MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI
IV BOSQICH AKT-11-18-GURUH TALABASI
SAFAROV SUHROBNING
“PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR” FANIDAN
TAYYORLAGAN
5-MUSTAQIL ISHI
Macromedia Director dasturlar imkoniyatlarini tadqiq va tahlil qilish
Ulead video studio videomantajni yaratish ishlari uchun dasturlar imkoniyatlarini tadqiq va tahlil qilish
Hozirgi zamon ta’limda multimedia texnologiyalari rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.
Ta’limda multimedia texnologiyalari rivojlanishining asosiy bosqichlari
Multimedia o’quv qo’llanmaning asosiy tashkil etuvchi komponentlar.
Video bilan ishlash uchun o’quv vazifalarning dasturiy vositalari.
Macromedia Director dasturlar imkoniyatlarini tadqiq va tahlil qilish
Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo'naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo'lish va ierarxiya tarzida ko'rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o'zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
Multimedia ilovasini loyihalashda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
material mazmunini aniq belgilash;
mazmunni ko'rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Multimedia ilovalarining quyidagi turlari mavjud:
prezentatsiyalar;
animatsion roliklar;
o'yinlar;
videoilovalar;
multimediali galereyalar;
audioilovalar;
web uchun ilovalar.
Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagi instrumental vositalarni jalb qilish mumkin:
- Macromedia Flash, Adobe Flash;
- Macromedia Director;
- Formula Graphics Multimedia System;
- Multimedia Creator;
- Asymetrix ToolBook;
- AuthorWare Professional;
- MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasi va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasida dasturlar ancha oson yaratiladi, lekin ular unchalik universal emas, qo'llanilgan instrumentlar imkoniyatlari cheklangan bo'lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar yordamida ishlay oladilar.
Multimedia mahsulotlari yaratishda dasturlarning quyidagi imkoniyatlaridan foydalaniladi:
- Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar, slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi;
- Macromedia Flash, Adobe Flash - ob'ektlarning ikki xildagi animatsiya yaratish imkonini beradi (Shape va Motion), "tools" asboblar paneli orqali vektorli va rastrli grafika bilan ishlaydi, vaqt bo'yicha jarayonlarni "layer" larda tashkil qilish uchun "timeline" asbobiga ega. Dasturiy mahsulotlar swf, exe, html, jpg va boshqa formatlarda saqlanishi mumkin;
- Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda ishlovchi multimedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi.
- Multimedia loyihalarni ishlab chiqish uchun Microsoft Office dasturlaridan foydalanish mumkin. Bunda ma'lumotlar bazasini MS Access, animatsiya effektlari va taqdimotlarni MS PowerPoint dasturlarining iSpring ilovalarida yaratish mumkin.
Adobe Director (sobiq Macromedia Director) - bu interaktiv o'yinlar, multimedia ilovalari, elektron o'quv kurslari, namoyishlar va boshqalarni yaratish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minot. veb, Mac va Windows platformalari uchun, shuningdek, DVD va CD-ga yozish uchun. O'yinlarni yaratish uchun Adobe Director NVIDIA PhysX-ni qo'llab-quvvatlaydi, uning yordamida siz jismlarning bir-biriga qarshi haqiqiy o'zaro ta'sirini, shuningdek, tortishish va boshqa kuchlarni simulyatsiya qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |