O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
_______________________ _________________________
______________fakulteti _____________ kafedrasi
Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________
“_____” ____________2020 y. “_____” ____________2020 y.
“FUNDAMENRAL IQTISODIYOT “ KAFEDRASI
“TURIZM “ FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu : Gana davlati iqtisodiyoti
Bajardi: Muzaffar Khikmatullayev
Xalqaro Turizm fakulteti, MO - 51 guruh talabasi
Tekshirdi:
Kurs ishi taqrizga
Topshirilgan sana
“____” _____2020 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
“___” ______2020 y.
|
Kurs ishi himoya
Qilingan sana
“___” ______2020 y.
Baxo “___”_______
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari;
_____________________
_____________________
|
TOSHKENT – 2020
Mavzu : Gana davlati iqtisodiyoti
MUNDARIJA
KIRISH
Gana davlati tuzumi , tabiati ,tarixi , xo’jaligi , adabiyotlar va kinosi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Davlat tuzumi[tahrir]
GANA — respublika. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaddagi konstitutsiyasi 1992 yil 28 apreldagi referendumda maʼqullangan va 1993 yil 7 yanvarda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U to'g'ri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 deputatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
GANA Shimoliy yarim shar subekvatorial mintaqasining savanna va nam tropik oʻrmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar koʻp. Hududining anchagina qismi bal. 150–300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (Ak-vava togʻi, 788 m) platolari, sharqida Togo togʻi bor. Iqpimi — ekvatorial-musson, janubi-gʻarbida ekvatorial iqlim. Martning oʻrtacha temperaturasi 27—32°, avgustniki 23—26°. Yillik yogʻin sohilning gʻarbi, shimoliy va markazda 1000– 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650–750 mm. Noyabr—dekabrda Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar koʻp, ostonali, seryomgʻir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi — Volta. Bosumtvi (34 km2, chuq. 71 m) GANAdagi yagona koʻldir. Maydonining 10%i oʻrmon. Qimmatbaho daraxtlar (vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari koʻp. Hayvonlardan fil, arslon, buyvol, gippopotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (sese pashshasi) va b. bor. Milliy bogʻlari — Mole, Ditya va b.
Aholnsining 73% i niger-kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (ashanti, fanti, adangme, eve); shimoliy viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moyey, gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, Tema, Takoradi, Keyp-Kost.
Yevropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-asr) GANAda qishloq xoʻjaligi va madaniyat rivojlangan. Qitʼaning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. GANAga dastlab portugallar kelib, juda koʻp oltin (oltin koʻpligi uchun bu yer Oltin Qirgʻoq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), nemis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni oʻzining mustamlakasi deb eʼlon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao yetishtirishga majbur qilindi.
GANA xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 yil iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi GANAga mustaqillik berilishini talab qiddi. 1956 yil inglizlar Oltin Qirgʻoqqa dominionlik berdi. 1957 yil 6 martda Oltin Kfi p-gʻoqGana (4—11-asrlarda Gʻarbiy Sudandagi Gana davlati nomidan) nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1960 yil 1 iyuddan GANA—respublika. GANA 1957 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 28 oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni.
Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik kongress partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Xalq milliy konvent partiyasi, 1992 yil tashkil etilgan; EGLE partiyasi, 1992 yilda tuzilgan; Yangi vatanparvarlik partiyasi, 1992 yilda tashkil. etilgan. GANA kasaba uyushmalari kongressi, 1957 yilda asos solingan.
GANA— agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%.
Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foydali qazilmalardan oltin, ol-mos, boksit, marganes rudasi qazib olinadi, yiliga oʻrtacha 6,1 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, poʻlat quyish, neftni qayta ishlash, avtomobil shinalarini taʼmirlash, ximikatlar, boʻyoq tayyorlash zavodlari, toʻkimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor .
Qishloq xoʻjaligi. GANA dunyoda yetishtiriladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yongʻogʻi magʻizi), banan, sitrus mevalar, yer yongʻoq ham yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, taro, tariq, sorgo, makkajoʻxori, sholi, zaytun, sabzavot va b. yetishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Dengizdan baliqovlanadi. T. y.larning uz.— 1285 km, avtomobil yoʻllari — 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari — Tema, Takoradi.
GANA chetga kakao, yogʻoch materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSH, Yaponiya, BuyukGana poytaxti — Akkra sh.
Britaniya, Germaniya, Niderlandiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sedi.
Maorifi va nlmiy muassasalari. 1961 yildan 6—15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich, oʻrta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xususiy maktablar ham ochilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Akkradagi GANA universiteti (1948), Kumasidagi Aniq va tabiiy fanlar universiteti (1951), Keyp-Kostdagi universitet kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: Ijtimoiy va tabiiy Fanlar akademiyasi, Ilmiy va industrial tadqiqotlar kengashi, 10 ilmiy tadqiqot instituta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, GANA milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bogʻi bor.
Matbuoti, radnoeshittnrnshi va telekoʻrsatuvn. GANAda bir qancha gaz. va jurnal lar nashr etiladi. Yiriklari: "Gani-an tayme" ("Gana vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 yildan), "Deyli grefik" ("Kundalik voqealar", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 yildan), "Ivning nyus" ("Kechki yangiliklar", haftalik kechki gaz., 1974 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik hukumat gaz., 1953 yildan), "Ekspiriyens" ("Tajriba", xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 yildan). GANA axborot agentligi — hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 yilda tashkil etilgan. GANA davlat ra-dioeshittirish korporatsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 yildan, telekoʻrsatuvlar 1965 yildan olib boriladi .
GANA xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida vujudga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, GANA B. Bannerman, R. Ye. GANA Armattu va b. publitsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20—50-y.larda yaratilgan adabiy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. GANA R. Akkuaning "Fanta xalqi" dostoni, J. B. Dan-kvning "Uchinchi ayol" pyesasi, K. Fiavaning "Beshinchi laguna", "Anlo tarixining sahifalari" dramalari va b. asarlari GANA xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta ahamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo boʻldi. 1957 yildan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qoʻl urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. GANA xalqlari boy folklor anʼanalariga ham ega.
Meʼmorchiligi va tasviriy savʼati. GANAda uy-joy qurilishi qadimgi anʼanalar asosida rivojlangan (loy-guvalalardan aylana va toʻrtburchak shaklida ishlanib, tomini palma shoxi, poʻstloq, poxol va shiferlar bilan konusga oʻxshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. GANAda mahalliy kabila boshliqlarining saroylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari geometrik oʻyma naqshlar bilan bezalgan. Akkra, Kumasi kabi katta shaharlarda temir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy koʻp qavatli binolardan iborat yangi kvartallar barpo etilgan .
GANAda zargarlik, kulolchilik, toʻquvchilik, yogʻochsozlik, fil suyagi oʻymakorligi urf boʻlgan, oltin, kumush va bronzadan badiiy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak buyumlar, yarogʻ-aslahalar, vazalar ishlanadi. GANAda mustaqillik eʼlon qilingach, professional sanʼat shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy sanʼatkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va rassom Kofi Antubam, rassomlar E. R. Sviting, A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okaye). GANAda Madaniyat va sanʼat instituti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi Badiiy maktab, Kushasida meʼmorlik va kurili sh, hunarmandlik maktablari bor.
Teatri[tahrir]
Raqs sanʼati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz oʻtmaydi. Asrimizning 20-y.larida GANAda koʻchma konsert guruxlari vujudga keldi. 1962 yil GANA universiteti qoshida Musiqa va drama maktabi tashkil etildi (raqs fakulteti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 yil shoira E. Sazerlend tashkil qilgan drama studiyasi 1963 i. universitetga qoʻshilib, musiqa va drama maktabi bilan hamkorlikda "Shoh Edip" (Sofokl), "Hamlet" (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rejissyor F. Morisso-Lerua "Teatr-klub" truppasini (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. GANAda A. Bukananing xususiy truppasi, "Oʻyinlar uyi" yarim professional teatri mahshur.
Kinosi[tahrir]
Dastlabki badiiy filmi — "Ozodlik keldi" (nigeriyalik kinematografchilar bilan hamkorlikda 1967 yilda yaratilgan). 1963 yilda kinostudiya qurildi, davlat kino korporatsiyasi tuzildi. (1968), "Oʻz ishingdan qolma" (1971) va b. filmlar yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |