Bozor iqtisodiyotining belgilari afzalliklari va ziddiyatlari



Download 98,5 Kb.
Sana09.11.2019
Hajmi98,5 Kb.
#25455

BOZOR IQTISODIYOTINING BELGILARI AFZALLIKLARI VA ZIDDIYATLARI.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabakalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari Darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.

Bozor xududiy jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nьyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori. Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); xududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori.



Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.

Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini harid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir.


4. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari


Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir.

Unga ombor xo’jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar. tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auktsionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug’urta va Moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo’g’inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.

Bozor infratuzilmasining bu barcha elementlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, Moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat ko’rsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.

Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz.



Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatli qog’ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o’rtasida turib, unga bo’lgan talab va taklifni bir-biriga bog’laydi.

Birjaning barcha shakllarida kelishuvning o’ziga xos belgisi tovar, aktsiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo’li bilan ta’sir qilish dir.

Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to’g’risida bitim tuzadi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va haridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni broker (dallol)lar yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.

Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.



Auktsionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auktsionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Auktsion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auktsion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, haridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Auktsionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollektsiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o’tkazilib, bu yerda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o’rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.



Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va q.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.

Ko’p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’pincha o’zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan Moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.

Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.

Ulgurji savdo firmalari - ulgurji xolda (katta partiyalarda) tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, iste’molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlari. Chakana savdo firmalari - tovarlarni so’nggi iste’molchilari sotuvchi savdo muassasalari. Ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va supermarketlardan iborat bo’ladi.

Supermarket - bu xaridorning o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy- maishiy xizmat ko’rsatadi.

Infratuzilma tizimida Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular Moliya bozori, uning asosi bo’lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’pchiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada. ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan pul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari yetishmagan sub’ektlarga pul qarz beradi.

Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari Moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega.

Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini Moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar Moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda aktsioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.

1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’’lab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri — markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va kor’orastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’’lab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:

- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;


  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;


  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;


  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;


  • cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.


Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.

1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kom’aniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining ‘asayib borishiga olib keladi.

2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real ka’italdan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kom’leksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib to’ishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’’ miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’’ bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.

Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham ‘utur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.

Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri - shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.

Tovarlar hajmi bilan ‘ul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - ‘ulning qarsizlanishi - inflyastiya bilan birga boradi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;


- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;

- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;

- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;

- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning ‘asayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi.


4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.

Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.

Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’’incha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.

Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’’ qirrali bo’lib, mazmuni o’zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.

Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo’lib, o’z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmagan, birdaniga bir vaqtning o’zida o’sha joyda ayirbosh sodir bo’lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida ‘ulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo’lingan va T-’-T ko’rinishida bo’la boshlagan. Endi tovarni sotish T-’ va sotib olish ‘-T zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib ‘ul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. ‘ulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug’ullanadigan maxsus guruhlar ‘aydo bo’ldi.

Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar ‘ul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-’ul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining ‘aydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo’ladigan bo’ldi.

Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko’’ qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.

Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik ‘rinsti’i asosida ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qo’lanib, foyda olishi va ‘ul to’loviga qodir bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga engil-el’i qarab uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish hollari uchramoqda. Turli mualliflar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ta’rif berilib, u qizg’in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to’’lanib, juft-juft, to’’-to’’, guruh-guruh bo’lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro’z ulashadigan fayzu barakali, sirli dasturxon deb ataydilar.1

Boshqa bir guruh mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni, ayniqsa sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyiydigan, aldamasa tura olmaydigan muttahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib o’nga sotadigan noinsof olib-sotarlar, firibgar vositachilar to’’lanadigan, kishilarni aldashning turli hiyla-nayranglari ishlatiladigan bir no’okiza makon sifatida ta’riflaydilar.32 Bu ta’riflar ma’lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo’lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi.

Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, ‘ulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida ‘ul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va ‘ulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi ‘ulga sotiladi va sotib olinadi.

Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo’lgan xizmatlar bajariladi. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona o’zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o’ziga kerakli bo’lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor sub’ektlari, ya’ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko’rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar, shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Res’ublikamizda ishlab chiqarilayotgan ‘axta, ‘illa, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, asbob-uskuna, o’g’it, urug’ va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarning o’z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan to’g’ridan-to’g’ri iste’molchilarga jo’natilishi fikrimizning dalili bo’lib, bozor alohida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish to’g’ri emasligini ko’rsatadi.

Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar ‘asayib ketib, sotuvchilar zarar ko’radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no’noqlik va xo’jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.

Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki xonavayron bo’lish sababini tovarlarni ayirboshlash jarayonida kishilar o’rtasida yuz beradigan munosabatlardan qidirib to’ish lozim ekan, savdo bo’layotgan joyda, bozor maydonida hech qanaqa sir-asror yo’q ekan. Oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlari do’koni, avtomobilga xizmat ko’rsatish stanstiyasi, benzin sotadigan joy, sanoat tovarlari do’koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil su’ermarketlar, yirik savdo markazlar va savdo yarmarkalari, ijtimoiy, xususiy ovqatlanish joylari bularning hammasi bozorning odatdagi ko’rinishlari bo’lib, u erda ham yuqorida aytilgan munosabatlar sodir bo’ladi. Fond birjalari, chet el valyutalari bozori, don birjalari va aukstionlar (kim oshdi savdosi) yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo’lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan akstiya, obligastiya, milliy valyuta va qishloq xo’jalik mahsulotlari orqali bog’lanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi shaxsiy aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo’linadi. Bularning har qanday turidan qat’iy nazar uning ishtirokchilari (sub’ektlari) fuqarolar (uy xo’jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o’z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog’lab, ularni muvofiqlashtiradi.

Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o’z iste’molchisini to’adi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan ‘ul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.

Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning ‘ulga aylanishi, ‘uldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o’rnini qo’laydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo’ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi ro’y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi.

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.



Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’’lab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (3-chizma). Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.

Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.

Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.

Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).

Ad.; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.

Ahmadjon Oʻlmasov, Sherqul Shodmonov.[1]



Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.
Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish