Mavzu: Mamlakatimiz suv havzalaridagi sohil qushlari Reja Kirish 1-bob suv havzalari va sohil qushlari



Download 0,92 Mb.
Sana28.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#588490
Bog'liq
Mamlakatimiz suv havzalaridagi sohil qushlari


Mavzu: Mamlakatimiz suv havzalaridagi sohil qushlari
Reja
Kirish
1-BOB Suv havzalari va sohil qushlari

    1. Suv qushlari.

    2. Sohil qushlari.

    3. Qushlarning ekologiyasi va ahamiyati

    4. Qushlarning tuzilishi


2-BOB Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
2.1 Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashishi
2.2 Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari
2.3 Yirtqich qushlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. Tanasi pat bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklarning bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoqlari qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Qushlar — umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sudralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Qushlarning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq — arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli. Ayrim morfologik belgilar (orqa oyoqlardagi muguz tangachalar, muguz tumshuq va boshqalar) hamda fiziologik xususiyatlari (tuxum qoʻyishi)ga koʻra QUSHLAR sudralib yuruvchilarga oʻxshaydi, lekin tanasi pat bilan qoplanganligi tufayli ulardan farq qiladi. Patlar qushlar tanasida issiqlikni saqlaydi; uchishda havo qarshiligini kamay-tirib, havoda koʻtarish yuzasini hosil qiladi (qanot, dum). Uchish va har xil harakatlanish (yugurish, suzish, shoʻn-gʻish)ga moslanish qushlar tayanch-harakat sistemasining oʻziga xos tuzilishiga sabab boʻlgan. Qanotlarning paydo boʻlishi bilan oldingi oyoklar, yelka kamari suyaklari va muskullari shakllangan (koʻkrak toj suyagi rivojlangan, uchish muskullari tana vaznining 25% ini tashkil etgan); yerda 2 oyoqda yurganida murakkab yaxlit tuzilgan dumgʻaza va orqa oyoqlari muskullari qayta muvo-zanat saqlash vazifasini bajaradi. QUSHLARning qovurgʻalari oʻzaro harakatchan qoʻshilgan 2 qismdan iborat boʻlib, nafas olishda koʻkrak qafasi hajmining oʻzgarishiga, yaʼni elastikligi kam oʻpka toʻqimasi orqali havoni havo xaltalariga va naysimon suyaklar boʻshligʻiga oʻtishiga yordam beradi. qushlarda nafas olish jarayoni oʻziga xos kechadi. QUSHLARning bronxlari havo xaltachalari bilan (9—10 tacha) tutashgan. Nafas olish havo oʻpkadan xaltachalarga oʻtayotganida va ulardan yana oʻpka orqali qaytib chiqayotganida sodir boʻladi. Havo xaltachalari termoregulyatsiyada ishtirok etadi; suvda suzuvchi QUSHLARda esa shoʻngʻishda tana tigʻizligini oʻzgar-tirishga imkon beradi. Ovqat xiliga moslanish qiziloʻngachning ixtisosla-shuvi (ayrim QUSHLARda jigʻildonning rivojlanishi), muskulli oshqozonning paydo boʻlishi va ichakning uzayishiga olib kelgan. QUSHLARning toʻgʻri ichagi rivojlanmagan. Ayirish orgʻanlari 2 ta yirik buyraklar tana vaznining 1 — 2% ini tashkil etadi; qovugʻi boʻlmaydi. Ichagi, siydik chiqarish va jin-siy bezlari sistemasi yoʻli kloakaga ochiladi. Qattiq poʻchoq bilan qoplangan yirik tuxum qoʻyishi tufayli QUSHLARning chanoqkamari suyaklari yiriklashgan. QUSHLAR narida 2 tadan urugʻdon va urugʻ yoʻli, modasida faqat chap tuxumdon va tuxum yoʻli rivojlangan (yapaloqqushlar va yirtqich QUSHLARda oʻng qismi ham bor). Urugʻdon va tuxumdonlar oʻlchami jinsiy sikl davriga bogʻliqushlar Mas, uya qurish oldidan urugʻdonlar 300—1000 marta kattalashadi. Qon aylanish sistemasining tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, yuragining nisbatan yirik boʻlishi va jadal ishlashi, yuqori qon bosimi moddalar almashinuvining tezlashuvi bilan bogʻliqushlar Mas, kolibr yuragi tana massasining 2,85% ini tashkil etadi; 1 min.da 1000 mar-tagacha qisqaradi. Koʻrish oʻtkirligi va rang ajrata olish, yaxshi eshitish xususiyati qushlarning yaqin va uzoqdagi narsalarni tezroq tanib olishida, tur individlari va turlar oʻrtasidagi munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Qushlarning tovushlarni taniy olish va tovush chiqarish xususiyatlari rivojlangan. Bosh miya bazal yadrolarining rivojlanganligi, koʻrish boʻlaklari va miyachaning yirikligi qushlar nerv faoliyatining sudralib yuruvchilarga nis-batan yuqori boʻlishiga olib kelgan. Qushlar muhit sharoitiga oʻz ehtiyojiga qarab faol moslanish (uya qurish, oziq gʻamlash va boshqalar) xususiyatlarga ega.
Qushlar quruqlik umurtqalilari orasida eng xilma-xil hayvonlar. Ular 2 kenja sinf: kaltakesak dumlilar (1 ta qirilib ketgan turkum kiradi) va yelpigʻich dumlilarga ajratiladi. Yelpigʻich dumlilarga 34 turkum (jumladan 28 ta hozirgi turkum) va 9000 ga yaqin tur kiradi. Qushlar Arktikadan boshlab Antarktika sohalarigacha boʻlgan barcha tabiiy mintaqalarda, koʻpchilik (80% ga yaqin) turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan koʻproq turi maʼlum.
Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, mas, oʻrmon qushlari, choʻl va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari boʻyicha oʻzgarishiga binoan uchib ketuvchi, koʻchib yuruvchi va oʻtroq qushlarga boʻlinadi. Qushlarning koʻpayishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqalar) omillar taʼsiriga bogʻliqushlar qushlarning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. qushlar 1 tadan 20—25 tagacha tuxum qoʻyib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarning holatiga binoan qushlar jish joʻja ochuvchi qushlar va joʻja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish joʻja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining koʻzi yumuq, patlari siyrak; joʻja ochuvchi QUSHLARning tuxumdan chiqqan joʻjasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan boʻladi.
Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil boʻlib, oʻsimliklarni changlantirish, ular urugʻlarini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. Ayrim qushlar bogʻlar va donli ekinlarga ziyon yetkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Qushlar ovlanadi; bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta: ularning sayrashi bogʻ va xiyobonlarni jonlantiradi; insonda zavqlanish hissini uygʻotadi.
Qushlarning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin qushlar turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Qushlarni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qad. Hindistonda miloddan 200 yil avval qushlar muhofazasi toʻgʻrisida qonun mavjud boʻlgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda qushlar muhofazasi boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885-yil birinchi boʻlib qushlarni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872-yil Yellouston milliy bogʻi (AQSH), 1910-yil Shveysariyada tabi-atni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913-yil tabiatni muhofaza qilish boʻyicha birinchi xalqaro anjuman oʻtkazilgan.
20-asrning 2-yarmidan boshlab qushlarning yashash joylarini saqlab qolishga eʼtibor kuchaytirildi. muhofaza qilish hududlari (milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar) tashkil etila boshlandi. 1971-yil suv va botqoqlik hududlari muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. Qushlar muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda.

1.1 Suv qushlari. Suv qushlari hayotining ko‘p qismini suvda suzib o‘tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil qiladi. Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni . Qushlar sinfi tumshug‘i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi va sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso‘naqay harakatlanadi. G‘ o z s i m o n l a r t u r k u m i. Bu turkumga o‘rdaklar, g‘ozlar va oqqushlar kiradi. Ular tumshug‘ining qirrasi bo‘ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tumshug‘ining uchi esa kengaygan. G‘ozsimonlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalari urg‘ochisi orqasidan ergashib yuradi




O‘rdaklar suv tubidagi balchiqni tumshug‘idagi muguz plastinkalari orqali sizdirib o‘tkazib, undan mayda jonivorlar va o‘simliklarni ajratib oladi. O‘rta Osiyo suv havzalarida yovvoyi o‘rdak, churrak, suqsun uchraydi. Yovvoyi o‘rdak erkagining boshi to‘q yashil, bo‘yni oq; urg‘ochisining tumshug‘i qizg‘ish, dumi oqish bo‘ladi. Ular kuzda qishlov joylariga uchib o‘ta boshlaydi. O‘rdaklar Osiyoning janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, o‘lkamiz janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo‘yidagi qamishzorlar va qalin o‘tlar orasiga uya quradi. Yovvoyi o‘rdak, churrak, suqsun va boshqa o‘rdaksimon qushlar ovlanadi. Yovvoyi o‘rdak xonaki o‘rdakning naslboshisi hisoblanadi. G‘ozlar o‘rdaklarga nisbatan yirikroq; erkagi va urg‘ochisi bir xil rangda bo‘ladi. Ular o‘simliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshug‘i chetidagi o‘tkir muguz plastinkalari yordamida o‘simliklarni qirqib olib yeydi. O‘zbekistonda xonaki g‘ozlarning ajdodi bo‘lgan kulrang g‘oz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va O‘rta Osiyo suv havzalarida qishlaydi. G‘ozlar go‘shti uchun ovlanadi.




Gʻozsimonlar - qushlar turkumi. Palamedeyalar va oʻrdaksimonlar oilasiga boʻlinadi. 150 turi maʼlum. Yirik va oʻrtacha kattalikdagi suv ekosistemalarida yashaydi. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchiligi monogam. Tuxumlarini, asosan, modasi bosadi. 2—3 yilda voyaga yetadi. Koʻpchilik turlari uzoq migratsiya qiladi. Suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Tez uchadi. Bir necha turi ov obʼyekti hisoblanadi. Suv havzalaridan intensiv foydalanish Gʻ. sonining kamayishiga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekistonda Gʻ.ning 36 turi uchraydi. Vishildoq va qiyqiroq oqqushlar, oq peshonali kichik gʻoz, qiziltomoq gʻoz, marmar churrak, olaqanot, oqbosh oʻrdak va boshqa turlari Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Oʻrdaksimonlar - gʻozsimonlar turkumiga mansub suvda suzuvchi qushlar oilasi. Tanasining uz. 29—150 sm. Tumshugʻi qirralari boʻylab joylashgan tishchalari va koʻndalang plastinkalari filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Koʻpchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan: erkagi yirikroq va chiroyliroq, rangli boʻladi. Dum usti bezlari yirik. Panjalarida pardasi bor. Patlari tigʻiz joylashgan, parlar yaxshi rivojlangan. Ayrim turlari ucholmaydi. Koʻpchilik Oʻ. yaxshi shoʻngʻiydi; ozigʻini suvdan yoki suv tubidan topib oladi. 47 urugʻi, 150 ga yaqin turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda oqqushlar, yaezlar, cheravalar, oqboshlar, angʻirtlar, suralaygʻozlar, asl oʻrdaklar, shoʻngʻuvchi oʻrdaklar va boshqalar urugʻlariga mansub 25 turi tarqalgan; 8 turi uya quradi, qolgan turlari qushlar uchib oʻtishi davrida uchraydi. Oʻ. juft boʻlib yashaydi, urogʻochisi 2 tadan 16 tagacha tuxum qoʻyib, joʻja ochadi. Janubiy Amerikada tarqalgan ayrim turlari tuxumini boshqa qushlar iniga qoʻyadi. Koʻpchilik OʻRDAKSIMONLAR ovlanadi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, yovvoyi g'ozlar o'rdak sinfini ifodalaydi, ammo ular oqqushlar va o'rdaklardan sezilarli darajada farq qiladi. Misol uchun, oqqushlardan farqli o'laroq, bu qushlar unchalik katta emas, qo'shimcha ravishda ularning bo'yni oqqushdan ancha qisqaroq va jilovi tukli. O'rdaklar bilan solishtirganda, ularning tumshug'i balandroq va yon tomondan ko'proq siqilgan va erkaklar va urg'ochi odamlarda patlarning rangi bir xil. Bu qushlarning to'rli oyoqlari bor, ularning yordami bilan ular yaxshi va tez suzishlari, shuningdek, suv ostida sho'ng'ishlari mumkin. Yovvoyi g'ozlar qora, oq, kulrang va jigarrang ranglarda chiroyli patlar bilan maqtanadi. Bu qushlar suv qushlari bo'lishiga qaramay, ular o'zlarining hamkasblari - o'rdak va oqqushlardan farqli o'laroq, quruqlikda ko'p vaqt sarflashadi. Ular deyarli baliq iste'mol qilmaydilar - ular uchun oddiy yer o'tlarini iste'mol qilish kifoya. Shimoliy yarim sharda, shu jumladan Rossiyada yashovchi yovvoyi g'ozlar tropik va subtropik iqlimi bo'lgan joylarda qishga uchib ketishadi. Bu holda qurilish xilma-xillikka bog'liq. Shuni ham aytish kerakki, ikki yoki uch yoshida ular o'zlari uchun turmush o'rtog'ini tanlaydilar va shu paytdan boshlab g'oz va g'oz ajralmas holga keladi. Yovvoyi g'ozlarning nechta turi bor va ular qanday? Aslida, bu o'rdakning bir nechta navlari bor, ammo bu bo'limda biz sizga eng mashhurlari haqida gapirib beramiz. Hozirgi vaqtda eng taniqli - kulrang g'oz. Aynan shu tur zamonaviy uy g'ozlarining uzoq ajdodi hisoblanadi. Bu turning patlari kulrang (hatto bir oz jigarrang), ko'krak va qorin oq rangga ega. Bu juda katta yovvoyi g'oz - uning vazni 2 dan 7 kg gacha va uzunligi 80 sm gacha yetishi mumkin.Siz bu qushni deyarli butun Rossiyada uchratishingiz mumkin, lekin u Ispaniya va Eronda ham uchraydi. Fasol g'ozi avvalgisiga o'xshaydi, ammo u ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning patlari ham kulrang, ammo tumshug'i sezilarli darajada farq qiladi. Birinchidan, u ham kul rangga bo'yalgan. Ikkinchidan, gaga o'rtasida joylashgan sling yorqin to'q sariq rangga ega. Maksimal vazn bu qush 5 kg ga etishi mumkin. Fasol g'ozi tayga yoki tundrada yashaydi va birinchilardan bo'lib issiq mintaqalardan - mart oyining o'rtalarida qaytib keladi. 
Tog 'g'ozi - 10 ming metr balandlikka ucha oladigan va ayni paytda atigi 3 kg og'irlikdagi qush. Nomidan ko'rinib turibdiki, u daryolar yoki ko'llar yaqinidagi tog'li hududlarda joylashadi. Siz bu qushni Oltoyda yoki Pomirda topishingiz mumkin. Uning patlari kulrang, lekin bosh va bo'yin oq. Boshining orqa qismida ikkita qora chiziq bor, tumshug'i va panjalari, ko'pchilik o'rdak kabi, to'q sariq rangga ega. Qush bilan g'ayrioddiy ism- tovuq - eng katta g'ozlardan biri (8 kg gacha), kulrang bo'yalgan (jigarrang dog'lar bilan). Tovuqning boshi g'oznikidan butunlay farq qiladi, chunki u ancha kichikroq va tumshug'i kichik va toza. Bo'yin ham ko'pchilik g'ozlarga qaraganda ancha uzun va oyoqlari uzun, qora barmoqlari bilan qizil rangga ega. Bu qushlar Janubiy Avstraliyada yashaydi. 
Eng mashhur g'oz Kanada g'ozidir, uning patlari u yashaydigan mintaqaga bog'liq. Ular asosan kulrang-jigarrang patlar, oq ko'krak, qora bo'yin va boshga ega. Ularning yonoqlarida siz oq dog'ni, quyruqda esa qor-oq chiziqni ko'rishingiz mumkin. Qizil ko'krakli g'ozlar oq konturli qizil, deyarli qizil ko'krak qafasining egalari, tumshug'iga yaqin oq dog'lar, qora orqa va qorin bo'shlig'i. Ularning bo'yni ancha qalin, boshlarida tup ham bor. Siz bu g'ozlarni Qora dengiz mintaqasida topishingiz mumkin. G'oz qora g'oz bo'lib, u ko'proq o'rdakga o'xshaydi. Ularning juda kichik qisqa oyoqlari va uzun tanasi bor. Ularning patlari qora va faqat orqa va qanotlarda oq dog'larni ko'rishingiz mumkin. Ularning bo'ynida ko'ndalang oq chiziq ham ko'rinadi.

1.2 Sohil qushlari. Sohil qushlari suv havzalarining sayozliklari, sohil yaqini va botqoqliklarda oziqlanadi. Ko‘pchiligining bo‘yni va oyoqlari uzun bo‘ladi. Shuning uchun ular sayozliklarda va balchiqda yaxshi yuradi; tumshuqlari yordamida ozig‘ini oladi; lekin suvda suzolmaydi. L a y l a k s i m o n l a r t u r k u m i. Laylaklar ancha yirik, oyoqlari va tumshug‘i uzun qushlar. Oq laylakning qanotlari keng va qora bo‘ladi. Uzun oyoqlari ularga balchiqda bemalol harakatlanishiga imkon beradi. Oq laylak yirik daraxtlarning shoxlariga yoki eski binolarning tomiga uya quradi; baqalar, sichqonlar, turli hasharotlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. U juda foydali qush bo‘lgani va soni kamayib ketganligi uchun muhofaza qilinadi


Ma’lumki, qushlar fasllarga qarab o‘zlarining yashash sharoitini o‘zgartirib boradi. Bu jarayon ayniqsa, qish-bahor oylarida mavsumiylik kasb etadi. Aytish lozim, yurtimiz hududlariga ham turli qushlar qishlash uchun uchib keladi.
Ularning yashash tarzi, turlarini o‘rganish, sonini aniqlash biologik xilma-xillikni saqlash va ilmiy kuzatishlar olib borishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi «2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»dagi qarori ijrosidan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tegishli ilmiy muassasalar va oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda suv qushlarining qishki sanog‘ini o‘tkazish chora-tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, shu kunlarda Qo‘mita huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mutaxassislari hamkorligida mamlakatimiz suv havzalari bo‘ylab qishlovchi qushlarning joriy yilgi qishki sanog‘i o‘tkazilayapdi.
Dastlabki sanoq ishlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Tolimarjon», «Nog‘ayli», «Qamashi», «Chimqo‘rg‘on», «Qorabog‘» suv omborlari va «Sechan ko‘l», «Achin ko‘l» kabi tabiiy suv havzalarida amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ushbu suv havzalarida noyob, mavsumiy va doimiy yashaydigan qushlarning 100 dan ortiq turi aniqlandi.
Endilikda reja bo‘yicha ilmiy jamoa Surxondaryo viloyatidagi Amudaryo sohillari va «Janubiy Surxon», «Uchqizil», «Oqtepa» suv havzalarida qishlovchi qushlar sanog‘ini o‘tkazish amaliyotini boshlashdi. Bu hududlarda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan kulrang turna, noyob tur hisoblangan Sibir turnasi, shuningdek, oq peshonali va kulrang g‘oz uchun qishlov joyi hisoblanadi.









Laylaksimonlar - qushlar turkumi. 10 oilaga mansub turlari malum. Ozbekistonda qarqaralar, laylaklar, ibislar oilasiga mansub 13 turi uchraydi. L.ning tumshugi, boyni va oyoklari uzun. Ogirligi 100 g dan 6 kg gacha. Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan, lekin kopchiligi tropik va subtropik iqlimda yashaydi. Uyasini daraxtlar shoxiga, qamishzorlar orasiga, qoyalar ustiga, binolar tomiga va yerga quradi. 2 - 8 ta tuxum qoyadi. Kichikroq turlari 2.5 haftagacha, yirik turlari 5 haftagacha tuxum bosadi. Suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, hasharotlar va boshqa bilan oziklanadi. Monogam. Bazilari qishloq xojaligi zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. L.ning 9 turi Xalqaro Qizil kitobga, bir necha turlari har xil davlatlar Qizil kitoblariga kiritilgan. Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 4 tur, jumladan, oq laylak va qora laylak kiritilgan.

Laylaksimonlar (Ciconiiformes) turkumiga laylaklar, ibislar va qo`tonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo`yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo`lib, suv bo`ylarida va botqoqliklarda yashaydi. Yer yuzida qutbdan tashqari hamma joyda tarqalgan. Ba'zilari koloniya bo`lib daraxtlarda uya qursa, qo`tonlar yakka uya quradi. O`zbekistonda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ular O’zbekiston”Qizil kitobi”ga kiritilgan. Laylaklarning tovush boylamlari muskuli bo’lmaydi, tumshuqlarini bir-biriga urib taqqilagan tovush chiqaradi. Qora laylak sayramaydi.




Baliqchi qushlar (Lariformes) turkumiga kiruvchi qushlar mayda va o`rtacha kattalikda bo`lib, gavdasi cho`ziq, qanotlari uzun va o`tkir. Oyoqlarida 4 tadan barmog`i bor, oldingi 3 ta barmog`i suzgich parda bilan o`zaro tutashgan. Tumshug`i katta va to`g`ri bo`lib, bir oz yon tomonidan qisilgan. Ular suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi. Suvda yaxshi suzadi, lekin sho`ng`iy olmaydi. Odatda uyalarini yerga qo`yadi, uyasida 2-3 ta tuxumi bo`ladi. Tuxumlarini erkagi va urg`ochisi navbatlashib bosadi. Suvda baliqlar va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bularning tipik vakili daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisi sanaladi.



Qushlarning ekologiyasi va ahamiyati


Qushlar mavsumga moslashishiga qarab uchta ekologik guruhga bo`linadi:
O`troq qushlar yil davomida ma'lum bir joyda yashaydi. Bularga qirg`ovul, kaklik, musicha, mayna, qizilishton, chittak, so`fito`rg`ay va boshqalarni kiritish mumkin.
Ko`chmanchi qushlar ko`payish mavsumidan keyin noaniq yo`nalishlarga qarab bir necha kilometr masofaga ko`chib boradi, lekin o`zining ko`paygan zonasini tashlab ketmaydi. Bu guruhga snegirlar, go`ng qarg`alar, zag`cha, olaqarg`a, qorayaloqlar, dehqonchumchuqlar va boshqalar misol bo`la oladi.

Kelib ketuvchi qushlar qishlash uchun ko`paygan joylarini tashlab, minglab kilometr uzoqlikka, ya'ni yangi tabiiy-geografik zonalarga uchib ketadi.



Migratsiya qiluvchi qushlar migratsiyadan oldin juda intensiv ovqatlanadi va anchagina yog` to`playdi. Yog` parchalanganida ko`p miqdorda energiya ajratadi. Qaldirg`och, bulbul, zarg`aldoq va laylaklar doimiy yashash joyni hali issiq va ozuqasi etarli bo`lsa-da, ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi. Boshqa qushlar esa, masalan, o`rdak, g`oz, oqqush va boshqalari kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, ozuqa topolmay qolganidan keyin uchib keta boshlaydi.

Kelib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo`nalishni aniqlaydigan tug`ma migratsion instinkt bo`ladi. Tekshirishlar va dala kuzatishlardan ma'lumki, migratsiya qiluvchi qushlar astronavigatsiyaga qobiliyatlidir, ya'ni migratsiya vaqtida qush oy va yulduzlarning holatiga qarab kerakli yo`nalishni tanlaydi.

MDH ning Shimoliy Yevropa qismida yashaydigan qushlar - Afrikaning g`arbiy tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar - Sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya quruvchi qushlar esa Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoda qishlaydi. Qushlarning migratsiyasini o`rganishda asosan halqalash usulidan keng foydalaniladi, ya'ni qushni uyadagi jo`jasining yoki ushlangan qushning oyog`iga yengil metalldan yasalgan halqa taqiladi. Halqaga raqam va halqalagan tashkilotning shartli belgisi yoziladi. Har yili dunyo miqyosida mln ga yaqin qushlar halqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda halqalash natijasida ularning yo`nalishi va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o`limi, jinslari juftligining doimiyligi kabi masalalar aniqlanadi.

Qushlarning inson xo`jaligidagi faoliyati, ahamiyati juda katta va nihoyatda xilma-xildir. Ko`pgina turlari qadimdan to hozirgi kunga qadar odam tomonidan xonakilashtirilgan va ulardan go`sht, tuxum, par kabi mahsulotlar olinadi. Yovvoyi turlari esa qishloq xo`jaligi, baliqchilik va ovchilik xo`jaligida hamda sog`liqni saqlash va aviatsiada katta rol o`ynaydi.



Dehqonchilik va o`rmonchilik xo`jaliklarida ko`pchilik qushlar zararli hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, qishloq va o`rmon xo`jaligida juda katta foyda keltiradi. Bularga chittaklar, moyqutlar, dumparastlar, shaq-shaqlar, zarg`aldoq, kakku, ola qizilishtonlar, ko`kqarg`a, miqqiy, sor, baliqchi va ko`pgina boshqa qushlar misol bo`la oladi.

Soch yoki ola chug`urchiqlarning bitta koloniyasi Markaziy Osiyoda bir oy mobaynida ko`payishi vaqtida 100 ming dona chigirtkani qiradi. Shu bilan birga ola chug`urchiq bolalarini ochib chiqqandan keyin gilos, olxo`ri va uzumlarga hujum qilib, ancha zarar yetkazadi. M.D. Zverevning hisoblariga ko`ra, Novosibirsk shahri atrofida qora chug`urchiqlarning bitta oilasi bir faslda 7800 dona may qo`ng`izi va ularning lichinkalari bilan oziqlangan. Yoki miqqiy har kuni uyasiga 10 dona kemiruvchi(yumronqoziq va sichqon) keltiradi, bir oy davomida esa bolalarini boqish davrida bir juft miqqiy 270 ta kemiruvchini qiradi.

Keltirilgan misollarning o`zi qushlarni qo`riqlash va ularning sonini oshirish qanchalik zarur ekanligini ko`rsatadi. Ayniqsa, ko`payishch vaqtida qushlarni bog`, poliz va don maysalariga jalb qilishch nihoyatda zarur. Chunki bu davrda ularning foydali faoliyati keskin oshadi. Buning uchun sun'iy uyalar yasab, erta bahorda kerakli joylarga osib qo`yiladi. Mayda qushlar uchun uychalar 5-8 m balanlikka osib qo`yiladi.

Qushlar qishloq va o`rmon xo`jaligida juda katta foyda keltirishi bilan birga, don xo`jaliklariga sezilarli darajada zarar ham keltiradi. Masalan, dala ispan chumchuqlari Qozog`istonda katta koloniyalar hosil qilib, uya quradi va dehqonchilikka zarar yetkazadi.

Aerodromda oziqlanayotgan va uning atrofida uya qurgan qushlar ba’zi hollarda qo’nayotgan va yerdan ko’tarilayotgan samolyotlar bilan to`qnashadi. Samolyotlar uchun baliqchilar, kaptarlar, uchib o`tayotgan o`rdaklar, kunduzgi yirtqichlar, chug`urchiq va maynalarning katta galalari nihoyatda xavfli hisoblanadi. Bunday noxush voqealarning oldini olish uchun odatda aerodromlarning ornitologik holati o`rganiladi. Yirtqich qushlarning silueti o`rnatiladi, optik sharlar osib qo`yiladi. Kunduz kunlari ham samolyotlar faralari yoqilgan holatda qo`nishi va yerdan ko`tarilishi yaxshi samara beradi.

Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqki, aksariyat ko`pchilik qushlar inson hayoti uchun nihoyatda foydali, shu sababli ularni har tomonlama muhofaza qilish kerak. YUNESKO ning tashabbusi bilan 1948-yil 5-oktabrda tabiatni va tabiiy boyliklarni himoya qilish Xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 49 mamlakat kiradi. Uyushmaning shartnomalariga ko`ra davlatlar o`rtasida soni kamayib borayotgan, hayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash hamda uya qo`yish joylari qo`riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966-yilda Xalqaro “Qizil kitob” chiqarildi, 1983-yilda esa O`zbekiston “Qizil kitobi" chiqarildi. 2003-yilda O’zbekiston “Qizil kitobi”ning 2 jildi chop etildi.

O`zbekiston “Qizil kitobi"da respublikamizda yashayotgan qushlardan saqoqushning 2 turi, turkiston oq laylagi, qora laylak, qizil g’oz, vishildoq oqqushi, qiyqirdoq oqqushi, marmar churrak, olaqanot, oqbosh o’rdak, qiziltomoq g’oz, suvqiyg’ir, uzun dumli suvburgut, oq dumli suvburgut, boltayutar cho`l burguti, qumay, ilonxo`r burgut, yo`rg`a tuvaloq, oqbovur, Osiyo loyxo`raksimon veretennigi, cho`l chumchug`i va boshqalar kiritilgan. Hammasi bo`lib 51 tur.

Uy parrandalari - xo`jalik maqsadlari (go`sht, tuxum, pati va pari), aloqa bog`lash (kaptar orqali havo pochtasi) yoki estetik talablarni qondirish (dekorativ qushlar, ishqibozlik uchun asraladigan qushlar) uchun qo`lga o`rgatib ko`paytiriladigan qushlar. Qushlarni xonakilashtirish odamlar tomonidan ma'lum maqsadlar uchun qadimgi zamonda boshlangan.

Hamma xonaki tovuq zotlarining ajdodlari bo`lib Hindiston, Birma va Malay orollari o`rmonlarida tarqalgan bankiv tovug`i hisoblanadi. Bu tovuqni xonakilashtirish eramizdan bir necha ming yil ilgari avval Hindistonda, keyin Yevropada boshlangan. Odamlar parvarish qilish va tanlash natijasida juda ko`p xonaki tovuq zotlarini yaratgan. MDH da yetishtirilgan tovuq zotlaridan Ukraina ushankasi, yurlov, Moskva tovuqlari, rus oq tovug`i, legorn, langshan, viandot va boshqa tovuq zotlarini olishimiz mumkin.

Kurkalar ham eramizdan ancha oldin meksikalik hindlar tomonidan Shimoliy Amerikada tarqalgan yovvoyi kurkdan xonakilashtirilgan. Bir necha yuz yil muqaddam Yaponiyada bedana xonakilashtirlgan. Hozirgi vaqtda bedananing har biridan Yevropa va Amerikada yiliga 300 ta tuxum olinmoqda. Bedananing go`shti va tuxumi parhez ovqat sifatida ishlatiladi. Xonaki o`rdak zotlari yovvoyi o`rdaklardan yetishtirilgan.


G`ozlarni xonakilashtirish 2 ta ildizdan boshlangan. G`arbiy Yevropa zotlari G`arbiy Yevropa va Osiyoning shimoliy hamda o`rta mintaqalarida tarqalgan yovvoyi ko`k g`ozdan yetishtirilgan. Oyoqlari va tumshug`i qora hamda tumshug`ining ostida bo`rtmasi bo`lgan xitoy g`ozlari Sharqiy Sibir, Kichik Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yovvoyi Xitoy g`ozidan kelib chiqqan.







    1. Qushlarning tuzilishi

Pat qoplami. Qushlarning terisi yupqa bo`lib, epidermisi yaxshi rivojlanmagan Suyak hosilalari va teri bezlari bo’lmaydi faqat dumi asosida yog` bezlari bo`ladi. Bu bezlarning sekreti bilan qushlar patlarini yog`laydi va ularni ho`llanishdan saqlaydi. Shu sababli bu bez suvda yashovchi qushlarda yaxshi rivojlangan.

Qushlarda epidermisdan muguzdan iborat ustki va ostki tumshuq hosil bo`lgan. Muguz tangachalar barmoqlarining uchida va iligida, ba'zan sonida saqlanib qolgan. Gavdasining patlar bilan qoplangan qismi pteriliy, patsiz ochiq qismi esa apteriliy deb ataladi. Apteriliy uchish vaqtida muskullarning qisqarishi uchun qulaylik tug`diradi.

Patlar tuzilishi va funksiyasiga ko`ra har xil bo`ladi. Qushning tanasini qoplab olgan kontur patlar teriga kirib turgan qalam uchidan va pat tanasidan iborat. Pat tanasining ikki yon tomonida yelpig`ichlar joylashgan. Yelpig`ichlar uchlari bilan ilmoqchalar orqali tutashib, egiluvchan elastik plastinkani hosil qiladi.


Qanotning keyingi yuzasiga joylashgan patlar- qoquv patlari dum suyagiga birikkan, uzun patlar esa boshqaruv patlari hisoblanadi.

Kontur patlari ostida mayda parsimon patlar joylashgan. Bu patlarning tanasi ingichka, yelpig`ichlarida ilmoqchalari bo`lmaydi. Ayrim patlar o`qi juda kalta, yelpig`ichlari boylam hosil qiladi. Bunday patlar momiq parlar deyiladi. Momiq parlar suv qushlarida ko`p bo`lib, tana haroratini saqlashga yordam beradi. Og`iz burchaklari va qovoqlarda ba'zan qilsimon patlar joylashgan. Bu patlar faqat pat dastasidan tashkil topgan bo`lib, tuyg`u vazifasini bajaradi.

Skeleti. Qushlarning skeleti uchishga moslashgan, oyoqlar va ularning kamar skeleti yengil va pishiq bo`ladi. Naysimon suyaklarning ichi havo bilan to`lganligi, ko`pincha o`zaro harakatsiz birikishi qushlar skeletining mustahkamligini ta'minlaydi.

Umurtqa pog`onasi bo`yin, ko`krak, dumg`aza va dum bo`limlaridan iborat. Bo`yin bo`limi uzun va juda harakatchan bo`ladi. Bu bo`limning harakatchanligi umurtqalarning qo`shilish yuzalarining egarsimon shaklda bo`lishiga bog`liq. Bunday umurtqalar qushlar uchun xos bo`lib, geterosel umurtqalar deyiladi. Qushlarning boshi 180o, yapaloq qushlarda 270o gacha aylanadi. Kaptarda bo`yin umurtqalari soni 14 ta, ko`krak umurtqalari esa 4 ta bo`lib, voyaga etgan qushlarda bir-biriga qo`shilib ketgan. Umurtqalarning har biridan bir juftdan qovurg`alar chiqadi. Qobirg`alarning yelka bo`limidan orqa tomonga qarab ilmoqsimon o`simta chiqadi. Qobirg`alarning pastki uchi to`sh suyagiga qo`shiladi Bu suyakning oldingi yuzasi qushlarda ko`krak tojini hosil qiladi. Tojga qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadi.

Dumg`aza 14 ta umurtqadan tashkil topgan, embrion rivojlanish davrida dastlab ikkita umurtqa rivojlanadi. Keyinchalik oldingi tomondan bel, keyingi tomondan oldingi dum umurtqalari qo`shilib, qushlar uchun xos bo`lgan murakkab dumg`aza hosil bo`ladi. Dum umurtqalari 6 ta, keyingi dum umurtqalari qo`shilib, vertikal plastinka shaklidagi dum suyagini hosil qiladi.

Bosh skeletining umumiy tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshash. Ensa bo`limi to`rtta ensa suyagidan va bitta ensa bo`rtmasidan iborat. Eshitish bo`limida yagona quloqusti suyagi bo`ladi. Miya qutisi asosini ponasimon tanglay va qanotsimon suyaklar hosil qiladi.

Bosh skeletini ustki tomondan bir juft burun, peshona, tepa va tangacha suyaklar yopib turadi. Ustki jag` suyagiga keyingi tomondan yonoq va kvadrat yonoq suyaklari birikadi. Pastki jag` qo`shilish, tishsimon, burchak va toj suyaklaridan tashkil topgan.

Qanotlar skeleti yelka, bilak va tirsak suyaklaridan tashkil topgan, bilaguzuk suyaklari reduksiyaga uchragan. Bilaguzuk suyaklarining ustki qismi qo`shilib ikkita suyakcha hosil qiladi. Uning pastki qismi kaft bilan tutashadi. Kaft ikkita uzunchoq suyakchadan tashkil topgan yagona kaft bilaguzuk suyagini hosil qiladi.

Yelka kamari skeleti kurak, korakoid va o`mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak suyagi uzun qilichsimon shaklda bo`lib, qovurg`alarning ustida joylashadi. O`mrov suyaklari oldingi uchlari bilan qo`shilib, qushlar uchun xos bo`lgan ayri suyakni hosil qiladi.

Keyingi oyoq son, katta va kichik boldir suyaklaridan tashkil topgan, kichik boldir suyagi rudiment holida bo`lib, katta boldir suyagigaqo’shilib ketadi. Tovon oldi suyagining ustki bo`limi tovon suyagiga qo`shilib ketadi va qushlar uchun xarakterli bo`lgan ilik suyagini hosil qiladi.

Chanoq kamari yupqa yonbosh, quymich va qov suyaklaridan hosil bo`lgan. Quymich va qov suyaklarining keyingi uchlari qo`shilmaydi va ochiq chanoq hosil qiladi.

Muskullari. Qushlarda oyoqlarini harakatga keltiruvchi muskullar tana bilan bog`liq. Oyoqlarga esa ingichka paylar boradi. Ayniqsa, ko`krak muskullari juda katta bo`lib, ular tana og`irligining 20-30 foizini tashkil qiladi. Bu muskul ko`krak toj suyagiga birikadi va qanotini pastga tushirish uchun xizmat qiladi.

Ko`krak muskulining ostida joylashgan o`mrov osti muskuli qanotlarni ko`tarish uchun xizmat qiladi. Orqa oyoq muskullari kuchli rivojlangan bo`lib, ularning yerda yurishi, daraxtda harakatlanishi, yerdan ko`tarilishi va qo`nishiga imkon beradi.

Qushlarning oyoq bo`g`imlari orqali paylar o`tgan. Paylarning uchi barmoqlargacha yetib boradi. Qush shoxga qo`nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida o`tirganida, hatto uxlaganda ham yiqilib tushmaydi.

Nerv sistemasi va sezgi organlari. Qushlarning markaziy nerv sistemasi sudralib yuruvchilarga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Oldingi miya yarim sharlari asosan targ`il modda hisobidan kattalashadi, qopqog`ida miya moddasi kam bo`ladi. Miyacha kuchli rivojlangan. Bu ularning murakkab va xilma-xil harakatlarini ta'minlaydi. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi. Orqa miyaning yelka va bel bo`limlari yo`g`onlashib, nerv chigallarini hosil qiladi.

Sezuv organlari hisoblangan ichki va o`rta quloqdan iborat eshitish organi sudralib yuruvchilarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Hid bilish organi esa sust taraqqiy etgan. Lekin ko`rish organi ko`zlar kuchli rivojlangan va ular tashqi muhitda oriyentasiya qilishda va o`z o`ljalarini axtarib topishda asosiy rol o`ynaydi. Ko`zning keyingi bo`shlig`iga kirib turadigan sertomir o`simtasi ko`z tarog`i bor.

Hazm qilish sistemasi. Ovqat hazm qilish organlari og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Hozirgi zamonda yashovchi qushlarning tishi bo`lmaydi. Jag`larini o`tkir qirrali shox tumshuqlar qoplab turadi. Tumshuqlar qisman tish vazifasini bajaradi. Og`iz bo`shlig`ining tagiga til o`rnashgan. Og`iz bo`shlig`iga so`lak bezlarining chiqarish yo`llari ochiladi. Kaptarning qizilo`ngachi o`rta qismida kengayib, jig`ildon hosil qiladi. Jig’ildonda ovqat vaqtincha saqlanadi va so`lak bilan yumshaydi. Jo`jalarini boqish davrida jig`ilodon devoridan qush suti deb ataladigan suyuqlik ajraladi. Shu suyuqlik bilan qush jo`jalarini boqadi. Qizilo`ngach bezli oshqozonga ochiladi. U yerda ovqat hazm shirasi bilan aralashadi. Bezli oshqozon muskulli oshqozonga ochiladi. Muskulli oshqozonning ichki devori qattiq shox parda bilan qoplangan. Unda ovqat yutilgan toshcha, shishalar bilan maydalanadi. Muskulli oshqozon 12 barmoqli ichakka ochiladi. Uzun ingichka ichak yo`g`on ichakka ochiladi. Ingichka va yo`g`on ichaklar chegarasida juft ko`richak o`simtasi joylashgan.

Qushlarda to`g`ri ichak yo`q. Yo`g`on ichak to`g`ridan-to`g`ri kloakaga ochiladi. Kloakaning ustki devorida fabrisiy xaltasi bo`ladi, bunda ovqat tarkibidagi namlik so`riladi. Oshqozon ostki bezining chiqarish yo`li 12 barmoqli ichakka ochiladi. Kaptarlarning jigarida boshqa qushlarda bo`ladigan o`t pufagi bo`lmaydi.

Nafas olish sistemasi. Qushlarning nafas olish organlari o`ziga xos tarzda tuzilgan bo`lib, boshqa ichki organlarga nisbatan uchishga ko`proq moslashgan. Og`iz bo`shlig`ining to`rida hiqildoq yorig`i joylashgan, u hiqildoqqa ochiladi. Hiqildoqni toq uzuksimon va juft cho`michsimon tog`aylari tutib turadi. Bu ustki hiqildoq doimiy, ovoz apparati vazifasini bajarmaydi. Ustki hiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ko`krak bo`shlig`ida ikkita bronxga bo`linadi. Shu joyda, ya'ni traxeya bronxlarga bo`lingan joyda qushlar uchun xos bo`lgan pastki hiqildoq joylashadi va suyak halqalar bilan ushlab turiladi. Pastki hiqildoq ovoz apparati vazifasini bajaradi. Bu yerda tashqi va ichki ovoz pardalari tarang tortiladi va ovoz chiqaradi. Bronxlar o`pkaga kirgandan so`ng shoxlanadi va bronxiolalar hosil qiladi. Lekin ba'zan bronx shoxchalari o`pkadan chiqib, qushlar uchun xarakterli bo`lgan havo xaltachalarini hosil qiladi.

Qushlar nafas olishida havo xaltachalari katta rol o`ynaydi. Qushlar nafas olganda kislorod havo yo`llari orqali o`pkaga boradi, havoning bir qismi esa o`pkadan havo xaltachalariga boradi. Ko`krak qafasi qisqarganda, ya'ni nafas chiqarilganda havo xaltachalaridan havo yana o`pkaga kiradi va o`z kislorodini beradi. Demak, bir marta olingan havodan qushlar ikki marta nafas oladi. Lekin havo xaltachalarida gaz almashmaydi.

Qon aylanish sistemasi. Qushlarning yuragi to`liq 4 kamerali bo`lib, arterial va venoz qon aralashmaydi. Shu sababli qushlarning gavda harorati doimiy. Qushlarning yuragi boshqa umurtqali hayvonlarning yuragiga nisbatan katta bo`ladi. Bu qushlarning modda almashinish jarayonining jadal kechishi bilan bog`liq. Chap yurak qorinchasidan bitta o`ng aorta yoyi chiqadi.

Modda almashinish va gaz almashinish jarayonlarining juda ham intensiv borishi sababli qushlarning gavda harorati ham yuqori bo`ladi. Qushlarning gavda harorati o`rtacha 42 Coga tengdir.

Ayirish sistemasi. Juft chanoq buyraklari juda yirik bo`ladi. Buyraklardan bittadan siydik yo`li chiqadi. Siydik yo`li kloakaga ochiladi. Qushlarda siydik pufagi yo`q.

Jinsiy sistemasi. Juft loviyasimon urug`don erkaklarining ko`payish organi bo`lib xizmat qiladi. Urug`don yil fasllariga qarab har xil kattalikda bo`ladi. Ko`payish davrida chug`urchiqlarning urug`donlarini hajmi kuz va qish fasllariga qaraganda 1500 barobar kattalashadi. Urug`dondan urug` yo`llari chiqadi va kloakaga ochiladi. Urug` yo`llari kloakaga ochilishidan oldin kengayib, urug` pufagini hosil qiladi.

Urg`ochilarining ko`payish organi toq chap tuxumdon va chap tuxum yo`lidan iborat bo`ladi. Tuxumdon ham ko`payish vaqtida kattalashadi. Tuxum yo`lining bir uchi tana bo`shlig`iga ochilsa, ikkinchi uchi kloakaga ochiladi. Yetilgan tuxum tuxumdondan tana bo`shlig`iga, u yerdan tuxum yo`li voronkasiga tushadi.

Yetilgan tuxum sariqlikdan iborat bo`lib, uning orasida yupqa oq sariqlik qatlamlari bor. Keyin tuxum oval oqsil bilan o`raladi. Bachadonda esa ikkita yupqa po`st osti pardasi va keyin ohakka shimilgan qattiq po`st bilan qoplanadi. Tuxum po`stida talaygina mayda-mayda teshikchalar bo`ladi. Bu teshikchalar orqali embrion bilan tashqi muhit o`rtasida gaz almashinib turadi. Tuxumning poynak tomonida yupqa parda bir-biridan ajralib, havo kamerasini hosil qiladi. Embrion tuxumdan ochib chiqishdan oldin shu kameradagi atmosfera havosidan nafas oladi. Tuxum sarig`ining qarama-qarshi tomonlaridan oqsil iplari xalazalar chiqadi. Xalazalar po`st osti pardaning ichki devoriga tegib turadi.


2.1 Ko‘payish davri. Qishki sovuq kunlar o‘tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko‘payishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o‘rtalarida ko‘payishga kirishadi. Qushlarning ko‘payish davri tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq. Juft hosil qilishi. Ko‘pchilik qushlarning erkagi va urg‘ochisi ko‘payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko‘pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg‘ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg‘ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo‘rozlari ochiq maydonda o‘zaro bahs qilish uchun to‘planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o‘rtasida qisqa muddatli jang ham bo‘lib o‘tadi. Uya qurishi. Ko‘pchilik qushlar tuxum qo‘yish uchun uya quradi. Uyalarning shakli va tuzilishi juda xilma-xil bo‘ladi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go‘ngqarg‘alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o‘rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o‘rdak va turnalar yerda uya quradi.



Qishloq qaldirg‘ochlari uylarning bo‘g‘oti ostidagi yog‘och to‘sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so‘lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalang‘och qoyaga tuxum qo‘yib, uni bosib yotadi.



1 – po‘choq; 2 – po‘choqosti parda; 3 – havo kamerasi; 4 – suyuq oqsil; 5 – oqsil kanopcha; 6 – sariqlik parda; 7 – sariqlik; 8 – murtak dis

Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo‘ladi. Tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o‘rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po‘- chog‘iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me’yorda isishi uchun ularni oyog‘i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya’ni qush tanasi yaqinida turadi

Jo‘ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg‘ovul, bedana, o‘rdak, g‘oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo‘ja ochadigan qushlar deyiladi. Kaptar, qaldirg‘och, chumchuq, qarg‘a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo‘jalarining ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalang‘och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo‘ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi. Nasliga g‘amxo‘rlik qilish. Qushlarning nasliga g‘amxo‘rlik qilishi tuxum bosish, jo‘jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug‘ilganida dushmaniga tashlanib, jo‘jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo‘ja ochadigan qushlarning urg‘ochisi xavf tug‘ilganida tovush bilan jo‘jalarini ogohlantiradi; jo‘jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo‘rg‘a tuvaloqning urg‘ochisi yirtqich hayvonning e’tiborini o‘ziga tortish va jo‘jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo‘ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo‘jalarini chaqirib oladi. Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchi - lardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush – arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan . Jag‘lari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo‘lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o‘xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo‘lishi uning daraxtda yashaganligini ko‘rsatadi. Lekin qushlar uchun xos bo‘lgan to‘sh toj suyagi rivojlanmaganligi sababli arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo‘lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o‘xshash toj suyagi rivojlangan

2.2 Hayot tarzining yil fasllariga qarab o‘zgarishiga binoan qushlarni o‘troq, ko‘chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo‘lish mumkin. O‘troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko‘k kaptar, kaklik, so‘fito‘rg‘ay, qirg‘ovul, chumchuq, mayna o‘troq qushlar deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g‘amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug‘ va hasharotlarni daraxt po‘stlog‘i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo‘yadi. Oziq taqchil bo‘ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib yeydi. Ko‘chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o‘zgartirib turadigan qushlar ko‘chib yuruvchi qushlar deyiladi. Go‘ngqarg‘a, olaqarg‘a, zog‘cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo‘lib qor kam, oziq mo‘lroq bo‘lgan joylarga uchib ketadi.


Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo‘tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o‘sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil qiladi. Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg‘och, bulbul, zarg‘aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya’ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo‘l bo‘lishiga qaramasdan uchib ketadi. O‘rdak, g‘oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so‘ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo‘ldan uchib boradi. Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga moslashishdan iborat. Shimoliy va o‘rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo‘ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo‘ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda o‘z vatanlariga uchib kelishi ko‘payish instinkti bilan bog‘liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo‘ladi. Qushlarning uchib ketish yo‘lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlarning yo‘l topishida quyoshga qarab mo‘ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko‘pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduzlarga qarab yo‘l to pishi aniqlangan. Ayrim qushlar yer magnit maydonining o‘zgarishini qabul qilishi ham mumkin. Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo‘li, tarqalishi va umr ko‘rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog‘iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko‘rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash orqali O‘rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarining Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrikada, qaldirg‘ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan
2.3
Voha qushlari. Shahar va qishloqlarimizdagi bog‘ va xiyobonlar, dalalar va o‘tloqlarda xilma-xil qushlar orasida chumchuqsimonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ch u m ch u q s i m o n l a r t u r k u m i. Bu turkumga qaldirg‘och, go‘ngqarg‘a, chug‘urchiq, bulbul, chumchuq va boshqa qushlar kiradi. Ularning erkagi yirik va rangli bo‘lishi, ovozi va boshidagi tojga o‘xshash patlari bilan urg‘ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar barcha qushlar turining deyarli yarmini o‘z ichiga oladi Qaldirg‘och tanasining orqasi ko‘kimtir-qora, qorin tomoni oq, peshana va bo‘yni qizg‘ish-qo‘ng‘ir; qanotlari ingichka va uzun; uzun dumi ikkiga ajralgan bo‘ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchsiz rivojlangan; yassi va qisqa tumshug‘i juda keng ochiladi. Qaldirg‘och tumshug‘i yordamida havoda uchayotgan hasharotlarni tutadi. Qaldirg‘och ayvon peshtoqi yoki shift ostidagi to‘sinlarga, ba’zan devorga ham so‘lagi bilan aralashtirilgan loydan uya quradi. Uyaga 4–6 ta tuxum qo‘yib, urg‘ochisi bosadi. Bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Qaldirg‘ochlar deyarli butun kunni havoda o‘tkazadi. O‘ljasini ham havoda tutadi. Uchib ketayotgan qaldirg‘och suv yuzasiga tegib o‘tib, cho‘miladi va suv ichadi. Chumchuqsimonlardan eng yirik turlari go‘ngqarg‘a, zog‘cha va olaqarg‘a hisoblanadi. Go‘ngqarg‘a qishlash uchun shimoliy hududlardan o‘lkamizga uchib keladi; mart oylarida esa uchib ketadi. Qish kezlari go‘ngqarg‘alar zog‘chalar bilan birga katta gala hosil qiladi. Bunday gala baland daraxtlarning shoxida tunaydi. Chumchuqsimonlarning ko‘pchilik turlari – hamma narsalarni yeydigan parrandalar. Masalan, chug‘urchiqlar ko‘pincha dalalardagi hasharotlarni terib yeydi, ammo pishiqchilik davrida rezavor mevalarni cho‘qiydi. Ko‘pchilik donxo‘r qushlar bolalarini hasharotlar bilan oziqlantiradi. Chumchuqsimon qushlardan ayniqsa hasharotxo‘rlar qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Ular juda ko‘p miqdorda zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qaldirg‘ochning bitta oilasi yoz mavsumida 1 mln ga yaqin hasharotlarni qiradi. Ayrim chumchuqsimonlar (masalan, chumchuqlar, chug‘urchiqlar) pishiqchilik davrida meva va donlarni yeb, birmuncha ziyon keltiradi. K a p t a r s i m o n l a r t u r k u m i. Shahar va qishloqlarimiz ko‘chalari va xiyobonlarida ko‘k kaptar va musicha ko‘p uchraydi. Ko‘k kaptar to‘kilgan donlar, yovvoyi o‘tlarning urug‘ini terib yeydi; jarliklar, qoyalar, tashlandiq imorat va baland binolarning chordoqlariga uya quradi. Ko‘k kaptar xonaki kaptar zotlarining nasl boshi hisoblanadi. Musichalar ko‘pincha oziq axtarib odamlar yashaydigan uylarga ham kirib qoladi. Ular har xil don, sabzavot va mevalarning urug‘lari bilan oziqlanadi; juft bo‘lib yashaydi; yil davomida 5 marta bola ochadi. Cho‘l qushlari. Ochiq dasht va cho‘llarda pana joy topish qiyin. Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum qo‘yib, bola ochadi. Cho‘l qushlarining oyoqlari va bo‘yni uzun va baquvvat, patlari yer rangida bo‘ladi. Bu hol ularga dushmanlaridan oson qochib qutulishiga va ularni uzoqdan payqashga yordam beradi. T u v a l o q l a r t u r k u m i. Tuvaloqlar – yirik, tez yuguradigan qushlar, O‘zbekistonda uchraydigan yo‘rg‘a tuvaloqning patlari yer rangida bo‘lganidan uzoqdan ko‘zga tash lanmaydi. U yovvoyi o‘simliklar bargi, novdasi, urug‘lari, yer osti tuganaklari, har xil hasharotlar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; juft bo‘lib yashaydi. Urg‘ochisi tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qo‘yib bosib yotadi. Yo‘rg‘a tuvaloq (92-rasm) noyob qush sifatida “O‘zbekiston Respublikasinig Qizil kitobi”ga kiritilgan. T u y a q u s h s i m o nl a r t u r k u m i. Tuyaqushlar – eng yirik qushlar bo‘lib, qanotlari patlari yelpig‘ich hosil qilmaydi; toj suyagi ham bo‘lmaydi. Ular uchmaydi, ammo kuchli va uzun oyoqlari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi o‘simliklar urug‘i, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining bo‘yi 3 m ga, vazni 100 kg ga boradi. U soatiga 60–70 km tezlikda yugura oladi. Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bo‘lib yashaydi. Erkak tuyaqush tumshug‘i bilan yerni kovlab uya yasaydi. Urg‘ochisi uyaga 4–9 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga yetadi. Tuxumlarni kunduzi urg‘ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi. Urg‘ochisining patlari qo‘ng‘ir-kulrang tusda bo‘lganidan cho‘l manzarasida uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushning patlari qora bo‘lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor. Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada nandu, Avstraliyada emu tarqalgan.


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish