14.2. 0 ‘tish davri davlatlarida bozor islohotlari. Markaziy va
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan
iqtisodiy islohotlar
Jahon iqtisodiyotida aytilgan davr oralig‘ida muhim iqtisodiy
islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlaming asosiy maqsadi rejali
iqtisodiyotning ustun jihatlarini bozor iqtisodiyoti yutuqlari bilan
birlashtirish edi. Bozor sotsializmi deb nomlangan g‘oya yuzaga
kelgan bo'lib, bu g‘oya sobiq SSSRda 1965-yildagi islohotlar o'z
ifodasini topdi. Uning mohiyati rejali boqaruvni bozor raqobatlari
bilan uyg'unlashtirishga intilish edi. Bu davrda sobiq Yugoslaviyada
bozor islohotlari yanada chuqurroq xarakterga ega bo'lgan. Yugos
laviyada ishlab chiqarish korxonalari o ‘z -o ‘zini boshqarish, erkin
narx belgilash va tovarlami sotish imkoniyatiga ega bo'lib, raqobat
kuchaygan. Buning oqibatida korxonalar bu raqobatga bardosh berish
uchun bozor sharoitiga moslashishga majbur bo'lgan edi.
Yugoslaviya modeli korxonalaming talabga moslasha olish,
bozorni to'ldirish va mahsulotni nisbatan yuqori sifatda bo'lishini
ta ’minlash imkoniyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Mamlakat o'zining
stanoklarini zamonaviy yangilay olish imkoniyatini ham namoyish
etdi. Bunday yangilash korxona tom onidan, o'z hisobiga amalga
oshirildi. Biroq, bozor sotsializmining yugoslavcha modeli mam
lakatda ishsizlikni oshishiga, inflatsion jarayonlam ing kuchayishiga
olib keldi.
XX asrning 60-yillari oxirida bozor islohotlari Sharqiy Yev
ropaning boshqa sotsialistik mamlakatlarida ham amalga oshirildi.
Ularning iqtisodiyotidagi bozorga oid tarkibiy qismlar sobiq SSSR
bilan solishtirilganda yanada sezilarli bo'lsa-da, biroq Yugoslaviya
darajasiga yetib bordi.
Vengriya bozor sotsializmi modelini yaratish korxonalaming
ishlab chiqarish faoliyatiga mustaqillik berish yo'li bilan bog'liq
bo'ldi. Ya'ni, ularga o'z mahsulotlarini o'zlari sotishga ruxsat berildi.
M a’lumki. mamlakat yetarli darajada kichik bo'lgan taqdiida bu
jarayonga davlatning jiddiy aralashuvi talab etilmaydi. Shuning
uchun ham Vengriyada korxonalar ish haqi fondlarini saqlab
qolgan holatda bandlar sonini mustaqil belgilash huquqiga ega
bo'lishdi. Ishchilar sonini kamaytirish hisobiga ish haqi fondi
saqlab qolindi, natijada, korxona bu fondni qayta taqsimlash
huquqiga ega bo'lganligi bois, ishlab chiqarishda bandlarning ish
haqini oshirish imkoniga ega bo'lindi.
114
Vengriyada o'tkazilgan islohotlarning eng diqqatga sazovorli
tom oni shunda bo'ldiki. bu yerda ichki narxlarni jahon narxlariga
bog'lab qo'yishga harakat qilindi. O'tkazilgan bu islohotlar n ati
jasida Vengriya, y a ’ni mamlakat iqtisodiyoti m a’lum darajada
q oloq , raq o b atb ard o sh bo'lm agan ishlab c h iq arish d an holi
bo'lib, raqobatda olib chiqqan korxonalar jahon bozori talab
lariga moslashish ko'nikm asiga ega bo'ldi. Shunday qilib, o'tgan
asrning 80-yillari boshlarida amalga oshirilgan jiddiy islohotlar
vengerlar tom onidan «iqtisodiy qon almashtirish» sifatida baho-
landi va keyinchalik bu bozor iqtisodiyoti tom on tashlangan
jiddiy qadam bo'ldi.
Bu islohot Avstriya bilan bo'lgan davlat chegaralarini ochilishi
munosabati bilan yanada kuchaydi. Korxonalaming mahsulotlari
o'zining kapitalistik qo'shnilari tomonidan kuchli raqobatni his eta
boshladi. Juda ko'p narxlar, ayniqsa, chorvachilik mahsulotlaridagi
narxlar Avstriyadagi narxlarga yaqinlashtirildi. Bu esa o'z navbatida
avstriyaliklar tomonidan nisbatan arzon venger go'shtlarini ommaviy
ravishda sotib olinishiga qarshi javob bo'ldi. Xullas, Vengriya sotsialistik
xo'jalik tizimi hukumronlik davridayoq ochiq jamiyatni shakllantirish
tomon, ya’ni jahon bozori xo'jaligi qonunlariga moslashish orqali
ildam qadamlar tashlandi.
C hexoslovakiyada esa bozor sotsializm i to m o n h arak at
1968-yilda Varshava shartnomasi mamlakatlarining qo'shinlarini
kiritilishi munosabati bilan bir muncha qiyinlashgan edi. Shunday
b o 'lsa -d a , C hexoslovakiyada m arkazdan tu rib rejalashtirish
asoslariga putur yetkazmagan holda, resurslarning narxlari har
yili oshirilib, iste’mol tovarlari narxlari esa pasaytirib borildi.
Natijada, 90-yillarga kelib, narx parametrlari va ulam ing tarkibi
jahon standartlariga yaqinlashdi. Bu esa mamlakatga bundan keyingi
inflatsion «karaxtlik»dan qutilib qolish imkonini berdi.
Jahon iqtisodiyotida Polsha iqtisodiyoti uchun siyosiy nobar-
qarorlik xos bo'lib, bu mamlakatda har qanday islohotlarni o 't
kazishni qiyinlashtirgan edi. Shunday bo'lsa-da, 80-yillarda hukm
ronlik qilgan inflatsiya tarmoq tuzilmasini bir m uncha yaxshiladi,
bozor iqtisodiyotiga mos keladigan qonunchilik ishlab chiqildi. Bu
holatni bozor xo'jaligi uchun mamlakatda huquqiy poydevor o 'r
natilishi deb qarash mumkin, chunki, bu poydevorsiz bozor iqti
sodiyotini yaratish mumkin emas.
Polshada b o zo r iqtisodiyotining b oshlanishi uni am alda
bo'lishining moddiy shart-sharoitini yaratishdan boshlandi. Buning
115
ichida erkin bozor narxlari hududining kengayishi, xususiy mulk-
chilikka nafaqat qishloq xo'jaligida, balki qayta ishlash sanoatida
ham ruxsat etilishi va boshqalami alohida qayd etish mumkin.
1982— 1983-yillarda Polshada boshlangan islohotlar quyidagi
yo'nalishlami nazarda tutgan edi:
1. Markazdan turib rejalashtirishni davlat buyurtmalari tizimi
bilan almashtirish.
2. Markazdan turib narx belgilash doirasini qisqartirish. Buning
natijasida 1989-yilning kuziga kelib 90 % narx erkinlashdi.
3. M oddiy resurslarni m arkazdan turib taqsimlash ulushini
1986-yildagi 45
%
dan 1988-yilga kelib 22 % gacha qis
qartirish.
4. Tarmoq vazirliklarini tugatish va yagona sanoat vazirligini
tashkil etish (Vengriya kabi).
5. Ish haqini erkinlashtirish va mehnatga haq to'lash fondining
oshishiga o'sib boruvchi soliqni joriy etish.
6. Vositachilik va lizing shartnomalarini joriy etish.
7 Qayta ishlash sanoatida xususiy mulkchilikka ruxsat berish.
8. Xorijiy valuta bozorini 1989-yildan boshlab erkinlashtirish va
boshqalar. Shunday qilib 80-yillarning oxiriga kelib Sharqiy
Yevropada bozor iqtisodiyotiga o'tishni osonlashtiruvchi
iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan edi.
Sobiq SSSRda esa 1965-yildagi islohotlar davom ettirilmasdan
shiddat bilan orqaga qaytarilgan edi. Iqtisodiyot rejali xo'jalikni
yanada markazlashtirish siyosatini kuchaytirish yo'lidan ketdi.
Korxonalar amalda mustaqil faoliyat olib borish huquqiga ega emas
edi. Ichki bozorning narx tuzilmasi xalqaro standartlarga um um an
mos kelmasdi. Bozor islohotlari boshlanganda sobiq SSSRda
resurslar narxi jahon narxining bor-yo'g'i 1/3 qismini tashkil etgan
edi. Bu esa inflatsion jarayonlaming mamlakatda uzoq davom etishi
va nihoyatda chuqurlashishini ifoda etadi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi davlat sotsializmining so'nggi
davrlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni MDH davlatlari
bilan solishtirganda bozor islohotlarini o'tkazish uchun qulay
vaziyat yaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Dastlabki bunday qulay
shart-sharoitlar bir qator jihatlar bilan bog'liqdir. Masalan, Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotning monopollashish darajasi
MDH mamlakatlariga nisbatan pastroqligi, aholining turm ush
farovonligi esa nisbatan yuqoriligi hamda bu mamlakatlarda bozor
mentaliteti saqlanib qolganligi bilan xarakterlanadi.
116
1. Sotsialistik xo'jalik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotining afzalligini
xarakterlab bering.
2. O'tish davri davlatlari deganda qanday davlatlami tushunasiz?
3. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan
iqtisodiy islohotlami o'ziga xos jihatlarini ochib bering.
4. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islo-
hotlarni MDH mamlakatlari bilan taqqoslab, farqini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |