16-bob.
XALQARO
IQTISODIY INTEGRATSIYANING
MOHIYATI YA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI
16.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati
Xalqaro iqtisodiy integratsiya —
bu milliy xo‘jaliklar o'rtasida
o'zaro barqaror aloqalaming rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida
yuzaga kelgan mamlakatlaming iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy
jihatdan birlashuvi bo'lib, ishlab chiqarish tuzilmalarining turli da
rajada hamda turli ko'rinishdagi o'zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Jahon iqtisodiyotida integratsion jarayonlar to'g'risida m u
taxassislar orasida yagona qarashlar konsepsiyasi mavjud emas. Bir
guruh iqtisodchi olim lar integratsion jarayonlar m am lakatlar
o'rtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish orqali «resurslar
cheklanganligi» muammosini bartaraf etish yo'li,
deb talqin etishsa
(bu orqali m am lakatlarda nisbatan serharajat tovarlar ishlab
chiqarish y o 'q o tilib , texnologik ayirboshlashni kengaytirish
imkoniyati paydo bo'ladi, bu esa o'z navbatida ilmiy-tadqiqot tajriba-
konstruktorlik ishlariga (ITTK I) xarajatlam i kamaytirish im ko
nini beradi), boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi
dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy
om illarni ilgari surishadi
(m asalan, m am lakat m udofaa qobiliyatini m ustahkam lash va
h.k.lar). U chinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu ishlab
chiqarishni barqaror o'sishi, ijtim oiy-siyosiy barqarorlik kabi
maqsadlarga osonroq va tezroq
erishish imkonini beradi, deb
hisoblashadi. Xullas, u yoki bu nazariy yondashuvlarni um um -
lashtirgan holda shuni qayd etib o'tishim iz mumkinki,
integratsiya
—
bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy m uhitni
yaratish yo'li ort]jli milliy xo'jaliklar komplekslarini o'zaro yaqin-
lashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
Jah o n iq tiso d iy o tid a x alq aro iq tiso d iy
m u n o sa b a tla rd a
integratsion jarayonlar ikki asosiy ko'rinishda, ya’ni birinchidan,
mikro
—
transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali,
ikkinchidan,
makro
—
iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiq-
lashtirish siyosati orqali
amalga oshiriladi.
121
Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga yaqin
joylashgan m am lak atlam in g x o 'jalik yurituvchi subyektlari
kapitallari o'zaro ta'sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, ular
o'rtasida iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi,
kichik sho-
xobchalar, sho'ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi.
M a’lumki, firma va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida
aloqalarning tez rivojlanishi, tovar almashuvida xizmat ko'rsatish,
kapital va ishchi kuchlarining mamlakatlar o'rtasida erkin harakatini
ta ’minlashga, iqtisodiy, ijtimoiy,
ilmiy-texnikaviy, tashqi iqtisodiy
va shuningdek, mudofaa, moliya valuta sohasidagi harakatlar yagona
siyosatga kelishishga qaratilgan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini
tug'diradi. Buning oqibatida, yagona valuta,
infratuzilma, moliya
viy fondlar, umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo'lgan
iqtisodiy majmualar yaratilishi yuz beradi.
Jahon xo'jaligi rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli
shakllardagi integratsion jarayonlami ko'rishimiz mumkin. Kundan-
kunga xo'jalik hayotida integratsion jarayonlar chuqurlashib,
kengayib bormoqda. Buni biz integratsion jarayonlaming borishini
xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot,
tovar ayirboshlashgacha bo'lgan turli ko'rinishlari bir-biriga qo'shilib
borishida ko'rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: