Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan foydalidir. Bu hududlar ko'plab ish o ‘rinlarini
tashkil
qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, tashqi savdo
natijalarini yaxshilashda, ilm iy ishlab
chiqarish salohiyatni
oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar bir
q ato r o ‘xshashliklarga ega bo 'lib , ular quyidagilardan iborat.
B irinchidan, bu davlatlarda eksport uchun ishlab chiqarish
hududlari keng tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIC H H tashkil
qilishga qator iqtisodiy sabablar, aw alam bor, eksport uchun sanoat
tovarlari ishlab
chiqarishni rivojlantirish, m am lakatga xorijiy
kapital, ilg‘or fan-texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb qilish
zaruriyati kabi sabablar turtki b o ‘ladi. Ikkinchidan, EIHlardagi
xo'jalik yuritish rejimi xorijiy ishbilarm onlar uchun erkin va
imtiyozli bo'ladi. Bu EIHlar orasida xalqaro raqobatning kuchayishi
bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar mavjud bo'ladi. U chinchidan,
E IH lar faoliyatida tovar sanoat diversifikatsiyasi ro 'y beradi.
Zamonaviy ITI yangi va yuqori texnologik ishlab chiqarish bilan
bog'liq bo'lgan EIHlarni ilg'or o'rinlarga olib chiqadi.
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoydagi E IH lar
sezilarli
rivojlanib borm oqda. 80-yillarning boshida maxsus EIH larga
birlashgan kichik-kichik hududlar Xitoy hukumatini 90-yillaming
boshlariga kelib yirik EIHlarga aylangan davlatlardan biri bo'lib
qolishiga sabab bo'ldi. Mamlakatda va xorijda m ashhur bo'lgan
EIH lar «Shen chjen», «Chjuxay», «Syamen», «Shantou», «Xay-
nan»dan tashqari texnik-iqtisodiy hududlar (20 dan ortiq) va yangi
yuqori texnikani rivojlantirish hududlari texnoparklar ham sezilarli
rivojlandi. Xitoydagi «Pudun» iqtisodiy rivojlanish hududi bir necha
o 'n yillar mobaynida Shanxayni Osiyo—Tinch okeani m in ta
qasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi.
EIHlarni tashkil topishi Xitoy hukumati tom onidan 70-yillar
oxirida e ’lon qilingan ochiq tashqi iqtisodiy siyosatning natijasidir.
EIHlarni rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy rahbariyati xorij
tajribalarini e’tiborga oldi. Singapur, Tayvan va AQSH tajribalariga
alohida e’tibor berildi. EIHlarni tashkil qilishning bir necha variant
lari ishlab chiqildi. Oqibat natijada eksportga va shuningdek, xorijiy
kapitalni jalb qilishga ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga
yo'naltirilgan EIH modeli tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar
«ochiq eshiklar» siyosatini amalga oshirgan holda mamlakatning
boshqa tumanlarini bog'lab turuvchi rolini o'ynay boshladi.
143
90-yillarning boshida XXRning dengiz port shaharlarida maxsus
iqtisodiy hududlar —
erkin bojxona hududlari
(erkin bojsiz savdo
hududlari) vujudga kela boshladi. Ular xitoylik mutaxassislaming
fikricha, erkin bojxona hududlar boshqa xorijiy davlatlardagi erkin
bojxona hududlari modeli bo'yicha rivojlantirilgan. Xullas, Xitoydagi
maxsus iqtisodiy
h ududlar va shuningdek, boshqa im tiyozli
investitsion iqlimdagi tum anlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz
muvafaqqiyatga erishdi. Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIH lar
erishgan yutuqlar qatoriga, awalambor, barqaror iqtisodiy o ‘sish
sur’atlarini, hududlarga ko'p miqdorda xorijiy investorlarni jalb
qilinishini m ehnat unumdorligini sezilarli darajada o'sishini va
nihoyat, aholini turm ush tarzi darajasini o'sishini va h.k.larni
kiritishadi.
Xitoydagi maxsus EIH umuman olganda, davlat mulki ustunlik
qilgan holatdagi bozor m unosabatlaridan foydalanish bo'yicha
tajribadir. M a’lumki, birdaniga bozor iqtisodiyotiga o'tish xalq uchun
va milliy iqtisodiyot uchun qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Shuning uchun ham Xitoy hukumati bozor iqtisodiyotiga o'tish
siyosatini birdaniga qabul qilinadi. Xitoylik iqtisodchilarning
aytishicha, mamlakatning maxsus iqtisodiy
hududlari XXI asrda
Xitoy yashashi mumkin bo'lgan iqtisodiy modellami polegoni bo'lib
faoliyat ko'rsatgan.
EIHlar turli davlatlarning alohida tumanlari ijtimoiy-iqtisodiy
ishlab chiqarishning u yoki bu sohasini rivojlanishi uchun, xorijiy
kapital jalb qilish yoki mahalliy kichik va o'rta biznes faoliyatini
jonlantirishdagi roliga asos bo'la olmaydi. EIHlarning faoliyati
mamlakatning boshqa hududiga ta ’siri juda cheklangan holda qol
moqda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa bunday masalalarga
alohida e’tibor berilmoqda.
Tadqiqotlarga qaraganda, EIHlarga xorijiy kapital jalb qilishga
ketadigan xarajat o'rta hisobda 1 dollari xorij kapitaliga 4 dollarga
to 'g 'ri keladi. M asalan, 80-yillarning oxirida XXRning to 'rtta
EIHlaridagi xorijiy kapital 4 mlrd.dollarni tashkil qilgan bo'lsa,
Xitoyning o'zi kiritgan mablag'Iari esa 22 mlrd dollarni tashkil
qilgan.
Shunday qilib, amalda Xitoyda EIHlarning infrastrukturasi,
markaziy davlat mablag'Iari hisobiga vujudga kelgan.
Xullas, E IH lar jah o n iqtisodiyotida nafaqat m uvaffaqiyat
keltirish balkim, ularni tashkil etishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi
ham mumkin. Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal
va boshqa davlatlarda turli ko'rinishdagi EIHlar nafaqat muvaf-
144
faqiyatsizlikka uchradi, balki umuman o ‘z faoliyatini to ‘xtatdi.
Buning asosiy sabablari qilib siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy sabablami
ko'rsatish mumkin. Siyosiy sabablarga mamlakatdagi umumiy siyosiy
beqarorlik, fuqarolar o'rtasidagi kelishmovchiliklar va boshqalar
kirsa, iqtisodiy sabablarga, eng aw alo,
EIHlardagi juda murakkab
investitsion rejim haqidagi qonunchilik kiradi. EIHlardagi byuro-
kratik boshqaruv va shuningdek, investorlarni ro'yxatga olishdagi
byurokratik amallarning mavjudligi, reklamaning sustligi va bosh
qalar ham EIHlar taqdiriga sezilarli ta ’sir ko'rsatadi.
1. EIHlarni mazmuni va mohiyatini xarakterlab bering.
2. EIHlarning asosiy ko'rinishlarini tavsiflang.
3. Jahonning turli mamlakatlarida EIHlar faoliyatini o'ziga xos
rivojlanish xususiyatlari.
4. EIHlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy sabablarini
ko'rsating.