O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

5-jadval
Ko‘rsatkichlar
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003,
yanvar—
avgust
Tovar
ayirboshlash
1607,6
1053,4
864,7
1010,3
1129,8
912,3
681,0
Eksport
836,4
526,2
432,6
545,5
526,2
317,1
241,0
Import
771,2
527,2
432,1
464,8
603,6
595,2
440,0
169


2003-yilning birinchi yarmida 0 ‘zbekistondan Rossiyaga eksport 
qilingan tovarlar tarkibi quyidagicha bo'lgan edi: transport vositalari
— 25,6 %, xizmatlar — 17,1 %, paxta tolasi — 14,6 %, tabiiy 
yoqilg'i, neft m ahsulotlari — 9,65 %, sabzavotlar — 4,6 %, 
gazlama, paxta kalavasi — 4,1 %, paxta, jun — 3,9 %, sabzavot va 
bog'dorchilik mevalaridan qayta ishlangan mahsulotlar — 3,5 % 
ni tashkil qilgan. Rossiyadan O'zbekistonga keltirilgan import 
mahsulotlar quyidagilami tashkil etgan edi: mexanik uskunalar
— 11,2 %, xizmatlar — 7,5 %, elektr asbob-uskunalari — 6,9 %, 
transport vositalari — 5,1 %, o'rm on mahsulotlari — 5,1 %, 
kauchuk va rezina mahsulotlari — 4,5 %, optik asbob-uskunalar — 
4,3 %, farmatsevtika mahsulotlari — 3,4 %.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston
— Rossiya hukumatlararo komissiyaning 6 ta yig'ilishi bo'lib o'tdi. 
O'zbekistonda RFning kapitali ishtirokida 300 dan ortiq ishlab 
chiqarish korxonalar respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan 
bo'lib, ulam ing 42 tasi to'liq (100 %) R F investitsiyasi hisobiga 
qurilgan bo'lsa, 258 tasi qo'shm a korxonadir. Hozirgi kunda
1998—2007-yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturlari 
doirasida 20 dan ortiq hukumatlararo shartnoma, bitim va bayonno- 
m alar imzolanib, 30 ga yaqin hukum atlararo shartnom alar va 
mintaqalararo hujjatlar ustida ish olib borilmoqda.
O 'zbekiston va RF o'rtasida ijtimoiy-siyosiy va madaniy ham ­
korlik ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 2001-yilning martidan 
boshlab Toshkentda Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik 
markazining («Росзарубежцентр») vakolatxonasi faoliyat k o 'r­
satib kelyapti. 2001-yilning noyabrida Moskvadagi Xalqaro fanlar 
akademiyasining oliy maktabida o'zbek milliy bo'lim i tashkil etildi.
2002-yilning 25-sentabrida Sankt-P eterburg shahridagi Pis- 
karevo m em orial majm uyining «Xotira m aydoni»da Leningrad 
shahri m udofaasida halok bo'lgan o'zbekistonliklar xotirasiga 
bag'ishlab 0 ‘zbekistonning marmartoshi o'm atildi. Moskva shah­
rida 2002-yilning noyabrida she’riyat sultoni Alisher Navoiyga 
haykal ochilishi muhim voqea bo ‘ldi. 2002-yili Moskva va Sankt- 
Peterburg shaharlarida «Yalla» guruhining yubiley konserti va 
«Ilhom» teatrining gastrollari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonda «Росзарубежцентр» qator madaniy tadbirlar 
olib bordi. 2002-yilning dekabrida O'zbekiston Badiiy akademiyasi 
bilan birgalikda Tretyakov galereyasining asoschisi P. Tretyakovga 
bag'ishlangan ko'rgazmasi ochildi va Rossiya kinosi kunlari bo'lib
170


o ‘tdi. 2003-yilning yanvar oyida esa Samarqand shahrida hozirgi 
kunda rus tili va madaniyatini o‘qitish borasida Xalqaro ilmiy 
konferensiyasi bo‘lib o'tdi.
2003-yilning 14-mayida Andrey Pervozvanniy jam g'arm asi 
homiylik kengashi delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida 
O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov RFning davlat 
mukofoti «Andrey Pervozvanniy» ordeniga taqdim etildi.
Oliy ta’lim sohasida O'zbekistonga 2003—2004-o‘quv yili uchun 
Rossiya oliy va o'rta o'quv yurtlarining magistratura, aspirantura va 
doktoranturalarida ta ’lim olish uchun 40 stipendiya va shuningdek, 
M GIM O va R F TlVning Diplomatik akademiyasiga kvotalar ajratildi. 
M DU rektori, akademik V. Sadovnichiyning 2001-yilning yanvarida 
Toshkentga tashrifi va shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I. A. Karimovga «M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat uni­
versiteti faxriy professori» diplomi tantanali taqdimoti ikki davlat 
munosabatlarining maorif sohasida muhim voqea bo'ldi. Hozirgi 
kunda 0 ‘zbekistonning 800 ga yaqin maktablarida darslar o'zbek va 
rus tilida olib borilmoqda (159 ta maktabda ta’lim rus tilida olib 
borilib, ularda 313 mingga yaqin o'quvchi ta’lim olmoqda).
M ustaqillik yillarida respublikam iz kutubxonalari rus tilida 
ch o p etilay o tg an adabiyotlar bilan t a ’m in lan d i, oliy o 'q u v
muassasalari fondlarining o'zida 19165954 nusxa kitob mavjud bo'lib, 
ulardan 11870322 nusxasi rus tilidadir. 2002 va 2003-yilning yetti 
oyi ichida oliy ta ’limning barcha yo'nalishlari bo'yicha rus tilida 136 
nomda darslik chop etildi. 2003—2004-o‘quv yili uchun rus tilida 
66 nomda darslik nashr qilinib, ularning umumiy tiraji 1,1 mln 
nusxani tashkil etdi. Bundan tashqari, har yili respublikada rus 
tilida 40—45 nom da darslik vg o'quv adabiyotlari nashr etilib, 
ulaming um um iy nusxasi 1,0—1,2 mln donani tashkil etmoqda. 
Hozirgi kunda rus tilida nashr qilinayotgan gazeta va jum allam ing 
umumiy soni o'zbek tilidagi nashrlar soniga deyarli tenglashib qolgan 
bo'lib, O'zbekistonda 85 gazeta va 52 jum al rus tilida chop etiladi. 
Rossiya nashrlari sotuvda va obunada bor. B undan tashqari, 
«Kamalak—TV» kanali orqali Rossiya televideniyesi dasturlarini 
to'liq hajmda tomosha qilish imkoniga ega bo'lindi.
O 'z b e k isto n R espublikasi b ilan A rm a n isto n o 'rta sid a g i 
diplomatik munosabatlar 1995-yilning 27-oktabridagi bayonnoma 
imzolash orqali o'rnatilgan (Moskva shahrida) bo 'lsa-d a, ikki 
tom onlam a olib borilayotgan savdo-iqtisodiy m unosabatlar hozirgi 
kunda o 'z rivojini topgani yo'q.
171


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi E. Xalilov bosh­
chiligidagi parlament delegatsiyiasi 1999-yil 31-oktabrda Yerevanda 
bo'lib, Armaniston Respublikasi Milliy Yig'ilishi raisi K. De- 
merchyan va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri V Sarkis- 
yanlaming dafn marosimida qatnashishdi. 80-yillarda O'zbekiston 
Armanistonga kundalik ehtiyoj mollarini, oziq-ovqat mahsulotlari, 
qurilish materiallari, shuningdek, Armaniston Respublikasidan 
avtomobillar, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qog'oz, 
kundalik ehtiyoj mollari keltirilgan edi.
1988-yilda Armanistonda ro'y bergan zilzila, Armaniston va 
Ozarbayjon o'rtasidagi urush holatlari va Kavkazdagi murakkab 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat Armanistonning iqtisodiy sha- 
roitini yanada chuqurlashtirib, ko'pchilik korxonalar, xomashyo 
yoki yoqilg'i resurslari' yetishmasligi tufayli o'z ishini to'xtatishga 
majbur bo'ldi. Bu esa o'z navbatida o'zbek — arman iqtisodiy 
aloqalariga salbiy ta ’sir ko'rsatgan edi. Armanistonning ishlab chi­
qarish sanoat korxonalari bilan bog'liq bo'lgan respublikamiz 
korxonalari boshqa xorijiy d av latlarn in g k o m paniyalari va 
tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishga majbur bo'lishdi. Xullas,
1993-yilning fevralida O 'zbekiston bilan Armaniston o'rtasida 
imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi hukumatlararo 
bitim Armanistondagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat sababli 
juda sustlashib ketgan edi (6-jadval):

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish