Metamorfizm
Reja:
1. Metamorfik jinslarning tarkib bo’yicha tasnifi.
2. Metamorfizm vaziyatlarini ko’rsatuvchi minerallar.
3. Metamorfik fatsiyalar.
4. Xulosa.
Metamorfik jinslarning tarkib bo’yicha tasnifi
Magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining bosim va harorat taʼsirida o’zgarishi ularning metamorfizmi deyilali. Metamorfizmning bir necha bosqichlari mavjud. Yukori bosqichdagi metamorfik jarayonlar natijasida jinslar qisman (selektiv) yoki to’la (kollektiv) erishi mumkin. Bu jarayonni biz palingenez yoki anateksis nomi bilan ataymiz.
Metamorfik jarayonlarning quyidagi turlari mavjud: xududiy, kontakt va dinamometamorfizm. Bularning ichida xududiy metamorfizm juda katta maydonlarni o’z ichiga oladi va o’z navbatida ikki yirik turga: progressiv va regressiv turlarga ajratiladi. Metamorfizm jarayonidagi o’zgarishlar bevosita geodinamik jarayonlar bilan boglikligi aniqlangan.
Progressiv metamorfizm jarayonlari cho’kinli, vulkanik va magmatik jarayonlarni xarorat va bosimni oshib borishi (yaʼni chuqurlikning oshishi) bilan bog’lik bo’lgan o’zgarishlardan iborat. Regressiv metamorfizm esa aksincha harorat va bosimning pasayishi, yaʼni yuqorida qayd qilingan jinslarning ko’tarilishi bilan boglik jarayonlir. Geodinamik qayta tiklash natijalari uchun ko’proq progressiv metamorfizm dalillaridan foydalaniladi.
Metamorfik jinslarning tarkibi cho’kindi va magmatik jinslar tarkibi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Ularning birlamchi tarkibi har xil bosim va harorat natijasida o’zgarishlarga katta taʼsir kursatadi. Birlamchi tarkib va tuzilishini ancha saqlab qolgan metamorfik jinslar nomiga „meta“ qo’shimchasi qo’shilib ishlatiladi. Masalan, „metapelitlar“, „metaklastitlar“, „metaoksidli“ („metacho’kindilar“) va xokazo. Umuman olganda, agar metamorfik jinslar chukindilar xisobiga hosil bo’lsa — parametamorfit, magmatic jinslar xisobiga hosil bo’lsa — ortometamorfit deyilali.
Metamorfik jinslarning tarkib buyicha tasniflari kup. Ular , , , va boshqa elementlarning miqdorini, maxsus metamorfik minerallarning xususiyatlari o’zgarganligini o’z ichiga oladi.
Metamorfizm jarayoni
Har xil kimyoviy tarkibdagi magmatik va cho’kindi jinslar turli bosim va harorat sharoitida o’zgarib boradi va bu xol ularni tasniflashga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan metamorfizm jarayonlari yana ikki turga bo’linadi. Izoximik metamorfizm jarayonlarida tog’ jinslarining tarkibi deyarli o’zgarmaydi, chunki tizim ancha bekik, atrofdan qo’shimcha moddalar kelib bu jarayonga qo’shilmaydi. Аlloximik metamorfizm va metasomatoz paytida chetdan bir qator moddalar va qator elementlar kelib qo’shilishi mumkin va ular metamorfizmga uchrayotgan jinsning tarkibini o’zgartirib boradi.
Metasomatoz — tog’ jinslari tarkibidagi minerallar tarkibining bir-biri bilan almashuvi natijasida o’zgarishi. Tadqiqotchilarning fikricha, metasomatoz magmatizm, metamorfizm, cho’kindi turlanishi kabi muxim geologik jarayonlar sirasiga kirali. Deyarli ko’pchilik xolatlarda tog’ jinslarining tarkibiga gazsimon yoki suyuq ishkorli, kremniyga, kaltsiyga, temirga boy eritmalar taʼsir ko’rsatadi. Natijada bir qator yangi metasomatic jinslar paydo bo’ladilar.
Ko’pchilik metamorfik seriyalar, formatsiyalar bekilgan tizimlarga kiradi va shu sababdan ularda bo’ladigan xilma-xil almashuv reaktsiyalar jinslarning ichki imkoniyati xisobiga sodir bo’ladi. Bu xususiyat jinslarning ichki tarkibida ham yaqqol ko’rinib turadi.
Metamorfik jinslarni qanday bosim va haroratda kechishini o’rganish juda katta axamiyatga ega va petrologlar tomonilan bu soxada ancha tajribalar o’tkazilgan.
Maʼlumki, metamorfik jarayonda minerallar qattiq holatda, erimasdan o’z tarkibi va shaklini o’zgartiradi. Bu xodisa polimorfizm deyiladi. Qattiq, eritmalarning parchalanishi va polimorfizm xodisalarida hosil bo’lgan yangi komponentlarida tarqalishi juda keng tarqalgan jarayon xisoblanadi. Bunday reaktsiyalarni o’rganish qadimgi harorat va bosim qiymatini aniqlashda asosiy mezon xisoblanadi. Buni Аl2O3 ning kianit-sillimanit-andaluzit tizimidagi reaktsiyalarda ko’rish mumkin. Qattik eritmalarning parchalanishi yangi minerallarning paydo bo’lishiga olib keladi, ammo bu minerallarning umumiy miqdori o’zgarmaydi. Masalan, jadeit va albitning parchalanishini olaylik.
Bunday reaksiyalar tabiatda juda keng tarqalgan va ularni o’rganish metamorfik jarayonlarning umumiy yunalishini tiklashga imkon beradi.
Metamorfik reaktsiyalar qattiq holatda, eritmalar mavjudligida suvni, ayniqsa baʼzi bir faol moddalarning metamorfik jarayonlari moxiyatini ochib berishdagi axamiyati beqiyosdir. Reaktsiyalarda ishtirok qiladigan suvning asosiy manbai bu o’z tarkibila ( ) bo’lgan minerallar xisoblanadi. Uning qattiq fazadan (minerallar tarkibidan) chiqib kelishi „degidratatsiya“ deyiladi va quyidagicha o’tadi:
Oxaktoshlar va boshka kalsiyga boy jinslarning metamorfizmi natijasida suvning o’rniga SO2 paydo bo’ladi va ishqoriy elementlarning tarqalishiga katta taʼsir kursatadi masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |