Leksikografiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi



Download 317,5 Kb.
bet1/4
Sana09.07.2022
Hajmi317,5 Kb.
#765545
  1   2   3   4
Bog'liq
TURLI YOSH GURUHLARDA OLIB BORILADIGAN LUG`AT ISHI

  • TURLI YOSH GURUHLARDA OLIB BORILADIGAN LUG`AT ISHI

Leksikografiyaning vazifa doirasiga quyidagilar kiradi:

  • a) lug’at tuzish printsiplari va metodikasini ishlab chiqish;
  • b) lug’at tiplari va turlarini aniqlash;
  • v) lug’atshunoslarning ishini tashkil qilish;
  • g) lug’at tuzish uchun asos bo’ladigan kartoteka fondini yaratish;
  • d) lug’atchilik tarixini o’rganish;
  • e) lug’at tuzish bilan shug’ullanish.
  • Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra dastlab ikki tipga bo’linadi: 1.Entsiklopedik (qomusiy) lug’atlar; 2.Lisoniy (lingvistik) lug’atlar.
  • 1.Entsiklopedik lug’atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea-jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug’atlarda asosiy e’tibor tildagi so’zlarga emas, balki shu so’zlar yoki so’z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi.
  • Entsiklopedik lug’atlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi.
  • U n i v ye r s a l e n ts i k l o p ye d i ya l a r. Bunday lug’atlarda ishlab chiqarishning, fan, adabiyot, tabiat, jamiyat va hokazolarning barchasiga oid muhim tushunchalar, predmetlar, hodisalar va shu sohalarda tanilgan buyuk shaxslar (olimlar, ixtirochilar, yozuvchilar, shoirlar, davlat arboblari, qahramonlar, san’atkorlar) haqida ma’lumot beriladi. "o’zbek... entsiklopediyasi" (14-jildlik, 1971-1980), shu kunlarda yaratilayotgan "o’zbek milliy entsiklopediyasi" (uning olti jildi nashrdan chiqdi) bunga misol bo’ladi.
  • S o h a e n ts i k l o p ye d i ya l a r i. Bunday entsiklopediya- larda faqat bir sohaga oid materiallar beriladi: "Zoologiya entsiklopediyasi" (3-jildlik. Tesha Zohidov, 1960-1969), Botanikadan ruscha-o’zbekcha entsiklopedik lug’at (Q.Z.Zokirov, h.A.Jamolxonov, 1973) shular jumlasidandir.
  • 2.Lisoniy lug’atlarda so’z ma’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug’atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to’plash maqsad qilinadi.
  • Lisoniy lug’atlar ham dastlab ikki turga – umumiy va xususiy (maxsus) lug’atlarga bo’linadi.
  • U m u m i y l u g’ a t l a r d a umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo’llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug’atlar bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli, izohli, izohsiz bo’lishi mumkin. "o’zbek tilining izohli lug’ati" (ikki tomli, 1981 y.), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (1959), "Ruscha-o’zbekcha lug’at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir.
  • X u s u s i y (m a x s u s) l u g’ a t l a r d a tilning lug’at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo’yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo’yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-o’zbekcha fizik terminlar lug’ati" (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), "Ruscha-o’zbekcha matematik terminlar lug’ati" (M.Sobirov, 1952), "o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (A.hojiev, 1974), "Lingvistik terminlarning izohli lug’ati" (A.hojiev, 1985), "o’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1978), "Imlo lug’ati" (Olim Usmon, 1949), "o’zbek tilining imlo lug’ati" (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "o’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1984), "o’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov, 1980), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiev, o’.Pratov, h.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
  • Keyingi yillarda o’zbek tilida yana bir qator yangi lug’atlar yuzaga keldi: "Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma" (N.Mahmudov, 1990), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "o’zbek tilining etimologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 2000y.), "O`zbek tilining imlo lug`ati" (Sh.Rahmatullayev, A. Hojiyev, 1995), "o’zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lug’ati" (R.Rasulov, I.Umirov, 1997), Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli lug’ati (A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobiddinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Quronov, 2001), "Turkcha-o’zbekcha, o’zbekcha-turkcha lug’at" (Nizomiddin Mahmud, Ertug’ul Yaman, 1993) shular jumlasidandir.
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish