Yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Download 16,58 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi16,58 Kb.
#275667

1918 – 1939-YILLARDA ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNING JADALLASHUVI, ILM-FANDAGI YUTUQLAR

Bu davrda dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirgan eng muhim omillardan biri ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘ldi. Fanni ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirishning uzoq davom etgan ja ra yoni yakunlanib, XX asr boshlarida ilmiy-tex nik inqilobga olib keldi. Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Nazariy bilimlarning ama liy ahami yat ga ega ekanligi yadro energiyasining kashf qili nishida yaqqol namoyon bo‘l di. Amerikalik Enriko Fermi va fransuz Frederik JolioKyuri uran ning parchalanishi jarayoni da yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda katta energiya aj ralib chiqishi to‘g‘risidagi g‘oyani shakllantirdi. 9 XIX asr oxiri – XX asr boshlariga qadar insoniyat ilm-fanda qanday yutuqlarga erishgan edi? Shu davrda fi zikaning alohida yo‘nalishi atom fi zikasi ham shakllandi. 1938-yili nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqi shining zan jirli reaksiyasini kashf etdilar. Insoniyat oldida atom energiyasidan foydalanishning murakkab muammosi paydo bo‘ldi. Atom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettirildi. Ammo AQSH o‘z raqiblaridan ancha oldin lab ketdi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poli gonda portlatildi. Fizika sohasidagi yangi nazariyalarning amaliyotga tatbiq qilinishi ko‘plab yangi texnik ixtirolarga olib keldi. Tarixda ilk bor harakatla nuv chi tasvirni elektron-nurli trubka yor dami da masofaga uzatishni 1928-yili ix tirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda amalga oshir dilar. Toshkent tramvay tresti baza sida o‘tkazilgan bu tajribani olimlar zamonaviy televideni yening paydo bo‘ lishi, deb hisobla sha di. Shu tariqa televideniye asri boshlandi. 1920-yillari ovozli kino ustida ishlash davri bo‘ldi. Ko‘plab tajribalardan so‘ng 1927-yili Nyu-Yorkda namoyish qilingan «Jaz kuychisi» fi lmi ni mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishgan. Tomoshalar ichida eng ommaviysi bo‘lgan ovozli kino o‘z davrini shunday boshladi. XX asr boshlarida biologiya fani ham shiddat bilan rivojlan di. 1922-yili fi ziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko‘plab tajribalar jarayonida o‘t pufagi gormoni bo‘lgan insulinni olishga muvaffaq bo‘ldilar. Qandli diabet kasalligi endi bedavo dard bo‘lmay qoldi. Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk kashfi yotlaridan biri deb tan olindi. Jon Makleod va Frederik Banting fi ziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ga sazovor bo‘ldilar. Enriko Fermi atom reaktori asoschisi. 10 Atom bombasi ... Birinchi ovozli kino bu ... Shu davrda vitaminlar, gormonlarning kashf etilishi va viruso logiya sohasidagi yutuqlar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu kashfi yotlar mikro biologiya sanoatining paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Biologiyaning rivojlanishi turdosh fanlar – kimyo va tibbi yotga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1928-yili britaniyalik olim Aleksandr Fleming o‘z laboratoriyasida bir qan cha vaqtdan beri to‘planib qolgan idish larni yig‘ishtirayotib, ulardan bi ridagi mog‘orga ko‘zi tushadi. Tekshirib ko‘rilganda bu juda noyob Penicillium turiga mansub mog‘or bo‘lib chiqdi. Penitsillin, keyin esa boshqa anti bio tiklarning kashf etilishi yuqum li kasal lik lar ni davolashda haqiqiy in qi lob bo‘l di. 1945-yili Aleksandr Fleming Nobel muko fotiga sazovor bo‘l di. Ko‘pgina kasal lik larni Aleksandr Fleming kashf qilgan penitsi llinsiz va antibio tik larning yangi avlodi siz davolash bugungi kun da ham mumkin bo‘lmasdi. 1930-yillarga kelib fi zika, kimyo kabi tabiiy fanlarning rivojla nishi yangi, o‘ta mustahkam materiallarni yaratish imkoni ni berdi. AQSH va Germaniyada kapron, perlon, neylon, sintetik qat ron kabi sun’iy tolalarning olinishi yangi, o‘ta sifatli konstruktiv ma teriallar olish imkonini yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. 1930-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi. Fuqaro aviatsiyasi, telegraf, radioeshittirishlar keng tarqaldi. 1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi. 1928-yilda ... Penicillium ... Bi-bi-si ... Nobel mukofotiga munosib topilganlar ... Penitsillin kashfi yotchisi Aleksandr Fleming. 11 Fan va texnikadagi yangiliklar kishilarning kundalik turmushini ham o‘zgartirib yubordi. Aholining boy va o‘rtahol qismida shaxsiy avtomo billar paydo bo‘ldi. Ko‘plab ishchilar ishga mototsikl va velosi pedlarda qatnay bosh ladi. Maishiy texnikalar – sovitkich lar, changyutgich lar, kir yuvish mashina la ridan, shuningdek, te lefon va grammofondan foydalanish keng tarqaldi. Xullas, bu davrda fi zika va boshqa tabiiy fanlardagi olamshumul kashfi yotlar hamda ilmiy-texnik inqilob in dustrial sivili zatsiyaning keyingi rivoji ga bevosita ta’sir ko‘r sat di. Zotan, bu davrda fan ning rivojlanishi inson zakovatining ulug‘vorligiga madhiyadir.
Download 16,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish