Meksika davlatida ta’lim tizimi Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y., oʻrta maktabda 5 va 6 y. 6—15 yoshdagi bolalar uchun boshlangʻich taʼlim — bepul. Davlat maktablaridan tashqari, koʻpgina xususiy maktablar ham bor. Mamlakatda 189 ta oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 60 ta universitet mavjud. Eng yiriklari,: Mexikodagi M. milliy muxtor unti (1551), Milliy politexnika instituti (1936), Gvadalahara, Moreliya, Puebladagi universitetlar. Ilmiy muassasalari: M. tillar akademiyasi, M. tarix akademiyasi (1940), Milliy tabiiy fanlar akademiyasi (1884), Milliy tarix va geogr. akademiyasi (1925), M. milliy tibbiyot akademiyasi (1864), yadroviy, tibbiybiol. tadqiqot markazlari, Panamerika kimyo instituti, Milliy matematika maktabi. 30 dan ortiq boshqa i.t. muassasalari va 60 dan ziyod ilmiy jamiyat va uyushmalar mavjud. Mamlakatning eng katta kutubxonasi — Mexikodagi Milliy kutubxona (1833), boshqa shahar va universitetlarda ham yirik kutubxonalar bor. Muzeylari: Zamonaviy sanʼat muzeyi (1964), Milliy antropologiya muzeyi (1825), Milliy tarix muzeyi (1825), Sankarlos rangtasvir va haykaltaroshlik galereyasi (1785) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da 2 mingdan koʻproq davriy nashr, shu jumladan, 227 ta kundalik gaz. chiqadi. Eng nufuzlilari: "Dia" ("Kun", 1962 y.dan), "In-formador" ("Xabarchi", 1917 y.dan), "Universal" (1916 y.dan), "Uno maye uno" ("Bir plyus bir", 1977 y.dan), "Ekselsior" (1917 y.dan), "Eraldo de Mexiko" ("Meksika xabarnomasi", 1965 y.dan); Informasones Mexikanas — Informeks Milliy axborot agentligi aksiyadorlik jamiyati boʻlib, 1960 y.da tuzilgan. Notisias Mexikanas — Notimeks xukumat axborot agentligi boʻlib, 1968 y.da tashkil etilgan. M.da mingdan koʻproq radio va 700 dan ortiq telest-ya bor. M.ning yetakchi "Televisa" telekoʻrsatuv tijorat konsorsiumi 1973 y. tuzilgan. Milliy radio va televideniye sanoati palatasi 1942 y. tashkil etilgan. Adabiyoti 16-a.ga kadar tub joy indeys qabilalari tillarida, ispanlar bosib olganidan keyin ispan tilida rivojlandi. Mustamlakachilikdan avvalgi davrda mayya (3—9-a.lar) va atsteklar (14—16-a.lar) adabiyoti gʻoyat ravnaqtogshi. Mustamlakachilik davridagi adabiyot yevropacha anʼanalar yoʻlidan bordi. Xalq ogʻzaki ijodiyoti ham uzluksiz rivojlanib adabiyotga kuchli taʼsir etib turdi. Ispan gumanist maʼrifatparvari B. de Las Kasas adabiyotning rivojida katta rol oʻynadi. Ispan tilida ilk bor E. Kartesning "Ispan qirollariga mak-tublar", B. Dias del Kastiloning "Yangi Ispaniya istilochilarining asl tarixi" asarlari vujudga keldi. B. de Valbuenaning "Meksikaning latofati" dostoni (1604) M. mavzuidagi birinchi asar boʻldi. 17-a. adabiyotida sheʼriyat asosiy oʻrinni egalladi. 18-a. da R. Landivarning "Meksika qishlogʻi" (1781), F. Klavixeroning "Meksikaning qadimgi tarixi" (1780—81) dostonlari maydonga keldi. Mustaqillik uchun kurash yillarida (1810—24) A. Kintan Rooning inqilobiy sheʼrlari shuhrat qozondi (milliy madhiya —"Oʻn oltinchi sentyabr" va b.). X. X. Fernandes de Lisardaning "Perikilo Sarniyento" romanida mustamlakachilik tuzumi qattiq tanqid qilindi. Mustaqil M. adabiyotida paydo boʻlgan birinchi badiiy yoʻnalish romantizm edi. M. Akunya, G. Priyetoning sheʼrlari va M. Payno ("Shaytonning nayranglari"), L. Inklan ("Astusia...")ning M. milliy mustaqilligini haqqoniy va badiiy tasvirlagan tari-xiy romanlari romantizm ruhida yozildi. 19-a.da M. sheʼriyatida modernizm paydo boʻldi (M. X. Oton, S. Dias Miron, A. Nervo va b.)19-a. oxirida, P. Dias diktaturam davrida nasriy realistik tamoyil vujudga keldi. R. Delgado, X. Lopes Portilo-i-Roxas romanlarida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotining qaramaqarshiligi va illatlari fosh etildi. 1910—17 y.lardagi burjuademokratik inqilob M.da tarakdiypar-var adabiyotning rivojlanishiga sabab boʻldi. M. Asuelaning "Pastdagilar" (1916) romanida kurashayotgan xalqsiymosi va ommaviy harakatlar aks ettirilgan. M. L. Gusman ("Burgut bilan ilon", 1928), G. Lopes-i-Fuentes ("Harbiy lager", 1931; "Mening generalim", 1934) va b. yozuvchilarning asarlari ham shu ruxda yozildi. 20-a.ning yirik shoirlari (R. Lopes Velarde, E. Gonsales Martines, K. Peliser)ning asarlarida xalqning maʼnaviy hayoti va milliy turmushi yorqin aks ettirilgan. M. nasri 50-y.larning oʻrtalaridan yana yuksala boshladi. Romannavislar milliy voqelikni badiiy tadqiq qilishni chuqurlashtira borib, umumbashariy muammolarni koʻtarib chiqdi. A. Yanyesning "Jala oldidan", X. Rulfoning "Pedro Paramo", Nobel mukofoti sovrindori K. Fuentesning "Oʻta tiniq soha", "Artemio Krusning oʻlimi", Rosario Kastelyanosning "Zulmatdagi ibodat" romanlari ana shunday asarlardir. Keyingi yillar adiblari hozirgi zamon milliy voqeligini oʻrganib, azaliy insoniy muammolarni yangi sharoitda hal etishga intilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |