Bosh Assambleya yilida bir marta sessiyalar o'tkazadi (sentabr,
dekabr), bu sessiyalarning har birida rais, uning o'rinbosarlari va
asosiy qo'mitalam ing boshliqlari saylanadi. Jahon iqtisodiyotidagi
asosiy masalalar ham umumiy majlislarda ham maxsus ikkinchi
qo'mita doirasida muhokama qilinadi.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengash bo'lim i (EKOSOS)
1946-yilda tashkil etilgan. 54 mamlakat uning a’zolari hisoblanadi
va ularning uchdan bir qismi (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya,
AQSH va Fransiyadan tashqari) har
yili uch yil muddatga qayta
saylanadi. Yuqoridagi besh davlat urush va tinchlik masalalari bilan
shug'ullanuvchi Xavsizlik Kengashida bo'lgani kabi doimiy ravishda
EKOSOS tarkibiga kiradi. Kengash, odatda, bir yilda ikki marta
(ijtimoiy-huquqiy va gumanitar mavzuda, shuningdek, iqtisodiy
va ijtimoiy masalalar bo'yicha) sessiya o'tkazadi.
XIM muammolari bo'yicha qarorlar va tavsiyalar qabul qilish
huquqiga ega bo'lgan barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish
mas’uliyati ham EKOSOS zimmasidadir.
Bugungi kunga kelib
EKOSOS oltita doimiy qo'm ita, yettinchi funksional va beshta
hududiy komissiyalarni ta ’sis etgan. Bulardan tashqari 18 ta
m axsuslashtirilgan m uassasa, Jah o n o z iq -o v q a t d astu ri va
U N C T A D /U ST Xalqaro savdo markazi ham EKOSOS patronaji
ostida faoliyat olib boradi. BMTning iqtisodiy organlari tizimida
uchinchi b o 'g 'in sifatida Sekretariat faoliyat olib boradi. Sekre-
tariat bir necha bo'lim lardan (iqtisodiy
va ijtimoiy m asalalar
bo'yicha D epartam ent) tarkib topgan bo'lib, m a’m uriy-ijrochi
tuzilma sifatida ish olib boradi.
Jahon xo'jaligi muammolarini hal qilishda BMTning savdo va
taraqqiyot bo'yicha Anjumani (UNCTAD) va BMTning sanoat
taraqqiyoti bo'yicha tashkiloti (U N ID O ) to'g'risida alohida to'xtalib
o'tish lozim.
1964-yilning oxirida BMTning Bosh Assambleyasi xalqaro savdo
bo'yicha hamkorlikka ko'maklashish uchun UNCTADni ta ’sis etish
haqida qaror qabul qildi. Anjumanning oliy organlari to 'rt yilda bir
o'tkaziladigan sessiya va yilda ikki marta to'planadigan Kengash
hisoblanadi. Kengash nazorati ostida doimiy qo'mitalar, vaqtinchalik
ishchi guruhlari va Sekretariat faoliyat ko'rsatadi. UNCTADga hozirgi
kunda 186 ta davlat a’zo bo'lib, uning shtab-kvartirasi Jenevada
joylashgan. UNCTAD rahbarligi ostida o'tkazilgan
hukumatlararo
maslahatlar natijasida bir qator muhim savdo bitimlari imzolandi,
xomashyo tovarlari savdosi sohasidagi holatlami o'rganish uchun
154
ekspert guruhlari tashkil etildi. Anjuman Yevropa va Amerika bo
zorlarida rivojlanayotgan m am lakatlam ing mahsulotlari uchun
maxsus imtiyozlar berish rejimini quwatlash yo'nalishida faoliyat
ko'rsatm oqda.
1967-yilda tashkil etilgan U N ID O 166 ta davlatni birlashtirgan
b o 'lib , uning shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan. Bu
tashkilotning bosh vazifasi Osiyo, Afrika,
Janubiy Amerika hamda
Okeaniyadagi kambag'al va rivojlanish darajasi past bo'lgan m am
lakatlar guruhini iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish jarayonini
rag'batlantirish maqsadida BMT doirasida sanoat rivojlanishini
muvofiqlashtirishdan iborat. U N ID O ning oliy organi ikki yilda bir
marta chaqiriladigan Bosh Anjuman sanaladi. Boshqaruv tuzilmalari
esa sanoat taraqqiyoti bo'yicha kengash va budjet masalalari bo'yicha
qo'm ita hisoblanadi. U N ID O faoliyati hukum atlar va xususiy
tarmoq bilan hamkorlik asosida qurilgan.
Tashkilot investitsiyalar,
texnik va sanoat hamkorligi masalalari bo'yicha forumlar o'tkazadi.
Xorijiy investitsiyalaming ko'payib borishiga, rivojlangan m am
lakatlarga texnologiyalar yetkazib berishga ko'm aklashadi. Bu
masalalami amalga oshirishda U N ID O ning Sanoat va texnologik
axborotlar banki (STAB) samarali faoliyat ko'rsatmoqda.
Moliyalashtirishdagi m uam m olar, ortiqcha qog'ozbozlik va
qarorlam ing bajarilishini nazorat qilishning kuchsizligiga qara
m asdan, zamonaviy xalqaro iqtisodiy m unosabatlam ing rivoj
lanishida BMT tizimidagi iqtisodiy tashkilotlaming ahamiyati ortib
borm oqda. BM Tning maxsuslashtirilgan muassasalari rolining
kuchayib borishida xalqaro m ehnat taqsimoti tuzilmasining murak-
kablashuvi, axborot-texnologik ayirboshlashning yangidan-yangi
kanallari vujudga kelishi jahon xo'jalik
hayotining jadallashuvi va
shuningdek, insoniyat oldida turgan jiddiy global muam m olar va
h.k.lar muhim rol o'ynam oqda.
Do'stlaringiz bilan baham: