O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


20.3. TMKlar globallashuv jarayonlarini harakatga



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

148


20.3. TMKlar globallashuv jarayonlarini harakatga
keltiruvchi ontili sifatida
Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy darajadagi globailashuvda 
davlatlar integratsion uyushmalarining iqtisodiy faolligiga intilib, 
savdo va investitsion to‘siqlami olib tashlaydi, erkin savdo hududlarini 
tashkil qiladi. Bundan tashqari, globallashuv jarayoni davlatlararo 
xo'jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va axborot texno­
logiyasi miqyosidagi o'zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.
M akroiqtisodiy darajadagi globallashuv esa kom paniyalar 
faoliyatini ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo 
bo'ladi. Bunda yirik transmilliy korporatsiyalar global miqyosda 
harakat qiladi (ular chegarasi va milliy davlat egaligidan qat’iy 
nazar, iste’molchilarning talabini qondirish kerak). TM Klar (aso­
san, ko'pmilliy va global) ichki bozorga nisbatan ko'pincha tashqi 
iqtisodiy faoliyatda muhim rol o'ynaydigan globallashuv jarayo­
nining subyektidir.
Xullas, TM K bu globallashuvning asosi, uni harakatga kel­
tiruvchi asosiy kuchdir. Shu o'rinda biz globallashuvning ijobiy va 
salbiy oqibatlari to'g'risida ham fikrlashsak maqsaddan bo'lur edi. 
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari 
quyidagilardan iborat:
— globallashuv natijasida xalqaro m ehnat taqsimoti va ixti­
soslashuv chuqurlashib boradi. Bunda mablag' va resurslar samarali 
sarflanadi;
— globallashuv jarayonida xarajatlaming qisqarishi, narxlarning 
pasayishi va barqaror iqtisodiy o'sishga olib keluvchi ishlab chiqarish 
ro'y beradi;
— globallashuv jarayonining jihatlaridan yana biri erkin sav- 
dodan keladigan yutuq jahonning barcha mamlakatlarini qano- 
atlantiradi;
— globallashuv jarayonida raqobatning kuchayishi yangi texnik- 
texnologiyalarni yaratilishini jahon mamlakatlari o'rtasida keng 
tarqalishini ta'm inlaydi (xorijiy to'g'ri investitsiyalar jahon sav­
dosining o'sishiga olib keladi).
— globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg'or ilmiy- 
texnik, texnologik va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yan- 
giliklarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi;
— globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy 
bozordagi ichki raqobatchilar tarkibiga tashqi bozordagi kuchli
149


raqiblar ham qo‘shiladi (eng awalo, iste’molchilarga qulay bo ‘lgan 
raqobat ularga narxlarni pasaytirish va tanlash imkonini beradi);
— globallashuv jarayonida ilg‘or texnologiyadan va global miq- 
yosdagi ishlab chiqarishdan ratsional foydalanib, ishlab chiqarishda 
mehnat unumdorligi oshadi. Jahon miqyosidagi innovatsiyalar 
amaliyotga uzluksiz tadbiq etiladi;
— globallashuv jarayoni davlatlarga moliyaviy resurslarni asosiy 
qismini aylanishini ta’minlashga keng imkoniyat beradi. Globallashuv 
jarayoni jahon hamjamiyatini birlashishini turli sohalardagi hara­
katlarini faollashtirishni talab qiluvchi muammolarni, eng aw alo, 
ekologik muammolarni hal qilish uchun jiddiy asos yaratadi. Xullas, 
ko'pchilik mutaxassislar globallashuvning pirovard natijasi jahon 
mamlakatlari farovonligining oshishiga olib keladi, deb umid qil- 
moqdalar. Jahon iqtisodiyotida globallashuvning salbiy oqibatlarini 
keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan muammolar xavf-xatarlidir.
Yuqorida qayd qilib o'tganim izdek, jahon iqtisodiyotining 
globallashuvi turlicha talqin qilinmoqda. Bu jarayonga nafaqat ekspertlar, 
olimlar va mutaxassislar, balki turli mamlakatlaming fuqarolari ham 
o'zlarining munosabatlarini bildirishmoqda. Jahon iqtisodiyotida global­
lashuv jarayonlari rivojlangan mamlakatlarda xayrixohlik bilan, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa xavotirlik bilan qabul qilinyapti. 
Buning sababi shundaki, globallashuv jarayonining afzalliklari barcha 
mamlakatlarga teng taqsimlanmaydi. Shuning uchun globallashuvdan 
kim foyda ko'radi, degan savol turli munozaralatga sabab bo'layotir.
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari, eng 
aw alo, sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeyini mustahkamlab, 
ularga qo'shim cha afzalliklar beradi. Xalqaro m ehnat taqsimoti 
doirasida globallashuv jarayoni kengayishi iqtisodiy past rivojlangan 
mavqeyini salbiy o'zgarishiga sabab bo'lib, ularni globallashuv 
jarayonining subyektlariga emas, balki obyektlariga aylantirishi mum­
kin. D em ak, globallashuv jarayonining alohida m am lakatlar 
iqtisodiyotiga ijobiy ta ’sirinining darajasi ushbu mamlakatlaming 
jahon iqtisodiyotida tutgan o'rniga bog'liqdir. Amaldagi afzalliklaming 
asosiy qismi boy davlatlarga yoki individuallarga tegadi.
Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning mar-
kazlashishi bilan bog'liq bo'lgan buzg'unchilik ta’siri yuzaga chiqishi 
mumkinki, bu mamlakat ichidagi an ’anaviy aolqalaming uzilishiga, 
ijtimoiy m uam m olarning kuchayishiga, mazkur jam iyat uchun 
begona bo'lgan salbiy oqibatlar tufayli barcha mamlakatlarda yuzaga 
keladigan m uammolar sifatida quyidagilami keltirish mumkin:
150


— globallashuvdan keladigan afzalliklar milliy iqtisodiyotning 
alohida tarmoqlari o'rtasida bir xil taqsimlanmasligi;
— milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
— ayrim mamlakatlarda iqtisodiyotni nazorat qilishni mustaqil 
hukumat qo'lidan boshqalarga, jumladan, kuchliroq davlatlarga, 
ya’ni TMKga topshirish va boshqalar.
Shunday qilib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahon 
xo'jaligini vujudga kelishi, rivojlanish va globallashuvda tashkil topgan 
yirik moliyaviy kapital guruhlar muhim rol o'ynagan edi. Tashkil 
topgan ushbu TM K lar yirik masshtabdagi korporatsiyalarning 
shakllanishi va paydo bo'lishida katta ahamiyatga egadir. TMKlaming 
global masshtabdagi faoliyati shundan iboratki, ular o'z taktika- 
larini doimo takomillashtirib, jahon bozorining eng muhim nuq- 
talarini, ishlab chiqarishning muhim sohalarini, xalqaro tovarlar 
savdosida esa asosiy obyektlami egallab bormoqda.
AQSHning «jahon avtomashinasi» modeli deb hisoblangan 
«Modeo» bazasidagi avtomobil konserni yengil avtomashinalar ishlab 
chiqarish bo'yicha va shuningdek, Yaponiyaning «Matsusita» («Pa- 
nasonik») firmalari global strategik ahamiyatga egadir. Ushbu yirik 
ishlab chiqaruvchi TMKlar uy-ro'zg'or buyumlarini ishlab chiqa- 
rishdan tortib, elektr asbob-uskunalarni, sovutgichlarni ishlab 
chiqarishda ham jahon mamlakatlarining 40 ga yaqinida 150 dan ortiq 
ishlab chiqarish korxonalariga egadir. Ular dunyo ilm fanining eng 
yangi yutuqlaridan foydalanib, turli bozorlar va madaniy markazlarda 
Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari ko'lamida faoliyat ko'rsatib 
kelmoqda. Bunday TMKlarga turli davlatlarning mutaxassislari ham 
tortilyapti. Jumladan, Buyuk Britaniyaning «Royal — Datch — Shell» 
kompaniyasining Londondagi shtab-kvartirasida ishlayotgan xodimlar 
40 ga yaqin millat vakillaridan iborat bo'lib, ulaming ko'pchiligi yirik 
neft korxonalari joylashgan davlatlarning vakillaridir.
1. Jahon iqtisodiyotida globallashuv tushunchasining mazmuni va 
mohiyatini tushuntirib bering.
2. Globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab 
bering.
3. TMKlar globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi omil 
ekanligi to'g'risida siz nima bilasiz.
4. TMKlaming global miqyosdagi faoliyatini izohlang.
151


21-bob.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish