A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
“Geografiya” fani
o‘quv kursining
“Jahon siyosiy kartasining davriy rivojlanish xususiyatlari, uning asosiy
obyektlari.
Globallashuv davrida jahon iqtisodiyotining rivojlanishi”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi:
S.Mirzaliyev
Toshkent - 2022
Mavzu
: Jahon siyosiy kartasining davriy rivojlanish xususiyatlari,
uning asosiy obyektlari. Globallashuv davrida jahon iqtisodiyotining
rivojlanishi
Reja:
1.
Dunyo siyosiy xaritasi haqida tushuncha
2.
Dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar
3.
Jahon xo‘jaligi
Siyosiy karta
– davlatlarning joylashgan o‘rni, chegaralari va poytaxtlarini
ko‘rsatib beruvchi karta bo‘lib hisoblanadi. U jamiyatdagi siyosiy-geografik
o‘zgarishlarni: yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, mavjud davlatlarning
bir-biri bilan qo‘shilishi yoki ajralishi, poytaxt shahar maqomining o‘zgarishi
kabilarni ko‘rsatib beradi.
Siyosiy karta o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchan xarakterga ega. Jahonda
yuz berayotgan har bir muhim voqelik uning sifatiy va miqdoriy o‘zgarishlariga
sabab bo‘lishi mumkin. Siyosiy kartaning miqdoriy o‘zgarishlari uning subyektlari
miqdorining o‘zgaarishida namoyon bo‘lsa, sifatiy o‘zgarishlar esa ulardagi
boshqaruv shakl xususiyatlarining yangi ko‘rinishiga o‘tishi bilan ifodalanadi.
Dunyo siyosiy kartasi miqdoriy o‘zgarishlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
✓
yangi yerlarning qo‘shilishi (qadimda);
✓
turli urushlar natijasida hududning kengayishi yoki kamayishi;
✓
davlatlarning bir-biri bilan qo‘shilishi yoki bo‘linib ketishi;
✓
davlatlar orasida kelishuvga ko‘ra hududlarni bir-birlariga berishi (yoki
almashinuvi);
✓
dengiz hududlarida qo‘shimcha yerlar barpo qilish (dengizdan quruqlik
tortib olish) va b.
Sifatiy o‘zgarishlarga esa quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin:
✓
ijtimoiy boshqaruv shakllarining tarixiy almashinuvi;
✓
davlatning siyosiy mustaqillikka erishuvi;
✓
davlat boshqaruvi yangi shakllarining yuzaga kelishi;
✓
davlatlararo ittifoqlar va tashkilotlarning yuzaga kelishi;
✓
davlatlararo nizoli sabablarni yuzaga keltirayotgan «olovli
nuqtalar»ning paydo bo‘lishi yoki ularning to‘xtatilishi va b.
Yuqorida sanab o‘tilgan siyosiy kartaning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlari
unda mavjud bo‘lgan obyektlar soni, ularning hududiy o‘lchamlari, siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda
siyosiy kartada yuzaga kelayotgan har bir obyektni o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib
o‘tilgan o‘zgarishlarning “hosilasi” sifatida e’tirof etish mumkin.
Siyosiy kartada tasvirlangan obyektlarni o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
▪
Davlatlar;
▪
Tan olinmagan davlatlar;
▪
Mamlakatlar;
▪
Koloniyalar;
▪
Erkin assotsiatsiyalar;
▪
Dominionlar;
▪
Xalqaro xududlar va akvatoriyalar;
▪
Neytral hududlar;
▪
Ijara hududlar va b.
Ushbu obyektlarning har biri o‘z shakllanish va rivojlanish bosqichlariga ega
bo‘lib, geografik jihatdan jahonning deyarli barcha qit’alarida mavjud.
Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish,
uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma. Davlat
jamiyatni o‘z qonun-qoidalariga ko‘ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil
topadi. Uning quyidagi asosiy belgilari mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
➢
ta’sis hujjatlarining mavjudligi;
➢
boshqaruv va rejalashtirish;
➢
bo‘ysinuvchi tashkilotlarning faoliyati;
➢
davlat ramzlari.
Zamonaviy jahon siyosiy kartasida 240ga yaqin davlatlar, mamlakatlar
hamda hududlar mavjud bo‘lib, ularning 193 tasi mustaqil davlatlar hisoblanadi.
Hudud
– o‘ziga xos tabiiy va inson faoliyati tomonidan davriy ravishda hosil
qilingan xususiyatlar va resurslarga ega yer yuzining quruqlik qismi hisoblanadi.
Kartada hududlar sarhadlari davlat chegaralari bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |