T. Z. Zohidov,O. P. Bogdanov. To’g’ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning qancha turi bor?60 ga yaqin



Download 119,69 Kb.
bet1/32
Sana25.09.2021
Hajmi119,69 Kb.
#185436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Umurtqali hayvonlarni o


Umurtqali hayvonlarni o’rganishga hissa qo’shgan o’zbek olimlari?T.Z.Zohidov,O.P.Bogdanov.

To’g’ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning qancha turi bor?60 ga yaqin.

Qon so’ruvchi hasharotlar va kanalar qanday kasalliklarni tarqatadi?O’lat,terlama,bezgak

Qushlarning qancha turi bor?400 dan ortiq.

Evalutsion talimot asoschisi kim?Ch.Darvin.

O’rgimchaksimonlarning qancha turi bor?100 lab.

O’rta Osiyo hududida tarqalgan bo’lib,boshqa o’lkalarda deyarli uchramaydigan hayvonlar?Orol bakra balig’i,soxta kurakburun baliq,turkiston agamasi,turkiston gekkoni,qum bo’g’ma iloni,ingichka barmoqli qo’shayoq,ko’ksug’ur.

Epiteliy to’qimasi qanday hujayradan iborat?Zich joylashgan yassi kubsimon yoki silindrsimon.

Hayvonlar tuzilishini o’rganuvchi fan?Anatomiya.

Hayvonlar klassifikatsiyasini ketma-ketlikda ayting?Tur,urug’,oila,turkum,sinf,tip,hayvonot olami.

Eramizdan 4 asr oldin zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni yozgan olim?Arastu.

Mikroskopda ko’rinadigan hayvonlarni kashf qilgan olim?Anton Levenguk.

Qaysi olim hayvonlarni tur,urug’,turkum va sinflarga ajratib o’rganishni taklif etgan?Karl Linney.

Hasharotlarni tekshiruvchi fan?Entomologiya.

Qanday hayvonlar yirtqich hisoblanadi?Boshqa hayvonlarni yeydigan.

19-asrda qanday kashfiyotlar qilindi?Hayvonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o’rganildi.

Yer yuzida hayvonlarning qancha turi bor?2 mln.(2,5 mln).

Hasharotlarning qancha turi bor?11000 dan ortiq.

Hayvonlar ekalogiyasini 1-bo’lib boshlab bergan olim?D.N.Kashkarov.

O’rta Osiyoda rishta,bezgak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarni butunlay yo’qotish ustida kimlar ish olib borgan?L.M.Isayev va P.F.Borovskiy.

Umurtqasiz hayvonlarning qancha turi bor?1000lab.

Muskul to’qimasining vazifasi?Harakatlanish.

Biriktiruvchi to’qimaning vazifasi?Organlarni o’zaro bog’lash(pay),

Quruqlikda yashovchi hayvonlarga xos xususiyat?Tanasi yapaloq,oyoqlari yaxshi rivojlangan.

Ekologik omillar deb nimaga aytiladi?Hashash muhiti tarkibiy qimlarini tashkil etuvchi namlik,harorat,yorug’lik.

Gigant kitlarning og’irligi qancha?150 tonna.

Qanday hayvonlar o’txo’r hisoblanadi?O’simliklar bilan oziqlanadigan.

Arastu asarlarida qanchaga yaqin hayvon turiga tavsif bergan?500.

Qanday hayvonlar parazit hisoblanadi?Boshqa hayvon va o’simlik to’qimalarida yashaydigan.

Qaysi organizmlarning faoliyati tufayli o’simlik uchun zarur bo’lgan mineral moddalar to’planadi,tuproq unumdorligi oshadi?O’txo’r hayvonlar.

Hayvon hujayralari qanday shakllarda bo’ladi?Yumaloq,kubsimon,duksimon,yulduzsimon,kiprikli.

Hayvon organizmi qanday to’qimalardan tashkil topgan?Epiteliy,biriktiruvchi,muskul,nerv

Epiteliy to’qimasining vazifasi?Organixmni noqulay ta’sirdan himoya qiladi va uning faoliyatini boshqaradigan moddalar ishlab chiqaradi.

Zoologiya qanday fan?Sistematik guruhlar va turlarning nomi,hayvonlarning tuzilishi,hayot kechirishi,ko’payishi,rivojlanishi,kelib chiqishini o’rganuvchi fan.

Epiteliy to’qimasi tananing qaysi qismlarida uchraydi?Teri sirti va ichak devorining ichki yuzasida.

Alohida hujayralar va organlar oralig’ini to’ldirib turadigan to’qima?Biriktiruvchi to’qima.

Biriktiruvchi to’qimaning qanday xillari bor?Suyuq,tig’iz,,g’ovak,pay.

Suv hayvonlari uchun eng muhim xususiyat?Tanasi suyri shaklda,oyoqlari eshkakka aylangan.

Muskul to’qimasi nimadan tashkil topgan?Qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan muskul tolalaridan.

Hayvonlar klassifikatsiyasidagi eng kichik sistematik birlik?Tur.

Umurtqasiz hayvonlarni o’ganishga hissa qo’shgan o’zbek olimlari?Muhammadiyev,Yaxonton,To’laganov,Azimov,Sultonov,Alimuhamedov

Nerv to’qimasi nimadan iborat?Yulduzsimon nerv hujayrasi va oraliq moddadan.

Hayvonlar o’simliklardan nimasi bilan farq qiladi?Hayvon hujayrasining po’sti yupqa bo’lishi va xloroplastlarning bo’lmasligi bilan.

Hayvonlar organizmida qanday organlar sistemasi mavjud?Hazm qilish,harakatlanish,ayirish,nafas olish,jinsiy,nerv,sezgi organlari.

4Hayvonlar qanday xususiyatlariga qarab sistematik guruhlarga ajratilgan?O’zaro o’xshashligi va qon-qarindoshligiga qarab.

Muskul to’qimasining qanday turlari bor?Ko’ndalang yo’lli va silliq tolali.

Umurtqasizlarning qancha tipi bor?20dan ortiq.

Umurtqalilarning qancha tipi bor?1ta(xordalilar)

Nerv to’qimasi qanday vazifani bajaradi?Tashqi muhitdan va ichki organlardan kelayotgan ta’sirni qabul qilish,o’tkazishva ularga javob berish.

Sutemizuvchilarning qancha turi bor?100 ga yaqin.

Aholi sonining ortib borishi va ov qurollarining takomillashuvi natijasida qaysi hayvonlar yo’qolib ketdi?Yevropa turi,tarpan,Stellerov sigiri.

Aholi sonining ortib borishi va ov qurollarining takomillashuvi natijasida qaysi hayvonlarning qirilib ketish xavfi tug’ildi?Prjevalskiy oti,zubr,bizon,jayron,hongul.

Mamlakatimiz daryo va ko’llarida baliqlarning qancha turi bor?70 ga yaqin.

Biriktiruvchi to’qimaning suyuq qismi?Qon.

Biriktiruvchi to’qimaning g’ovak qismi?Parenxima.

Biriktiruvchi to’qimaning tig’iz qismi?Suyak,tog’ay.

Dengiz hayvoning 2-nomi?Stellerov sigiri.

Qaysi hayvon otlar nasl boshi hisoblanadi?Tarpan.

Qaysi hayvon qoramollar nasl boshi hisoblanadi?Yevropa turi.

Hayvonat olami hujayraviy tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?bir va ko’p hujayralilarga.

Hayvonat olami umurtqa pog’anasining rivojlanganligiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?Umurtqalilar va umurtqasizlarga.

Hayvonlar bilan o’simliklarning o’xshashlik tomoni?Hujayradan tashkil topganligi,hujayrasining kimyoviy tarkibi bilan.

Qanday organizmlar tabiiy sanitarlar deyiladi?Hayvonlar murdasi va chiqindilari,organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtirlab oziqlanadigan hayvonlarga.

Qaysi sodda organizmning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o’xshatish mumkin?Amyoba.

Bir hujayralilarga qaysi hayvonlar sinflari kiradi?Soxta oypqlilar,xivchinlilar,kiprikli infuzoriyalar va sporalilar.

Eng sodda tuzilgan bir hujayralilar?Soxta oyoqlilar.

Soxta oyoqlilarning harakatlanish organlari?Sitoplazmaning muvaqqat o’simtalari.

Amyoba oziqni qaysi qismi orqali qamrab oladi?Soxta oyoqlari bilan.

Nursimonlar skeleti qoldig’idan nima maqsadda foydalaniladi?Metallarni silliqlashda va jilvir qog’oz olishda.

Amyobani yashash muhiti?Xas cho’p bilan iflaslangan,turli xil ko’lmak suvlar tubida.

Amyobani o’lchami qancha?0,2-0,5mm.

Amyoba oziqni qamrab olganidan keyin sitoplazmasidan nima ajlaladi?Hazm qilish vakuolasi.

Amyobada oziq bo’lmagan moddalar nima orqali tashqariga chiqariladi?Sitoplazma.

Amyoba noqulay sharoitda nima hosil qiladi?Sista.

Amyobada qisqaruvchi vakuolaning vazifasi nima?Hazm bo’lmagan qoldiq moddalarni sitoplazmaga chiqarish.

Amyobaning ko’payishi nima sababdan jinssiz ko’payish deb ataladi?Jinsiy hujayralar hosil bo’lmaganligi u-n.

Amyobaning ta’sirlanishini tushuntiring?Osh tuzi ta’sirida sharsimon shaklga kiradi.

Amyobada qanday organlari bor?Qobiq,stoplazma,yadro,hazm qilish vakuolasi,qisqaruvchi vakuola,soxta oyoqlar.

Amyobaning nafas olishini tushuntiring?Suvda erigan kislarot yutib,karbonat angidirit chiqaradi.

Amyoba nimalar bilan oziqlanadi?Bakteriyalar,mayda suv o’tlar,organic qoldiqlar bilan.

Dengizlarda ohak chig’anoqli soxta oyoqlilardan qaysilari ko’p uchraydi?Foramineferalar va kiremniy skeletli nursimonlar.

Amyoba qanday yo’l bilan ko’payadi?2 ga bo’linishorqali.

Hozirgi ohaktosh konlarini hosil qiladigan soxta oyoqlilar? Foraminefera chig’anoqlari qoldiqlari.

Odam va va sutemizuvchilarning ichagida yashaydigan sodda hayvon?Ichburug’ amyobasi.

Nima sababdan amyobaning shakli o’zgaruvchan?Qalin yupqa qobiqqa ega bo’lmaganligi uchun.

Xivchinlilar sinfiga ta’rif bering?Tanasi qobiq bilan qoplangan bir hujayrali sodda organizmlar.

Yashil evglena qaysi sinf va qaysi tipga mansub?Xivchinlilar sinfi,Bir hujayralilar tipi.

Evglena qayerlarda yashaydi?Ko’lmak suvlar va hovuzlarda.

Evglenaning kattaligi qancha?Amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik.

Evglenaning tanasi qanday shaklda?Duksimon.

Evglena nima uchun doimiy shaklga ega?Qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi uchun.

Evglena nima yordamida va qanday harakatlanadi?Xivchini bilan,vintga o’xshash buralib.

Evglenaning sitoplazmasida nimalar joylashgan?1ta yirik yadro, qisqaruvchi vakuol,qizil dog’ga o’xshash ko’zcha.

Evglenaning oziqlanish usullari?Fotosintez qilib va saprofit.

Evglenaning xramatoforalari qaerda joylashgan?Sitoplazmada.

Evglenaning qaysi xususiyati o’simliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqaligini bildiradi?Fotosintez qilish .

Evglenaning ta’sirlanishini tushuntiring?Ko’zchasi yordamida yorug’likka qarab harakat qiladi.

Evglenaning ko’payish usuli?2 ga bo’linish orqali.

Evglena noqulay sharoitda nima hosil qiladi?Sista.

Evglenaning nafas olinishini tushuntiring?Suvda erigan kislorod yutib CO2 chiqaradi.

Volvokislarni qaerlarda uchratish mumkin?Iflos suvli hovuz va ko’llarada

Volvokis shakli qanday?Noksimon, kolloniyasi sharsimon.

Volvokis koloniyasi bir-biri bilan nima orqali birlashib turadi?Sitoplazmatik ipchalar bilan.

Volvokis ichi nima bilan to’lgan?Dildiroq modda bilan.

Volvokisning o’lchami?Diametri 1 mm

Tropik Afrikadagi xalqlar qoni zardobida yashab,uyqu kasalligini keltirib chiqaradigan parazit?Triponosoma

O’zbekistonning janubidagi ayrim hududlarda va tropik mamlakatlarda uchrab,odamning yuzi va qo’l terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladigan parazit?Leyshmaniya.

Tripanosoma odamga qanday yuqadi?Se-se chivini orqali.

Odam qonida parazitlik qiladigan sodda organizm?Triponosoma.

Odam terisida parazitlik qiladigan sodda organizm?Leyshmaniya.

Murakkab tuzilgan bir hujayrali organizmlar?Infuzoriyalar.

Odamlarning o’t yo’li va o’t pufagida parazitlik qiladigan sodda organizm?Lyambliya.

Infuzoriyalarga ta’rif bering?Tanasi kipriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadroli, hazm qilish organlari murakkab.

Leyshmaniya odamga nima orqali yuqadi?Iskabtopar.

Tufelka qayerlarda uchraydi?O’simlik qoldiqlari ko’p bo’lgan suv havzalarida.

Tufelkaning uzunligi qancha?0,1 – 0,3 mm.

Tufelka tanasining shakli qanday?Poyabzalning ostki tomoniga o’xshaydi.

Tufelka qanday harakatlanadi?Kiprikchalarining tebranishi tufayli, to’mtoq tomoni bilan harakatlanadi.

Tufelka tanasi nima bilan qoplangan?Kiprikchalar bilan.

Tufelka nima bilan oziqlanadi?Bakteriyalar bilan oziqlanadi.

Tufelkaning og’zi qayerda joylashgan?Tanasining yon tomonidagi uzun tarnovsimon chuqurcha tubida.

Qaysi sodda organizmlar hujayrasida xromatoforalari bor?Volvoks va evglena.

Tufelkaning ozig’i qayerda to’planadi?Halqumida.

Tufelka ozig’i nima ta’sirida hazm bo’ladi?Hazm qiluvchi vakuolalari ta’sirida.

Tufelkada hazm bo’lmagan qoldiq moddalar nima orqali tashqariga chiqadi? Tanasining keyingi tomonidagi teshikcha orqali.

Tufelka nima orqali nafas oladi? Suvda erigan kislorod yutib CO2 chiqaradi.

Tufelkaning qisqacharuvchi vakuolasi nechta va uning vazifasi nima? 2 ta, keraksiz modda va suvni tashqariga chiqarish.

Tufelkaning ko’payishini tushuntiring?2 ga bo’linib.

Tufelkada nechta yadro bo’ladi?Katta va kichik yadro.

Tufelkaning katta yadrosining shakli qanday?Loviyasimon.

Tufelkaning kichik yadrosining shakli qanday?Dumaloq.

Tufelka hujayrasi qobig’ining ostida nima joylashgan?Kuydiruvchi tayoqchasimon tana.

Tufelkaning otiluvchi hujayrasining vazifasi nima?O’zini himoya qilish.

Tufelkaga nima ta’sir ettirilganda kuydiruvchi hujayralari otilib chiqib halok bo’ladi?Sirka kislota.

Odam, chochqa va boshqa sutemizuvchilar yo’g’on ichagida parazitlik qiladigan infuzoriya?Balantidiy.

Tufelkaning tanasidagi oldingi va keyingi qisqaruvchi vakuollar har necha minutda galm-gal qisqarib turadi?20 -25 min.

Sporalilar qancha mikroskopik hayvonlarni o’z ichiga oladi? 4 ming

Sporalilarning qaysi organi bo’lmaydi?Harakatlanish, hazm qilish va ayirish.

Bezgak paraziti odamga nima yuqtiradi?Bezgak chivini.

Bezgak paraziti qayerda parazitlik qiladi?Qon hujayralarida.

Bezgak paraziti qayerda tez ko’payadi?Qizil qon tanachalarida.

Bezgak paraziti bilan kasallangan odamda qachon tana harorati ko’tarilib bezgak huruji tutadi?Qon hujayralarini yemirib, qon plazmasiga chiqqanda.

Bir hujayralilarning qancha turi bor?40 000.

Tut ipak qurti va asalarida parazitlik qiladigan sporali sodda hayvon?Nozema.

Bir hujayralilar nimadan kelib chiqqan?Yashil xivchinlilardan.

Bo’shliqichlilar qanday tuzilgan organizmlar hisoblanadi?Tanasi 2 qavat bo’lib joylashgan hujayralardan iborat soda tuzilgan ko’p hujayrali organizmlardir.

Bo’shliqichlilarning tana bo’shlig’i nima vazifani bajaradi?Ichak vazifasini.

Bo’shliqichlilar tipi qanday sinflarga bo’lingan?Gidraoid poliplar,ssifoid meduzalar, korall poliplar.

Chuchuk suv gidrasi qaysi sinfga kiradi?Gidroid poliplar sinfiga.

Gidra qayerlarda hayot kechiradi?Tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida va akvariumlarda.

Gidraning uzunligi va tana tuzilishi qanday? 5 – 7 mm, silindrsimon shaklda.

Gidra tanasining ostki tomoni nima deb ataladi?Tovon.

Gidraning ostki tomoniga qarama-qarshi tomonida qanday organlar joylashgan?Paypaslagichlar bilan o’ralgan og’iz teshigi.

Gidra qaysi organi bilan suv ostidagi narsalarga yopishib turadi?Tovoni.

Polip deb nimaga aytiladi?Suv tubidagi narsalarga yopishib hayot kechiradigan bo’shliqichlilarga.

Gidraning tanasi qanday simmetriyali?Radial ya’ni nurli simmetriyali.

Gidraning tana devori necha qavat hujayradan tashkil topgan va ular qaysilar?2 qavat, tashqi-ektoderma, ichki-endoderma.

Gidraning tashqi va ichki qavatlari nima bilan ajralgan?Yupqa parda.

Gidaraning tana devori nimani o’rab turadi?Ichki tana bo’shliqini.

Tashqi qavat asosan qanday hujayralardan tahkil topgan?Teri-muskul, otuvchi, nerv, oraliq hujayralardan.

Teri-muskul hujayralarining tana devoriga botib kirib, kengaygan tomonida nima bo’ladi?Muskul tolalari.

Muskullarning qisqarishi tufayli gidra qanday harakatlanadi?Umbaloq oshib yoki odimlab.

Gidra tanasidagi otuvchi hujayralar qayerda joylashadi?Ektodermada.

Gidraning otiluvchi hujayralari ayniqsa qayerida ko’p bo’ladi?Paypaslagichlarda.

Gidraning otiluvchi hujayralari necha xil hujayralardan tashkil topgan va ular qaysilar?2 xil, Sezuvchi tukchasi va otiluvchi kapsulasidan.

Gidraning kapsulasida qanday hujayralar joylashgan?Naysimon ingichka, otiluvchi tolali hujayralardan.

Gidraning kapsulalaridan otilib chiqqan zaharli tolalar qaysi hayvonlarni falajlaydi?Dafniya,siklop,baliq chavoqlari.

Gidraning uzun o’simtali nerv hujayralari qanday shaklda?Yulduzsimon.

Yulduzsimon nerv hujayralari o’simtalari tutashib, nimani hosil qiladi?Nerv to’rini.

Gidra nerv hujayralarining vazifasi nima?Tashqi muhitni sezish va tanasini yig’ib olishi.

Gidraning ta’sirlanishiga javob berish xususiyati nima deb ataladi?Refleks.

Gidraning endoderma hujayrasida qanday organlar joylashgan?Xivchinli va bezli hujayralar.

Gidra endoderma hujayralarining vazifasi?Hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish.

Gidraning bir hujayralilarga o’xshashlik tomonlaridan biri?Ozig’i hujayra ichida hazm bo’ladi.

Gidra ozig’ni qaysi organi orqali og’ziga olib keladi?Paypaslagichlariga yopishtirib olib.

Endoderma qavatidagi xivchinlarning vazifasi qanday?Ozig’ni hazm qilish hujayralariga haydash.

Oziqni nimalar yordamida qamrab olib hazm qiladi?Endoderma qavatidagi soxta oyoqli hujayralar yordamida.

Ektoderma hujayrasining orasida qanday hujayralar joylashgan?Yirik yadroli mayda oraliq hujayralar.

Gidra tanasi jarohatlanganda qaysi hujayralar tez o’sa boshlaydi? Yirik yadroli mayda oraliq hujayralar.

Gidraning oraliq hujayralarining boshqa hujayralaridan farqi?Yadrosining yirik bo’lishi

Regeneratsiya deb nimaga aytiladi?Tanasining jarihatlangan yoki yo’qotilgan qismining tiklanishi.

Gidraning tanasi nechta bo’lakka bo’linsa ham tansini tiklay oladi?200 bo’lakka.

Gidra necha xil usul bilan va qanday ko’payadi?2 xil,jinssiz kutaklanib yoki jinsiy urug’lanib.

Gidraning jinssiz ko’payishi qachon kuzatiladi?Oziq yetarli bo’lganda, bahor va yoz mavsumida.

Gidraning jinssiz ko’payishida ona hujayrasida nima hosil bo’ladi?Kurtaklar.

Kurtaklari qachon yosh hujayraga aylanadi?Paypaslagichlar va og’iz teshigi paydo bo’lishi bilan.

Gidraning jinsiy hujayralari qachon hosil bo’ladi?Kuzda.

Gidrasimonlar nimadan kelib chiqqan? Koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan.

Gidraning jinsiy bo’rtmachalari qanday hujayralardan tashkil topgan?Yirik tuxum hujayralar yoki ko’p miqdorda urug’ hujayralar(spermatazoidlar).

Gidra tuxum hujayrasida … bo’ladi?Soxta oyoqlar.

Gidraning spermatazoidlarida qanday hujayralardan iborat?Mayda, tez harakatchan kichik hujayralardan.

Gidraning spermatazoidlari tuxum hujayrani nima orqali borib urug’lantiradi?Suv orqali.

Gidraning zigotasining sirti nima bilan qoplangan?Qalin qobiq bilan qoplangan.

Gidrada qishda qanday jarayon kuzatiladi, zigotasidachi?Qishda gidra nobud bo’ladi, zigota esa qishlab qoladi.

Gidraning zigotasidan bahorda nima hosil bo’ladi?Yosh gidra.

Yosh gidra qachon o’z hayotini davom ettiradi?Tuxum po’sti yorilib suvga chiqqanda.

Dengizlarda qanday poliplar keng tarqalgan?Aktiniyalar,korall poliplari, meduzalar.

Yakka o’troq yashovchi polip?Aktiniyalar.

Aktiniyalarning gidralardan farqli tomoni?Yirikligi va qisman rangliligi bilan.

Aktiniyalarning tanasining diametri qancha?0.5 m.

Aktiniyalar suv tubida qanday harakatlanadi?Tovoni bilan asta-sekin.

Aktiniyaning gidradan farq qiluvchi asosiy belgilarini ko’rsating?Faqat tovonida harakatlanadi, ancha yirik tuximidan lichinka chiqadi.

Aktinalarning paypaslagichlari qayerda joylashgan?Og`iz teshigi atrofida bir qator bop`lib joyoylashgan.

Aktiniyalarning gidraga o`xshlik tamoni?Ular ham o`ljasini otuluvchi torlalari b-n jaroxatlab paypaslagichlari yordamida og`ziga soladi.

Dengizlarda qanday poliplar keng tarqalgan?Kolonya hosil qiluvchi poliplar.

Kolonyadagi poliplarning qaysi organlari o`zaro tutashgan? Ichak bo`shliqlari.

Koloniya hosil qiluvchi poliplar nimalar b-n oziqlanadi? Mayda organik qoldiqlar va mikro organizimlar b-n.

Korol poliplari deb nimaga aytiladi?Qattiq skeletli,koloniya bo`lib yashovchi bo`shliqichlilarga.

Koloniya bo`lib yashovchi poliplarning aktiniyalarga o`xshashlik tamoni?Tuxumdan chiqqan lichinkasi va suv tubiga yopishib,kichkina polip hosil qilishi.

Koloniya poliplari polip davrida qaysi hayvonga o`xshab jinssiz kurtaklanishi orqali ko`payadi?Gidraga

Dengiz bo`shliqichlilariga qaysi havonlar kiradi?Aktinyalar,ildizog`iz meduzalar,qutb meduzasi,aureliya,qizil korol polip,korol poliplar koloniyasi.

Kurtakdan chiqqan yosh poliplar … ?Ona tanasidan ajralib ketmaydi va bir necha vaqtdan keyin ular ham kurtaklana boshlaydi.

Korall riflari qayerda va qanday hosil bo`ladi?Tropik sohillar yaqinida,okeanning uncha chuqur bo`lmagan joylarida zich joylashib.

Koral rifarining qanday qismi suv tubida to`planib qoladi?Halok bo`lgan ostki qismi.

Korall orollari qanday hosil bo`ladi ?Halok bo`lgan poliplar koloniyasi to`planib.

Koral riflarida qachon hayot boshlanadi ?SHamol,suv,va qushlar orqali har xil o`simliklarning urug`i kelib qolishi natijasida.

Koral riflari qayerlarda ko`p uchraydi?Tinch okeaning tropic qismida,ayniqsa Avstiralya qirg`oqlari yaqinida.

Koral riflaridan qanday maqsadlarda foydalaniladi?Qurilish materiali (ohaktosh)sifatida foydanilaniladi.

Qaysi riflardan zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi?Qizil koral riflaridan.

Koral riflari qaysi dengiz hayvonlari uchun makon bo`ladi?Baliqlar va dengiz hayvonlari uchun.

Nima uchun riflar tarqalgan joy qo`riqxonaga aylantirilgan? Dengiz baliqlari uchun.

Meduzalarning tanasi qanday tuzilgan?Tanasi birmuncha tiniq, shishasimon, dildiroq moddadan.

Meduzalarning shakli?Soyabonga o’xshaydi.

Meduzalarning paypaslagichlari qayerda joylashgan?Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan, og’iz teshigi atrofida va soyabon chetida.

Meduzalarning bo’sliqichlarga o’xshshlik tomoni?Tana devorining hujayralari 2 qavat bo’lib joylashgan.

Maduzalarning bo’shliqichlilardan farqi?Oraliq moddasi kuchli rivojlangan.

Meduzalar qanday harakat qiladi?Soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat qiladi.

Meduzalar qanday hayvon?Yirtqich.

Meduzalar qaysi hayvonlar bilan oziqlanadi?Qisqichbaqasimonlar, baliq chavoqlari, chuvalchanglar va boshqa mayda suv hayvonlari bilan.

Meduzalar qanday oziqlanadi?O’ljasini otuvchi tolalari yordamida falajlab, og’iz atrofidagi paypaslagichlari yordamida.

Qutb meduzasi qayerlarda uchraydi?Shimoliy dengizlarda.

Ildizog’iz meduzasi qayerlarda uchraydi?Qora dengizlarda.

Qaysi meduzalar odam uchun havfli?Qutb meduzasi va ildizog’iz meduzasi.

Aureliya meduzasining 2-nomi?Dengiz likopchasi.

Qaysi meduza odam uchun zararsiz?Aureliya meduzasi.

Meduzalarning zararli tomoni?Baliq chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha zarar yetkazadi.

Bo’shliqichlilarning eng qadimgi hayvon ekanligini qanday belgilar ko’rsatadi?Tanasidagi hujayralarning kuchsiz ixtisoslashganligi va kuchli regeneratsiya qilish xususiyati bilan.

Gidrasimonlar qanday organizmlardan kelib chiqqan, gidrasimonlardanchi-?Qadimgi koloniya bo’lib yashovchi bir hujayralilardan, girasimonlardan esa korall poliplar va meduzalar kelib chiqqan.

Bo’shliqichlilarning bir hujayrali xivchinlilarda kelib chiqishini isbotlovchi dalil?Tanasida oziqni qamrab olib hazm qiladigan hujayralarning bo’lishi.

Bo’shliqichlilar qanday tuzilgan organizmlar va qanday organlari rivojlanmagan?Tuban tuzilgan ko’p hujayralilar, to’qima va organlari.

Yassi chuvalchanglar qanday tuzilgan organizimlar?Tanasi ikki yonlama simmetriyali ko`p hujayrali organizimlar.

Yassi chuvalchanglar tanasida qanday organlar rivojlangan?Hazim qilish,ayirish,sezgi,jinsiy organlar.

Yassi chuvalchanglar tipi qanday sinflarni o`z ichiga oladi?Ular kiprikli,so`rg`ichli va tasmasimon chuvalchanglar sinflarini.

Kiprikli chuvalchanglar tanasi qanday shaklda bo`ladi va nimalar b-n qoplangan? Tanasi bargsimon shaklda bo`lib, mayda kiprikchalar b-n qoplangan.

Kiprikli chuvalchanglar qayrlarda erkin yashaydi? Dengiz va chuchuk suvlarda

Kiprikli chuvalchanglarning tipik vakili qaysi hayvon?Oq planarya.

Oq planariya qayerlarda yashaydi?Daryo va ko`llarning tubida yashaydi.

Oq planariya o`zbekistonda qayerlarda uchraydi?Ayrim kichikroq soylarning tubidagi tosh,barg va cho`plar ostida.

Oq planariyaning uzunligi va rangi qanday bo`ladi?2 -3 sm,oqish yoki kulrang.

Oq planariyaning tanasining biroz kengaygan oldingi tomonida qanday organlar joylashgan?Ikkita srzgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko`zlar joylashgan.

Oq planariyaning tanasining keying tomoni qanday shaklda toraygan va uchi qanday bo`ladi?Konissimon va to`mtoq.

Tana sirti necha qavat va qanday hujayradan tashkil topgan?Bir qavat kiprikli epiteliy hujayralardan.

Planariya kipriklari yordamida qanday harakat qiladi?Sekin sirpanib, bazan suv yuzasiga ko`tarilib suzadi.

Oq planariya qanday simmetriyali hayvon?Ikki tamonlama simmetriyali.

Planaryaning og`iz teshigi qayerda joylashgan?Qorin tomonida.

Og`iz nima b-n tutashgan ? Qisqa halqum.

Uch shoxli ichak qayerdan boshlanadi?Qisqa halqumdan.

Ichaklar qanday yo`nalgan?Ulardan biri tananing oldingi tamoniga,ikkitasi tananing keyingi tomoniga yo`nalgan.

Oq planariyaning hazim qilish sistemasini tartib b-n sanang?Og`iz teshigi –halqum-shoxlangan ichak.

Planariyaning hazim qilish sistemasidagi qaysi organlari bo`lmaydi?Orqa ichagi va orqa chiqaruv teshigi bo`lmaydi.

Planariya qanday hayvon?Yirtqich hayvon.

Oq planariya nimalar b-n oziqlanadi?Mayda suv hayvonlari-chuvalchanglar,qisqichbaqasimonlar va hashorotlarning lichinkalari b-n.

Planariya qanday oziqlanadi?O`ljasini tanasi b-n qoplab olib,so`radi.

Hazim bo`lmagan qismi qaysi organi orqali chiqarib yuboriladi?.Og`iz teshigi orqali.

Tanasining qaysi qismida juda ko`p uchi berk naychalar joylashgan?G`ovak to`qimasida.

Uchi berk naychalar qaysi naychalar b/n tutashadi ?Tananing ikki yonida joylashgan yirikroq ikkita naychalarga .

Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan suv va keraksiz moddalar nima orqali chiqarib yuboriladi ?Oldin moddalar mayda naychalar ichiga sizib o`tib va ikki yonidagi yirik naychalar orqali.

Planariyaning nerv tugunlari qayerda joylashgan?Tananing oldingi tomonida to`planib.

Nerv tugunlaridan tananing keying tomoniga qanday nervlar chiqadi ?ikkita yirik nervlar.

Planariyaning nerv sistemasining nimalar hosil qiladi ?Nerv hujayralari va nerv tolalari.

Planariyaning tasirni nimasi orqali sezadi ?Terisi orqali

Planariyaga biror narsa tegib ketsa unda qanday jaroyon kuzatiladi?Tanasini birdaniga qisqartirib oladi

Planariyaning sezgi organlarini tartib bilan sanang ?Paypaslagichlari –terisi –ko`zchalari .

Tanasining oldingi qismida qanday jinsiy organi joylashgan ?Ikkta urg`ochilik jinsiy organi-tuxumdonlar .

Tuxumdonlardan keyinroqda qanday shaklda jinsiy organ lari joylashgan ?Pufakchaga o`xshash erkaklik jinsiy organi –urug`don .

Planariyaning jinsiy organlarini nimalar tashkil qiladi ?Tuxum va urug` hujayralar .

Urug`langan tuxumlar nima ichida saqlanadi ? To`p –to`p bo`lib pilla ichida

Pilla devorini yorib chiqqan yosh planariyar nimaga chiqadi?Suvga chiqadi.

ikki xil jinsga ega bo`lgan organizmlar nima deyiladi?Germafrodit.

Planariyada qanday noqulay sharoitda regeneratsiya kuzatiladi ?harorat oshganda,kislarod yetishmasa.

Kiprikli chuvalchanglar qanday chuvalchanglar hisoblanadi ?Erkin yashovchi yassi chuvalchanglar . So’rg’ichlilarning tanasi qanday shaklda va qanday po’st bilan qoplangan?Bargsimon, qalin kutikula bilan qoplangan.

So’rg’ichlilar sinfining tipik vakili bu-?Jigar qurti.

So’rg’ichlilarning voyaga yetgan va voyaga yetmagan lichinkasi qanday organizmlarda parazitlik qiladi?Voyaga yetgani – Umurtqali hayvonlarda, Voyaga yetmagani – umurtqasizlarda.

Jigar qurti qaysi yirik sut emizuvchilarda parazitlik qiladi?Qoramol,echki,qo’y,tuya,cho’chqa.

Jigar qurtining uzunligi va shakli?3-4 sm,bargsimon.

Tanasining oldingi tomonida va keyingi tomonida qanday organlar joylashgan?Og’iz so’rg’ichi va qorin so’rg’ichi.

Parazit so’rg’ichlilar yordamida qaysi organlarga yopishib hayot kechiradi?O’t yo’llari devori.

Hazm qilish sistemasi qayerdan boshlanadi va u organi qayerda joylashgan?Og’iz teshigidan va u og’iz so’rg’ichlaro’rtasida.

Og’iz teshigi qaysi organga ochilgan?Qisqa halqumga.

Qisqa halqum qaysi organga ochiladi?Ikki shohli ichakka.

Jigar qurti nima bilan oziqlanadi?O’t suyuqligi va qonni so’rib.

Jigar qurtining qoramol tasmasimon chuvalchangidan farqi nimada?Hazm organlari rivojlangan.

Jigar qurtining urug’langan tuxumlari qaysi organlardan o’tib, tashqi muhitga chiqadi?O’t yo’llari – ichakka – tashqi muhitga.

Tuxumlar suvga tushganda qanday lichinkalar paydo bo’ladi?Kiprikli lichinkalar.

Kiprikli lichinkalar qachon kiprikchalarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi?Suv shillig’ining tanasiga kirib olgandan keyin.

Lichinkalardan qachon dum paydo bo’ladi?Suv shillig’idan chiqib,suvga o’tganida.

Lichinkalar suvda dumini tashlab, yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan o’ralib nima hosil qiladi?Sista.

Hayvonlar ichagiga sista qanday yo’llar bilan o’tadi va sistadan nima chiqadi?Suv yoki oziq bilan, sistadan esa lichinka.

Lichinka qon orqali borib, qaysi organlarda parazitlik qiladi?Jigar va o’t yo’llariga yopishib olib.

Jigar qurtining asosiy ho’jayini?Odam va sut emizuvchilar.

Jigar qurtining oraliq ho’jayini?Suv shillig’i.

Tasmasimon chuvalchanglarning tanasi qanday qobiq bilan qoplangan?Kutikula.

Tasmasimon chuvalchangning shakli qanday?Gavdasi uzun yassi tasmaga o’xshash parazit hayvon.

Tasmasimon chuvalchanglarning asosiy vakili?Qoramol tasmasimon chuvalchangi.

Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida qaysi organizmlarda parazitlik qiladi va lichinkalik davridachi?Voyaga yetgan davrida-odamning ingichka ichagida,lichinkalik davrida-qoramolning muskuli,jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi.

Tasmasimon chuvalchanglar gavdasining uzunligi qancha?8 – 10 m.

Tasmasimon chuvalchanglarlarning tanasi qanday qismlardan tashkil topgan?Kichkina – bosh,ingichka – bo’yin, hamda bo’g’imlarga bo’lingan tana qismlaridan.

Tasmasimon chuvalchanglarning boshida nechta so’rg’ichlar joylashgan?4 ta.

Tasmasimon chuvalchanglarning tanasi nechta bo’gimga bo’lingan?1000 ta.

Tasmasimon chuvalchanglarning qaysi organlari rivojlanmagan?Hazm qilish organlari.

Tasmasimon chuvalchanglar odam ichagidagi hazm bo’layotgan oziqni qaysi qismi orqali shimib oladi?Tana yuzasi orqali..

Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy organlari tanasining qaysi qismida takrorlanib turadi?Hamma bo’gimlarida, ko’p marta.

Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo’g’imida qanday jinsiy organlar joylashgan?Bir juft tuxumdon, 1 ta bachadon va juda ko’p urug’danlar.

Tasmasimon chuvalchanglarda bachadoni to’lgach, urug’langan tuxumlar qanday organlar orqali o’tib tashqi muhitga chiqadi?Ichak bo’shlig’iga tushadi va axlat bilan tashqariga chiqarib yuboriladi.

Tasmasimon chuvalchanglarning tuxumlari nimalar orqali qoramolga yuqadi?Yem-xashak yoki suv orqali.

Tasmasimon chuvalchanglarning tuxumidan chiqqan lichinkalar ichak devoir orqali qonga o’tib, qaysi organlarga boradi?Jigar, muskul va boshqa organlarga.

Tasmasimon chuvalchanglarning lichinkalari muskuli va jigariga borib,nima hosil qiladi?Finna.

Tasmasimon chuvalchanglarning finnasiga ta’rif bering?Yupqa parda bilan o’ralgan , ichi suyuqliklar bilan to’lgan pufakcha.

Tasmasimon chuvalchanglarning finnasi odamga qanday yuqadi?Yaxshi pishirilmagan go’shtni istemol qilish orqali.

Qoramol tasmasimon chuvalchangining asosiy ho’jayini?Odam.

Qoramol tasmasimon chuvalchangining oraliq ho’jayini?Qoramol.

Yassi chuvalchanglarning ichida eng qadimgisi qaysi chuvalchanglar hisoblanadi?Ichaksiz kiprikli chuvalchanglar.

Ichaksiz kiprikli chuvalchanglar qaysi hayvonlarga o’xshash bo’ladi?Bo’shliqichlilarning lichinkasiga.

Kiprikli chuvalchanglarning qanday yashashga moslashganligi tufayli tuzilishi soddalashgan?Parazit yashashga moslashganligi tufayli.

Kiprikli chuvalchanglardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan?So’rg’ichlilar,tasmasimonlar.

Yassi chuvalchanglarning tana bo’shlig’i qanday to’qima bilan to’lgan?G’ovak to’qima bilan.

Yassi chuvalchanglarning qancha turi bor?12000 da ortiq.

Yassi chuvalchanglar tipi ichida erkin yashovchi sinf qaysi?Kipriklilar.

Yassi chuvalchanglar tipi ichida parazit yashovchi sinf qaysi?So’rg’ichlilar va tasmasimonlar.

So’rgichli va tasmasimon chuvalchanlarning parazit yashashga moslashnish belgilaripaydo bo’lgan?So’rg’ichlilarning rivojlanganligi, tanasining kutikula bilan qoplanganligi,ko’p tuxum qo’yishi.

To’garak chuvalchanglarga ta’rif bering?Tanasi ko’ndalang kesimi to’garak shaklda,tana shakli ipsimon,ichki organlari tana bo’shlig’ida joylashgan.

To’garak chuvalchanglar qayerlarda hayot kechiradi? Dengiz,chuchuk suv va tuproqda.

To’garak chuvalchanglar qayerlarda parazitlik qiladi?Odam, hayvon va o`simliklarda.

To’garak chuvalchanglarning tipik vakili? Odam askaridasi.

Odam askaridasi qaysi organda parazitlik qiladi?Ingichka ichakda.

Odam askaridasining uzunchoq gavdasi qanday shaklda? Ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda.

Odam askaridasining urg`ochisi va erkagining uzunligi qancha?Urg`ochisi 20 – 40sm,erkagi 15 – 25sm.

Erkak askarida va urg`ochi askaridaning asosiy farqi? Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o`xshash egilganligi b-n.

Odam askaridasida gavdasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan? Pishiq qalin po`st-kutikula b-n

Odam askaridasining qaysi organlari rivojlanmagan?Yopishuv organlari.

Odam askaridasining elastik tanasi nima uchun ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi? Ichak devoriga taqalib turganidan.

Odam askaridasining hazm qilish sistemasi nimaga o`xshaydi?Ikki uchi ochiq uzun nayga.

Odam askaridasining hazm qilish sistemasini ketma - ketlikda ayting? Og`iz teshigi – qisqa halqum – qizilo`ngach – o`rta ichak – keying ichak – anal teshigi.

Odam askaridasining og`iz teshigi qayerda joylashgan va nima bilan o`ralgan? Tanasining oldingi uchida,uchta lab bilan.

Odam askaridasi nima bilan oziqlanadi? Ingichka ichakda hazm bo`layotgan oziq b-n.

Odam askaridasi oziqning hazm bo`lmagan qismini nima orqali tashqariga chiqarib yuboradi?Anal teshigi orqali.

Odam askaridasining ayrish va nerv sistemasi qaysi xayvonnikiga o`xshaydi? Oq planariyanikiga.

Odam askaridasining ayrish sistemasi nimalardan iborat?Tana bo`ylab o`tgan ikkita uzun naydan.

Odam askaridasi gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi qaysi organni o`rab olgan?Halqumni.

Odam askaridasining halqumidagi nerv tugunlarida tananing qaysi qismlariga nervlar ketgan?Tananing oldingi va keyingi tomoniga.

Odam askaridasining jinsiy sistemasi nimaga o’xshash bo’lib qayerda va qanday joylashgan?Bir uchi berk ingichka naychaga o’xshash bo’lib tana bo’shlig’ida buralib.

Odam askaridasining erkaklik va urg’ochilik jinsiy organi nimalardan tashkil topgan?Erkaklik 1 ta urug’dondan,urg’ochilik 2ta tuxumdondan.

Odam askaridasi jinsiy tuzilishiga ko’ra qanday hayvon hisoblanadi?Juda serpusht hayvon.

Odam askaridasi bir kecha kunduzda qanchagacha tuxum qo’yadi?240 000 ta.

Odam askaridasi urug’langan va qattiq po’st bilan qoplangan tuxumlarini qayerga qo’yadi?Xo’jayinining ichagiga.

Odam askaridasining urug’langan tuxumlari nima orqali tashqariga chiqadi va qanday sharoitda lichinkalar rivojlanadi?Axlat bilan tashqariga chiqadi va nam tuproqqa.

Odam askaridasining tuxumlari qanday yo’llar bilan odam ichagiga tushganda, tuxumlardan lichinkalardan chiqadi?Iflos qo’l, yuvilmagan sabzavot va mevalar orqali.

Odam askaridasining lichinkalari rivojlanish davrini qaysi organda o’taydi va u organga nima orqali boradi?O’pkada kechadi va ichak devorlarini yemirib qon orqali boradi.

Voyaga yetgan odam askaridasi ichakka qaysi organlar orqali o’tadi?O’pkadan balg’am orqali og’iz bo’shlig’iga, undan ichakka qaytib tushadi.

Voyaga yetgan odam askaridasi yan ichakka qaytgach qanday hayotiy jarayonlar yuz beradi?Voyaga yetadi, tuxum qo’yishga kirishadi.

Odam askaridasi bilan kasallangan kishida qanday belgilar ko’zga tashlanadi?Ozib ketadi, rangi siniq bo’ladi, uni qornini muntazam og’riq turadi.

Odam askaridasi bilan kasallangan odam qanday davolanadi?Ichakdagi askarida maxsus dorilar yordamida haydaladi.

Odam askaridasini yuqtirmaslik uchun nimalarga rioya qilish kerak?Sabzavotlar, mevalar va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib, istemol qilish hamda shahsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.

To’garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan nimasi bilan farq qiladi?Tana bo’shligi va anal teshigining bo’lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan.

To’garak chuvalchanglari qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?Yassi chuvalchanglardan.

To’garak chuvalchanglarning qancha turi bor va ular qayerlarda parazitlik qiladi?12 000 dan ortiq turi, tuproq, chuchuk suv va dengizlarda erkin yashaydi hamda odam hayvonlarda va o’simliklar to’qimalarida.

To’garak chuvalchanglar ning ichki organlari tananing qaysi qismida joylashgan?Tana bo’shlig’ida.

To’garak chuvalchanglarning boshqa chuvalchanglar tipidan asosiy farqi?Ayrim jinsli bo’lishi.

Exinokokk qaysi tip va sinfga mansub?Yassi chuvalchanglar tipi va tasmasimon chuvalchanglar sinfiga.

Exinokokk tanasining uzunligi?0.3-0.6 mm.

Exinokokk qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi?Bo’ri, it va tulkilar ichagida.

Exinokokk nimalar yordamida ichak devoriga yopishib oladi?Boshdagi ikki juft so’rg’ichlar yordamida.

Exinokokk tanasi necha bo’g’imdan iborat?5 – 6 ta.

Exinokokk tuxumlari yem-xashak orqali qaysi hayvonlarga yuqadi?Qoramol, qo’y, ot, tuya.

Exinokokkning lichinkalari qon orqali qaysi organlarga joylashib nima hosil qiladi?O’pka, jigarga borib, yirik ba’zan chaqaloq boshidek pufak hosil qiladi.

Exinokokkning ko’p sonli lichinkalari qayerda joylashgan?Pufak ichidagi suyuqlikda va faqat mikroskopda ko’rinadi.

Exinokokk lichinkalari qayerda voyaga yetadi?Itlar va yirtqich hayvonlar, o’txo’r hayvonlar ichagida.

Exinokokkning oraliq ho’jayini?Odam va o’txo’r hayvonlar.

Exinokokkning asosiy ho’jayini?It va boshqa yirtqich hayvonlar.

Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi qaysi tip va qaysi sinfga kiradi?Yassi chuvalchanglar tipi , tasmasimon chuvalchanglar sinfiga.

Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining tuzilishi va hayot kechirishi qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Qoramol tasmasimon chuvalchangiga

Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi odam ichagida qachon parazilik qiladi?Voyaga yetgan davrida.

Cho`chqa tasmasimon chuvalchangining lichinkasi qaysi hayvon muskilida uchraydi? Cho`chqalarda.

Cho`chqa tasmasimon chuvalchangi odamga qaysi yo`llar orqali yuqadi?Yaxshi pishirilmagan cho`chqa go`shini istemol qilib,parazit finnani yuqtiradi.

Bolalar gijjasi qaysi tipga mansub? To`garak chuvalchanglar.

Gijja qayerlarda parazitlik qiladi?Odamlarning,ayniqsa kichik yoshdagi bolalar ichagida.

Bolalar gijjasining rangi va uzunligi? Oqish rangli, juda mayda (5-10mm).

Bolalar gijjasining urg`ochi urug`langandan keyin qayerda yashaydi va tuxum qo`yadi? Orqa chiqaruv teshigida yashaydi va techasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi teriga tuxum qo’yadi.

Bolalar gijjasining tuxumlari qayerda qaytadan rivojlanadi? Iflos qo`l orqali yana ichakka tushib qolsa

Bolalar gijjasi b-n kasallagan odamdan sog`lom odamga qanday yo`llar b-n yuqadi? Kiyimi,to`shagi yokiy boshqa buyimlar orqali.

Bo`rtma nematoda o`simlikning qaysi qismida parazitlik qiladi? Yer ostki qismida.

Bo`rtma nematoda b-n kasallanga o`simlik ildizida qanday shakildagi bo`rtmalar hosil b/di?No`xatdek va undan yirikroq(bazan mushtdek)

Bo`rtma nematoda b-n kasallangan o`simliklarda qanday o`zgarishlar sodir b/di? O`simlik o`shish va rivojlanishdan qoladi, xosili kamayadi,kuchli zararlangan o`simlik tez orada holok b/di.

Bo`rtma nematodasi qaysi o`simliklarga katta ziyon yetkazadi? Bodiring, pomidor, qovun, kartoshka, kanob, g`o`za.

Oraliq xo`jayinsiz rivojlanuvchi porazit? Askarida b-n bolar gijjasi

Chuvalchanglarning tashqi tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari qanday hayot kechirishga maslashgan? Parazit hayot kechirishga.

Parazit hayot kechirish natijasida yassi chuvalchanglarda qanday o`zgarishlar sodir bo`lgan ?Ularning mahsus yopishish organlari poydo bo`lgan, hazm qilish sistemasi yo`qolib, jinsiy organlari kuchli rivojlangan.

Qaysi parazitlar hatto lichinkalik davrida ham ko`payish hususiyatiga ega? Exinokokk, jigar qurti.

Tasmasimon chualchanglarni yuqtirmaslik uchun nimalarga rioya qilish kerak ? Go’sht mahsulotlarini pishirib istemol qilish lozim, hayvonlarning zararlangan organlarining itlarga bermaslik,qushxonalardan chiqayotgan go`sht mahsulotlarini qatiy nazoratga olish kerak.

Exinokokkni yuqtirmaslik u-n nima qilish kerak ?Daydi itlarga qarshi kurashish va shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.

Jigar qurtini yuqtirmasligi u-n nima qilish kerak?Ko`lmak suvlarini ichmaslik, daladan yig`ib keltirilgan ko`katlarni yuvmasdan istemol qilmaslik kerak.

Askaridani yuqtirmaslik u-n nima qilish kerak?Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish,ovqatlanishdan oldin qo`lni sovunlab yuvish,meva sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib istemol qilish kerak.

Parazit chuvalchanglarni qaysi fan o`rganadi?Gelmintoiogiya

Gelmintlarni o`rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan olim?K.I.Skryabin.

Osimliklar gelmintlarini o’rgangan o’zbekistonlik olim?A.T.To’laganov.

Yovvoyi va uy hayvonlari hamda o’simlik gelmentlati o’rgangan o’zbekistonlik olimlar?M.A.Sultonov,J.A.Azimov,E.X.Ergashov.

Odam hayvonlar va o’simliklarda chuvalchanglarning qancha turi parazitlik qiladi?20 mingga yaqin.

Parazit yashash ta’sirida chuvalchanglarning qanday organlari yo’qolib ketgan?Harakatlanish va hazm qilish.

Parazit yashash ta’sirida chuvalchanglarning qanday organlari rivojlangan?Yopishuv organlari,tanasi qattiq kutikula bilan qoplangan,serpusht bo’lgan.

Halqali chuvalchanglarning tanasi qanday qismlarga bo’lingan?Ko’p sonli halqalarga va bo’gimlarga hamda bo’rtmalarga.

Halqali chuvalchanglarning qanday sistemalari rivojlangan?Hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemalari

Halqali chuvalchanglar tipiga qaysi sinflar kiradi?Ko’p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va zulklar.

Yomg’ir chuvalchangi qaysi tip va qaysi sinfga mansub?Halqali chuvalchanglar tipi, kam tuklilar sinfiga.

Kam tuklilar qayerlarda hayot kechiradi?Tuproqda va chuchuk suvlarda.

Yomg’ir chuvalchangi qayerlarda uchraydi va hayot kechiradi?Ariq bo’yida, beda,sabzavot va poliz ekinlari ekilgan tuproqda uchrab, chirindiga boy, nam tuproqlarda hayot kechiradi.

Yomg’ir chuvalchangi nima sababdan yomg’ir chuvalchangi deb nomlanadi?Kuchli jaladan so’ng, ba’zan ko’plab yer yuziga chiqishi sababli.

Yomg’ir chuvalchangining uzunligi qancha va oldingi uchi qanday shaklda bo’ladi?8 – 10 sm, konussimon o’tkirlashgan.

Yomg’ir chuvalchangi har bir tana bo’gimining qorin tomonida nimalar joylashgan?4 juftdan kalta va ingichka tukchalar joylashgan.

Yomg’ir chuvalchangi harakatlanayotganda nima tayanch vazifasini bajaradi?Tuklar.

Yomg’ir chuvalchangining oldingi tomonidagi bir nechta halqalar yo’g’onlashib, nimani hosil qiladi?Belbog’.

Yomg’ir chuvalchangi tashqi tomonidan qanday hujayralar bilan qoplangan?1 qavat epiteliy hujayralaridan iborat yupqa teri bilan.

Yomg’ir chuvalchangining teri hujayralaridan nima ishlab chiqariladi va uning vazifasi?Shilimshiq modda, tanani doim namlab turish.

Yomg’ir chuvalchangining teri ostida qanday muskullar joylashgan?Halqasimon va bo’ylama muskullar.

Yomg’ir chuvalchangining muskullarining ostida qanday qavat joylashgan va uning vazifasi?Ichki epiteliy, tana bo’shlig’ini o’rab turadi.

Yomg’ir chuvalchangi teri-muskul haltasini nimalar yig’indisi tashkil qiladi?Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullar.

Yomg’ir chuvalchangining teri-muskul halqasi nimani hosil qiladi?Tana devorini.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’ida nimalar joylashadi?Ichki organlari.

Yomg’ir chuvalchangining tana shakli va tashqi tuzilishi qanday hayot kechirishga moslashgan? Tuproqdan in qazib hayot kechirishga.

Yomg’ir chuvalchangining harakatlanishini tushuntirib bering?Harakatlanayotgan chuvalchangda oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi cho’ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarrachalari orasiga tiqadi.Shundan keyin tana devoridagi bo’ylama muskullari qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo’gonlashib, tuproq zarrachalari suriladi.Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga yo’l ochadi.

Yomg’ir chuvalchangining tuproqda harakatlanayotganda uning siljishi nima hisobiga yengillashadi?Teri ustidagi shilimshiq pardadan ajralayotgan modda hisobiga.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i nima hisobiga bo’gimlarga ajralgan?Yupqa pardadan iborat to’siqlari bilan.

Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i bo’limlari soni nimaga teng?Tashqi tana halqalar soniga.

Yomg’ir chuvalchangining tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to’planib, qanday nerv tugunlarini hosil qiladi?Halqumusti va halqumosti.

Yomg’ir chuvalchangining nerv tugunlari qanday tolalar yordamida birlashadi?Halqumning ikki tomonidan aylanib o’tadigan halqa nerv tollari bilan.

Yomg’ir chuvalchangining qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’im to’g’risida qanday nerv tugunlar joylashgan?Bittadan kichikroq nerv tugunlari.

Yomg’ir chuvalchangining hamma nerv tugunlaridanqaysi organlarga nervlar chiqqan?Teriga va ichki organlarga.

Yomg’ir chuvalchangining nerv sistemsini tartib bilan sanang?Halqumusti va halqumosti – qorin nerv zanjiri – halqalardagi nerv tugunlar – ulardan chiqqan nerv tolalari.

Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’ladimi?Yo’q bo’lmaydi.

Yomg’ir chuvalchangi qaysi qismi orqali tashqi ta’sirlarni sezadi?Terisi.

Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali qanday tashqi muhit ta’sirlarini yaxshi sezadi?Yorug’lik, harorat, kimyoviy va mehanik ta’sirlarini.

Yomg’ir chuvalchangining reflekslari… qanday bo’ladi?Ancha murakkab va xilma – xil bo’ladi.

Yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, qanday jarayon kuzatiladi?O’sha tomoni ta’sirlanib, har xil harakatlar qiladi.

Yomg’ir chuvalchangi reflex yordamida nima topadi va qanday jarayonlardan yashirinadi?O’z oziqini, dushmanlardan, kuchli yorug’lik va issiqlikdan.

Yomg’ir chuvalchangi qanday hayvon(ko’payish jihatdan)?Germafradit.

Yomg’ir chuvalchangi germafradit bo’lishiga qaramasdan urug’lanish qanday kechadi?Ikki chuvalchang bir-birini urug’lantiradi.

Yomg’ir chuvalchangi tuxum qo’yish davrida belbog’chasidan qanday modda ajraladi?Shilimshiq modda.

Yomg’ir chuvalchangining shilimshiq moddasidan nima hosil bo’ladi?Pilla.

Yomg’ir chuvalchangi pilla ichiga qanchadan-qanchagacha tuxum qo’yadi?2 – 3 ta ba’zan 6- 20 ta gacha.

Yomg’ir chuvalchangining pillasi tanasidan qanday qilib tuproqqa tushadi?Sirg’alib.

Yomg’ir chuvalchangining pilladagi tuxumlaridan necha oydan keyin chuvalchanglar chiqadi?1 oydan keyin.

Yomg’ir chuvalchangi necha yil yashaydi?Bir necha yil.

Yomg’ir chuvalchangida ham gidra yoki oq planariya singari qanday jarayon kuzatiladi?Regeneratsiya.

Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzilib qolgan qismidan nima hosil bo’ladi?Yangi yomg’ir chuvalchangi.

Yomg’ir chuvalchangining og’iz teshigi tanasining qaysi qismida joylashgan?Tanasining oldingi uchida 1-tana bo’g’imi ostida.

Yomg’ir chuvalchangining og’iz teshigi qaysi organiga ochilgan?Qisqa halqumga.

Yomg’ir chuvalchangining qisqa halqumi qayerga tutashgan?Qizil o’ngachga.

Yomg’ir chuvalchangining qizilo’ngachining keyingi kengaygan qismi nima deyiladi?Jig’ildon.

Yomg’ir chuvalchangining jig’ildoni qayerga ochilgan?Kichikroq oshqozonga.

Yomg’ir chuvalchangining oshqozonidan tananing keyingi tomoniga qanday organ ketgan?Ichak.

Yomg’ir chuvalchangi nima bilan oziqlanadi va oziq nima bilan birgalikda uning ichagidan o’tadi?Chiriyotgan o’simlik qoldiqlari va tuproq bilan.

Yomg’ir chuvalchangining oziq ichagida nima yordamida o’zlashtiriladi?Hazm shirasi ta’sirida.

Yomg’ir chuvalchangining oziq tarkibidagi moddalari nimaga so’riladi?Qonga.

Yomg’ir chuvalchangida oziqning hazm bo’lmagan qismi tashqariga qanday yo’l bilan chiqadi?Anal teshigi orqali.

Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasini navbat bilan sanang?Og’iz teshigi – qisqa halqum – qizilo’ngach – jig’ildon – kichikroq oshqozon – ichak – anal teshigi.

Qon aylanish sistemasi dastlab qaysi hayvonlarda paydo bo’lgan? Halqali chuvalchanglarda.

Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi nechta qon aylanish sistemsidan tashkil topgan?Yirik orqa va qorin qon tomirlaridan.

Yomg’ir chuvalchangining qon tomirlari nima orqali bir – biriga o’zaro tutashgan?Halqa tomirlari orqali.

Yomg’ir chuvalchangi qizilo’ngachining atrofida joylashgan nechta halqa devorlari bor va ular qanday to’qimalar bilan ta’minlangan?5 -6 ta yo’g’on halqa va muskullar bilan.

Yomg’ir chuvalchangining halqa tomirlari qisqarish xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli nima deb ataladi?Yurak.

Yomg’ir chuvalchangining halqa va yirik qon tomirlaridan tanadagi turli organlarga qanday tomirlar tarqalgan?Mayda qon tomirlar.

Yomg’ir chuvalchangining mayda qon tomirlari nima deyiladi?Kapillarlar.

Yomg’ir chuvalchangining qaysi qismidan kapillar qon tomirlar ko’p bo’ladi?Teri va ichak devoridan.

Yomg’ir chuvalchangining qoni qanday harakatlanadi?Orqa tomir bo’ylab tananing oldingi tomoniga, qorin tomiri bo’ylab orqa tomonga oqadi.

Yomg’ir chuvalchangining qoni qayerda oqadi?Qon tomirlarida.

Yomg’ir chuvalchangi qanday qon aylanish sistemasiga ega?Yopiq qon aylanish sistemsiga.

Yomg’ir chuvalchangining qonning vazifasi?Kislorod va oziq moddalar tashish.

Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasini tartib bilan sanang?5 -6 ta yo’g’on halqali tomirlar devori muskulli(yurak) – orqa va qorin qon tomirlar – mayda qon tomirlari(kapillarlar).

Yomg’ir chuvalchangi qaysi organ orqali nafas oladi?Terisi orqali.

Yomg’ir chuvalchangi ayirish organlari qanday joylashgan?Tana bo’g’imida 1 juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat.

Yomg’ir chuvalchangining moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 nima orqali chiqib ketadi?Teri.

Yomg’ir chuvalchangining qanday organi kislorodni yaxshi o’tkazadi?Nam teri orqali.

Yomg’ir chuvalchangining ayirish naychasi qayerga ochilgan?Bir uchi tana bo’shlig’iga, 2-si esa teri orqali tashqariga ochiladi.

Yomg’ir chuvalchangi ayirish naychasining tana bo’shlig’iga ochilgan uchi qanday shaklda bo’ladi va nimalar joylashgan?Voronkaga o’xshash kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan.

Yomg’ir chuvalchangining ayirish kiprikchalari harakati tufayli zararli moddalar qayerga o’tadiva qaysi organ orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?Tananing suyuqligi bilan birga naychaga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi.

Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasini tartib bilan sanang?Ayirish naychasi – naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi – naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi.

Yomg’ir chuvalchangining qancha turi bor?180 dan ortiq turi.

Yomg’ir chuvalchangi ta’siri natijasida tuproqda qanday jarayonlar kuzatiladi?Tuproqni yumshatib, suv va havo o’tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi.

Yomg’ir chuvalchangi 1 yil davomida qancha tuproqni qayta ishlaydi?1 gektar maydondagi 250 – 600 t.

Yomg’ir chuvalchangidan nima maqsadda foydalaniladi?Chorvachilik va uy - ro’zg’or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblangan biogumus olishda.

Yomg’ir chuvalchangining o’zi ham qanday hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?Qushlar, ayrim sut emizuvchilar va tuproq hayvonlari.

Yomg’ir chuvalchangi uy parrandalari uchun qanday oziqa hisoblanadi?Oqsilga boy to’yimli ozuqa.

Yomg’ir chuvalchangining parrandalarning ozig’iga qo’shib berilsa, ularda qanday jarayon kuzatiladi?Ko’p tuxum qo’yadi.

Qanday chuvalchanglar suvni tozalab sanitarlik vazifasini bajaradi?Kam tukli qizil chuvalchanglar.

Qizil chuvalchanglar qaysi hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?Baliqlar uchun.

Qizil chuvalchanglar nima maqsadda ko’paytiriladi?Akvarium baliqlari uchun yemish sifatida.

Dengiz tubida hayot kechiruvchi halqali chuvalchang qaysi?Nereida.

Nereidaning tana tuzilishi qanday?Boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan; tanasi ko’p miqdorda uzun tukchalar bilan qoplangan.

Nereidaning tana tuklari qayerda va qanday bo’lib joylashgan?Tanasining ikki yonidagi muskulli o’simtalarda to’p-to’p bo’lib.

Chuvalchanglar o’simtalari yordamida qanday harakatlanadi?Suzadi yoki suv tubida o’rmalab yuradi.

Chuvalchanglarda hosil bo’lgan o’simtalar ilk bora paydo bo’lgan qanday organ hisoblanadi?Oyoqlar.

Dengiz halqali chuvalchanglari qaysi sinfga kiradi?Ko’p tuklilarga.

Halqali chuvlchanglarga qaysilar kiradi?Nereida,o’troq yashovchi dengiz ko’p tuklisi, qizil chuvalchang.

Halqali chuvalchanglar qaysi organizmlardan kelib chiqqan?Erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalvhanglardan.

Halqali chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini qaysi dalillar isbotlaydi?Dengizda yashovchi ko’p tukli halqalilar lichinkalari tanasida kipriklar bo’lishi, uning ayirish sistemasi kiprikli yassi chuvalchanglar sistemasiga o’xshash bo’lishi.

Kam tukli halqali chuvalchanglardan qanday kelib chiqqan?Ko’p tukli halqali chuvalchanglar.

Halqali chuvalchanglarning halqasidagi o’simtalarning shakli?Kuraksimon.

Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi qanday tipli?Qorin nerv zanjirli.

Halqali chuvalchanglarning qanchadan ortiq turi bor?7000 dan ortiq tur.

Molluskalar tanasi qanday teri b- n qoplangan?Mantiya teri.

Mantiya tanasi sirtida nima hosil qiladi?Chig`anoq.

Molluskalar mantiyasi b-n tanasi oralig`ida nima bo`ladi?Mantiya bo`shlig`i .

Molluskalar tana bo`shlig`i qanday to`qma b-n to`lgan? G`ovak to`qma.

Molluskalarning qon aylanish sistemasi qanday? Ochiq.

Molluskalardan boshlab qaysi o`rgan rivojlangan?Yuragi.

Molluskalar tipi qanday sinflarga bo`linadi? Qorinoyoqli, ikki pallalilar va bosh oyoqli molluskalar sinfi.

Suv shillig`i qaysi sinfga kiradi?Qorin oyoqli molluskalar sinfi.

Suv shillig`i qanday joylarda hayot kechiradi? Hovuz va ko`larda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarda.

Suv shillig`ining tanasi qayerda joylashgan va shakli qanday? Chig`anoq ichida va spiral o`ralgan.

Suv shillig`i chig`anoqining o`ramlari qanday va nima hosil qiladi ? O`ramlari ingichkalashib, o`tkir uchni.

Suv shillig`i chig`anoqining kengayga uchida qanday teshigi bo`ladi? Tanasi chiqadigan keng teshigi.

Suv shillig`ining shilliq tanasini nima o`rab turadi ?mantiya teri.

Suv shillig`ining mantiyasidan nima hosil bo`ladi ? Chig`anoq.

Suv shillig`ining og`iz teshigi va paypaslagichlari qayerida joylashgan?Boshining ostki tomonida og`iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlar.

Suv shillig`i ning sezgi o`rganlarini nima bajaradi? Paypaslagichlari .

Suv shillig`ining ko`zi qayerida joylashgan? Paypaslagichlari asosida bitadan.

Suv shillig`i qanday harakatlanadi? Oyoq muskullarining to`lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib.

Suv shillig`ining hazim qilish sistemasi qaysi organlardan iborat ?Og`iz bo`shlig`i, halqum, qizilo`ngach,oshqozon va ichak.

Suv shillig`ining ichagi chig`anog`i ichida qanday joylashgan ?Halqasimon buralib.

Suv shillig`ining orqa chiqaruv teshigi qayerida bo`ladi ? Mantiya chetida.

Suv shillig`i halqumida nima joylashgan? Mayda tishchalar b-n qoplangan muskulli tilcha.

Suv shillig`i nimalar b-n oziqlanadi ?Tilini chiqarib,o`simliklar va suvdagi narsalarga yopishgan bakteriyalar hamda mayda suvo`tlar.

Suv shillig`ining halqumiga qanday hazm qilish sistemasi ochiladi ? Bir juft so`lak bezlari.

Suv shillig`ining oziqni hazm qilishiga nima yordam beradi ?So`lak suyiligi.

Suv shillig`ining qaysi organi oshqozon bo`shlig`iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi?Jigari.

Suv shillig`i qayerdagi kisloroddan nafas oladi? Atmasferadagi .

Suv shillig`ining nafas teshigi qayerda joylashgan ? Chig`anoqning chetida.

Suv shillig`ining nafas teshigi qaysi organga ochiladi? Xaltasimon o`pkaga.

Suv shillig`ining o`pka devori nimalar b-n qoplangan ? Juda ko`p mayda qon tomirlar b-n .

Suv shillig`ida kislorod qonga qanday o`tadi va qondan nima chiqadi? O`pkadagi havodan va CO2 gazi chiqadi?

Suv shillig`i nafas olish uchun qayerga chiqadi? Suv yuzasiga

Suv shillig`ining yuragi qayerida joylashgan ? Tanasining orqa tomonida.

Suv shillig`ining yuragi necha kameraga bo`linadi va ular qaysilar? Ikkiga yurak oldi bo`lmasi va yurak qorinchasiga .

Suv shillig`ining yurak kameralari qonni tomirlarga qanday haydaydi? Galma galdan qisqarib.

Suv shillig`ining qon tomirlarining uchi ochiq bo`lib qon ulardan qaysi organlarga quyiladi ? Ichki organlar oralig`iga.

Suv shillig`ining tana bo`shlig`ida kislorodni to`qimalarga berib,CO2 b- nboyigan qon qayerga boradi ? Tomirlar orqali o`pkaga.

Suv shillig`ining o`pkasidagi kislorod b-n to`yingan qon qayerga borib quyiladi ? Yurakoldi bo`lmasiga.

Suv shillig`idagi oziq moddalar nima orqali to`qimalarga tushadi ? Qon orqali.

Suv shillig`ining qon aylanish sistemasi qanday ? Ochiq qon aylanish sistemasi.

Suv shillig`ining ayrish sistemasi qayerdan boshlanadi va uning shakli ? Buyrakdan va tasmaga o`xshash .

Suv shillig`ining ayrish sistemasi qaysi hayvonning ayrish sistemasiga o`xshaydi ? Yomg`ir chuvalchangiga.

Suv shillig`ining vorankasimon kengaygan uchi qayerga ochiladi ? Yurak oldi bo`lmasiga, ikkinchi uchi mantiya chetiga ochiladi.

Suv shillig`ining bir necha juft nerv tugunlari qayerda joylashgan ? Tanasida.

Suv shillig`ining nerv tugunlarida qayerlarga nervlar chiqadi ? Barcha organlariga.

Suv shillig`i qanday hayvon? Germafrodit.

Suv shillig`i tuxumlarini qayerga va qanday shaklda qo`yadi? Uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklda.

Suv shillig`i urug`langan tizimchasi nimalarga illashib qoladi ? Suv o`tlariga.

Suv shillig`ining tuxumlaridan qanday molluskalar rivojlanadi? Nozik chig`anoqli kichik molluskalar.

Qorinoyoqli molluskalarning yer yuzida qancha turi tarqalgan ? 100000.

Yalong`och shilliqlar vat okshilling`i qayerda yashaydi?Quruqlikda

Tok shilling`i har xil yalong`och shilliqlar nimalar b – n oziqlanadi? O`simliklarning yashil qismi b-n oziqlanib,ekinlarga katta ziyon keltiradi.

o`zbekistoning qaysi qaysi hudida qanday shilling`lar uchraydi?Suv havzalarida yalong`och shilliqllar bedapoya shilling`iv a suv shilling`lari uchraydi.

Qorinoyoqli moluskalar tanasi qanday bo`limlardan iborat? Bosh, qorin , oyoq bo`limlardan iborat .

Qorinoyoqlilarning oyoqlari qanday hosil bo`lgan?Qorin tomoni kengayishidan hosil bo`lgan.

Qorinoyoqli maluskalar qanday nafas oladi?O`pka yoki jabralari orqali nafas oladi.

Qorinoyoqli molluskalarga qaysi molluskalar kiradi?Tok shillig’i, yalang’och shillig’i, bitiniya,tirik tug’ar shillig’.

Dengiz va chuchuk suvlarda qanday molluskalar tarqalgan?Ikki pallali molluskalar.

Ikki pallali molluskalarga qaysilar kiradi?Perlovitsa, dreysena, midiya,ustritsa.

Baqachanoq qayerlarda yashaydi?Tinch oqadigan daryolar va sayoz ko’llar tubida, loy yoki qumga tanasining yarmigacha ko’milib yashaydi.

Baqachanoqning uzunligi va shakli qanday?Uzunligi 10 – 15 sm, oldingi tomoni to’mtoq, keyingi tomoni esa suyri.

Baqachanoqning chig’anoq pallalari orqa tomondan nimalar yordamida tutashgan?Elastik paylar.

Baqachanoqning qornining oldingi qismida chig’anoq orasidagi tirqishidan qanday organi chiqib turadi?Muskulli ponasimon oyog’i.

Baqachanoqning harakatlanishini ayting?Oyog’ini chig’anoqidan chiqarib, suv tubiga tiraydi va tanasini oyog’i tomonga tortib oladi.

Baqachanoq 1 soatda qancha yo’l bosadi?20 – 30 sm.

Baqachanoq chig’anoqining sirti qanday moddadan iborat va ichki yuzasi qanday modda bilan qoplangan?Sirti – muguz moddadan,Ichki yuzasi xar-xil rangli tovlanadigan sadaf bilan.

Baqachanoq chig’anoqi nimalari hisobiga pallalari yopiladi?Ichki yuzasidagi bir juft yopivchi muskullar.

Baqachanoqning chig’anoqi nimalar hisobiga ochiladi?Muskullar bo’shashganda orqa tomondagi elastik paylar tortilgach ochiladi.

Baqachanoqning keyingi uchining yuqori va pastki tomonida nima joylashgan va uning nomi?Tirqichsimon ikkita teshik – sifon

Baqachanoqning chig’anoqi ichiga suv qaysi sifon orqali kiradi va qaysi sifon orqali chiqadi?Pastki kirish sifoni orqali va Ustki chiqaruv sifon orqali chiqadi.

Baqachanoqning orqa chiqaruv sifoniga qanday organlar ham ochilgan?Ayirish va jinsiy.

Baqachanoqning og’iz teshigi qayerda joylashgan?Oyoqining asosida.

Baqachanoqning kirish sifoni orqali mantiya bo’shlig’iga qanday moddalar kiradi?Suv, organic zarrachalar, soda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar.

Baqachanoqning og’izi oldida qanday organlar joylashgan va ularning vazifasi?2 juft paypaslagichlar oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yo’naltiradi.

Baqachanoqning nafas olish organi qaysi ?Jabra.

Baqachanoqning jabrasi qayerda joylashgan?Oyog’ining ikki yonidagi mantiya bo’shlig’ida.

Baqachanoqning nafas olishini ayting?Jabraning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarining harakati tufayli suv mantiya bo’shlig’iga kiradi va jabrani yuvib chiqish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabraga o’tadi, jabradagi CO2 suvga o’tadi.

Baqachanoqning jabrasidagi kislorod nima orqali organlarga tarqladi?Qon oqimi orqali.

Baqachanoqning qon aylanish , ayirish va nerv sistemalari qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Suv shillig’iga.

Baqachanoqning tanasida nechta nerv tugunlari bor va ular nimalar yordamida o’zaro tutashgan?3 juft, nerv tolalari yordamida.

Baqachanoqning maxsus sezgi organlari bo’ladimi?Yo’q

Baqachanoqning jinsiy sistemsiga ko’ra qanday hayvon va qanday jinsiy sistemalarini ajratib bo’lmaydi?Ayrim jinsli, erkaklik va urg’ochilik.

Baqachanoqning tuxumlari qayerda rivojlanadi?Jabra sirtida.

Baqachanoqning tuxumidan chiqqan lichinkalari qayerga chiqadi va qaysi hayvon organizmida parazitlik qilib yashaydi?Suvga chiqadi, baliq terisida parazitlik qiladi.

Baqachanoqning lichinkasi parazitlik tasirida baliqning terisida nima hosil bo’ladi?Shish hosil qiladi.

Baqachanoqning lichinkasi shish ichida nimaga aylanadi va qayerda voyaga yetadi?Baqachanoqqa va voyaga yetadi.

Ikki pallalilarning qancha turi bor?30 000 turi.

Ikki pallalilarning ko’pchiligi qayerlarda yashaydi? Dengizlarda.

Ikki pallalilarning ichida eng yiriki qaysi va uning og’irligi?Tridakna, 250 kg.

Ikki pallalilarning qaysilari go’shti uchun olinadi?Ustritsa, taroqcha, midiyalar.

Ikki pallalilarning qaysilaridan marvarid olinadi?Dengiz marvaridlaridan.

Ikki pallalilarning qaysilari ayrim mamlakatlarda ko’paytiriladi?Marvaridlar, midiyalar,ustritsalar.

Ikki pallalilarning qaysilari sho’rlangan suvlarda tarqalgan va qanday zarar yetkazadi?Dreysena, ko’payib suv o’tkazadigan quvurlarni ishdan chiqaradi.

Ikki pallalilardan mamlakatimizda qaysilari uchraydi?Baqachanoq va dreysena.

Ikki’pallalilarning foydali tomonini ayting?Suvdagi mikroorganizmlar va organic zarrachalrni filtirlab oziqlanishi tufayli suv havzalarini tozalashga yordam beradi.

Boshoyoqlilarning qaysi organining o’zgarishidan paypaslagichlar hosil bo’lgan?Oyog’ining oldingi qismi o’zgarib.

Boshoyoqlilar gavdasining uzunligi va qanday qismlarga ajraladi?1 sm dan 5 m gacha, bosh tana qismlariga.

Boshoyoqlilar oyoqlari asosida nima joylashgan?Voronka.

Boshoyoqlilarning tanasi nima bilan o’ralgan?Qalin muskulli mantiya.

Boshoyoqlilarning qaysi qismi yo’qolib ketgan?Chig’anog’i.

Boshoyoqlilarning og’iz teshigi atrofida nechta paypaslagichlar bo’ladi?8 yoki 10 ta.

Boshoyoqlilarning paypaslagichlarida nimlar joylashgan?So’rg’ichlar.

Boshoyoqlilarning qaysi organi kuchli rivojlangan va ularda qanday jarayon kuzatiladi?Bosh miyasi kuchli rivojlangan, ularda xilma-xil murakkab reflekslar hosil bo’ladi.

Boshoyoqlilarning qaysi organidan suv o’tib turadi?Mantiya bo’shlig’idan

Boshoyoqlilar qanday harakatlanadi va harakatlanish turi?Suvning mantiya bo’shlig’idan voronkasi orqali katta bosim ostida chiqarib reaktiv harakat qiladi.

Boshoyoqlilarning orqa chiqaruv ichagiga nima ochiladi?Siyoh xaltasi yo’li.

Boshoyoqlilar dushmanidan qanday qutilib qoladi?Suvga siyoh chiqaradi.

Boshoyoqli molluskalarga qaysi hayvonlar kiradi?Kalmarlar, osminog va karakatitsa.

Boshoyoqlilar qayerlarda tarqalgan va qaayerda ko’p uchraydi?Okean va ochiq dengizlarda, tropik dengizlarda ayniqsa ko’p.

Boshoyoqlilarning qancha turi ma’lum?650 ta.

Boshoyoqlilar ichida qaysilari krablar, baliqlar va molluskalar bilan oziqlanadi?Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqlar.

Boshoyoqlilar ichida qaysilari go’shti uchun olinadi? Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqlar.

Molluskalarning tanasi nima bilan qoplangan?Mantiya terisi.

Moluskalarning mantiyasi tanasida nima hosil qiladi?Chig’anoq.

Molluskalarning tana bo’shlig’i nima bilan to’lgan?Birikturuvchi to’qima.

Qisqichbaqasimonlar sinfiga tarif bering?Suvda yashaydi, jabra b-n nafas oladi.

Qisqichbaqasimonlar boshqa bo`g`imoyoqlilardan nimasi b-n farq qiladi?Ikki juft mo`ylovlarining bo`lishi b-n

Daryo qisqichbaqasi qayerlarda hayot kechiradi?Chuchuk suvli ko`l,daryo va soylarda.

Daryo qisqichbaqasining tuzilishi va rangi nimaga moslashgan?Suv muhitida yashashga

Daryo qisqichbaqasining ustki tamonining rangi qanday?Ko`kimtir – qo`ng`ir.

Daryo qisqichbaqasining ostki tamonining rangi qanday?Oqish rangda.

Daryo qisqichbaqasini nima u-n suv ostida payqash qiyin?Tanasining ustki tomoni ko`kimtir – qo`ng`ir,ostki tomoni oqish rangda bo`lgani u-

Daryo qisqichbaqasi kunduzi qayerlarda bekinib yotadi?Toshlarning ostida yoki qirg`oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarda

Daryo qisqichbaqasi qachon ovga chiqadi?Kechqurunlari.

Daryo qisqichbaqasi nimalar b-n oziqlanadi?Suv o`tlari,kasal hayvonlar(Molluskalar,hasharotlar lichinkasi) ularning murdalari yoki kasallangan hayvonlar b-n.

Daryo qisqichbaqasi oziqni qanday topadi?Oziq hidini yaxshi sezish orqali.

Daryo qisqichbaqasining tanasi nima b- n qoplangan?Qattiq xitin po`st b- n.

Daryo qisqichbaqasidagi xitin qoplagichi qanday vazifalarini bajaradi?Tanasini tashqi tasirdan himoya qiladi,tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi,unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi.

Daryo qisqichbaqasining tanasi qanday bo`limlardan iborat?Boshko`krak va qorin

Daryo qisqichbaqasining boshko`kragi qanday hosil bo`lgan va nima b- n qoplangan?Bosh va ko`krak bo`limlarining harakatsiz birikishidan hosil bo`lgan va boshko`krak qalqoni b- n qoplangan.

Daryo qisqichbaqasi qalqonining oldingi uchi nimani hosil qiladi?Uzun pixni.

Daryo qisqichbaqasining ko`zlari qayerda joylashgan?Pixning ikki yonida,harakatchan poyachalar ustida.

Daryo qisqichbaqasi boshining oldingi tomonida nimalar joylashgan?Bir juftdan uzun va kalta mo`ylovlari.

Daryo qisqichbaqasi mo`ylovlari qanday organlar hisoblanadi?Hid bilish va tuyg`u .

Daryo qisqichbaqasi og`iz teshigini nimalar o`rab turadi?Uch juft jag`lar.

Daryo qisqichbaqasi boshko`kragining keyingi qismida nimalar joylashgan?8 juft o`simtalar.

Daryo qisqichbaqasi boshko`kragining keyingi qismidagi sakkiz juft o`simtasidan 3 jufti qanday nomlanadi?Jag`oyoqlar.

Daryo qisqichbaqasi jag`oyoqlarining vazifasi?Oziqni ushlab og`izga surish va jabralarga suvni haydash

Daryo qisqichbaqasi boshko`kragidagi sakkiz juft o`simtaning qolgan besh juftidan birinchi jufti nimaga aylangan?Qisqichga.

Daryo qisqichbaqasining keyingi to`rt jufti qanday vazifani bajaradi?Haqiqiy yurish oyoqlari.

Daryo qisqichbaqasining oziqni tutish uchun xizmat qiladigan organi?Qisqichlari.

Daryo qisqichbaqasining qorin bo`limi nechta bo`g`imdan iborat?7 bo`g`imdan iborat.

Daryo qisqichbaqasining qorin oyoqlari har qaysi bo’g’imda qanchadan joylashgan?1 juftdan.

Daryo qisqichbaqasining qorinoyoqlarining nechta jufti ikki shoxli bo’ladi?5 jufti.

Daryo qisqichbaqasining qorinoyoqlarining oxirgi ikki jufti nimani hosil qiladi?Dum suzg’ichni.

Daryo qisqichbaqasi suv tubida qanday harakatlanadi?Ko’krak bo’limidagi 4 juft oyoqlari yordamida o’rmalab yuradi.

Daryo qisqichbaqasi havfni sezib qolganda qanday harakatlanadi?Dum suzg’ichlarini qorin tomonga tez-tez siltab, orqa tomoni bilan suzadi.

Daryo qisqichbaqasi qaysi organi orqali nafas oladi?Jabralari orqali.

Daryo qisqichbaqasining jabralari tanasining qayerida joylashgan?Ko’krak bo’limidagi jag’ oyoqlari va oldingi 4 juft yurish oyoqlari asosida.

Daryo qisqichbaqasining qaysi organining harakati tufayli jabralarida suv almashinib turadi?Jag’ oyoqlari.

Daryo qisqichbaqasining urg’ochisining erkakidan farqi?Urg’ochisining qorin bo’limi bosh ko’kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki aksincha torroq bo’ladi.

Daryo qisqichbaqasining urg`ochisi qachon tuxum qo`yadi va uni qayerda olib yuradi?Erta bahorda qo`ygan tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi.

Daryo qisqichbaqasining tuxumlaridan qachon qisqichbaqalar chiqadi?Yozda.

Daryo qisqichbaqalari qaysi tip vakillari singari eski qattiq po`stini tashlab,yani tullab o`sadi?Bo`g`im oyoqlilar

Daryo qisqichbaqasining tullagan eski qoplog`ichi ostida nima hosil bo`ladi va qanday o`sadi?Yangi qoplagich hosil bo`ladi va u tez o`sa boshlaydi.

Daryo qisqichbaqasining qoplag`ichi nima sababdan qattiqlashib,o`sishdan to`xtaydi va tullaydi?Ohak modda shimilganligi uchun

Daryo qisqichbaqasining muskullari qanday tuzilgan?Muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat.

Daryo qisqichbaqasi muskullari organlari atrofida qanday joylashgan?To`p- to`p bo`lib.

Daryo qisqichbaqasining ichki organlari qayerda joylashgan ?Xitin b- n qoplangan tana bo`shlig`ida.

Daryo qisqichbaqasi boshining ostki qismida qaysi organi joylashgan?Og`zi.

Daryo qisqichbaqasining hazm qilish sistemasini ketma- kelikda sanang?Og`iz,qisqa halqum, qizilo`ngach,ikki bo`lmali oshqozon(Katta oshqazon va kichik oshqazon),ichak,jigar,anal teshigi.

Daryo qisqichbaqasi ozig`i qayerda hazm bo`ladi?Ichak va jigarda.

Daryo qisqichbaqasining anal teshigi qayerda joylashgan?Dum suzg`ichining o`rtasida.

Daryo qisqichbaqasining hazm bo`lmagan hazm qoldiqlari qaysi organi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?Anal teshigi orqali.

Daryo qisqichbaqasining bosh ko`kragining orqa tomonida nima joylashgan?Qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan.

Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi qanday tipda?Ochiq tipda.

Daryo qisqichbaqasining yuragida nechta teshikchasi bor?3 juft.

Daryo qisqichbaqasining ayirish sistemasi qayerida joylashgan? Bosh tomonida.

Daryo qisqichbaqasining ayirish sistemasi qanday qismlardan iborat?Bir juft yashil bezlar,va ularning naychalaridan.

Daryo qisqichbaqasi ayirish sistemasining tana bo`shlig`iga ochilgan bezlarining shakli qanday?Oldingi uchi kengaygan pufaksimon.

Daryo qisqichbaqasining ayirish naychalari qayerga ochiladi? Kalta mo`ylovlarning asosida tashqariga.

Daryo qisqichbaqasining qaysi organi yomg`ir chuvalchanginikiga o`xshaydi? Nerv sistemasi.

Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasi nimalardan iborat? Halqumusti va halqumosti nerv tugunlari,halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiri.

Daryo qisqichbaqasining halqumusti nerv tugunidan qaysi organlariga nervlar chiqadi? Ko`z va mo`ylovlariga.

Daryo qisqichbaqasining halqumosti nerv tugunidan va qorin nerv tugunlaridan qaysi organlarga nervlar chiqadi? Jag`larga,qorin nerv tugunidan esa barcha organlarga.

Daryo qisqichbaqasining ko`zlari qayerida joylashgan? Harakatchan poyachalar ustida.

Daryo qisqichbaqasining ko`rish sistemasi qanday? Mozaik ko`rish sistemasiga.

Daryo qisqichbaqasining mozaik ko`rish sistemasiga tarif bering? Bir qancha mayda ko`zchalardan iborat bo`lib, har bitta mayda ko`zcha atrof muhitni kichik bir qismini, hamma ko`zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi.

Daryo qisqichbaqasining mo`ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalari qanday organ hisoblanadi?Hid bilish va tuyg`u.

Daryo qisqichbaqasi kalta mo`ylovlarining asosida qanday organlari joylashgan?Eshitish va muvozanat saqlash.

Qisqichbaqasimonlarning qancha turi ma`lum?30 000 dan ortiq turi.

Qisqichbaqasimonlar qayerlarda hayot kechiradi?Ko`pchiligi dengizva okeanlarda ayrim turlari chuchuk suvlarda.

Doimiy suvda yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar nima deyiladi?Plankton.

Plankton qisqichbaqasimonlarga misol?Dafniya va siklop.

Dafniya va siklop qayerlarda ko`p uchraydi?Chuchuk suvlarda.

Qisqichbaqasimonlardan qaysilari baliqchilik xo`jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko`paytiriladi? Dafniya va siklop.

Go`shti uchun ovlanadigan dengiz qisqichbaqasimonlari?Krablar,omarlar,langustlar va krevetkalar.

Qisqichbaqasimonlar qaysi hayvonlarning asosiy ozig`i hisoblanadi?Baliqlar,tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlari.

Qisqichbaqasimonlarga misollar?Dafniya, siklop,zaxkash,krevetka,kamchatka krabi, omarlar, langustlar.

O`zbekistonning cho`l mintaqalarida keng tarqalgan qisqichbaqasimon?Zaxkash.

Zaxkashning 2-nomi?Eshakqurt.

Tuproqda in qurib o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, tuproqni yumshatuvchi va chirindiga boyituvchi qisqichbaqasimon? Zaxkash.

Qisqichbaqasimonlarning tanasi qanday bo’limlardan iborat?Boshko’krak va qorin.

Qisqichbaqasimonlarning boshko’kragi nima bilan qoplangan?Xitin qalqon bilan.

Qisqichbaqasimonlarning boshida qanday organlari joylashgan?2juft mo’ylovlari,murakkab ko’zlari.

Qisqichbaqasimonlarda qanday sistemalar rivojlangan?Hazm qilish,ayirish,nafas olish,qon aylanish,nerv,jinsiy sistemalari.

O’rgimchaksimonlarga ta’rif bering?Haqiqiy quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar.

O’rgimchaksimonlar qaysi organlari orqali nafas oladi?1 juft o’pka yoki traxeyalari orqali.

O’rgimchaksimonlar sinfi qanday turkumlarga ajratiladi?O’rgimchaklar,falangalar,chayonlar va kanalar.

Butli o’rgimchak qayerlarda hayot kechiradi?O’tlar va butalar orasiga qurgan to’ri ustida.

Butli o’rgimchak to’rlarini qayerlarda ko’p uchratish mumkin?Qalin o’t-o’lan bilan qoplangan daryo va soy bo’ylarida.

Butli o’rgimchaklarning tanasiqanday bo’limlarga bo’linadi?Kichik boshko’krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa.

Butli o’rgimchakning ikki juft og’iz organlari qayerida va qanday joylashgan?Boshko’krakning oldingi uchida va bo’g’imlarga bo’lingan 2 juft og’iz organlari joylashgan.

Butli o’rgimchakning 4 juft oddiy ko’zchasi qayerida joylashgan?Boshko’kragining ustki tomonida.

Butli o’rgimchakning og’iz organlarining 1-jufti qanday nomlanadi?Ustki jag’lar.

Butli o’rgimchakning og’iz organlarining 2-jufti qanday nomlanadi?Oyoq paypaslagichlar.

Butli o’rgimchakning ustki jag’larining 1-bo’g’imi qanday o’simtalardan iborat?Harakatchan tirnoqsimon.

Butli o’rgimchakning harakatchan tirnoqsimon o’simtasi qanday vazifani bajaradi?O’ljasi tanasini teshish uchun.

Butli o’rgimchakning zahar bezlari qayerida joylashgan?Jag’lar asosida.

Butli o’rgimchakning jag’lari sanchilgan paytda zahari qaysi qismi orqali o’ljasi tanasiga tushib uni o’ldiradi?Tirnoqchalar ichidagi naycha orqali.

Butli o’rgimchak oyoq paypaslagichlari nimalar bilan qoplangan?Mayda,sezgir tukchalar bilan.

Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlaridagi mayda, sezgir tukchalari qanday organi hisoblanadi?Tuyg’u organi.

Butli o’rgimchak paypaslagichlarining asosiy bo’g’imlari qanday vazifani bajaradi?Pastki jag’lar.

Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlaridan qanday farq qiladi?Oyoq paypaslagichi bir muncha kalta.

Butli o’rgimchakning uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari qayerida joylashgan?Boshko’krakda.

Butli o’rgimchakning qaysi bo’limining hamma bo’g’imlari qo’shilib ketgan?Qorin bo’limining.

Butli o’rgimchak deb nomlanishiga sabab?Qornining orqa tomonida butsimon, oqish dog’i bo’lganligi uchun.

Butli o’rgimchakda nechta o’rgimchak so’gallari mavjud?3 juft.

Butli o’rgimchakning 3 juft o’rgimchak so’gallari qayerida joylashgan?Qorin bo’limining keyingi uchida.

Butli o’rgimchakning bezlarining yo’llari qayerga ochiladi?3 juft o’rgimchak so’gallariga.

Butli o’rgimchakning bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuqlik qanday xususiyatga ega?Havoda qotish va ipga aylanish.

Butli o’rgimchak qaysi organlari yordamida 1ta yaxlit ip hosil qiladi?Taroqqa oxshash, tirnoqlari yordamida.

Butli o’rgimchaklarning hosil qilgan iplaridan qaysi jinsli o’rgimchak tutqich to’r toqiydi?Urg’ochisi.

Butli o’rgimchak tutqich to’rining shakli qanday va qayerlarda uchraydi?G’ildirak shaklda bo’lib,butalar va baland bo’yli o’tlar orasida tik tortilgan.

Butli o’rgimchak qanday ov qiladi?Tutqich to’r yasab, markazidan tortilgan ipdan keluvchi signal orqali o’ljasini sezadi.

Butli o’rgimchakning ovqat hazm qilish sistemasi qayerdan boshlanib qayerda tugaydi?Tashqaridan boshlanib, ichakda tugaydi.

Butli o’rgimchak qaysi hasharotlar bilan oziqlanadi?Pashsha, kapalak va boshqa mayda hasharotlar bilan.

Butli o’rgimchak o’ljasini qanday o’ldiradi?Ustki jag’larning o’tkir tirnoqlari bilan zaharlab.

Butli o’rgimchak zahari tarkibida qanday suyuqlik bo’ladi?Hazm suyuqligi.

Butli o’rgimchakning ozig’i nima ta’sirida parchalanib suyuq holatga keladi?Hazm suyuqligi.

Butli o’rgimchak o’ljasidan nima qoladi?Xitin po’sti.

Butli o’rgimchakning zahari qanday organizmlarga ta’sir qilmaydi?Odam va umurtqali hayvonlarga.

Butli o’rgimchakning daryo qisqichbaqasiga o’xshashligi?Qon aylanish,nerv,ayirish sistemasi.

Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlariga o’xshashligi?Bo’g’imli bo’lishi.

Butli o’rgimchaklarning nechta o’pkasi bor?1 juft.

Butli o’rgimchakning o’pka haltalari nimalardan tashkil topgan?Ko’plab varaqsimon o’simtalardan.

Butli o’rgimchaklarning qoni qaysi organlarda harakatlanadi?O’pkadagi varaqsimon o’simtalarda.

O’rgimchaaklarning ingichka naysimon nafas olish organlari?Ikki tutam traxeyalar.

Orgimchaklarning traxeyasi nima bilan bog’langan?Atmosfra havosi bilan.

Butli o’rgimchakning erkagi va ug’ochisini farqi?Urg’ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo’ladi.

O’rgimchak tuxumlarini qayerga qo’yadi?Toshlar va daraxt po’stlog’i ostiga.

O’rgimchaklar tuxumlarini nima ichiga qo’yadi?Pilla.

Yosh o’rgimchaklar qachon tuxumdan chiqadi?Bahorda.

O’rgimchaksimonlar ichida zaharlilari?Biy va qoraqurt.

Qoraqurt qayerlarda uchraydi?O’rta Osiyo,Kavkaz,Qrimning dasht va cho’llarida.

Qoraqurt erkagi va urg’ochisining farqi?Urg’ochi qoraqurtning qorni ustida qizg’ish dog’lari bo’ladi.

Qaysi o’rgimchaksimon tuproqdagi chuqurlar ustiga, toshlar ostiga tutqich to’r to’qiydi?Qoraqurt.

Qoraqurt nimalar bilan oziqlanadi?Chigirtka, qo’ng’iz,qandala va boshqa hasharotlar bilan.

Qoraqurt zahari qaysi hayvonlarga juda kuchli ta’sir etadi?Tuya va otlarga.

Eng yirik o’rgimchak va uning uzunligi?Biy, 3 -4 sm.

Biy qayerda yashaydi?Tuproqda chuqurligi 60 sm bo’lgan tik inda.

Eng yirik o’rgimchaksimon va uning uzunligi?Falanga,6 – 7 sm.

Sariq falanga qayerlarda keng tarqalgan?O’rta Osiyo cho’llarida.

Falanganing tanasi qanday qismlardan iborat?Bosh, ko’krak va qorin.

Falanganing boshida qanday organlar joylashgan?1 juft ko’zi va og’iz organlari(jag’lari)

Falanganing jag’lari nimaga o’xshaydi?Tirnoqqa.

Sariq falanga qanday hayvon va qachon ovga chiqadi?Yirqich, kechasi.

Falangalar nimalar bilan oziqlanadi?Turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan.

Qaysi o’rgimchaksimonning zahar bezi bo’lmaydi?Falanga.

Falanganing foydali tomonlari?Zararkuranda hasharotlarni qirib.

Janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan o’rgimchaksimonlardan biri?Chayon.

Sariq chayon qayerlarda ko’p uchraydi?O’rta Osiyo hududida.

Chayon tanasi qanday qismlarga bo’lingan?Boshko’krak va qorin.

Chayonlar boshining ustida qaysi organlari joylashgan?1 juft yirik ko’zlari, ikki yonida 5 juft mayda ko’zlari.

Chayonlarning qaysi organlari o’rgimchaknikiga o’xshaydi?Ustki jag’lari.

Chayonlarning qaysi organlari qisqichga aylangan?Oyoq paypaslagichlari.

Chayonlarning qorin bo`limi qanday tuzilgan? Keng oldingi va ingichka orqa qismlaridan.

Chayonlarning zahar bezi va nayzasi qayerda joylashgan ? Qornining oxirgi bo`g`imida.

Chayonlarning zahar bezining yo`li qayerga ochiladi? Nayzaning uchiga.

Chayonlar kunduzi …. yashirinib yotadi? Toshlar ostida, devor va yerdagi kovaklarda.

Chayonlar qachon ovga chiqadi? Kechasi.

Chayonlar qornining ingichka qismini yuqori ko`tarib …? Tez yugiradi.

Chayonlar nimalar b-n oziqlanadi? Har xil bo`g`imoyoqlilar, asosan o`rgimchak va hashorotlar b-n.

Chayonlar o`ljasini qanday tutadi?Qisqichlari yordamida tutib olib zaharli nayzasi yordamida o`ldiradi.

Tirik tug`adigan o`rgimchaksimon? Chayonlar

Chayonlar qancha tirik bola tug`adi ?20-30 ta.

Chayonlarning foydali tomoni? Zararkunanda hashorotlarni qirib.

Mayda o`rgimchaksimon bu?Kana.

Kanalarning tanasi qanday shaklda va qanday qismlarga bo`linmagan? Yassi oval: bo`g`imlarga.

Gavda bo`limlari qo`shilib ketgan hayvon? Kanalar.

Kanalarda og`iz organlari qanday tipda? Sanchib so`ruvchi, xartumga aylangan.

Kanalar qanday hayot kechiradi? Parazitlik qilib.

Kanalar qaysi organizmlarda parazitlik qiladi? Turli hayvonlar va odam tanasidan qon so`rib.

It, qoramol va boshqa hayvonlar hamda odam qonini so`rib yashovchi o`rgimchak simon? Mol kana.

Kanalar o`z xo`jayinini qanday topadi? Hidni juda yaxshi sezishi orqali.

Kanalar odamlarga qanday og`ir kasalliklarni yuqtiradi? Terlama, tulyaremiya, ensefalit.

Terlama, tulyaremiya, ensefalit kasalliklarining qo`zqatuvchilari ….yovvoyi hayvonlar tanasida yashaydi? Bakteriya va viruslar.

Parazit kanalar qaysi organizmlarga katta ziyon keltiradi? Chorva mollariga va inson salomatligiga.

Kanalagan hayvonlarda qanday o`zgarishlar kuzatiladi? Ozib ketadi va ularning mahsuldorligi kamayadi.

Parazit kanalardan saqlanish uchun qanday choralar qo`llaniladi? Molxonalarni ozoda tutish,hayvonlarni kanalardan tozalash,yaylovda yoki molxonalarda ishlagan kishilarning kiyim-bo`shlarini kanadan tozalash,teriga yopishgan kanalarni terib olib o`ldirish kerak.

O`rgimchaksimonlar asosan qayerlarda yashaydi? Quruqlikda.

O`rgimchaksimonlarning qancha turi bor? 70 000

Tabiatda juda keng tarqalgan bo`g`imoyoqlilar ? Hasharotlar.

Hasharotlar tanasi qanday bo`limlardan iborat? Bosh, ko`krak, qorin.

Hasharotlarnig qancha turkimi bor? 40 ta.

Yashil bronza qo`ng`izi qayerda uchraydi? Yevropa va Osiyoning barcha joylarida.

Yashil bronza qong`izini qachon dalararda uchratish mumkin? Bahor va yozda.

Yashil bronza qong`izining uzinligi? 1-2 sm

Yashil bronza qong`izini ustki tomoni va qorni tomoni qanday rangda bo`ladi? Yaltiroq yashil va qizg`ish.

Yashil bronza qong`izining qanday qobiq b- n qoplangan? Qalin va qattiq xitn qobiq b-n.

Yashil bronza qong`izining boshida qanday organlar joylashgan? Og`iz va sezgi organlari.

Yashil bronza qong`izining og`iz organi qanday qismlardan tashkil topgan? Yuqorgi va ostki lablar, yon tomonda bir juft yuqori va bir juft oski jag`lardan.

Yashil bronza qong`izining paypasligichlari qanday organi hisoblanadi? Tuyg`u va tam bilish.

Yashil bronza qong`izining pastki lab va pastki jag`lari nimalar b-n taminlangan? Bir juftan paypaslagichlardan.

Yashil bronza qong`izining ko`zi qayerda va qanday tuzilgan? Boshining ikki yonida bittadan yirik.

Yashil bronza qong`izining har qaysi ko`zi nechta mayda ko`zchalardan iborat? Bir necha mingta.

Hashorotlar va daryo qisqichbaqasining o`xshashlik tamoni? Mozaik ko`rish hususiyati.

Yashil bronza qong`izining mo`ylovlari qanday shakilda? Yelpig`ichga o`xshash.

Yashil bronza qong`izining erkakagi va urg`ochisining farqi? Erkak qo`ng`izining mo`ylovlari urg`ochisinikiga nisbatan yirikroq.

Yashil bronza qong`izining hid bilish organi? Moylovlari.

Hasharotlarning ko`krak bo`limi nechta bo`g`imdan iborat ? 3 ta.

Yashil bronza qong`izining ustki tomonidagi bir juft qanotlari qaysi bo`g`imlarda joylashgan? 2-3- bo`g`imlarida.

Yashil bronza qong`izining ko`kragini va qorin bo`limlarini tashqi tomondan nima qoplab turadi? Qattiq va qalin uski qanotlari.

Yashil bronza qong`izining ustki qanotlarining vazifasi? Nozik, pardasimon ostki qanotlari va yumshoq qorin bo`limlarini himoya qilish.

Ko`pchilik qo`ng`izlarning ustki qanotlari qanday vazifani bajaradi? Samolyot singari qanotlarini yoyib yerdan ko`tarish.

Yashil bronza qo’ng’izining qaysi qanotlari uchishda ishtirok etmaydi?Ustki qanotlari.

Qo’ng’iz uchganda ham tanasining orqa tomoniga yopishib turadigan qanotlari?Ustki qanotlar.

Ustki qanotlari oldingi qismida nima bo’ladi va uning vazifasi?1 tadan kemtik joyi bo’ladi,kemtik orqali ostki qanotlarini chiqarib uchadi.

Qo’ng’izlarning ko’krak bo’g’imlariga nima birikkan?Qorin tomondan 1 juft oyoqlar.

Hasharotlarning oyoqlari necha bo’g’imli va oxirgi bo’g’imi nimalar bilan ta’minlangan?5 bo’gimli, oxirgi bo’g’imi o’tkir tirnoqlar bilan.

Hasharotlarning tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadigan omil?Yashash muhiti.

Qaysi hasharotlarning hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan?Qo’ng’izlar.

Sakrab harakat qiladigan chigirtkalarning oyoqlari qanday tuzilgan?Orqa oyoqlari yo’g’on va uzun bo’ladi.

Qaysi hasharotlarning oyoqlari eshkakka aylangan?Suv qo’ng’izi va suv qandalasi.

Oldingi oyoqlari belkurakka aylangan hasharot?Buzoqbosh.

Hasharotlarning qorin bo’limi nechta bo’g’imdan iborat?8 ta.

Hasharotlarning qorin bo’limi ko’krak bo’limi bilan qanday qo’shilgan?Harakatsiz.

Yashil bronza qo`ng`izi nimalar b-n oziqlanadi? O`simliklar guli, yosh barglari va yetilmagan, mevalar b-n.

Yashil bronza qo`ng`izining o`tkir yuqori jag`ining vazifasi? O`simlik to`qimasini uzib olish.Yashil bronza qo`ng`izining pastki jag`ining vazifasi? `Oziqni chaynash va maydalash.

Yashil bronza qo`ng`izini hazim qilish organlarini navbat b-n sanang? Og`iz bo`shlig`i,qisqa halqum, qizilo`ngach, muskulli oshqozon, ichak.

Yashil bronza qo`ng`izining oziqlanish turi qanday? Kemiruvchi.

Yashil bronza qo`ng`izining oziqning hazm bo`lmagan qimi nima orqali tashqariga chiqadi?Orqa chiqaruv teshigi orqali.

Qattiq o`simlik va hayvonlar to`qimalari b-n oziqlanadigan hasharotlar? Qong`izlar, chigitkalar,chumolilar, beshiktervatarlar.

Suyuq oziq (o`simlik shirasi, gul nektari, qon) b-n oziqlanadigan hasharotlarning og`iz organlari nimalardan iborat? Uzun va ingichka xartumchadan.

Yashil bronza qo`ng`izining qon aylanish sistemasi qanday tipda? Ochiq qon aylanish tipda.

Yashil bronza qo`ng`izining ichki organlari va to`qimalari qayerda joylashadi? !Qon suyuqligida.

Yashil bronza qo`ng`izining qoni qanday sistemada ishtirok etmaydi? Nafas olishda.

Yashil bronza qo`ng`izining yuragi qayerda joylashga? Qorin bo`limidagi ichakning ustida.

Yashil bronza qo`ng`izining yuragi qanday shakilda? Mukulli naycha shaklida.

Yurakdan chiqan qon tomir tananing qaysi tomoniga yo`nalgan? Bosh tomoniga.

Yurakdan chiqqan qon tomirlar orqali qayerga borib quyiladi? Tana bo`shlig`iga.

Qon qanday qilib yana yurakka qayta quyiladi? Yurak kengayganda, ikki yonidagi teshik orqali.

Yashil bronza qo`ng`izi qanday nafas oladi? Tana bo`ylab joylashgan traxeya orqali.

Yashil bronza qo`ng`izining traxeyalariga havo qanday kiradi? Qornidagi muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli.

Yashil bronza qo`ng`izining ayirish sistemasi nimalardan iborat? Ingichka va uzun malpigi naychalaridan.

Malpigi naychalarining bir uchi berk bo`lib, ikkinchi uchi qayerga ochilgan? Ichak bo`shlig`iga.

Malpigi naychalariga qayerdan moddalar almashinuvi mahsulotlari o`tadi? Tana bo`shlig`idagi qondan.

Yashil bronza qo`ng`izining nerv sistemasi nimalardan iborat? Halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat.

Yashil bronza qo`ng`izining bosh miyasini nimalar hosil qiladi? Juda ko`p nerv hujayralar qo`shilib.

Yashil bronza qo`ng`izining bosh miyasidan qaysi qismlarga nervlar chiqadi? Hamma sezgi organlari.

Qaysi hasharotlar murakkab fel-atvorga ega? Arilar va chumolilar.

Bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan kuchli rivojlangan hasharotlar? Arilar va chumolilar.

Hasharotlaning murakkab xulq-atvori va sezgi organlarining rivojlanganligi nimaga bog`liq? Nerv sistemasiga bog`liq.

Yashil bronza qo`ng`izining qasi organi daryo qisqichbaqasinikiga o`xshash? Ko`zining tuzilishi.

Ko`pchilik hasharotlar nimalarni juda yaxshi sezadi? Ular rangni, tamni, ayniqsa hidni.

Kapalaklarning erkagi urg`ochisining hidini qancha masofadan sezadi? 11km.

Qaysi hasharotlarda ovoz chiqarish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan? Chirildoq, temirchaklar,jizildoqlarda

Hasharotlarning … teri sezgi organi hisoblanadi? Tanasidagi va mo`ylovlaridagi har xil tuklar.

Hasharotlarning tuxumidan chiqqan lichinkasi rivojlanishiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi? Chala va to`liq o`zgarish b-n rivojlanadigan.

Hasharotlarning erkagining urg`ochisidan farqi? Kichikroq va xipcha, moylovlari kuchli rivojlangan, hidni juda yaxshi sezadi.

Hasharotlarning jinsiy organlari qayerda joylashgan? Qorin bo`shlig`ida.

Hasharotlarning jinsiy organlari nimarardan iborat? Urg`ochilarida bir juft tuximdan, erkagida esa bir juft urug`don.

Bronza qo`ng`izi urig`langan tuxumlarini qayerga qo`yadi? Chirigan yog`och yoki chiriyotgan daraxtlar tanasiga.

Tuxumlardan nimalar rivojlanadi? Mayda qurtchalar.

Yashil bronza qo’ng’izining qurtlari qaysi jihatlari bilan voyaga yetgan qo’ng’izlarga o’xshamaydi?Tashqi ko’rinishi va hayot kechirishi.

Yashil bronza qo’ng’izi qurtining tuzilishiga ta’rif bering?Qurtlarning oqish va yo’g’on tanasi yoyga o’xshash egilgan, yirik boshi hamda oyoqlari sarg’ish-qo’ng’ir rangli qalin xitin bilan qoplangan.

Qurtlarning nafas olish teshigi qayerda joylashgan?Tanasining ikki yonida.

Qurtlar nimalar bilan oziqlanadi?Chirib uvalanib ketgan yog’och qoldiqlari/

Qurtlar qachon g’umbakka aylanadi?1 necha marta po’st tashlagach.

Qo’ng’iz gumbagining tashqi ko’rinishi nimaga o’xshaydi?Voyaga yetgan hasharotga,

G’umbagning tashqi tomonidan hasharotning qaysi organi kopp’rinib turadi?Og’iz organiboshidagi mo’ylovlari,murakkab ko’zlari,bukilgan 3 juft oyoqlari.

Hasharotlarning tinim davri?G’umbag.

G’umbagning qurtdan farqli tomoni nimada?Xitin qoplag’ichining qalin bo’lishi.

G’umbag uchun muhim xususiyat?Harakat qilmaydi va oziqlanmaydi.

G’umbag nima hisobiga yashaydi?Qutlik davrida to’plagan oziq hisobiga.

Murakkab o’zgarish davrida g’umbakdan qanday organlar shakllanadi?Voyaga yetgan, qo’ng’izga xos bo’lgan organlar.

G’umbagdan qachon voyaga yetgan hasharot chiqadi?Kuzda.

Qo’ng’izlar qayerda qishlaydi va qachon yer yuziga chiqadi?Chirindi ichida qishlab,kelgusi yil bahorda.

Chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar?Suvaraklar,chigirtkalar,ninachilar,yashil temirchak,qora chirildoq va qandalalar.

Chala o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning lichinkasining voyaga yetganlaridan farqi?Faqat juda kichikligi va qanotlarining rivojlanmaganligi.

Lichinka qachon voyaga yetgan hasharotga aylanadi?4 marta tullab, 5-yoshga o’tganda.

Chala o’zgarish bilan rivojlanish deb nimaga aytiladi?Voyaga yetish davrida lichinkaning tana tuzilishi va hayot kechirish tarzida uncha katta o’zgarish bo’lmaydi.

To’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar?Qo’ng’izlar,kapalaklar,pashshalar,burgalar,chumolilar,arilar.

To’liq o’zgarish bilan rivojlanish deb nimaga aytiladi?Qurtning og’iz organlari ichki tuzilishi,oziqlanishi voyaga yetgan hasharotlardan farq qilganligi uchun.

Lichinkasining kapalakdan nimasi bilan farq qiladi?Og’iz organi kemiruvchi tipda va qorin oyoqlarining bo’lishi.

Kapalak qurtlari nimalar bilan oziqlanadi?O’simlik to’qimalarini kemirib.

Yashil bronza qo’ng’izining qurtlari nimalar bilan oziqlanadi?Chirindi.

Chala o’zgarish bilan rivojlanish qanday davrlarga bo’linadi?Tuxum, lichinkalik va voyaga yetgan davrlarga.

To’liq o’zgarish bilan rivojlanish qanday davrlarga bo’linadi?Tuxum,qurtlik,g’umbaklik va voyaga yetgan davrlarga.

Eng qadimgi hasharotlar?Ninachilar.

Ninachilarning qanotlari qanday holatda turadi?Taxlanmasdan ikki yonda yoyilib.

Ninachiga ta’rif bering-?Qanotlari tanasining 2 yonida yoyilib turadi,qorin bo’limi ingichka va uzun,ko’zlari juda yirik.

Ninachilarning lichinkasi qayerda rivojlanadi?Suvda.

Ninachi va ularning lichinkasi qanday hayvon?Yirtqich.

Ninachilar o’ljasini qanday tutadi?Oldingi oyoqlari yordamida havoda.

Ninachining lichinkalari nima bilan oziqlanadi?Chivinlar,kunliklar va boshqa hayvonlarni suvda yashaydigan lichinkasi bilan.

Moviy ninachi qayerlarda uchraydi?Vohalardagi suv havzalari yaqinida.

Tog’li hududlarda qanday ninachilar uchraydi?Halqali ninachi.

Suluv ninachi qayerlarda uchraydi?Oqmaydigan suv havzalari yaqinida

Ninachilarning foydali tomonlari?Zararkunanda va qon so’ruvchi hasharotlarni qirib foyda keltiradi.

To’g’riqanotlilarning qanotlariga ta’rif bering?Oldingi qanotlari uzun va ensiz,orqa qanotlari esa yelpig’ichka o’xshash oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi.

To’g’riqanotlilarning og’iz organlari qanday tipda?Kemiruvchi.

To’g’riqanotlilarning qaysi organlari kuchli rivojlangan va qanday tipda bo’ladi?Orqa oyoqlari sakrovchi tipda.

To’g’riqanotlilar tuxumlarini qayerga qo’yadi?Tuproqda maxsus ko’zachalarga.

To’g’riqanotlilar turkumiga qaysi hasharotlar kiradi?Chigirtkalar,temirchaklar,chirildoqlar.

To’g’riqanotlilar qanday hayvon?Juda ochko’z va o’txor.

To’g’riqanotlilar turkumi boshqa turkumlardan nimasi bilan farq qiladi?Eshitish va ovoz organlari chiqaruv organlarining kuchli rivojlanganligi.

Qandalalarning qanotlariga ta’rif bering?1-juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan,keyingi qismi yupqa shaffof.

Qanadala turkumining 2-nomi?Yarim qattiqqanotlilar.

Ko’pchilik turlari nimalar bilan oziqlanadi?O’simlik shirasini so’rib.

Cho’l va dashtlarda keng tarqalgan qandala?Hasva qandalasi.

Hasva qandalasi nimalar bilan oziqlanadi?Donli ekinlar doni va bargini so’rib.

Qandalalarning qon so’ruvchi turi qaysi?To’shak qandalasi.

To’shak qandalasi qayerlarda yashaydi?Xonadonlar.

To’shak qandalasining qaysi organi bo’lmaydi?Qanotlari.

Qanadalalarning tanasi nimalar bilan qoplangan?Mayda sezgir tuklar bilan.

Qandalalarning qaysi organi kuchli rivojlangan?Hid bilish.

Tangachaqanotlilar turkumi qanday hasharotlarni o’z ichiga oladi?Kapalaklar.

Kapalaklarning yer yuzida qancha turi bor?150 000 ga yaqin.

Kapalaklarning O’rta Osiyoda qancha turi tarqalgan? Bir necha mingga yaqin.

Kapalaklar nega tangachaqanotlilar deb ataladi?Qanotlari mayda tangchalar bilan qoplanganligi uchun.

Kapalak qanotlarining rangi nimaga bog’liq?Tangachalarga.

Kapalaklarning xartumi qanday hosil bo’lgan va nimaga o’xshab buralgan?Pastki jag’ bilan pastki labning qo’shilishidan,spiralga o’xshab.

Kapalaklar nima bilan oziqlanadi?Gul nektari bilan.

Kapalaklar gul nektarini qanday so’radi?Xartumini to’g’rilab, gul ichiga suqadi va so’rib oladi.

Qaysi hasharotning lichinkasi chuvalchangsimon?Kapalaklarning.

Qurt deb nimaga aytiladi?Kapalaklar chuvalchangsimon lichinkasining tanasi bo’gimlarga bo’lingan bo’lib qurt deb ataladi.

Kapalaklarning og’iz organi qanday tipda?So’ruvchi.

Kapalak qurti kapalaklardan nimasi bilan farq qiladi?Og’iz organlari qattiq oziqni kemirishga moslashgan bo’lib,ko’krak bo’limida 3 juft haqiqiy oyoqlar,qorin bo’limida 5 juft soxta oyoqlar bo’lishi bilan.

Qorin oyoqlarining haqiqiy oyoqlaridan farqi?Soxta oyoqlari yo’g’on,bo’g’imlarga bo’linganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalar bo’lishi

Qurtlar qaysi oyoqlari yordamida harakatlanadi va qaysi oyoqlari yordamida oziqni ushlab turadi?Qorin oyoqlari yordamida va ko’krak oyoqlari yordamida.

Karam kapalagi qaysi o’simliklar bargi bilan oziqlanadi?Karam,sholg’om,turp,achambiti(karamdoshlar).

Karam kapalagining 2-nomi?Oq kapalak.

Oq kapalak deyilishiga sabab?Qanotlarining oq rangda bo’lishi.

Karam kapalagining qaysi belgisi bilan boshqa kapalaklardan farq qiladi?Qanotlarining chetki qismida qora dog’lar borligi bilan.

Karam kapalagi qo’nganda qanotlarini qanday tutadi?Tanasining ustida tik bo’lib taxlanadi.

Karam kapalagining barg orasida sezilmashiga sabab?Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg’ish rangda bo’lgani.

Karam kapalagi tuxumlarini qayerga qo’yadi?O’simlik bargi ostiga.

Tuxumlaridan chiqqan qurtlar dastlab qanday rangda va keyinchalik rivojlanib qanday rangga kiradi?Sariq va ko’k-yashil.

Kapalakning orqa va yon tomonlarida qanday dog’lar bo’ladi?Sariq va qora.

Karam kapalagining qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Daraxt yoki devorlarga chiqib.

Gumbakdan chiqqan kapalak qancha vaqtdan so’ng ucha boshlaydi?Bir necha soatdan so’ng.

Kapalaklar turlarini sanang?Poliksina,maxaon,sariq kapalak,do’lana kapalagi,no’xat oq kapalagi,apollon,moviy kapalagi,zorka,podalariy, kulrang satir,katta sadafdor,tovusko’z,qichitqio’t kapalagi,tok arvoh kapalagi.

Qadimgi xalq xo’jaligining tarmoqi qaysi?Tut ipak qurtchilik.

Eng qadimgi xonakilashtirilgan organism?Tut ipak qurti.

Tut ipak qurtining asl vatani?Himolay.

Tut ipak qurti bundan necha ming yil ilgari Xitoyda boqilgan?5000.

Hozirgi kunda qayerlarda boqilmoqda?Yaponiya,Xitoy,Brazilya,O’rta Osiyo,Janubiy-sharqiy Osiyo,Janubiy Yevropa va Kavkazda.

Tut ipak qurtining kapalagini uzunligi qancha va qanday rangda bo’ladi?4-6 sm,oqish.

Kapalak xonaklashtirilgani tufayli qanday qobilyati yo’qolgan?Uchish qobilyati.

Tut ipak qurti erkak kapalagining urg’ochisidan farqi?Nisbatan xipcharoq,mo’ylovlari patsimon va uzun bo’ladi.

Qaysi hasharotlar oziqlanmaydi?Tut ipak qurtining kapalagi.

Qaysi hasharot tuxum qo’ygandan nobud bo’ladi?Tut ipak qurtining kapalagi.

Tut ipak qurtining qaysi organi kuchli rivojlangan?Ipak suyuqligi ajratuvchi so’lak bezlar.

Tut ipak qurtining ipak suyuqligi qayerni to’ldirib turadi?Tana bo’shlig’ini.

Tut ipak qurtining so’laklari havoda qanday o’zgarishga uchraydi?Qotib ipga aylanadi.

Tut ipak qurtining so’lak suyuqligi qotib qancha metr ip gosil qiladi?1000 – 1500

Tut ipak qurti iplaridan nima hosil qiladi?Pilla.

Tut ipak qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Pilla ichida.

Nima uchun tut ipak qurti deb aytiladi?Tut bargi bilan oziqlanganligi.

Pillachilik xalq xo’jaligining qanday tarmoqlarni o’z ichiga oladi?Tut ipak qurtini boqish va uni qayta ishlash.

Tut ipak qurti qayerlarda boqiladi?Maxsus pilla xonalarda so’kchaklar ustida boqiladi.

Tut ipak qurtining qurtlik davri necha kun?20 – 24 kun.

Tut ipak qurti necha marta tullaydi va necha yoshga kiradi?4 marta tullab, 5-yoshga kiradi.

Beshinchi yoshida qurtning uzunligi qancha bo’ladi?8 – 9 sm

Tullayotgan qurtda qanday jarayonlar kuztilmaydi?Oziqlanish va harakat.

Oziqlanish va harakatdan to’xtash davri nima deb ataladi?Uyqu davri.

Tut ipak qurti qayerga chiqib, pilla o’rab g’umbakka aylanadi?Qurigan shoxlar ustiga.

Fabrikalarda pilla ichidagi g’umbak qanday o’ldiriladi?Issiq suv yoki bug’ ta’sirida.

1 kg pilladan qancha gramm yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi?90 gr.

O’zbekiston Respublikasi ipakchilik inistituti olimlari tomonidan qanday ishlar olib borilgan?Ipak qurtining oq pilla beradigan sermaxsul zotlari tut daraxtlarining mo’l va to’yimli barg beradigan navlari.

Pardaqanotlilarga qaysi hasharotlar kiradi?Asalari,sariq ari, qovog’ari, yaydoqchalar, chumoli.

Asalarilar oilasi qancha va qanday arilardan tashkil topgan?10 000-50 000 ba’zan 100 000gacha ishchi arilar,1 ta ona ari, bir necha yuzlab erkak arilar.

Asalarilar nimadan yasalgan uyalarda boqiladi?Yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarda.

Asalarilar qutilar ichida qanday uyalar hosil qiladi?Mumdan 6 qirrali katakchalar.

Ona ari va erkak arilarning ishchi arilardan farqi?Yirik bo’ladi.

Erkak arining urg’ochi va ishchi arilardan farqli tomonlari?Mo’ylovlari va ko’zlari yaxshi rivojlangan,nashtari bo’lmaydi.

Ishchi arilar qanday arilar hisoblanadi?Voyaga yetmagan urg’ochi arilar.

Ishchi arilarning ko’z tuzilishini ayting?Boshining 2 yonida 2 ta murakkab ko’zlar, ular orasida 3 ta oddiy ko’zchalar.

Ishchi arilarning boshidagi 1 juft mo’ylovlari qanday vazifani bajaradi?Hid bilish.

Arilar gullarning qanday belgilarini yaxshi farqlay oladi?Gul hidini va rangini.

Arilarning ko’zlari qanday ranglarni va qanday nurlarni yaxshi farqlay oladi?Sariq va ko’k ranglarni hamda ultrabinafsha nurlarni.

Arilar qanday ranglarni ajrata olmaydi?Qizil rangni.

ishchi arilar yuqori jag’lari yordamida qanday jarayonlarni amalga oshiradi?Mumdan kataklar yasaydi,changdondan chang oladi.

Ari naysimon xartumi nimalar o’zgarishidan hosil bo’ladi?Pastki lab va jag’lar.

Arilarning og’iz organlari qanday tipda?Kemiruvchi va so’ruvchi.

Ishchi arilar gul changini nimalar yordamida yig’ib oladi?Orqa oyoqlaridagi maxsus savatchalar va tukchalar.

Ari chaqqanda arida qanday jarayonlar kuzatiladi?Nashtari terida uzilib qolib, mayib bo’lib nobud bo’ladi.

Erkak va ona arining qaysi organi rivojlanmagan?Og’iz organi, shuning uchun mustaqil oziqlanaolmaydi.

Ishchi arilar qanday ishlarni bajaradi?Uyni tozalash,qo’riqlash,ona va erkak arilarni va qurtlarni oziqlantirish,gul changi va nektar yig’ish kabi ishlarni bajaradi.

Arilarda asal qanday hosil bo’ladi?Yig’ilgan nektar jig’ildondagi so’lak bilan aralashib,katakchalarda.

Arilar qurtlarni nima bilan boqadi?Gul changi va asal.

Yangi asalarilar oilasi qaysi oyda va qanday yo’l bilan hosil bo’ladi?May-iyun oylarida,g’ujlanish(ko’chib chiqish).

Ona ari qanday tuxumlar qo’yadi?Urug’langan va biroz urug’lanmagan.

Urug’langan va urug’lanmagan tuxumlardan qanday arilra rivojlanadi?Urug’langan – urg’ochi,urug’lanmagan – erkak.

Ona ari qanday yetishtiriladi?Urug’langan qurtlarni birini alohida parvarishlash orqali.

Ona va bir to’da ishchi arilar qachon uyani tark etadi?Yangi yosh ona ari rivojlanishidan oldin.

Erkak arilar qachon uyadan quvib chiqariladi?Sovuq kunlar tushishi bilan.

Ishchi arilar turli harakatlar yordamida axborot almashinishi nima deyiladi?Asalari tili.

Ishchi arilar nektarga boy gulni topganda o’z sheriklarini qanday ogohlantiradi?Katakcha qornini likillatib,go’yo raqsgab tushadi.

Arilarning yuqoridagi harakati nima qilish kerakligini bildiradi?Nektar yi’g’ish uchun qaysi tomonga va qancha masofaga borish kerakligini.

Asal qanday oziqa hisoblanadi?Qimmatbaho va shifobaxsh.

Asalning tarkibi qanday moddalardan iborat?Oson hazm bo’ladigan moddalar, har xil minerallar mavjud.

Asalari zahari nima maqsadlarda ishlatiladi?Tibbiyotda dori tayyorlashda,mumi esa texnikada.

Pardaqanotlilardan qaysi hasharotlarning qanotlari bo’lmaydi?Chumolilar.

Uy pashshasiga ta’rif bering?Juda harakatchan hasharot,tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan.

Uy pashshasining xartumchasi nimaning o’zgarishidan hosil bo’ladi?Pastki lablarning uchi qalinlashib, yostiqchasimon bo’lishidan.

Pashshalarning og’iz organi qanday tipda?Yalovchi-so’ruvchi.

Pashsha oziq ta’mini qaysi organi orqali sezadi?Oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalar orqali.

Pashshaning qurti qayerda rivojlanadi?Axlatlar, hojatxonalar va hayvon go’ngida.

Ikki qanotlilarning qurtining boshqa hasharotlar qurtidan farqi?Boshi va oyog’i bo’lmaydi.

Pashsha qurti nimalar yordamida harakatlanadi?Tana sirtidagi kichik bo’rtmachalar.

Pashshaning qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Tuproqqa chiqib.

Pashsha har 2 – 4 kunda qancha tuxum qo’yadi?100 – 150 ta.

Bir mavsumda pashshaning nechta avlodi rivojlanadi?8 – 10 ta.

Bitta urg’ochi pashshaning avlodi bir mavsumda qanchaga yetadi?5 000 000 000 ga.

Pashsha qanday kasalliklarning mikroblarini hamda tuxumlarini tarqatadi?Ichburug’,qorin tifi,vabo, sil, bo’g’ma hamda gijjalarning.

Pashsha mikroblarni qaysi organlariga yopishtirib olib yuradi?Oyog’i va tanasiga.

Pashsha tez ko’paymasligi uchun qanday ishlar olib boriladi?Uy-joylar atrofini toza saqlash va har xil chiqindilarni o’z vaqtida yo’qotub turish,Xonadaonlarda yelim qog’ozlar va har xil zaharli moddalar sepib.

Ikki qanotlilar ichida qaysilari odam va hayvonlar qonini so’rib parazitlik qiladi?Chivinlar,iskabtoparlar,so’nalar, bo’kalar,yashil go’sht pashshasi va kulrang o’laksa pashsha.

Chivinning urg’ochisi nima bilan oziqlanadi?Odam va hayvon qonini so’rib.

Erkak chivin nima bilan oziqlanadi?O’simliklar shirasi bilan.

Chivinlarning qurtlari qayerda rivojlanadi?Hovuz va ko’lmak suvlarda.

Chivinlar lichinkasining ninachilar lichinkasiga o’xshash tomoni?Suvda rivojlanishi.

Bezgak chivini qanday kasallik tarqatuvchisi hisoblanadi?Bezgak kasalligi.

Chivinlarning avlodi qaysi faslda rivojlanadi?Bahor va yozda.

Qaysi hasharotlar yer to’lalarda qishda ham rivojlanishi mumkin?Chivinlar lichinkasi.

Iskabtoparlar qayerlarda ko’p uchraydi?Cho’llardagi kemiruvchilarda.

Iskabtopar nima bilan oziqlanadi?Odam va hayvon qoni bilan.

Iskabtoparlar odamda qanday kasallik tarqatuvchisi hisoblanadi?Teri leshmaniyasi(yomon yara)..

So’na va bo’kalar tashqi ko’rinishi bilan qaysi hasharotlarga o’xshaydi?Pashshaga.

So’nalar qaysi organi yordamida qon so’radi?Yuqori jag’lari yordamida hayvon tanasini teshib.

So’nalar qayerlarda keng tarqalgan?Cho’l mintaqalarda.

Bo’kalar qurtlari qaysi hayvonlarning qanday organlarida parazitlik qiladi?Mollar terisida,otlar oshqozoni va qo’ylar burun bo’shlig’ida.

Ikki qanotlilarning qanotlariga ta’rif bering?Oldingi juft qanotlar yaxshi rivojlangan, keyingi qanotlaridan faqat kalta o’simta saqlanib qolgan.

Ikki qanotlilar uchganda nima sababdan ovoz chiqaradi?Keyingi qanotlarining o’simtalarining tebranishidan.

Ikki qanotlilar uchayotganida qaysi qanotlari muvozanat saqlash organi hisoblanadi?Keyingi qanotlarining o’simtalari.

Ikki qanotlilarning qancha turi bor?150 000 turi.

Ikki qanotlilar ichida keng tarqalgan hasharotlar?Pashshalar,chivinlar,bo’kalar,so’nalar.

Tabiatda ko’pchilik hayvonlar va o’simliklar hayoti nima bilan bog’liq?Hasharotlar..

Hasharotlar qaysi organizmlar uchun asosiy oziq hisoblanadi?Qaldirg’ochlar,qizilishtonlar,chigirtkalar,ko’rshapalaklar,tipratikanlar, kaltakesaklar,suvda ham quruqlikda yashovchilar,bir qancha baliqlar.

Hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadigan hayvonlar?O’laksaxo’r va go’ngxo’r qo’ng’izlar,pashshalarning qurtlari.

O’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar qanday foyda keltiradi?O’simliklar chirishini tezlashtiradi.

Hayvon va o’simliklar qoldig’i bilan oziqlanadigan va yer yuzini ifloslanishdan saqlaydigan hasharotlar qanday hasharotlar hisoblanadi?Tabiiy sanitarlar.

Olma mevaxo’ri qaysi o’simlikda yashaydi?Olma mevasida.

Olma mevaxo’ri qayerda g’umbakka aylanadi?Daraxt po’stlog’ida.

Qaysi gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlanadi?Burchoqdoshlar,qoqidoshlar,atirguldoshlar,piyozdoshlar,loladoshlar va poliz ekinlari.

Beda va sebarganing asosiy changlatuvchisi qaysi hasharot hisoblanadi?Tukli ari.

Grechixa, kungaboqar va anjir qaysi hasharotlar yordamida changlanadi?Yovvoyi ari.

Zararkunanda hasharotlarning qancha turi bor?700 turi.

Donli ekinlarga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Osiyo chigirtkasi va hasva qandalasi.

Sabzavot va poliz ekinlariga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Shira.

Mevalarga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?Olma qurti.

Go’zaga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Go’za tunlami.

Kartoshkaga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Kolorado qo’ng’izi.

Omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat maxsulotlariga qaysi hasharot zarar yetkazadi?Mita va uning lichinkasi.

Xonadonlarda jun va jundan to’qilgan kiyim-kechaklarga zarar yetkazadigan hasharot?Kuya kapalagi qurtining kuyasi.

itlar …, kalamush burgasi…, bezgak chivini…, uy pashshasi …, kasalliklarni tarqatadi?Terlama;o’lat;bezgak;uy pashshasi-ichburug’, sarg’ayma, sil;

Biologik kurash nima ?Zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishda iboratdir.

Zararkunadalarga qarshi kurashishda qaysi hayvonlardan foydalaniladi?Yirtqich xonqizqo’ng’izi,tillako’z,yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon,inkarziya, hasharotxo’r hayvonlardan(qushlar, sutemizuvchilar, baliqlar)dan.

Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi qaysi hayvonlar?Tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar.

Halqali chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar o’rtasidagi oraliq hayvon qaysi?Trilobitasimonlar.

Bo’g’imoyoqlilarning qancha turi bor? 1,5 mln.

Bo’g’imoyoqlilar qanday sinflarga bo’linadi?Qisqichbaqasimonlar,o’rgimchaksimonlar,hasharotlar sinflariga.

kolorado qo’ng’izi tuxumini qayerga qo’yadi?Barg ostiga.

Kolorado qo’ng’izining g’umbagi qayerda rivojlanadi?Tuproqda.

Parazit va kasallik tarqatuvchi hasharotlar?Burga,bit,oddiy chivin bezgak chivini.

Burganing rivojlanish ketma-ketligi?Qurt,g’umbak,voyaga yetgan davr.

Bitning rivojlanish ketma-ketligini ayting?Sirka,voyaga yetgan davr.

Tuban tuzilgan xo’rdali hayvon?Lansetnik..

Lansetnik qayerlarda keng tarqalgan?Tropik mo’tadil iqlimli dengizlarda,asosan qora dengizda.

Lansetnikka ta’rif bering?Tanasi och pushtu rangli shaffof,tanasining uzunligi 4-8 sm bo’lib, 2 yoni yassi, oldingi va keyingi tomoni biroz ingichkalashgan,teri burmalari bilan qoplangan,dum suzgichi esa qo’sh tig’li jarrohlik asbobi lansetga o’xshaydi.

Lansetnik hayotining ko’p qismini qayerda o’tkazadi?Gengiz tubida qumga ko’milgan holda.

Qumdan lansetnikning faqat qaysi tomoni chiqib turadi?Og’iz tomoni.

Og’iz teshigi atrofida necha juft paypaslagichlar bilan o’ralgan?10 – 20 juft.

Lansetnik tanasining orqa tomoni bo’ylab o’tgan pishiq o’q nima deyiladi?Xorda..

Xo’rda qanday hujayradan tashkil topgan va uning vazifasi?Tig’iz joylashgan maxsus hujayralardan,ichki organlarga tayanch va tanani egiluvchan qilib turadi.

Lansetnikning xo’rdasi qancha vaqt saqlanadi?Butun hayot davomida.

Lansetnik qanday tipga kiradi?Bosh skeletsiz xo’rdalilar.

Bosh skeletsiz xo’rdalilar kenja tipiga kirishiga sabab nima?Bosh miya va bosh skelet bo’lmasligi.

Lansetnikning muskullarini ayting?Tananing ikki yon tomoni bo’ylab, uzun tasmasimon shaklda joylashgan.

Lansetnik qanday harakatlanadi?Juda oddiy, tanasini u yoki bu yonga burib suzib yuradi, yoki qumni yorib kiradi.

Lansetnimning og’iz teshigi qayerda joylashgan?Maxsus chuqurchada – og’iz oldi voronkasida joylashgan bo’lib, paypaslagichlar bilan o’ralgan.

Ovqat hazm qilishda paypaslagichlarning vazifasi qanday?Og’iz bo’shlig’iga suvni haydash.

Mayda planktonlar suv oqimi bilan og’iz orqali o’tib, qayerda ushlanib qoladi?Halqum devorlarida.

Oziq halqumdan qayerga tushib hazm bo’ladi?Ichakka.

Oziq bilan kirgan suv qaysi organ orqali chiqarib yuboriladi?Jabra teshiklari.

Lansetnikning qaysi organlari yordamida nafas oladi?Jabralar.

Lansetnikning jabralari qayerda joylashgan?Halqumning ikki yonida.

Jabra teshiklarini tashqi tomondan qoplab turadigan teri burmalari nimani hosil qiladi?Jabraoldi bo’shligini.

Teri burmalarining vazifasi?Jabralarga qum kirishidan saqlaydi.

Lansetnik qon aylanish sistemasi qanday?Yopiq.

Qon aylanish sistemasi qanday tomirlardan iborat?Qorin orqa tomirlari,kapillar qon tomirlaridan,

CO2 bilan to’yingan qon qaysi qon tomir orqali jabra kapillarlariga oqadi?Qorin aortasi.

Kislorod bilan to’yingan qon qaysi qon tomir orqali harakatlanadi?Orqa aorta.

Orqa aorta tomirlaridan qaysi qon tomir orqali to’qimalar qon bilan ta’minlanadi?Kapillar.

Tomirlarda qon qanday jarayon hisobiga oqadi?Yirik tomirlar devorlarining qisqarishi.

Lansetnikning qaysi organi halqali chuvalchanglarnikiga o’xshaydi?Ayirish sistemasi.

Lansetnikning ayirish sistamasi nimadan iborat?Naychadan.

Naychalar qayerda joylashgan va qayerga ochiladi?Halqum bo’ylab, jabra oldi bo’shlig’iga.

Lansetnikning nerv sistemasi qanday tuzilgan?Xorda ustida tana bo’ylab ketgan nerv naylaridan.

Nerv nayidan qayerlarga nervlar chiqadi?Ichki organlarga va tana sirtiga.

Lansetnikning sezgi organlari qanday rivojlangan?Kuchsiz.

Lansetnikda ko’rish vazifasini nima bajaradi?Teri ostidagi nerv nayida joylashgan yorug’lik sezuvchi hujayralar.

Lansetnikda qanday refleks kuzatiladi?Bezovta bo’lib qumdan chiqqach,yorug’likdan qochib, tezroq qumga ko’miladi?

Lansetnikning teri sirtida joylashgan nerv hujayralari qanday ta’sirlarni sezadi?Kimyoviy va mexanik.

Lansetnikni qaysi olim kashf qilgan?Rus olimi A.O.Kovalevskiy.

Lansetnikning xordali hayvon ekanligini qanday belgilar ifodalaydi?Xordasining bo’lishi,nerv sistemasining naysimon bo’lib,tanasining orqa tomonida joylashganligi.

Lansetnikning xordali hayvonlardan farqli tomoni?Ayirish va muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miyasining bo’lmasligi.

Lansetnikning tuzilishini o’rganish orqali nimani tushunib olish mumkin?Xordali hayvonlarning kelib chiqishini.

Xordalilarning qancha turi bor?43 000 turi.

Xordalilar qanday kenja tiplarga bo’linadi?Bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar(umurtqalilar).

Bosh skeletlilarning xo’rdasi qachongacha saqlanib qoladi?Embrional rivojlanish davrida.

Bosh skeletlilar qanday sinflarni o’z ichiga oladi?Suyakli baliqlar va tog’ayli baliqlar, suvda ham qurulikda ham yashovchliar,sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar.

Lansetnikda yurak vazifasini qaysi organi bajaradi?Yirik qorin qon tomiri(aorta).

Zog`ora baliq qaysi suv havzalarida uchramaydi? O`rta osiyoning tog` daryolarida.

Zog`ara baliqni qayerlarda uchratish mumkin? Ko`l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tich oqadiga daryolar o`zanida.

Zog`ara baliqning kattaligi va og`irligi qancha bo`ladi? 1m, 8-16 kg.

Zog`ara baliqning tanasi qanday tuzilgan? Tanasi suyri shaklda, ikki yon tomondan yassilashgan, bosh va dum qismlari ingichkaroq bo`lib boshi tanasiga harakatsiz qo`shilib ketgan.

Baliqlarning tanasining shakli va tuzilishi nimaga imkon beradi? Suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga.

Zog`ara baliqning suzgichlari qanday vazifalarni bajaradi? Tanasini o`nga va chapga biroz bukib oldinga qarab harakatlanish.

Zog`ara baliqning toq suzgichlari qaysi? Orqa, dum, anal.

Zog`ara baliqning juft suzgichlari/ qaysilar? Ko`krak, qorin.

Zog`ara baliqning anal suzgichlari qayerda joylashgan? Dumining ostida.

Zog`ara baliqning suzgichlari nimalardan iborat? Yupqa teri pardadan va uni o`rab turadigan suzgich yoylardan.

Zog`ara baliqning oldiga harakatlanishini qaysi suzgichlari yordam beradi? Dum suzguchlari.

Zog`ara baliqning juf suzgichlari qanday vazifalarni bajaradi? Tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilish yoki to`xtashga, oldinga qarab asta-sekin suzish.

Zog`ara baliqning tanasi nimalar b-n qoplangan?Tangachalar b-n.

Zog`ara baliqni tangachalarining vazifasi? Tanasini tashqi tasirdan himoya qiladi, suzishga halaqit bermaydi.

Zog`ara baliqni tangachalari qanday joylashgan? Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o`zidan keyigi tangacha chetiga yopishib turadi.

Zog`ara baliqni yoshini qanday aniqlash mumkin? Tangachalardagi halqalar soniga qarab.

Zog`ara baliqni tangachalar sirtidagi teri bezlar ishlab chiqaradigan yupqa shilliq parda qanday ahamiyatga ega? Baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.

Baliqlar tanasi rangi nimaga bog`liq? Atrof muhit rangiga.

Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko`pchilik baliqlar tanasining orqa va qorin tomoni qanday rangda bo`ladi? Orqa tomoni balchiq rangiga o`xshash to`q- yashil, qori tomoni oqish rangda bo`ladi.

. Baliqlar nega yirtqich hayvonlar ko`ziga tez tashlanmaydi? Gavda rangi otrof- muhitga mos bo`lgani uchun.

Zog`ara baliq skeleti asosini nima tashkil qiladi? Umirtqa pog`onasi.

Zog`ara baliq umurtqa pog`onasi qanday birikkan? Chala harakatchan.

Zog`ara baliqning umurtqa pog`anasi nechta umurtqalardan iborat? 39-42 ta

Zog`ara baliqni har bir umurtqasining tanasida nimalar joylashgan? Bir juftdan uski va oski yoylar.

Zog`ara baliqning umurtqa nayi qanday hosil bo`ladi? Ustki qarama-qarshi yoylar o`zaro tutashganligi tufayli.

Zog`ara baliqning orqa miyasi qayerda joylashgan? Umurtqa nayi ichida.

Zog`ara baliq tana bo`limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan nimalar birikadi? Qilichsimon qovurg`aral.

Zog`ara baliqning dum umurtqalarida … bo`lmaydi? Qovurg`alar.

Zog`ara baliq qovurg`alarining ikkinchi uchi qayerda erkin yotadi? Muskullar orasida.

Zog`ara baliqni suzgich skeleti nimardan iborat? Suzgich yoylari va kamari suyaklaridan.

Baliqlar boshqa umurtqalilardan nimasi b-n farq qiladi? Kamar suyaklar umurtqa pog`anasiga tutashmaganligi b-n.

Baliqlarning bosh skeleti qanday suyaklardan iborat? Bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, og`iz bo`shlig`ini o`rab turadigan jag`lar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari.

Skelet baliqlar hayotida qanday ahamiyatga ega? Muskullar uchun tayanch, ichki o`rganlarni himoya qilish.

Baliq muskullari qayerda va nimalarga birkkan?Terisi ostida suyaklarga birikkan.

Baliqlar nimaning hisobiga tanasini egib,harakatlanadi?Muskullarning qisqarishi va bo`shashishi hisobiga.

Baliqlar gavdasining qaysi muskullari kuchli rivojlangan?Orqa tomonida va dumida joylashgan muskullari

Baliqlarning suzgich pufagi qayerda joylashgan?Qorin bo`shlig`ida ichakning ustida.

Baliqlarning suzgich pufaklari qanday tuzilgan?O`rtasidan tortilib, ikkiga bo`lingan gaz b-n to`lgan, kumush rang xaltachadan iborat.

Baliqlarning suzgich pufagi b-n ingichka ichagini bog`lab turuvchi qism? Ingichka naycha.

Tuxumdan chiqqan lichinka qancha vaqitdan keyin chiqadi va suzgich pufagini nima b-n to`ldirib oladi? 2-3 kun o`tgach va atmosfera havosi.

Pufak yuzasi nimalar b-n qoplangan? Kapillar qon tomirlar b-n.

Baliqning suv yuzasiga ko`tarilishi yoki suv tubiga tushishi nimaga bog`liq? Suzgich pufagi hajmining o`zgarishiga.

Sugich pufaginingt kengayishi nimaga bog`liq? Qondan ajralib chiqayotgan gazlarning pufakning toldirishi b-n bog`liq.

Baliq qachon suv yuzasiga chiqadi? Pufagi gaz b-n to`lganida.

Gazlar pufakdan nima orqali ichakka o`tadi? Ingichka nay.

Tanasi birmuncha og`irlashgan baliqda qanday jarayon kuzatiladi? U suv tubiga tushadi.

Suzgich puganing hajmi o`zgarmasa baliqda qanday jarayon kuzatiladi? U muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

Baliqlarning qaysi organi tovushni kuchaytiradigan rezanator vazifasini bajaradi? Suzgich pufagi.

Zog`ora baliq nimalar b-n oziqlanadi? Suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o`tlar, yashil o`simliklar yosh novdalari va burglar b-n.

Baliqlarning hazm qilish sistemasi? Og`iz bo`shlig`i – halqum – qizilo`ngach – ichak.

Halquda nimalar joylashgan? Uch qator tishlar.

Halqum keyingi uchi qayerga ochilgan? Qisqa qizilo`ngachga.

Qizilo`ngachning keyingi uchi qayerga ochilgan? Ichakka.

Zog`ara baliqning qanday o`rgani bo`lmaydi? Oshqozon.

Baliqlarda oshqozon vazifasini qaysi o`rgan bajaradi? Ichakning oldingi qismi.

Ichak bo`shlig`iga qaysi organlarning hazim qilish shirasi ajraladi? Oshqozon osti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan o`t suyuqligi.

O`t suyuqligi qayerda to`planadi? O`t pufagida.

Baliqlar nima orqali nafas oladi? Jabralar orqali suvda erigan kislorod b-n.

Baliqlar og`zi orqali kirgan suv nima orqali chiqib ketadi? Jabra teshiklari orqali.

Baliq jabrasi qanday qismlardan tashkil topgan? Jabra qilchalari, varaqlari,ravoqlari, jabra qopqog`idan.

Jabra qilchasining vazifasi? Suv b-n oqib keladigan oziqni tashqariga chiqib ketishiga yo`l qoymaslik.

Jabra varaqlari nimalar b-n qoplangan? Juda mayda qon tomirlar b-n ( kapillar).

Baliqlarda gazlar almashinuvi qayerda bo`ladi? Jabra varaqlari va kapillar qon tomirlari orasida.

Baliq qanday muhitlarda yashay olmaydi? Suvda kislorod kam bo`lgan suvda yashay olmaydi.

Baliqlar qanday qon aylanish sistemasida tashkil topgan? Yurak – qori va orqa aortalar – arteriya – vena – kapillar.

Baliqlarning yuragi necha kamerali va qanday? 2 kamerali, yurak qorinchasi va yurak bo`lmasidan.

Yurakdan chiqadigan qon tomirlar bu? Arteriyalar.

Yurakka keladigan qon tomirlar bu? Vena.

Zog`ora baliqning yuragi qayerda joylashgan? Jabralardan orqaroqda joylashgan.

Yurak bo`lmasi qisqarishi tufayli qon qayerga o`tadi? Yurak qorichasiga.

Yurak qorinchasi qisqarganda qon qayerga o`tadi? Qorin aortasiga.

Qon qorin aortasidan keyin qayerga o`tadi? Jabralarga olib boruvchi arteriyaga.

Arteriyalardagi qon qayerda kapillar qon tomirlariga o`tadi? Jabralarda.

Kapillardagi kislorod b-n to`yingan qon qayerga o`tadi? Orqa aortaga o`tadi.

Kislorod b-n toyingan qon qanday rangda bo`ladi? Qip-qizil rangda bo`ladi.

Orqa aorta qon tomiri qayerda joylasgan va tarqalgan? Umirtqa pog`anasi ostida va butin tana bo`ylanb.

CO2 b-n toyingan qon va zararli moddalar to`qimardan qayerga o`tadi? Vena qon tomiriga.

Vena qonni qangay rangda bo`ladi? To`q qizil.

Baliqlarning ayrish sistemasi qanday? 2ta tasmasimon qong`ir- qizg`ish buyraklar, 2ta sidik yo`li, qovuq, anal orqasidagi teshikcha.

Siydik qayerda va qanday hosil bo`ladi? Buyraklarda,qondan filtirlanib.

Buyrakda hosil bo`lgan siydik qaysi o`rganlardan o`tib tashqariga chiqariladi? Buyrakdan ikki ta siydik yo`li orqali qovuqqa,undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali.

Moddalar almashinuvi natichasida hosil bo`lgan moddalar qanday jarayonlar u-n sarflanadi?O`sish,ko`payish,nasil qoltirish va barcha hayotiy jarayonlar uchun sarf bo`ladi.

Baliqlar qon aylanish sistemasiga ko`ra qanday hayvon?Sovuqqonli hayvon,ularning tana harorati tashqi muhit tasirida o`zgarib turadi.

Baliqlarning markaziy nerv sistemasi nimalardan tashkil topgan? Bosh miya va orqa miyadan.

Orqa miya qanday shakilda va qayerda joylashgan?Uzun nay va umurtqa pog`onasi nayida.

Orqa miyaning ikki yonida qaysi organlarga nervlar chiqqan?Ichki organlarga,suzgichlarga ,teri va muskullarga.

Bosh miya qayerda joylashgan?Miya quttisi ichida.

Bosh miya nimaning o`zgarishidan hosil bo`lgan?Nerv nayining oldingi qismining o`zgarishidan.

Bosh miya qanday qismlardan iborat?Oldingi miya,oraliq miya,o`rta miya,miyacha va uzunchoq miya.

Miyacha va uzunchoq miyalarning vazifasi?Harakatlanish,nafas olish,qon aylanish,hazm qilish.

Baliqlar sezgi organlari yordamida qanday jarayonlar boradi?O`z ozig`ini topadi,yaqinlashgan dushmanini sezadi.

Bliqlarning ko`zi qanday va qayerda joylashgan?Qovoqsiz,boshining ikki yonida joylashgan.

Baliqlarning ko`rish mosofasi qanday?Yaqin masofadan.

Baliqlar ko`zlari nimalarni yaxshi farqlaydi?Narsalarning shaklini va rangini.

Baliqning burun teshigi qanday xaltachalarga ochiladi?Hid sezuvchi hujayralarga ega bo’lgan xaltachalarga.

Baliqning eshitish organi qayerda joylashgan va nimadan iborat?Miya qutisining ikki yonida joylashgan bo’lib, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat.

Baliqlar qanday tovushlarni yaxshi eshitadi?Qirg’oqda yurgan odam qadami,suzib kelayotgan qayiq ovozi,qo’ng’iroq va o’q tovushlarini.

Baliqning tam bilish hujayralari qayerda joylashgan?Og’iz bo’shlig’i,halqumi va butun tana yuzasida.

Baliqlarning mo’ylovlari qanday vazifani bajaradi?Tuyg’u.

Baliqlarning yon chiziqlari qayerda va qanday joylashgan?Tanasining 2 yonida qator bo’lib joylashgan teshikchalardan iborat.

Baliqning yon teshikchalari qanday naylar bilan tutashgan?Maxsus sezuvchi hujayralari bo’lgan naylar bilan.

Baliqlarning yon chiziqlari qanday ahamiyatga ega?Suv oqimi,suv ostidagi narsalarni sezish,ko’r bo’lib qolgan baliq ham to’siqlarni sezadi va harakat qilayotgan o’ljasini tutib oladi.

Shartsiz(instinkt) refleksga ta’rif bering?Irsiy bo’lib,hayot davomida o’zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan-naslga o’tadi.

Bir turga kiruvchi hamma hayvonlarning qaysi xususiyatlari bir xil bo’ladi?Shartsiz (instinkt) reflekslari.

Shartli refleksga ta’rif bering?Hayot davomida hosil bo’ladigan,nasldan-naslga o’tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.

Baliqning sezgi organlari qaysilar?Ko’z,eshitish,tam bilish organlari, yon chiziqlari.

Zog’ora baliq urg’ochisining jinsiy organlari qayerda joylashgan va nimalardan iborat?Tana bo’shlig’ida,yirik urug’donlardan iborat.

Zog’ora baliq erkaklarining jinsiy organlari qanday tuzilgan?Bir juft uzun urug’donlardan.

Zog’ora baliq erkagining urchish davrida urug’donlari nima bilan to’ladi va ularda nimalar yetiladi?Quyuq oq suyuqlik “sut”, millionlab urug’ hujayralari(spermatozidlar).

Baliqlarning jinsiy hujayralari yetila boshlashi bilan ularda qanday jarayon kuzatiladi?Ko’payish instinkti paydo bo’ladi.

Instinkt baliqlarni nimaga undaydi?Tuxum qo’yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga

Ba’zi baliqlar qayerlarga tuxum qo’yadi?Suv havzalarining oqmaydigan joylariga, ba’zilari suv oqib turadigan joylariga.

O’tkinchi baliqlarning ba’zilari tuxum qo’yish uchun qayerlarga ko’chadi?Chuchuk suv havzalaridan dengizlarga,boshqalari dengizdan chuchuk suv havzalariga.

Qaysi baliqlar uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmog’iga o’tadi?Keta va gorbusha.

Ugor balig’i tuxumlarini qayerga qo’yadi?Yevropa daryolaridan 1000 lab km uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sargass dengiziga.

Zog’ora baliq tuxumlarini qayerga qo’yadi?Suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga,suv omborlari va ko’llardagi suv o’simliklari ustiga.

Zog’ora baliqning tuxumlari qanday urug’lanadi?Erkak baliq tuxumlar ustiga o’zining “sut”ini sepib urug’lanadi.

Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda necha kun ichida mayda baliqchalar rivojlanadi?4 – 6 kun.

Baliq chavoqlari nimalar oziqlanadi?Dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar,keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan.

Baliq chavoqlarining uzunligi 1 yilda qanchaga yetadi?5 – 10 sm.

Zog’ora baliqning naslga g’amxorlik qilish nimadan iborat?Tuxum qo’yish uchun joy tanlashdan iborat.

Qanday baliqlar juda ko’p tuxumlar qo’yadi?Nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilmaydigan baliqlar.

Qaysi baliqlar ko’p tuxum qo’yadi?Okun 300 000 gacha,Treska bir necha mln.

Nima sababdan ko’p tuxum qo’yadigan baliqlar naslining juda kam qismi voyaga yetadi?Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi boshqa hayvonlarga yem bo’ladi.

Qaysi baliqlarning nasl to’g’risida g’amxo’rlik qilish instinkti kuchli rivojlangan?Chuchuk suv tikanbalig’i, dengiz otchasi,Afrika tilyapiya balig’i.

Urchish davrida suv o’tlarini so’lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib, urg’ochisiga qulay uya yasaydigan baliq?Tikanbalig’.

Qaysi baliqning erkaklari tuxumlarini qorinidagi maxsus xaltachasida olib yuradi?Dengiz otchasi.

Qaysi baliqning erkagi urg’ochisi qo’ygan tuxumlarini og’zida olib yuradi?Tilyapiya.

Baliqlarning tuzilishi va fe’l-atvorining turlicha bo’lishi qanday omillarga bog’liq?Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi,o’zaro raqobat dushmanlarning ko’p bo’lishi.

Qayerlarda hayot kechiruvchi baliqlarning ranglari xilma-xil va chiroyli bo’ladi?Rang-barang marjon riflar orasida.

Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashovchi baliqlarning qanday a’zolari bo’ladi?Yog’du tarqatadigan.

Suv yuzasida va ochiq dengizda yashovchi baliqlarning qanday organlaru kuchli mrivojlangan?Suzgichlari,muskullari,xususan dum suzgichlari kuchli rivojlangan.

Skeletining tuzilishi xususiyatiga ko’ra baliqlar qanday sinflarga bo’linadi?Tog’ayli va suyakli.

Tog’ayli baliqlar sinfiga ta’rif bering?Tog’ayli baliqlarning skeleti tog’aydan iborat bo’lib,jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo’lmaydi,jabra yorig’lari 5 – 7 juft bo’ladi.

Tog’ayli baliqlar qanday turkumlarni o’z ichiga oladi?Akulalar va sakatlar turkumi.

Akulalar turkumiga ta’rif bering?Akulalar ancha yirik,tanasi torpedasimon,dum suzgichlari kuchli rivojlangan,terisini qoplab turadigan tangachalar haqiqiy suyakli baliqlarnikidan farq qiladi.

Akulalarning terisidagi tangachalari nimalardan iborat bo’lib, har qaysi tangacha ustki tomondan nima bilan qoplangan?Plastinkachalardan iborat,ustida emal bilan qoplangan tishsimon o’simtalar bo’ladi.

Akulalarning tishlari nimalarning o’zgarishidan hosil bo’ladi?Jag’ida joylashgan tishsimon o’simtalar.

Odamlar va akulalarning o’xshashlik organi?Tishlari.

Ko’pchilik akulalar qanday ko’payadi?Tirik bola tu’gib.

Tog’ayli baliqlarga qaysi baliqlar kiradi?Akula,skat,tikandum skatlar.

Skat baliqning 2-nomi?Dengiz tulkisi.

Akulalarning qancha turi bor?250 turi.

Eng kichik akula qaysi va uzunligi?Tikanli akula,40 – 45 sm.

Eng yirik akula qaysilar va uzunliglari?Gigant akula 15 m,kit akulasi 18m.

Gigant akular nimalar bilan oziqlanadi?Mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan.

Gigant akulalarning qisqichbaqa va baliqlar bilan oziqlanishiga sabab nima?Tishlarining juda mayda bo’lishi.

Skatlar turkumiga ta’rif bering?Tanasi yassi,rombiksimon yoki disksimon bo’lib,suv tubida yashashga moslashgan.

Skatlarning dum suzgichi nimaga aylangan?Ingichka xivchinga.

Skatlar qanday harakatlanadi?Yassi tanasi bilan tutashib ketgan, ko’krak suzgich qanotlarining to’lqinsimon tebratib.

Ayrim skatlarning maxsus himoyalanish a’zosi?Dumining asosida zaharli shilimshiq modda qoplangan tikani bo’ladi.

Tropik dengizlarda uchraydigan elektr skatlari qancha tok ajratadi?70 Vt

Skatlarning zaharli nayzasi yoki elektr zaryadi yordamida qanday jarayonlarni amalga oshiradi?O’ljasini falajlaydi yoki dushmanni qochishga majbur qiladi.

Skatlar boshqa ko’pchilik tog’ayli baliqlar singari qanday bola tug’adi?Tirik.

Skatlarning urg’ochisi qancha nasl beradi?1 – 3 tadan 20 - 30 tagacha.

Skatlar nimalar bilan oziqlanadi?Molluskalar.

Eng yirik skat qaysi va nima bilan oziqlanadi?Manta,mayda qisqichbaqasimonlar baliqlar.

Skatlarning qancha turi bor?350 turi.

Ba’zi skatlar nimasi uchun ovlanadi?Vitaminli yog’ uchun.

Tog’ayli baliqalrning skeleti nimadan iborat va qanday organlarga bo’lmaydi?Tog’aydan iborat, jabra qopqoqlari va suzgich pufagi bo’lmaydi.

Suyakli va tog’ayli baliqlar turkumining 2-nomi?Bakra turkumi.

Bakra baliqlar turkumiga ta’rif bering?Bu baliqlarning xipcha va cho’ziq tanasi bo’ylab, orqa,yon va qorin tomonida 5 qator romb shaklda, suyak plastinkalar joylashgan.

Boshining oldingi tomoni nimani hosil qiladi?Uzun tumshuqni,

Bularning og’iz organi qayerda joylashgan?Boshining ostida.

Skeleti asosan nimadan iborat va qaysi qism skeleti suyakdan iborat?Tog’aydan,miya qutisi suyakdan.

Bakra baliqlarga qaysi baliqlar kiradi?Bakra,beluga,sterlyad,Amudaryo qilquyrug’i.

Qaysi suyakli baliqlarning xo’rdasi hayot davomida saqlanib qoladi?Bakra balig’lari.

O’rta Osiyo suv havzalarida suyakli tog’ayli baliqlardan qaysilar uchraydi?Bakra baliq va soxtakurakburun.

Bakra baliq qayerda yashaydi?Amudaryo va Sirdaryoning quyi va o’rta oqimlarida.

Bakra baliqning uzunligi va og’irligi?2 m, 30 kg.

Soxtakurakburun baliqi qayerda yashaydi?Amudaryo etaklari va o’rta oqimlarida.

Soxtakurakburun baliqining 2-nomi?Qilquyruq.

Qilquyruqning uzunligi va og’irligi?75 sm, 2kg.

Soxtakurakburun nimalar bilan oziqlanadi?Mayda baliqlar va hasharotlar qurti.

Noyob tur sifatida himoya qilinadigan baliq?Soxtakurakburun.

Losossimonlarga qanday baliqlar kiradi?O’q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan baliqlar.

Losossimonlarning orqa suzgich qanoti ortida qanday organi joylashgan?1 ta suzgich qanoti

Ko’payish davrida dengizlardan chuchuk suvlarga o’tib tuxum qo’yadigan baliqlar turkumi?Losossimonlar turkumi.

Losossimonlarga qanday baliqlar kiradi?Losos,keta,bukri baliq,gulmoyi.

Bukri baliqning 2-nomi?Gorbusha.

Gulmoyi qayerlarda yashaydi?Amudaryo va Sirdaryoda.

Gulmoyining 2-nomi?Forel.

Tanasi skelet suyskdan iborat bo’lgan baliqlar turkumi?Karpsimonlar turkumi.

Karpsimonlar qancha turni o’z ichiga oladi?100 lab.

Zog’ora baliq qaysi turkumga kiradi?Karpsimonlar turkumiga.

Orol dengizi,Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining daryo va ko’llarida uchraydigan suyakli baliq?Mo’ylov baliq.

Qorabaliq qayerlarda tarqalgan?Tog’,daryo va soylarda.

Orol dengizi sohillarida Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshonning quyi oqimida yashaydigan baliqlar?Moybaliq va oqcha baliq.

Laqqa baliq qayerlarda uchraydi?Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarda.

O’rta Osiyo suv havzalariga uzoq sharq daryolaridan keltirib iqlimlashtirilgan baliqlar?Oq amur va xumbosh.

Karpsimonlar turkumiga qaysi baliqlar kiradi?Mo’ylov baliq,zog’orabaliq,qorabaliq,moybaliq,oqcha baliq,laqqa,oq amur va xumbosh.

O’zbekiston suv havzalarida qaysi baliqlar uchraydi?Laqqa,cho’rtan,zog’ora,oq amur,oqcha.

Qaysi baliqlar turkumining skeleti va suzgichlarining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilarning oyoqlariga o’xshaydi?Panjaqanotlilar.

Panjaqanotlilar turkumiga qayi baliq kiradi?Latimeriya.

Latimeriya qayerlardan topilgan?Hind okeanining Afrika sohilida.

Latimeriyaning o’zgarishi qanday hayvonlarning kelib chiqishini tushuntiradi?Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarni.

Baliqlarning nimalari hushtam taom hisoblanadi?Go’shti va iqrasi.

Qaysi turkumlarning vakillarining go’shti va iqrasi qadrlanadi?Osetrsimonlar va losossimonlar.

Jahon bo’yicha har yil qancha baliq ovlanadi?50 mln tonna.

Baliqlar ovlash uchun nimalrdan foydalaniladi?Maxsus kameralar – traulerlardan.

Baliqchilik sanoati chiqindilaridan nimalar ishlab chiqariladi?Chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo’jaligi uchun og’it.

Baliq moyi farmasevtikada nima hisoblanadi?Vitaminli dori.

O’zbekistonda baliqlar qayerdan olinadi?Ichki suv havzalaridan

O’zbekistonda asosiy olinadigan baliqlar qaysilar?Zog’ora,oq amur,oqcha,xumbosh,oq slava ilonbosh.

Qanday sharoitda baliqlarning uvildirig’i va chavoqlari ko’plab nobud bo’ladi?Tabiiy sharoitda,

Uzoq Sharq daryolarida respublikamizdagi suv havzalariga qaysi baliqlar iqlimlashtirilgan?Oq amur,xumbosh,ilonbosh.

Baliqlarning qadimgi ajdodlari qaysi hayvonlar bo’lgan?Lansetnikka o’xshash soda tuzilgan xo’rdalilar.

Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xo’rdalilardan qanday hayvonlar paydo bo’lgan?Juft suzgich qanotli hayvonlar.

Juft suzgichli qanotli baliqlar o’lja ahtarib faol hayot kechirish natijasida ularning qaysi organlari rivojlanib borgan?Nerv sistemasi va sezgi organlari.

Losossimonlar turkumining qaysi vakillari chuchuk suv havzlarida uchraydi?Forel(gulmoyi)

Losossimonlar turkumining qaysi vakillari dengizlarda tarqalgan?Losos,keta,gorbusha

Ilk bor quruqlikka chiqqan hayvonlar sinf? Suvda ham quruqlikda ham yashovchilar.

Ko`l baqasi qayerda yashaydi, qayerlarda uchramaydi? Yeryuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog`hududlarida uchramaydi.

Yilning iliq mavsumida ko`l baqasini qayerlarda uchratish mumkin? Ser nam joylarda, chuchuk suv havzalarida va ularning yaqinida.

Ko`l baqasi hayotining ko`p qismini qayerlarda o`tkazadi? Quruqlikda.

Ko`l baqasi qayerlarda qishki uyquga ketadi? Ariqlar tubidagi balchiqqa ko`milib yoki suv ostida o`simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda.

Ko`l baqasi kunduz kunlari qayerlarda ov qiladi? Qirg`oq yaqinida.

Ko`l baqasi nimalar b-n ozilanadi? Qo`ng`iz, pashsha,chivin, o`rgimchak kabi umurtqasiz hayvonlar

Ko`l baqasi qanday ov qiladi? Ovga chiqqan baqa qimirlamay o`ljasini poylab yotadi.

Baqalar faqat…. payqaydi? Harakatlanayotgan o`ljanigina.

Baqalar qaysi organi orqali oziqni tutib oladi? Yopishqoq tili orqali.

Baqa nimasi b-n baliqlardan farq qiladi? Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi b-n.

Baqaning gavdasi qanday shaklda? Yapaloq.

Baqaning bo`yni nima uchun bilinmaydi? Chunki katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo`shilib ketganligidan.

Baqaning ko’zlari qayerda joylashgan?Boshining ikki yonida.

Baqaning ko’zlarini nima himoya qilib turadi?Yuqoridan va pastki tomondan harakatchan qovoqlar.

Baqa qovoqlarining vazifasi?Ko’zni tashqi tomondan himoya qilish,ko’zni namlab uni qurib qolishdan saqlash.

Baqaning ko’zlarining oldida qanday organi joylashgan?1 juft burun teshiklari.

Baqaning 1juft burun organining vazifasi?Hid bilish va havo o’tkazish.

Baqaning burun bo’shlilg’i qayerga ochiladi?Og’iz bo’shlig’iga.

Baqa va boshqa suvda hamda quruq likda yashovchi hayvonlar qayerdagi havodan nafas oladi?Atmosferadagi.

Havo qaysi organi orqali o’pkaga boradi?Burun teshiklari orqali.

Baqaning ko’zlari, burni qayerda joylashgan?Boshining ustki qismida.

Suvga tushgan baqaning qaysi organlari suvdan tashqariga chiqib turadi?Burni va ko’zi.

Baqa suvga sho’ng’iganida nimaga nafas yo’llariga suv o’tmaydi?Maxsus klapanlar burun teshigini bekitib.

Baqaning eshitish organi … joylashgan?Ko’zining orqa tomonida.

Erkak va urg’ochi baqalarning farqi?Erkak baqaning boshining ikki yonida tovushninkuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonator bo’ladi.

Baqalarning urchish davrida qanday hodisa kuzatiladi?Vaqillagan ovoz chiqaradi.

Baqaning oldingi oyoqlari qanday bo’limlarga bo’linadi?1 ta yelka,2 ta bilak va bir qancha panja.

Baqaning orqa oyoqlari qanday bo’limlarga bo’lingan?Son,boldir,tovon,panja.

Baqaning oldingi oyoqlaridan orqa oyoqlarining farqlari? Oldingi oyoqlari 4 barmoqli b-b,5-barmog’i rivojlanmagan,oldingi oyoqlarining suzgich pardalari bo’lmaydi orqa oyoqlariga nisbatan kuchsiz rivojlangan,orqa muskullari kuchli rivojlangan.

Baqa quruqlikda va suvda qanday harakat qiladi?Orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.

Baqalarning shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari qayerda joylashgan va qanday vazifani bajaradi?Terisida, terini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.

Baqa skeletining asosiy bo’limlari qaysi baliq suyaklariga o’xshaydi?Zog’ora baliqga.

Baqaning umurtqa pog’onasi qaysi orqali kalla suyagi bilan harakatchan birikkan?Bo’yin umurtqasi.

Baqalarning nimasi rivojlanmagan?Qovurg’alari,ko’krak qafasi.

Baqalarning dum suyagini nimalar hosil qiladi?Dum umurtqalari birlashib, 1 ta uzun dum suyagini.

Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti nimalar orqali umurtqa pog’onasi bilan tutashgan?Kamar suyaklari.

Baqalarning yelka kamari suyaklari nimalardan iborat?2 tadan ko’krak tirgak,umrov,kurak suyaklar.

Baqalar kamari suyaklarining ikkinchi uchi nimaga tutashgan?To’sh suyagi.

Baqalaning orqa oyoqlar kamarini qaysi suyaklar tashkil etadi?3 ta chanoq suyaklari.

Baqalarda tayanch vazifasini qaysi suyaklari bajaradi?Chanoq.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar nima uchun baliqlarga nisbatan xilma – xil va murakkab harakat qiladi?Oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o’zaro bo’g’imlarga harakatchan birikkani sababli.

Baqaning qaysi organlari rivojlanganligi quruqlik muhitiga moslashganligini ko’rsatadi?Yapaloq gavdasi,2 juft oyoqlari,qovoqlari.

Baqalarning nam sharoitga moslashganligi qanday bilish mumkin?Terisi yupqa va nam bo’lishi hamda terisining nafas olishda ishtirok etishi.

Baqaning hazm qilish organlarini ketma – ketlikda sanang?Og’iz bo’shlig’i,halqum,qizilo’ngach,oshqozon,ichak,kloaka.

Baqaning hazm qilish organlari qaysi hayvonnikiga o’xshaydi?Baliqlarnikiga.

Baqalarning og’iz boshlig’ida qaysi organlari joylashgan?Harakatchan tili va jag’lari.

Baliqlarning hazm qilish sistemasi nimasi bilan baqalardan farq qiladi?Oshqozonining bo’lmasligi bilan.

Baqaning tishlari qanday shaklda va qayerda joylashgan?Konussimon bo’lib,yuqori jag’i va tanglayida.

Baqa ichagining kengaygan qismi nimani hosil qiladi?Kloaka.

Baqalar qaysi organlari yordamida nafas oladi?O’pka va terisi orqali.

Baqaning o’pkasi qanday bo’limlardan iborat?1 juft xaltachalarda.

O’pka xaltacha devori terisi nimalar bilan qoplangan?Kapillarlar bilan.

Baqa nafas olganda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Tomoq pastga tortiladi,og’iz bo’shlig’iga havo to’lib, o’pkaga o’tadi.

Baqa nafas chiqarganda qanday o’zgarishlar kuztiladi?Tomoqi yuqoriga ko’tariladi, o’pkadagi CO2 og’iz bo’shlig’i burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.

Baqaning qon aylanish sistemasi organlari nimlardan iborat?Yurak,arteriya,vena va kapillar qon tomirlaridan.

Baqaning yuragi nechta kameradan tashkil topgan va qaysilar?3 ta kameradan tashkil topgan, 2 ta bo’lmacha va 1 qorincha.

Baqalarning katta qon aylanish sistemasi qayerdan boshlanib, qayerda tugaydi?Yurak qorinchasidan boshlanib yurakning o’ng bo’lmachasida tugaydi.

Katta qon aylanish sistemasini ayting?Yurak qorinchasidan chiqqan qon arteriya qon tomiri orqali barcha to’qima orgalariga borib, ularga kislorod bilan oziq moddalarni berib, o’ziga CO2 li zararli moddalarni biriktirib olib, yurakning o’ng bo’lmachasiga kelb quyuladi.

Kichik qon aylanish doirasi qayerdan boshlanib, qayerda tugaydi?Yurakning qorinchasidan boshlanib,yurakning chap bo’lmachasida tugaydi.

Kichik qon aylanish sistemasini ayting?Yurak qorinchasidan chiqqan qon o’pka arteriyasi qon tomiri orqali o’pkaga borib,kislorod bilan to’yinib, yurakning chap bo’lmachasiga kelib quyiladi?

Suvda va quruqlikda yashovchilarning qoni qanday?Aralash qon.

Baqaning ayirish sistemasi qaysi hayvonlarnikiga o’xshaydi?Baliqlarnikiga.

Baqalarning 1 juft buyraklari qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’ida,umurtqa pog’onasining yon tomonlarida.

Baqalarning buyragidan chiqqan ingichka naycha nima deb ataladi?Siydik yo’llari.

Baqalarning siydik yo’llari qayerga ochiladi?Kloaka bo’shlig’iga.

Baqalar qanday hayvonlar?Sovuqqonli.

Baqalrning tana harorati nimaga bog’liq?Tashqi muhit haroratiga.

Baqalar qachon uyquga ketadi?Qishda pana joylarga kirib karaxt bo’lib yotadi.

Baqalarning baliqlarga nisbatan qaysi organi kuchli rivojlangan va nimalardan iborat?Bosh miyasi, 2ta bo’rtmachadan iborat yarim harlardan.

Baqalarning bosh miyasining qaysi qismi kuchli rivojlangan?Oldingi miya.

Baqalarning bosh miyasining qaysi qismi kuchli rivojlangan?Miyacha.

Baqalarning qaysi organlari tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan?Sezgi organlari.

Baqaning sezgi organlariga qaysilar kiradi?Ko’zi,burni,quloqlari.

Baqalarning eshitish organlari qaysi bo’limlardan iborat?Ichki va o’rta bo’limlardan.

O’rta quloq qanday vazifani bajaradi?Tovushni kuchaytirib beradi.

O’rta quloq qayerdan boshlanadi?Ko’zning orqasida joylashgan nog’ora pardadan.

Tovush ichki quloqqa qanday uzatiladi?O’rta quloq nayi ichida joylashgan eshitish suyakchalari orqali.

Eshitish organing qaysi bo’limlari kuchli rivojlangan?O’rta va ichki quloq.

Urchish davrida erkak baqalarda qanday jarayonlar kuzatiladi?Baland ovoz b-n sayraydi.

Baqalarning tuxumlari qanday urug’lanadi?Erkaklari urug’ suyuqligini sepib ketadi.

Baqalarda qanday urug’lanish sodir bo’ladi?Tashqi.

1ta baqa qancha tuxum qo’yadi?5000-10000.

Urug’langan tuxumlarida qanday jarayon kuzatiladi?Qobig’i bo’rtib,tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi.

Nima uchun baqaning urug’langan tuxumi quyosh nurini yaxshi o’tkazadi?Tuxum sirti qoramtir bo’ladi.

Qaysi vaqt baqa tuxumlarining rivojlanishiga qulay payt hisoblanadi?Suv haroratining yuqori bo’lishi.

Baqaning urug’langan tuxumlaridan necha kunda qulay sharoitda lichinka(itbaliq) rivojlanib chiqadi?1 – 2 haftada.

Itbaliq dastlab nima orqali nafas oladi?Ikki tutam jabralari orqali.

Itbaliq rivojlangan sari unda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?Tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralari bilan almashinadi.

Itbaliqning yuragi necha kamerali?2 kamerali.

Itbaliqning qon aylanish doirasi nechta?1 ta.

Itbaliq tanasining ikki yonida qanday sezgi organlari joylashgan?Yon chiziqlari.

Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab nima hisobiga yashaydi?Tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga.

Itbaliq keyinroq nimalar bilan oziqlanadi?mayda suvo’tlari,bir hujayrali hayvonlar,suvo’tlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan.

Itbaliqning dastlab qaysi organi rivojlanadi?Orqa oyoqlari va keyinroq oldingi oyoqlari.

Itbaliq rivojlangan sari qaysi organlari rivojlanib boradi?Jabrasi o’pka bilan almashinadi,qon aylanish sistemasi qayta quriladi,atmosfera orqali nafas ola boshlaydi,dumi asta-sekin yo’qolib baqaga aylanadi.

Itbaliq qachon voyaga yetadi va urchiy boshlaydi?3 yildan keyin.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qancha turi bor?4000 turi.

Suva hamda quruqlikda yashovchilar qaysi turkumlarga ajratiladi?Dumsiz va dumlilar.

Dumsizlar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Baqalar va qurbaqalar.

Dumlilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Tritonlar va salamandralar.

Dumlilar qayerlarda uchramaydi?O’rta Osiyoda.

Dumlilar turkumiga kiruvchilardan eng yirigi?Gigant salamandra.

Gigant salamandra qayerda tarqalgan va uzunligi necha metr?Janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan, 1,7

O’zbekiston hududida dumsizlardan qaysilari keng tarqalgan?Ko’l baqasi va yashil qurbaqalar.

Yashil qurbaqaga ta’rif bering?Ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradiga bezlar bo’ladi.

Yashil qurbaqa baqadan qanday farq qiladi?Baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradiga bezlar bo’ladi, kunduzi kemiruvchilar inida daraxtlar ildizi va to’nkalar ostida yerto’lalarda bekinib yotadi,orqa oyoqlari baqaga nisbatan kuchsiz bo’lganidan o’rmalab, qisqa-qisqa sakrab yuradi,terisi dag’alroq,o’pkasi nisbatan yaxshi rivojlangan,faqat ko’payish davrida suvga tushadi,ko’lmak suv va hovuzlarga marjon shodasiga o’xshab, tizilgan tuxumlar qo’yadi.

Suvda hamda quruqlikda yshovchilar qanday hayvonlar?Foydali hayvonlar.

Suvda hamda quruqlikda yashaydiganlarning qanday foydali tomonlari bor?O’simliklarga ziyon yetkazadigan hasharotlarni qirib.

1 ta qurbaqa bir kechada va 9 oyda qancha hasharotlarni yeydi?100 ta, 3000 ta

Baqa nimalr bilan oziqlanadi?Zarakunanda hasharotlar(chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv bo’yidagi hasharotlarni yeydi.

Baqadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?Tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvonlari sifatida.

Daslabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan qancha yil ilgari nimalardan kelib chiqqan?300 mln yil ilgari suvda yshovchi panjaqanotlilardan.

Qadimgi panjaqanotlilarning suzgich skeletlari quruqlikda yashovchilarning qaysi organiga o’xshab ketadi?Oyoq skeletiga.

Qadimgi panjaqanotlilar nima orqali nafas olgan va qayerlarda yashagan?O’pkasi orqali chuchuk suvli sayoz daryo va ko’llarda.

O’pkali panjaqanotlilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan va ulardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan?Dumlilar va ularda dumsizlar.

Sudralib yuruvchilar qanday hayvon?Haqiqiy quruqlikda yashovchi,tullab o’sadigan sovuqqonli hayvonlar.

Ildam kaltakesak qayerlarda tarqalgan?O’rta Osiyoning cho’l va tog’oldi mintaqalarida.

Ildam kaltakesakni nega yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi?Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo’lganligi tufayli uni o’tlar orasida payqash qiyin.

Kaltakesaklar qanday yashaydi va nimalar bilan oziqlanadi?Juft-juft bo’lib,turli hasharotlar bilan ozilanadi.

Ildam kaltakesakning dumi bilan hisoblaganda uzunligi qancha?15 – 20 sm.

Kaltakesakning konussimon boshi tanasiga nima orqali birikkan?Harakatchan qisqa bo’yni orqali.

Kaltakesak ko’zini domiy namlab turuvchi organi qaysi?3 - qovog’i

Kaltakesakning ko’zlaridan orqaroqda qaysi organi joylashgan?Doirasimon nog’ora parda.

Kaltakesaklar o’ljasini qanday sezadi?Hasharotlar o’rmalayotdganda chiqadigan tovushi orqali.

Kaltakesakning tili qanday a’zosi hisoblanadi?Tuyg’u.

Kaltakesak atrofidagi narsalarni qanday sezadi?Tili tez-tez chiqarib.

Kaltakesakning har qaysi oyoqlarida nechtadan panjasi bo’ladi?5 tadan

Kaltakesak tanasini nega dast ko’tarib turaolmaydi?Oyoqlari tanasiga ikki yon tomondan birikkani uchun.

Kaltakesak nima uchun harakatlanayotgan paytda qorni yerga sudraladi va dumi yurishga yordam beradi? Oyoqlari tanasiga ikki yon tomondan birikkani uchun.

Kaltakesak terisidagi muguz tangachalar uning qaysi qismida qalqonsimon plastinkalarni hosil qiladi?Tumshugi va qorin ostida.

Tangachalar kaltakeskning barmoqlari uchida nimalarni hosil qiladi?O’tkir tirnoqni.

Yoz mavsumida kaltakesak necha marta tullaydi?4 – 5 marta.

Kaltakesak tullaganida uning eski terisi qanday ko’chib tushadi?Parcha – parcha.

Kaltakesakning boshi tanasiga nechta umurtqalar orqali birikkan?8 ta.

Kaltakesakning qaysi suyaklari ko’krak qafasini hosil qiladi?Ko’krak umurtqalari qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda.

Kaltakesakning ko’krak qafasi qanday hosil bo’lgan?Ko’krak umurtqalarining har biriga 2 yon tomondan 1 tadan qovurg’alar tutashagan bo’lib, ularning 2-uchi to’sh suyagiga tutashagan .

Kaltakesakning ko’krak qafasida qaysi organlar joylashgan?O’pka,yurak.

Kaltakesakning o’pkasi baqanikidan qanday farq qiladi?Baqanikiga nisbatan murakkab tuzilgan bo’lib, o’pka devori ko’plab xaltachalarga bo’lingan.

Nima uchun kaltakesak o’pkasining gaz almashinadigan yuzasi ancha kengaygan?O’pka devori ko’plab xaltachalarga bo’lingani uchun.

Kaltakesakning qaysi sistemalari suvda hamda quruqlikda yashovchilarga o’xshaydi?Ovqat hazm qilish,ayirish va nerv sistemasi.

Nima uchun sovuq tushishi bilan kaltakesaklarning harakati sustlashib, hamma sudralib yuruvchilar singari karaxt bo’lib qoladi?Sovuqqonli hayvonlar bo’lgani uchun tanasining harorati atrof-muhit haroratiga bog’liq bo’lganligi.

Kaltakesakning qaysi nerv sistemasi baqanikiga nisbatan kuchli rivojlangan?Miyachasi.

Sudralib yuruvchilarning tuxumi qayerda urug’lanadi?Urg’ochisining tuxum yo’lida.

Nima uchun kaltakesaklar suvda hamda quruqlikda yashovchilarga nisbatan chaqqon va xilma-xil harakat qiladi?Miyachasi yaxshi rivojlanganligi uchun.

Kaltakesaklar uchun … xos?Ichki urug’lanish.

Bahor oyining oxiri va yoz boshlarida kaltakesaklar nechta tuxum qo’yadi?5 – 15 ta

Tuxum po’chog’i qanday vazifani bajaradi?Tuxumni qurub qolishdan saqlaydi.

Tuxum sariqligi nimada ishtirok etadi?Rivojlanayotgan murtak uchun ozuqa.

Tangachalilar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?Kaltakesaklar va ilonlar.

Kaltakesaklarda regeneratsiya jarayoni qanday kuzatiladi?Yirqich hayvon kaltakesak dumidan oladigan bo’lsa, u dumining bir qismini tashlab qochadi.

Kaltakesakning dumini uzib tashlash … tarzda sodir bo’ladi?Reflektor.

Kaltakesakning jarohatlangan joyidan nega qon oqmaydi?Jarohatlangan joy atrofidagi muskullarning tez qisqarishi tufayli.

Cho’llarimizda qaysi kaltakesaklar uchraydi?Dasht agamasi,kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak(sariq ilon).

Gekkonlarni qayerda uchratish mumkin?Eski imoratlar devorida.

Gekkonlar qachon va nimalar bilan oziqlanadi?Tunda, har xil hasharotlar va o’rgimchaklar bilan.

Eng yirik kaltakesak?Echkemar.

Oyoqsiz kaltakesaklar?Sariq ilon va urchuqsimon kaltakesak.

Oyoqsiz kaltakesaklardan ilonlar qanday farq qiladi?Ko’zlarining tuzilishi bilan.

Ilonlar qanday harakatlanadi? Gavdasini egib, qovurg`alariga tayangan holda.

Ilonlarning qaysi organi bo`lmaydi? Haqiqiy qovoqlari va oyoqlari.

Ilonlarni ko`zini nima qoplab turadi? Shaffof qovoqlari, soat oynasi singari.

Ilonlar tulaganda terisi qanday tushadi? Paypoqqa o`xshab yahlit tushadi.

Ilonlarning qaysi organ suyaklari cho`zuluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan? Yuqori va pastki jag`lari.

Ilonlar qanday tovushlarni eshitmaydi? Havoda tarqalgan tovushlarni.

Zaharli ilonlarning og`iz bo`shlig`ida qanday organlar joylashgan? Zahar bezlari va yuqori jag`da ikkita yirik tishlari joylashgan.

Ilon zahari g`animining tanasiga qanday o`tadi? Bezlar ishlab chiqaradigan zahar,ikkita yirik tishlaridagi egatcha yoki naycha orqali.

Ilonlarni tili qanday organi hisoblanadi? Tuyg`u va tam bilish organi.

Qaysi ilonlar uzoqdagi hayvonlarning tanasidan chiqayotgan issiqlikni sezadi? Bo`g`ma ilon, shaqildoq.

Ilonlarning qaysi organi yaxshi rivojlanmagan? Eshitish organi.

Ilonlar nimalar b-n oziqlanadi? O`rgimchaksimonlar, hasharotlar,baliqlar, baqalar,qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar b-n.

Ilonlar qancha tuxum qo`yadi? 1tadan birnecha o`ntagacha.

Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida uzunligi 70 sm bo`lgan zaharsiz ilonlardan qaysi biri uchraydi? Qum bo`g`ma iloni.

Qum bo`g`ma iloni nimalar b-n oziqlanadi? Kalta kesaklar va mayda qushlar b-n.

Qum bo`g`ma iloni qanday bola ochadi? Tirik tug`adi.

Suvilon nimalar b-n oziqlanadi? Mayda baliqlar va baqalar b-n.

Chipor ilon qayerlarda uchraydi? Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar,molxonalar va hatto xonadonlarda.

Chipor ilon nimalar b-n oziqlanadi? Turli qushlar va ularning jo`jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar b-n.

O`zbekistonning janubiy hududlarida qaysi ilon tarqalgan? Kapcha ilon (Kobra)

Kapcha ilonning uzunligi qancha bo`ladi? 170 sm dan 2m.

Biron bir xavfni sezganda kobra ilon qanday holatga o`tadi? Tanasining oldingi tomonini ko`tarib, boynini kengaytirib ogohlantiruvchi holatga o`tadi.

Qaysi ilon qurbaqa kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi? Kapcha ilon.

Zaharsiz ilonlarni aniqlang? Qum bo`g`ma iloni, suv ilon, chipor ilon.

Kapcha ilon nima maqsadda qizil kitobga kiritilgan? Noyob tur sifatida. Uning zaharidan tibbiyotda dori olinadi.

Janubiy hududlardagi tog`larda va tog` etaklarida uzunligi 120 sm keladigan ilon? Ko`lvor ilon.

Ko`lvor ilon qachon ovga chiqadi va nimalar b-n oziqlanadi? Kechasi, mayda qushlar,kemiruvchilar va kaltakesaklar b-n.

Ko`lvor ilon odamga duch kelganda qanday xolat kuzatiladi? Harakatsiz yotadi.

Charx ilon qayerlarda uchraydi va uzunligi? O`rta osiyo janubidagi cho`llarda va tog` etaklarida, 80-90 sm.

Bezovta qilingan charx ilonda qanday o`zgarishlar kuzatiladi? Bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangachalarini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi.

Charx ilon chaqanida odamda qanday belgilar kuzatiladi? Badanda kuchli og`riq paydo bo`ladi, lekin ko`pincha odam tuzaladi.

Qalqontumshuq ilon qayerlarda uchraydi? Toshkent va Samarqand viloyatlari tog` etaklari, Mirzacho`l va Xorazm cho`llarida.

Qaysi ilon chaqqanida odam badani shishib ketadi va issig`i ko`tariladi? Qalqontumshuq.

Qalqontumshuq iloni chaqqanida odam qancha muddatdan keyin tuzaladi? 10 – 15 kundan so`ng.

Zaharli ilonlar chaqqanida qanday chora-tadbirlar ko`riladi? Zahar jarohatlangan joydan qo`l b-n siqib yoki og`iz b-n so`rib qon bilan birga chiqarib yuboriladi, jarohatga margansovka, sirka yoki so`dali suv b-n hollangan bint yoki paxta bosiladi.

Toshbaqaning kosasi nimalar bilan tutashgan?Qovurg’alar,umurtqalar va o’mrov suyaklari bilan.

Toshbaqatanasi nimalar bilan qoplangan?Orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa-qalqon bilan.

Biron bir xavf tug’ilganda toshbaqalarda qanday holat kuzatiladi?Boshi,oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi.

Toshbaqalarning tishlari qanday tuzilgan?Tishlari rivojlanmagan.

Toshbaqalarning tili qanday bo’ladi?Yo’gon va go’shtdor.

Toshbaqalarning qaysi organi juda harakatchan bo’ladi?Boshi.

Toshbaqalarning jag’lari nimalar bilan qoplangan?Shoxsimon plastinkalar bilan.

Toshbaqalarning qaysi organlari yaxshi rivojlangan?Ko’zi hamda hid bilish organlari.

Toshbaqalarning qaysi organlari harakatchan birikkan va qaysilari harakatsiz birikkan?Umurtqa pog’onasida bo’yin va dum umurtqalari o’zaro harakatchan,boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz birikkan.

Toshbaqalar qayerlarda hayot kechiradi?Ko’pchiligi quruqlikda, ayrimlari suv havzalarida.

Chuchuk suvda hayot kechiradigan toshbaqalar bilan dengizda hayot kechiradigan toshbaqalarning farqi?Chuchuk suvdagilarining barmoqlari orasida pardalari bo’ladi,dengiz toshbaqalarning oyoqlari eshkakka aylangan.

O’rta Osiyo toshbaqasi qayerlarda keng tarqalgan?Mamlakatimizning cho’l va adirlarida,ayniqsa lalmikor yerlarda.

Toshbaqa nimalar bilan oziqlanadi va qanday ziyon keltiradi?Yovvoyi o’simlik maysalari bilan oziqlanib, ba’zan bug’doy va bedalarning maysalarini yeb ziyon keltiradi.

Jazirama yoz boshlanib, maysalar qurib qolganda toshbaqalar nima qiladi?Kuz kirguncha uyquga ketadi.

Yevropaning janubida qaysi toshbaqa uchraydi?Botqoq toshbaqasi.

Botqoq toshbaqasi nimalar bilan oziqlanadi?Suvda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan.

Uzoq Sharq suv havzalarida yashaydigan toshbaqa?Terili toshbaqa.

Terili toshbaqa boshqa toshbaqalardan qanday farq qiladi?Kosasi bo’lmaydi.

Tropik dengizlarda qaysi toshbaqa uchraydi?Dengiz toshbaqasi.

Eng yirik toshbaqa va uning og’irligi?Dengiz toshbaqasi, 300 kg.

Dengiz toshbaqasi qachon qirg’oqqa chiqadi?Tuxum qo’yish uchun.

Toshbaqalar yil fasllarining qasyi birida ko’p uchraydi?Bahor va kuzda.

Timsoh tanasining uzunligi qanchagacha bo’ladi?7 – 10 m gacha.

Timsohlarning qaysi oyoq barmoqlariga parda tortilgan?Orqa oyoq barmoqlariga.

Timsohlarning terisi orqa tomondan nima bilan qoplangan?Juda qalin qalqon bilan.

Timsohlar qaysi organi yordamida suzadi va sho’ng’iydi?Ikki yonidan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida.

Timsohlar oziqlanish usuliga ko’ra qanday hayvon?Yirtqich hayvon.

Timsohlarning ko’zlari va burun teshigi qayerda joylashgan?Boshi ustidagi maxsus bo’rtiqchalarda.

Suvda suzayotgan timsohning qaysi organlari suvdan tashqariga chiqib turadi?Burun teshiglari va ko’zlari.

Timsohlar urg’ochisining vazifasi?Qirg’oqqa chiqib, o’zi qazigan chuqurga o’nlab tuxum qo’yadi va ko’pincha tuxumlarni qo’riqlaydi.

Timsohlarning o’pkasiga ta’rif bering?O’pka bo’shlig’i to’siqlar bilan ko’plab kameralarga bo’lingan.

Timsohlarning yuragi necha kamerali?4 kamerali.

Timsohlarda vena va arteriya qoni qachon aralashadi?Yurakdan chiqqandan so’ng.

Timsohlar terisidan nima maqsadda foydalaniladi?Chiroyli portfel,sumka va oyoq kiyimlari.

Qaysi mamalkatlarda timsohlar teri olish maqsadida maxsus hovuzlarda boqiladi?Kubada.

Sudralib yuruvchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan.

Amerika qit’asida tarqalgan timsoh?Alligator timsohi.

Gaviallalar qayerda uchraydi?Hindistonda.

Eng yirik timsoh qaysi va uning uzunligi?Nil timsohi, 7 – 10 m.

Qaysi timsohlarning uzunligi 6,5 m ni tashkil qiladi?Alligator va Gavialla.

Bundan necha yil oldin yer yuzida iqlimning qanday o’zgarishi tufayli suvda yashovchilar quruq iqlimga moslashib borgan?300 mln yil oldin iqlimning quruqlashishi tufayli.

Bundan 300 mln yil oldin iqlimning quruqlashishi tufayli suvda yashovchilarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?Quruq iqlimga moslashib borgan,terisi qalinlashgan,o’pkasi kengayib terisi nafas olishda ishtirok etmaydigan bo’lib qolgan,tuxumlarning po’sti qalinlashib quruqlikka tuxum qo’ya boshlagan.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan va ularda qaysilar kelib chiqqan?Dumli va dumsizlar.

Sudralib yuruvchilar sinfining qancha turi bor?6000 ga yaqin.

Sudralib yuruvchilar qanday turkumlarga ajratiladi?Tangachalilar,toshbaqalar,timsohlar.

Sudralib yuruvchilarning 2-nomi?Reptiliyalar.

Sudralib yuruvchilar faqat qasyi organi orqali nafas oladi?O’pkasi bilan.

Nil timsohi qayerlarda uchraydi?Afrikada.

Qushlarga ta’rif bering?Havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar.

Qushlar suyaklarining yengil bo’lishiga sabab?Naysimon suyaklarining bo’shlig’i havo bilan to’lgan.

Qushlarning yuragi necha kamerali?4 kamerali.

Kaptarning gavda bo’limlarini sanang?Bosh,bo’yin,tana,oyoqlar.

Kaptarning uncha katta bo’lmagan dumaloq boshi tanasiga qanday birikkan?Uzun va juda harakatchan bo’yni orqali.

Qushlarning oldingi oyoqlari nimaga aylangan?Qanotga aylangan.

Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar qanday vazifani bajaradi?Ko’tarilish.

Qushlar oyoqlarining pastki qismi nimadan iborat?Iligdan.

Qushlarning barmoqlari nimalar bilan qoplangan?Muguz tangachali dag’al teri bilan.

Kaptar faqat … tayanib yuradi?Oyog’iga.

Qushlar terisi nima bilan qoplangan?Patlar.

Patlar tuzilishiga ko’ra nimalarga bo’linadi?Kontur patlar va parlarga bo’linadi.

Qushlarda qoqish vazifasini nima bajaradi?Qanotlari.

Qushlarning tanasini boshqarish organi?Dum.

Qushning pati nimalardan iborat?Ingichka va qattiq o’zakdan hamda uning 2 tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig’ichdan iborat.

Qushning pat yelpig’ichi nimadan chiqadi?Patning o’zagidan.

Qushlarning terisiga ta’rif bering?Terisi yupqa va quruq bo’lib, patlar bilan qoplangan.

Qushlarning teri bezlari qanday?Rivojlanmagan.

Pat o’zagidan chiqadigan 1-tartib o’siqchalar o’zaro … joylashgan?Parallel.

Ingichkaroq 2-tartib o’siqchalar qayerda joylashgan?Har bir o’siqchaning 2 yonida yanada ingichkaroq bo’lib.

Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o’siqchalar nimalar yordamida qo’shilib ketgan?Juda mayda ilgakchalar yordamida.

Qushlar uchganida qanot va dum qismi qanday vazifani bajaradi?Ko’tarilish.

Qushlarning momiq patlari qayerda joylashgan?Qoplag’ich patlari ostida.

Pat bilan parni farqi nimada?Patlar yelpig’ich yumshoq va g’ovak bo’ladi,2-tartib o’siqchalar bo’lmaydi.

Parlarning vazifasi?Issiqlikni yaxshi saqlaydi.

Qushlar tullaganida qanday o’zgarish sodir bo’ladi?Eski patlar to’kilib, o’rniga yangi patlar hosil bo’ladi.

Ba’zi suv qushlarining dum asosida nima bo’ladi?Dumg’aza bezi.

Dumg’aza bezining vazifasi?Yog’simon suyuqlik ishlab chiqaradi.

Dumg’aza bezidagi yog’ning vazifasi?Patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi.

Suvda suzadigan qushlarning tanasi nimaga suv o’tkazmaydi?Patlari yog’langan bo’ladi.

Qushlarda terining ustki qismi o’garishidan hosil bo’lgan organlar?Pat qoplami,tumshug’i,oyoq qoplamlari va tirnoqlar.

Qushlar tanasining qaysi qismida patlar bo’lmaydi?Oyoqlarida.

Qushlar oyog’i terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilarning qaysi organiga o’xshaydi?Terisidagi muguz tangachalarga.

Qushlarning qaysi organlari ham muguzdan iborat?Patlari,tumshug’i,tirnoqlari.

Qushlar skeleti qanday qismlarga bo’linadi?Bosh,umurtqa,qanot,oyoq hamda yelka va chanoq kamari skeletidan iborat.

Qushlarning skelet tuzilishi … aks ettiradi?Uchishga moslashganligini.

Qushlar naysimon suyaklari nima sababdan yengil bo’ladi?Suyaklarining bo’shlig’ida havo bo’lganligi uchun.

Qushlarning skeleti sudralib yuruvchilarning skeletidan asosiy farqi?Suyaklarining qo’shilib o’sganligi tufayli ancha pishiq va mustahkam bo’lganligi bilan.

Bosh skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?Bosh qutisi,yirik ko’z kosasi,yuqori va pastki jag’lar.

Jag’lar muguz bilan qoplangan bo’lib nimaga aylangan?Tumshuqqa.

Qushlarning qaysi organlari bo’lmaydi?Tishlari.

Bosh skeletining qaysi qismi harakatchan?Pastki jag’.

Qushlarning umurtqasini qaysi bo’limi harakatchan?Bo’yin umurtqalari.

Qushlar boshini necha gradusgacha bura oladi?180o C.

Umurtqa pog’onasining qaysi bo’limi harakatsiz birikkan?Ko’krak.

Qaysi suyaklar birikib, yagona dumg’aza suyagini hosil qiladi?Bel, dumg’aza va dum.

Dum suyagi qushlarning qaysi patlari uchun tayanch bo’la oladi?Dumidagi burilish patlari uchun.

Qushlarning ko’krak qafasini qaysi suyaklar hosil qiladi?Ko’krak bo’lim umurtqalari,qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda.

Toj suyagining pastki tomoni kengayib nimani hosil qiladi?Qayiqqa o’xshash ko’krak toj suyagini.

Ko’krak toj suyaklariga qaysi muskullar birikkan?Qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar.

Qanot kamari qanday suyaklardan iborat?Ko’krak tirgak,kurak va o’mrov.

Qaysi suyakning pastki uchi tutashib ayri hosil qiladi?O’mrov suyagi.

Qanotning erkin suyaklari qaysilar va ularni juftlab ayting?1 ta yelka,2 ta bilak(tirsak va bilak) va bir nechta panja suyaklar.

Qushlarning qanotlari necha barmoqli bo’ladi?3 ta.

Qushlar uchganda asosiy og’irlik qaysi suyaklarga tushadi?Barmoq va mayda panja suyaklarga.

Oyoq kamari skeleti qanday suyaklardan iborat?3 juft chanoq suyaklardan.

Chanoq suyaklari qaysi suyaklari bilan qo’shilib ketgan?Bel,dumg’aza va dum umurtqalari bilan.

Oyog’ining erkin suyaklarini ayting?Son, 2ta boldir, ilik va barmoq.

Qaysi suyaklar faqat qushlar uchun xos?Ilik.

Ilik suyak qaysi suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’ladi?Bir nechta mayda suyaklarni qo’shilishidan.

Ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar birikadi?Barmoq.

Ilik suyagi qanday funksiyalarni bajaradi?Tanasini yerdan ko’tarib turish va qo’nganda tanaga beradigan zarbani kamaytirish.

Qushlarning eng yirik muskuli qaysi?1 juft katta ko’krak muskullar.

Massasi boshqa barcha muskullarning massasiga teng keladigan muskul?Ko’krak muskul.

Ko’krak muskullari qaysi suyaklar bilan birikkan?Bir uchi yelka suyagi, 2-uchi toj suyagi.

Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar tushadi?Ko’krak muskullari.

Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar ko’tariladi?O’mrov muskullari.

Oyoq bo’g’imlari orqali … o’tadi?Paylar.

Qushlar nima sababdan daraxt shoxida bemalol o’tira oladi va uxlashi ham mumkin?Barmoqlaridagi paylarning shoxlarni mahkam siqishi natijasida paylar tortiladi.

Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasini ayting?Og’iz bo’shlig’i,jig’ildon,qizilo’ngach,oshqozon,ichak,kloaka.

Qushlar oziqni qaysi organi bilan cho’qiydi?Tumshug’i bilan.

Qushlarning oshqozoni necha bo’limga bo’linadi?2 ga.

Oshqozonning 1-bo’limida oziqlar qanday o’zgarishlarga uchraydi?Oziq oshqozon shirasi ta’sirida yumshaydi.

Oshqozonning 2-bo’limida oziq qanday o’zgarishlarga uchraydi?Bu bo’lim muskulli bo’lib, oziqlar maydalanadi.

Qushlar yutgan toshlar nima vazifani bajaradi?Oziqni maydalash.

Qushlar hayotining ko’p qismini nimaga sarflaydi?Oziq topish.

Kloakaga qaysi organlar yo’li ochilgan?Jinsiy organlar va siydik yo’li.

Qushlar qaysi organlari orqali nafas oladi?O’pka.

Qushlarda o’pkadan tashqari yana qaysi organlar nafas oilishda ishtirok etadi?Havo pufagida.

Pufak qayerda joylashgan?Ichki organlar orasida.

Qushlarni qachon havo pufagi nafas olishda ishtirok etadi?Uchganda.

Qushlar uchganda necha marta gaz almashinuv jarayoni sodir bo’ladi va u qanday bo’ladi?2 marta: havo o’pkaga kirganda va pufagdan chiqayotganda o’pka orqali havo aylanishi tufayli.

Kaptar tinch turganda 1 minutda necha marta nafas oladi?26 marta.

Uchgandachi?400 marta.

Havo pufagiga kirgan havo yana qanday funksiya bajaradi?Tanani sovutish.

Qushlarning yuragi necha kamerali va necha qon aylanish doirasidan iborat?4 kamerali, 2 ta qon aylanish doirasidan.

Kaptarning yuragi tinch turganda necha marta uradi va uchgandachi?165 marta va 550 marta.

Qushlarda tana harorati necha gradus?42 – 44,5 C.

Qushlarning ko’zlari odam ko’zidan necha barobar o’tkir ko’radi?100 marta.

Qushlar ayrim ranglarni qanday ajratadi?Yaxshi ajratadi.

Qushlar yaxshi eshitadi, lekin qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Hid bilish.

Qushlarda xilma-xil hatti-harakatlar bosh miyaning qaysi qismi bilan bog’liq?Bosh miyaning oldingi yarimsharlari kuchli rivojlanganligi bilan.

Qushlar nima yordamida xilma-xil murakkab harakatlarni amalga oshiradi?Miyachasi.

Qushlarda nimalar tug’ma instinkt hisoblanadi?Urchish,uya qurish,tuxum bosish va bola ochish.

Qushlarning hayotida qanday shartli reflekslar hosil bo’ladi?O’z egasini tanish,ining ovoziga e’tibor berish va havoda chamalab yo’l toppish.

Qushlar sayrash bilan birga yana qanday holatlarni bildiruvchi o’zaro munosabatda bo’ladi?Notinchlik,qo’rqinch,chaqiriq kabi holatlar.

Qaysi qushlar ayrim so’zlar hatto boralarni eslab qolib takrorlashi mumkin?Qarg’a,mayna,qorayaloq ayniqsa to’tilar.

Qushlarda qaysi reflekslar oson hosil bo’ladi?Shartli refleks.

Qushlar qachon ko’payishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi?Havo isiy boshlashi bilan bahorda.

Qushlarning ko’payishi nima bilan bog’liq?Tuxumdan chiqadigan jo’jalari uchun oziqning mo’l-ko’l bo’lishi bilan bog’liq.

Qaysi qushlar 1 mavsumiy juft hosil qiladi?Chumchuqsimonlar va musichalar.

Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi?Yirtqichlar,laylaklar va qarqaralar.

Tovuqsimonlardan qaysilari 1 mavsumiy juft hosil qiladi?Qurlar va karqurlar.

Erkak qushlar qanday jarayonlarni amalga oshirib urg’ochisini taklif etadi?Sayraydi yoki raqsga tushganday harakat qiladi.

Karqurlar va qurlar urg’ochisini qanday qilib jalb etadi?Xo’rozlari katta maydonga yig’iladi va ular qanotlarini yoyib, o’zini ko’rsatishga harakat qiladi.Ularda vaqtincha jangler ham bo’lib turadi.

Qaysi qushlar oddiy kosasimon uya quradi?Yirtqich qushlar,laylaklar,kaptarlar,go’ngqarg’lar.

Kosasimon uya quruvchi qushlar uyalarini qayerlarga quradi?Novdaga,butoqqa.

Qaysi qushlar daraxtlarning kovagiga in quradi?Qizilishton va chittak.

O’rdak va turnalar qayerlarga uya quradi?Yerga.

Qaldirg’ochlar qayerlarga uya quradi?Uylarning bo’g’oti ostidagi yog’och to’sinlar ustiga yoki devorlarga yumaloqlangan loyni so’lagi bilan yopishtiradi.

Qaysi qushlar uya qurmaydi?Kakku va kayra.

Qaysi qushlar boshqa qushlar uyasiga tuxumlarini qo’yadi?Kakku.

Kayra qayerlarga tuxum qo’yadi?Yalong’och qoyalarga tuxum qo’yib, uni bosib yotadi.

Qushlar tuxumining tuzilishini ayting?Tashqi tomondan qalin po’choq,ichki qismi oqsilsimon suyuqlik va markazida sariqlikdan.

Tuxum sariqligi nima yordamida osilib turadi?Kanopcha yordamida.

Murtak qayerda joylashgan?Sariqlik sirtida.

Jo’ja ochadigan qushlar?Qirg’ovul,bedana,o’rdak,g’oz,tovuqlar.

Jish bola ochadigan qushlar?Kaptar,qaldirg’och,chumchuq,qarg’a,musicha,laylak.

Jo’janing bilan jishdan farqli tomoni?Tanasi pat bilan qoplangan,ko’zlari ochiq;jish jo’jada esa ko’zlari yumuq va patlari bo’lmaydi.

Qushlarning nasliga g’amxo’rlik qilishi qanday jarayon bilan bog’liq?Tuxum bosish,jo’jalarni boqish,isitish va himoya qilish.

Qaysi qushlar dushmanini ko’rganda ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni chaqiradi?Chug’urchuqlar.

Qaysi qushlar xavf tug’ilganda tovushi bilan jo’jalarini ogohlantiradi?Jo’ja ochadigan qushlar.




Download 119,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish