11- mavzu. Markaziy osiyo turizmi imkoniyatlarini tadqiq qilish reja



Download 0,6 Mb.
bet1/7
Sana28.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#131543
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Maruza matni
11-Mavzu Maruza matni, 9-Maruza, 30-Mavzu Amaliy dasturlar va ulardan turli kasbiy sohalarda foydalanish imkoniyatlari., FFK, FFK, Musayeva Dilsora Eshmuratovna Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati, Musayeva Dilsora Eshmuratovna Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati, 1-mavzu, alifbe-bayrami-ssenariysi, alifbe bayrami senariy1, 6 лекция, 10 sinf geografiya atrof muhit monit, 2 5298778733069471184, azizjon

11- MAVZU. MARKAZIY OSIYO TURIZMI IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH

Reja:
11.1. Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik xususiyatlari

11.2. Qirg’iziston Respublikasi turizmi

11.3. Turkmaniston Respublikasi turizmi

11.4. Qozog’iziston Respublikasi turizmi

11.5. Tojikiston Respublikasi turizmi

11.6. O’zbekiston Respublikasi turizmi


11.1. Markaziy Osiyo mamlakatlarining geografik xususiyatlari
Geografik o‘rni. Markaziy Osiyo tabiiy-geografik o‘lkasi Osiyoning Markaziy qismini egallaydi. Uni shimolda Sibir, sharqda Sharqiy Osiyo, janubda Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo, g‘arbda esa O‘rta Osiyo o‘lkalari o‘rab turadi. Bu o‘lkada Xitoy va Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan. 

O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin yoshargan tog‘lar (Mongoliya Oltoyi, Tyanshan, Tibet) bilan birga eng yosh (Qoraqurum) tog‘lar ham bor.  



Tog‘li hududlarda magmatik va metamorfik tog‘ jinslari, botiq va cho‘kmalarda qalin cho‘kindi jinslar paydo bo‘lgan. Rudali va nodir metall konlarining hosil bo‘lishi magmatik va metamorfik jinslar bilan, yonuvchi va norudali konlar esa cho‘kindi jinslarning tarqalishi bilan uzviy bog‘liq.



Relyefi.

Markaziy Osiyo o‘lkasining relyefida, asosan, tog‘, tog‘lik, tog‘ oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi. Tibet tog‘ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyanshani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon botig‘i, Gobi cho‘li joylashgan baland tekislik o‘lka relyefining asosiy shakllari hisoblanadi. O‘lkaning eng baland joyi (8611 m) Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho‘qqisi bo‘lsa, eng past nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi Turfan botig‘iga (-154 m) to‘g‘ri keladi.



Iqlimi.

O‘lka hududi mo‘'tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Markaziy Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining markazida, Taklamakon va Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. O‘lkaning janubi-sharqiy qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag‘riga 1000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. Yanvarning o‘rtacha harorati o‘lka shimolida -24°C (iyulda +16°C), markazida (Taklamakon cho‘lida) -8°C (iyulda +24°C), janubida (Tibet tog‘ligida) -20°C (iyulda +10°C) atrofida bo‘ladi.

O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryolari Tinch va Hind okeanlariga quyiladigan daryolarning yuqori oqimidagi irmoqlaridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan ko‘pgina kichik daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joylashgan. Ko‘llaridan Lobnor (maydoni o‘zgarib turadi), Kukunor, Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur chuchuk ko‘llardir.

Markaziy Osiyoda mo'tadil va quruq subtropik iqlim mintaqalarining o‘rmon-dasht (tog‘ etaklari), chalacho‘l, cho‘l zonalari hosil bo‘lgan. Tibet tog‘ligining 4000 m balandliklaridagi yassitog‘ oralig‘i botiqlarida ham chalacho‘l va dasht zonalariga xos tabiat manzaralarini uchratamiz. Tog‘larning 6000 m dan baland qismlari qor va muzlar bilan qoplangan.






Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti