Reja Elementlarni sistemalashtirishga o’rinib ko’rgan mutafakirlar. D. I. Mendeleevning ishlari va davriy qonunni kashf etilishi. Davriy sistema va uning tuzilishi. Elementlarning davriy va davriy bo’lmagan xossalari



Download 83 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi83 Kb.
#198725
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
.I.Mеndеlеvning elеmеntlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi
XnedOGGvZA5aJCrJUji5tWIk17VjcpB3anjDuRso, Zardo'zlik, Zardo'zlik, Zardo'zlik, “Obod turmush yili”, 2 5197711207632472790-конвертирован, dilshod, dilshod, dilshod, diyora20.2, ibrohomova shohsanam, hayot faoliyati xavfsizligi , Сказка Каша из топора скачать PDF, Сказка Каша из топора скачать PDF

D.I.Mеndеlеvning elеmеntlar davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy sistemasi

Reja

1. Elementlarni sistemalashtirishga o’rinib ko’rgan mutafakirlar.

2. D.I.Mendeleevning ishlari va davriy qonunni kashf etilishi.

3. Davriy sistema va uning tuzilishi.

4. Elementlarning davriy va davriy bo’lmagan xossalari.

5. Davriy konun va davriy sistemaning taraqqiyoti.

Tayanch iboralar va tushunchalar:
Uzun davrli variant, qisqa davrli variant, guruh, davr, kichik davrlar, katta davrlar, tugallanmagan davr, lantanoidlar, aktinoidlar, tipik elementlar, asosiy guruhcha, qo’shimcha guruhcha, nodir gazlar, valent elektronlar, ionlar, ionlanish energiyasi, elektronga moillik, elektr manfiylik.
1. ELEMENTLARNI SISTEMALASHTIRISHGA URINIB KO’RGAN MUTAFAKIRLAR.

XVIII asr oxirida 25 ta element ma‘lum bo’lib, XIX asrning birinchi choragida yana 19 ta element kashf qilindi. Shu asrning 70 – yillaridayoq 60 dan ortiq kimyoviy element ma‘lum edi. Boshqa tabiiy fanlarda bo’lgani kabi kimyoda ham ma‘lumotlar to’plangan sari ularni sinflash zarurati paydo bo’ldi.

Elementlar kashf qilinishi bilan ularning atom massasi, fizikaviy va kimyoviy xossalari o’rganib borildi. Bu tekshirishlar natijasida ba‘zi elementlarning avvaldan ma‘lum bo’lgan tabiiy guruhlari (masalan, ishqoriy metallar, ishqoriy – yer metallari, galogenlar) ga o’xshash element guruhlari shakllanib bordi. Elementlar va ularning birikmalari haqidagi ma‘lumotlar kimyogarlar oldiga barcha elementlarni guruhlarga ajratish vazifasini quydi.

1789 yilda frantsuz olimi A.Lavuaze kimyoviy elementlarning birinchi klassifikatsiyasini yaratdi, u barcha oddiy moddalarni 4 gurux (metallmaslar, metallar, kislota radikallari va «oksidlar») ga ajratdi.

1812 yilda shved kimyogari Y.Ya.Bertselius barcha elementlarni metallar va metallmaslarga ajratdi. Bunday sinflash unchalik aniq bo’lmasada, haligacha o’z kuchini yo’qotmay kelmokda.

1829 yilda nemis kimyogari I.V.Dyobereyner uchta – uchta elementdan iborat o’xshash elementlarning guruhlarini tuzdi va ularni triadalar deb atadi. Har qaysi triadada o’rtacha elementning atom massasi ikki chetdagi elementlarning atom massalari yig’indisining 2 ga bo’linganiga teng. O’sha vaqtda ma‘lum bo’lgan elementlardan faqat yettita triada tuzish mumkin bo’ldi.

Frantsuz kimyogari Shankurtua o’xshash elementlar guruhlariga atom massalarining o’zgarish qonuniyatlariga qiziqib o’zining «vint chizig’i» nomli elementlarning sistematikasini e‘lon qildi. U elementlar xossalarini egri chiziq holida solishtirib, o’zi chizgan tsilindr yuzasiga 16 ta vertikal chiziq tortdi va ularga elementlarni atom massalari ortib borishi bo’yicha joylashtirdi. Bunda ayrim o’xshash elementlar vertikal chizik bo’ylab joylashdi, ammo u elementlarning davriylik qonunini yarata olmadi.

1863 yilda ingliz kimyogari J.A.Nyulends elementlarning atom massalari bilan xossalari o’rtasidagi nisbatlari to’g’risida o’z axborotini bayon qildi, uningcha elementlarni atom massalari ortib borishi bo’yicha joylashtirilsa har sakkiz elementdan so’ng o’xshash xossalar takrorlanadi, bunga u «oktava qonuni» (okta – sakkaz demakdir) deb nom bergan. U ham elementlarning davriy qonunini kashf eta olmadi va tushuntirib bera olmadi.

1864 yilda nemis kimyogari L.Meyer o’zining «Hozirgi zamon kimyo nazariyalari va uning kimyoviy statikadagi roli» nomli kitobini nashrdan chiqardi. Bu kitobida, u ma‘lum bo’lgan 63 elementdan 44 tasini 6 ta ustunga vodorodga nisbatan valentliklarga muvofiq joylashtirib o’zining elementlar jadvalini tuzgan edi. Unda haqiqatda ham o’xshash elementlar ustunlarda joylashgan bo’lib, ammo u davriy qonun sifatida ta‘riflanmagan edi. D.I.Mendeleev o’zining birinchi elementlarning davriy sistemasini e‘lon qilgandan bir necha hafta o’tgandan keyin, L.Meyer davriy qonunning muallifligiga da‘vo qilib chiqdi.


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti