1. Gʻafur Gʻulomning sheʼrlari arman tiliga tarjima qilinadi va shoir Yerevanga boradi. Taqdimot marosimida u hazillashib, "menga bir tarjimon arman qizini bersangiz, men oʻzim bilan olib ketsam", deb Ularni yodga oladi.
❓Savol: Ular deganda Gʻafur Gʻulom kimlarni nazarda tutgan?
Javob: Farhod va Shirinni.
Izoh: Shirin Armanistonlik boʻladi.
2. Boshqirdistonning sobiq prezidenti Murtazo Rahimov respublika boʻylab maktablar, futbol maydonchalari, madaniyat markazlari kabi turli inshootlarni foydalanishga topshirish marosimlarida qatnashishni juda yaxshi koʻrardi.
Shuning uchun u X laqabini oldi.
X roʻzgʻor buyumini nomi.
Javob. Ochqich.
3. Saudiya arabistoni podshosi Fadx oʼlganda, ukasi Аbdullo butun dunyodan hamdardlik xatlarini olgan. BААda, Pokistonda va bir qator davlatlarda motam tutilgan. Lekin Saudiyada hatto bayroqni ham tushirishmagan, motam uchun. Sababini aniq ayting?
Javob: Saudiya Аrabistoni bayrogʼida Kalimai shahodat yozilgan. "La Ilaha Ilalloh Muhammadan Rasululloh"
4. XX asrning 40-yillarida bir mashhur London firmasi globuslar ishlab chiqarish uchun yirik buyurtmani qabul qiladi. Ammo kompaniya buyurtmalarni bir muddatdan soʻng yetkazib berish boʻyicha shart qoʻygan.
Savol: Qachon?
Javob: Urush tugashi bilan
5. “Sport Week” jurnalida Afrikaning barcha davrlardagi eng yaxshi o’yinchilari ro’yxati berilgan maqola nomi SHUNDAY deb nomlanadi. 1939-yilda shunday nomli asar ham chop etilgan. Ushbu maqola nomini bir nechta so’z bilan ifodalab bering.
Javob. O’nta negr bolasi.
Izoh. Maqolada 10 ta Afrikaning top o’yinchalari haqida.
6. Shaxmat boʻyicha jahon chempioni Baris Spatskiy o'zini sobiq xotini toʻgʻrisida quyidagi jumlalarni aytgan: - "Men va xotinimning qarashlari turlicha bo‘lgan, bizning fikrlarimiz hech qachon bir birimizga mos kelmagan va kesishmagan ham. Xuddi "U"larga oʻxshab".
Javob: oq va qora katakdagi fillar. (Shahmatdagi)
Izoh: shahmatda oq va qora katakdagi fillar hech qachon kesishmaydi.
7. Yuqoridagi suratda taksi avtomobilining rasmi turibdi. Uning yon qismida esa shaxmat doskasining bir qismi tasvirlangan.
Savol: Ushbu shaxmat doskasini bir qismi nimani anglatadi?
Javob: Istalgan tomonga harakat qilishini
8. Sherlok Xolms haqidagi hikoyalardan birida mashhur izquvar Beyker Streetdagi qamoqxonada tutqunlarga beriladigan ashyolar daftarchasini bir joyini oʻqib avval tushunmaydi. Unda yozilishicha, iyul oyi uchun 4ta, oktabr oyi uchun 11ta, dekabr oyi uchun 18ta berildi deb yozilgan edi. Ushbu narsa aynan har oyda, har xil sonda tutqunlarga berilgan.
Javob: U narsa sham edi.
Izoh: Sham yozda kam ishlatiladi. Qishda esa unga borgan sari ehtiyoj orta boradi. Bahorga chiqib, uni yana kamroq ishlatilish boshlanadi.
9. Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asarida bir bolakay chol bilan ertalab baliq oviga borishini eshitib, cholga: "Sizni ertalab kelib uyg’otaymi?" – dedi. Shunda chol unga: “Yo’q shart emas, u men uchun qo’ng’iroq soat vazifasini bajaradi” – deb aytadi.
Javob: Qarilik.
10. U san'atning bir sohasi vakillariga kerak bo‘ladi. U ni yosh bola paytimda xolam yoki onamning pardoz-andoz ashyolari ichida uchratib hayron bo‘lardim. U arzimas narsa ekanligi yuqoridagi gaplardan anglashilgandir balki. Ammo shoshilmang! U uzoq qit'aga sayohat, ko‘cha harakati qoidalari buzilishi, politsiyaga qarshilik qilish, baxtsiz hodisa, o‘g‘irlik, mushtlashuv kabi voqealarga sababchi bo‘lgan.
Javob: YONGAN GUGURT CHO‘PI!!!
Izoh: Rassomlar asarining nozik nuqtalarini chizayotganda YONGAN GUGURT CHO‘PI yoki sigaret qoldig‘idan foydalanarkan. Avvallari ayollar YONGAN GUGURT CHO‘PI bilan o‘sma qo‘yilgan qoshlarini tarashgan. Mashhur ,,Gugurtga ketib” filmida Amerikaga sayohat, ichib olib shaharda ko‘cha qoidasini buzish, politsiyaga qarshilik qilish, cho‘kib ketish, cho‘chqa bolasini o‘g‘irlash, Taxvo Kenenin bilan mushtlashuv kabilar aslida oddiygina gugurtdan boshlanadi. Ixolaynen film so‘ngida gugurt qutini ochganida ichidan birgina YONGAN GUGURT CHO`PI chiqadi!
11. Topishmoq.
Er:
Taqdir bizni birlashtirdi bitta jismga, Mehnat esa yaqin qilar, bir-birimizga.
Xotin:
Bizning juftligimizda – sensan qahramon, Lek men to'g'irlagayman xatongni har on.
Savol: Topishmoqning javobi nima?
Javob: Orqa tomonida o'chirg'ichi bor qalam
12. Doktor Demond o’tkazgan tadqiqotga ko’ra, agar siz kutubxonaning o’quv zalidagi stolda ruchka yoki biror boshqa sahxsiy buyumningizni qoldirib ketsangiz, bu o’sha joyni o’rtacha 77 daqiqa davomida band qilib turarkan. Agar siz joyni tahminan 2 soat band qilib ketmoqchi bo’lsangiz, qanday ishni amalga oshirishingiz lozim bo’ladi?
Javob: Stulga kiyimingizni ilib qo’ysangiz.
13. Latifadan.
Bir futbol muxlisi stadionda o’yin davomida juda asbiylashib o’tiradi. O’yinning oxirida u yonidagi boshqa muxlisga qarab shunday dedi:
– Menimcha, men Ximni yo’qotib qo’ydim.
– Uni mening qulog’imdan qidirb ko’ring.
U yo’qotib qo’ygan Xni yozib bering.
Javob. Ovoz
Do'stlaringiz bilan baham: |