11- mavzu. Markaziy osiyo turizmi imkoniyatlarini tadqiq qilish reja


Turkmaniston Respublikasi turizmi



Download 0,6 Mb.
bet3/7
Sana28.07.2021
Hajmi0,6 Mb.
#131543
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Maruza matni

11.3. Turkmaniston Respublikasi turizmi

Rasmiy nomi — Turkmaniston Respublikasi. Poytaxti — Ashxobod. Hududi 488100 km.kv. Aholisi – 5,1 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — turkman. Dini — islom. Pul birligi — manat.

Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va sharqda 0‘zbekiston (chegaraning uzunligi — 1621 km), shimolda Qozog‘iston (379 km), sharqda va janubda Afg‘oniston (744 km), janubda Eron (922 km) bilan chegaradosh. G‘arbda mamlakat Kaspiy dengizining suvlari bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 3736 km. Sohilining uzunligi — 1768 km. Mamlakat hududining katta qismi pasttepalik bo’lib, unda Qoraqum sahrosi joylashgan. Sahroning maydoni — 375 ming kv. km. Mamlakatning shimoli g‘arbida Kaspiy dengizi bo‘yida Qora Bo’g’oz — Koi ko’rfazi joylashgan. Ko‘rfaz dengiz sathidan 35 m past. Janub va janubi g‘arbda Kopetdog’ tog’lari bor. Yirik ko’l — Sariqamish sho‘r ko‘li. Asosiy daryo — Amudaryo. Turkmaniston neft, gaz, kaliy va osh tuzlari, rangli va noyob metallarga boy. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 2% ini, yaylovlar 69% ini tashkil etadi.

Iqlimi — keskin kontinental. O‘simlik dunyosini cho‘1 va adir o‘simliklari tashkil etadi. Sahroda jayron, shoqol, tulki, echkilar, kapcha ilon, agama, tekislik va togiarda tog’ echkisi, gurza, toshbaqa, turli kemiruvchilar yashaydi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezident respublikasi. 1991-yilning 27-oktyabrida Turkmaniston mustaqil boidi. Mustaqillik kuni (27-oktabr) — Milliy bayram hisoblanadi. Davlat boshlig’i — prezident. Prezident Bosh vazir (Vazirlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Majhs (bir palatali parlament). Ro’yxatdan o’tgan yagona siyosiy partiya — Turkmaniston demokratik partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining asosini neft va gaz qazib chiqarish va neftni qayta ishlash tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida paxta, mevalar, sabzavotlar yetishtiriladi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlari — paxta tolasi, dizel yoqilg‘isi, mazut, qo’lda to’qilgan gilamlar. Asosiy savdo sheriklari — Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 2120 km, avtomobil yo’llari — 13000 km. Asosiy porti — Turkmanboshi.

Tarixi. М. a. I ming yillikda hozirgi Turkmaniston hududida Marg‘iyona, Parfiya, Midiya davlatlari mavjud edi. М. a. VI asrlarda bu hududlar forslar davlati, m. a. IV asrda makedoniyalik Iskandar davlati tarkibiga kiradi. VIII asrda bu hududga arablar bostirib kiradi va mahalliy aholi orasida islom dinini targ‘ib etadi. IX-X asrlarda bu hududlar Tohiriylar va Somoniylar davlatlari, XI-XIII asrlarda Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. XIII asrda mo’g’ullar bostirib kiradi va hozirgi Turkmaniston yerlarini o’z imperiyasiga qo‘shib olishadi. XIV asrning ikkinchisi yarmidan XV asrning oxirlarigacha Turkmaniston hududlari Temur va temuriylar davlatiga kiradi. XVII-XIX asrlarda hozirgi Turkmaniston hududlari Eron shohlari, Xiva va Buxoro xonlari o’rtasida talash bo‘lgan. XIX asrning 80-yillarida bu hududlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinadi. 1917-yilgi davlat to’ntarilishidan so’ng Sovet hokimiyati o’rnatiladi. 1991-yilda Turkmaniston mustaqillikni qo‘lga kiritadi.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish