Giltuproq tarkibi va xossalari



Download 23,56 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi23,56 Kb.
#383115
Bog'liq
Giltuproq


. Giltuproq tarkibi va xossalari

Giltuproqning oksid va mineral tarkiblari asl xolida o‘zgarmas bo‘lsada, xozirgi kunga kelib texnogen omillar ta'sirida hosil bo‘lgan turli kislota qoldiqlari va tuzlari (Na2SO4, CaSO4, NaSl,CaSl2 va boshq.) va organik chiqindilar bilan ifloslanib bormoqda. Agar Respublikamizda o‘zlashtirilgan yerlarning 55 – 60% turli darajada (yerosti suvlari ham) sho‘rlanganligini hisobga olsak keramik materiallar ishlab chiqarish muammosi qanchalik o‘tkir ekanligi namoyon bo‘ladi. Yerlarning sho‘rlanishiga asosiy sabablardan biri, yerosti suvlari harakatining o‘zgarganligi va yuqoriga ko‘tarilganligidir. Keramik materiallar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo hisoblangan giltuproqning bu darajada ifloslanishi, u asosida olinadigan buyum va detallarning sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunda xom ashyoni tozalash va boyitish zaruriyatga aylanadi. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda giltuproq zahiralari viloyatlar bo‘yicha bir tekis tarqalmagan. Respublikamizda Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Samarqand viloyatlarida giltuproq zahiralari ko‘lami 400 mln m3, yaqin kelajakda ishga tushirish mumkin bo‘lgan 160 ta konda 120 mln m3 giltuproq zahiralari mavjud. Qo‘shni Qozog‘iston xududida keramik materiallar va buyumlar tayyorlash uchun yaroqli bo‘lgan giltuproq zahiralari 1,0 milliard m3 atrofida. Kelajakda ishga tushirish imkoniyati bo‘lgan 180 mln m3 giltuproq zahiralari mavjuddir. Hozirgi kunda 750 giltuproq konidan 300 kon o‘zlashtirilgan. Respublikamizda ko‘pchitilgan keramzit shag‘ali ishlab chiqarish uchun yaroqli hisoblangan giltuproq zaxiralari 10 koni bor. Ularga Bandixon (Surxondaryo), Pachkamar (Qashqadaryo), Chimyon va O‘zbekiston (Farg‘ona), Bichanchi (Buxoro), Beshtepa va Kushkano tog‘idagi (Qoraqalpog‘iston) konlar sarasi kiradi. Bandixon koni yirik hisoblanib, zaxirasi 26,3 mln. m3. Bino va inshootlarni ta'mirlash keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun tarkibi toza lyoss hamda plastic spool giltuproqlari ishlatiladi. Quyida 1920 – 1922 yillarda Samarqand shahrida tashkil etilgan va ta'mirlash keramikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ustaxonada bezak buyumlar (asosan koshinlar) tayyorlash uchun tadqiq etilgan xom ashyolar so’z boradi.



Ustaxonada koshinlar tayyorlash uchun yetarli darajada plastic bo‘lgan gilmoya ishlatilgan. Gilmoya o‘rtacha plastiklikdagi keramzit glinasi bo‘lib, pishirilganda qizil – terrakota rangini beradi. U keramika buyumlari olishda faqat boshqa turdagi gillar bilan qo‘shilgan xolda ishlatiladi. Kul rang va qoramtir rang beruvchi gilmoya zaxirasi Samarqand sh. 12 km uzoqlikda joylashgan Cho‘pon – ota konidan, lyoss esa Samarqand viloyat kasalxonasi (SVK) xududidan olingan. Lyoss ishlatishdan oldin tosh, ohaktosh, ildiz va o‘simlik chiqindilari, aralashmalardan tozalangan, so‘ngra quritilgan, ketmon yoki belkurak yordamida ezg‘ilab maydalangan. Cho‘pon – ota gilmoyasi tabiiy sharoitda qumtoshlar, gips, slyuda, o‘simliklar ildizlari bilan ifloslangan. Shu sababli gilmoya ishlatishdan avval sinchiklab tozalangan. Gilmoya plastikligi yuqori bo‘lgani uchun nam xolatda ishlatilmagan, chunki, nam massa boshqa komponentlar bilan yaxshi yopishmagan. Shuning uchun gilmoya yozda oftobda 3 – 4 kun mobaynida quritilgan, qishki mavsumda esa 7 – 8 kun davomida sovutilayotgan xumdonlar ustida quritilgan. Quritilgan gilmoya navlarga ajratilib, sifatlisi yog‘och bolg‘alar (hatto ketmonda) bilan maydalanib, so‘ngra lyoss bilan aralashtirilgan. Angob bo‘yoq sifatida temirli qizil glina (jo‘sha yoki qizil kesak) ishlatilgan. Qizil glina zaxiralari O‘zbekistonning ko‘pgina tumanlarida bo‘lsada, sifati jihatidan Xumson (Toshkent v.), Qarnob (Buxoro v.), Mug‘ilon (Shahrisabz tumani) konlari mahsuloti ustun turadi. Qizil glina yuqori plastic glinalar qatoriga kiradi va quritilganda katta miqdorda kirishadi. Shuning uchun undan, tarkibiga yog‘sizlantiruvchi (quyultiruvchi) qo‘shilmalar (shamot, kvars kukuni va boshq.) kiritmasdan turib, buyum tayyorlash maqsadga muvofiq emas. Qizil glina gohida xom ashyo massasiga terrakota rangini berish uchun qo‘shiladi. Mozaika uchun oqrangli kesma plitkalar ishlab chiqarishda Buxoro, Samarqand koshin pazlari angob tarkiblari olishda Qarnobning oq rangli glinasi – gilvatani ishlatishadi.Gil vata o‘rtacha plastik bo‘lib, pishirilgach xira oqrangda bo‘ladi. Quritish va pishirish jarayonlarida giltuproq massasining deformasiyalanishdan yorilishini bartaraf etish maqsadida quyultiruvchi komponentlar kiritiladi. Samarqand ustalari 30 x 40 sm yirik o‘lchamdagi keramik plitkalar ishlab chiqarishda giltuproq massasiga 20% gacha kvars qumi kukuni qo‘shadilar. Xomashyo massasi tayyorlanganda quyultiruvchi component tarkib bo‘ylab bir tekis tarqalishiga erishish zarur. Olingan buyumning zichligi quyultiruvchi qo‘shimchaning donadorligi uzluksizligiga bog‘liq bo‘ladi. Mozaika fayans buyumlari tayyorlashda ham Cho‘pon – ota kvars qumi kukuni ishlatilgan. Quyultiruvchi component sifatida lux (qamish momig‘i) ishlatiladi. Lux ikki xil bo‘ladi: qisqa tolali sariq lux va uzun tolali oq lux. Koshin pazlar fikricha arxitektura keramik buyumlari tayyorlashda asosan oq lux ishlatiladi. Ularning ta'biriga ko‘ra luxli glina massasi tezroq quriydi va deformasiyadan yoriqlar hosil bo‘lmaydi. Lux odatda qamish pishgan sentyabr – oktyabr oylarida yig‘ib, yaxshilab quritib olinadi.Quyultiruvchi component hisoblangan kvarsitlar (oq tosh) sirlar (glazur) va fayans buyumlar olish uchun ishlatiladi. Kvarsit 500 – 600 oC haroratda 6 – 8 soat davomida pishiriladi, sovutilgach mayda soqqachalar darajasida maydalanadi, oq bo‘lakchalar va tomirli bo‘lakchalarga ajratiladi. Oq tosh bo‘lakchalari tegirmonda maydalangach, sir va keramik bo‘yoq tarkiblari olishda component sifatida ishlatiladi. Sariq temirli tomirlari bo‘lgan bo‘lakchalar maydalangan holda kesma koshin buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Bu kesma koshin, mozaika va keramika buyumlari qadimda ishlatilgan fayans bezak buyumlariga tarkibi va xossalari jixatlaridan juda o‘xshaydi. Sir, angob va fayans massalari olishda oq qum asosiy komponen tsanaladi. Tabiatda oqqum gilli moddalar (slyuda, ohaktosh, dolomite va sh.k.) bilan aralashgan xolda uchraydi. Bezak keramikasi uchun yaroqli oq qum konlari: Moyqo‘rg‘on (Toshkent v.), Cho‘ponota (Samarqand v.), Darvaza (Qoz R, Toshkent sh. 40 km) va boshqalar. Koshin pazlar ishqorli va qo‘rg‘oshinli sirlar, oq rangli angob (loy) olishda toza kvars qumi ishlatganlar.

Keramik koshin va mayolika tarkiblari Bezak buyumlarning sifati tashkil etuvchilarning sifati, miqdori va massaning tayyorlanish texnologik jarayonlariga amal qilishga bog‘liqdir. Keramik massaning bir jinsli bo‘lishi qoliplash, quritish va pishirish jarayonlarining mukammal ketishiga va mahsulot sifatiga kafolatdir. 1956 – 1957 yy. Samarqand ta'mirlash ustaxonasi maslahatchisi bo‘lgan keramist olim M. Raximov sirlangan va sirlanmagan koshinlar olishda quyidagi tarkiblarni taklif etgan %, (massa bo‘yicha):
Download 23,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish