Tashqi savdoni davlatlararo tartibga
solishning keng tarqalgan
ko‘rinishi sifatida bojxona ittifoqi haqida gapirganda shuni esdan
chiqarmaslik lozimki, uning faoliyati uzoq vaqt mobaynida alohida
olingan mamlakatlaming jami tovarlar va xizmatlar nom enklatu-
rasiga tarqalmasligi mumkin. Bojxona ittifoqlarining rivojlanish
jarayoni, birgalikda tartibga solish sohasining asta-sekin kengayib
borishidan guvohlik beradi. Ya’ni, bosqichma-bosqich olib borila
digan jarayon oxir-oqibat millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashki
lotlar va institutlarni tashkil etish maqsadida kun tartibiga qo'yadi.
Janubiy Amerika, Afrika va Osiyodagi bir qator xalqaro tash
kilotlar tovarlar,
xizmatlar, kapital va ishchi kuchining yagona
umumiy bozor ko'rinishidagi guruhlarni tashkil etganligi to 'g 'ri
sidagi o 'zining shoshilinch e ’lonlarini tarqatgan bo'lishsa-da,
ho/irgi paytgacha integratsiyaning bu ko'rinishi amalda faqat G'arbiy
Yevropada keng amal qilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Umumiy
bozorlar qatoriga quyidagi xalqaro tashkiiotlarni kiritish mumkin:
—
Janubiy konus mamlakatlari umumiy bozori
(M ERCO SU R)
— Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay kabi davlatlarni
birlashtirgan.
—
Markaziy Amerika umumiy bozori
— Gvatemala, Gonduras,
Kosta-Rika, Nikaragua va Salvador kabi davlatlarni birlashtirgan.
—
Sharqiy va Janubiy Afrika umumiy bozori
(C O M ESA ),
o 'z tarkibiga Afrikaning 19 rivojlanayotgan davlatini birlashtirgan.
—
Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi
(ASEAN)
—Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 9 rivojlanayotgan
mamlakatni birlashtirgan.
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina
savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning
boshqa sohalarini ham
qamrab oluvchi katta miqdordagi qonuniy me’yorlarni uyg'un-
lashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog'liqdir. Shuning uchun
ham ichki bojxona to'siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish
orqali uchinchi dunyo mamlakatlari bilan savdoda umumiy tam o-
yillami ishlab chiqish zarurki, buning natijasida milliy chegaralar
orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining hech qanday
to'siqlarsiz o'tishiga sharoit yaratiladi.
Bundan tashqari, umumiy
bozorni shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish
uchun zamonaviy fondlami yaratishga zaruriyat tug'iladi.
Umumiy bozomi xalqaro iqtisodiy ittifoqqa aylantirish jarayonida
bu fondlaming ahamiyati juda katta. Bunda millatlararo m uvo
fiqlashtiruvchi tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa
9
- 353
129
Ittifoqi tajribasidan m a’lumki, bunday tashkiiotlarni tashkil etmas-
dan turib, milliy qonunchilik m e’yorini soddalashtirish va integ
ratsion birlashma ishtirokchilarining umumiy qarorlarini bajari
lishini nazorat qilish mumkin emas.
Umumiy bozorning iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy
bosqichida Yelning ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu
tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlaming eng yuqori cho‘qqisiga
intilishini yaqqol namoyish etmoqda.
M a’lumki, Yevropa Ittifoqiga a ’zo mamlakatlaming davlat rah
barlari XX—XXI asrlar bo‘sag‘asida o ‘z oldilariga qo‘ygan m aq
sadlarga erishishni rejalashtirgan edi. Hozircha yakuniy natijalar
haqida gapirishga erta bo‘lsa-da, iqtisodiy ittifoqqa xos bir qator
xususiyatlar ko‘zga tashlanib turibdi.
Bu alom atlar quyidagilar
hisoblanadi:
umumiy qonunchilik me ’yorlariniyaratish, soliq bazasini
soddalashtirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohada yagona stan-
dartlarni joriy etish, muvofiqlashtirilgan pul siyosatini o'tkazish,
yagona valutaga о ‘tish
va boshqalar.
1. Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlaming ko'rinishlarini tavsiflang.
2. Erkin savdo hududining mohiyati va m azmuni nimadan iborat?
3. Bojxona hududi nima?
4. Um um iy bozor tushunchasini tavsiflab bering.
5. Iqtisodiy ittifoqning umumiy bozordan farqi nimada?