel bilan jahonning barcha 
etakchi mamlakatlari o'zaro aloqalarni olib borishadi.
Xullas, Yel asosan uch asosga, ya’ni 
iqtisodiy ittifoqqa, yustitsiya
va ichki ishlar sohasidagi hamkorlikka, xavfsizlik va tashqi siyosatdagi
kelishuvlarga tayanadi.
Yel tashkilotining maqsadi Yevropa xalqining 
uzviy aloqasini tashkil etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga 
ko'maklashish, ichki chegarasiz umumiy makonni yaratish, ijtimoiy 
sohada o'zaro aloqalarni kuchaytirish hisoblanadi.
Yel tashkilotining eng muhim tamoyillaridan biri a ’zo mam- 
lakatlarning milliy xususiyatlari va inson huquqlariga hurmat bilan 
qarashlikdir. Yelning shtab-kvartirasi Bryusselda joylashgan. Bu yerda 
Kengash majlislari o'tkazilib, Yevropa Komissiyasi doimiy ravishda 
o'z faoliyatini olib boradi. Yevropa Parlamenti va Sudi Lyuksemburgda 
joylashgan.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish