O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


-bob. R IV O J L A N G A N M A M L A K A T L A R - J A H O N



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

11-bob.
R IV O J L A N G A N M A M L A K A T L A R - J A H O N
X O ‘JA L IG I T I Z I M I D A
77


rivojlanishi yuzasidan (tashqi savdo, xorijiy investitsiya tarm og'i, 
transmilliy korparatsiya tarm og'i, ilmiy-texnikaviy monopoliyaga 
erishish va boshqalarni) nazorat qilish yildan-yilga kengayib 
bormoqda. 1929—1933-yillarda jahon kapitalistik xo'jalik tizimini 
inqirozga yuz tutishi boshqarish tizimini izdan chiqishi, iqtiso­
diyotning beqarorligi, inflatsiya, ishsizlikning kuchayishi ishlab 
chiqarishning keskin tushishiga olib kelgan edi.
Rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiyotida davlat rolining ko'zga 
ko'rinarli darajada o'sishi Ikkinchi Jahon urushidan keyin yuz berdi. 
Bu esa o'z navbatida aralash iqtisodiyotni yuzaga keltirdi. Ya’ni, 
xususiy biznesda asosiy o'rinni davlat sektori egallagan edi. Davlat 
sektori va xo'jalik m exanizm ining bozor elem entlariga qarab 
rivojlangan m am lakatlam ing aralash iqtisodiyotini quyidagi bir 
necha iqtisodiy rivojlanish modellari asosida o'rganish mumkin:
— 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning liberal (Amerika) modeli
— 
bunda xususiy m ulkchilik ishlab chiqarish raqobatida bozor 
mexanizmidan yuqori darajada sotsial differensiyalanadi. Davlat 
sektori makro-mikro iqtisodiyotni qonunlar asosida boshqarib turadi. 
Soliq, pul-kredit ?>yosati, raqobat va shuningdek, .monopoliyani 
cheklash, bozorning kasotga uchrashi kabi aholining m a’lum bir 
guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy qiziqishlarini himoya qiladi. Liberal 
model, asosan, AQSH va Kanadaniki bo'lib, Buyuk Britaniya
Irlandiya, Belgiya, Italiya va Fransiya kabi davlatlar ham hozirgi 
kunda liberal model asosida o'z iqtisodiyotini rivojlantirib bormoqda.
— 
Sotsial bozor (Germaniya) modeli
— ushbu model bozor 
mexanizmi infrastmkturasini tashkil qiladi va uni to'ldiradi. Doimo 
aholining ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklariga bardosh berishini 
qo'llab-quwatlaydi. Davlat iqtisodiy kam ta ’minlangan oilalami, 
ishsizlami, yoshlami, kichik va o'rta fermer xo'jaliklarini o'zining 
himoyasiga olib, katta iqtisodiy faollikni olib boradi.
— 
Shved modeli.
Jahon iqtisodiyotida bu m odel, asosan, 
Shvetsiya, Skandinaviya, Avstraliyada qo'llanilgan. Ushbu modelda 
darom adlarni keng miqyosda qayta taqsimlash va shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy birlikka asoslangan ijtimoiy kafolatlar yuqori 
darajada bo'lishligi xarakterlidir. Shved modelining yana bir xa­
rakterli tom oni shundaki, kasaba uyushmalarining xizmat soha- 
lariga asoslanib jam oat va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
mustahkamlashga yo'naltirilganligidir. Ushbu model 
kooperativ
modeli
ham deyiladi. Shved modeli o'zining turli-tumanligi bilan 
Yapon modeliga xizmat qiladi.
78


— 
Yaponiya modeli.
Bu model jahon iqtisodiyotida yo‘naltirib 
turuvchi kooperativ kapitalizm i m odeli b o'lib, davlat iqtiso­
diyotini rejalashtirishda asosiy rol o'ynaydi. Davlat ishchilarining 
kasb m ahoratini oshirishga e ’tibom i qaratib, ularning kasb m a- 
horatini uzluksiz oshirishga harakat qiladi. Yapon m odelining 
xarakterli tom oni shundaki, ishlab chiqarishni va m ehnatni milliy 
a n ’analar asosida tashkil qilishni shakllantirishga asoslangan. 
Yapon modeli iqtisodiyotni rivojlanishida anarxiya korporativizmi 
ham deb ataladi. Xullas, jahon iqtisodiyotida keyingi 100 yillar 
davomida bozor iqtisodiyoti o'zining yuqori darajada rivojlangan 
iqtisodiy tizim laridan, ilm iy-texnika inqilobi (IT I)ni o'zlash ti- 
rishda ehtiyoj va talabni to'liq qondira olishligi bilan katta ah a­
miyatga ega bo'lm oqda.
Bozor iqtisodiyoti sanoati rivojlangan m am lakatlar uchun 
tovar ishlab chiqarish va uni manfaatli proporsional rivojlanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davlatlarda umumiy ishlab chi­
qarishning qonuniyligi siklli xarakterda (ishlab chiqarishning 
tebranishlari va ko'rsatkichlarida, bandlik va narxda) namoyon 
bo'ladi. Iqtisodiyot nazariyasida investitsiya aktivlarining tebranishlari 
pul massasining hajm ida, um um iy xarajatlarda asosiy kapital 
hajmining yangilanishi va ishlab chiqarish texnologiyasining almash­
tirilishi sikllarida namoyon bo'ladi.
XX—XXI asrlar bo'sag'asida rivojlangan mamlakatlar uch siklli 
iqtisodiy tushkunlikni o 'z boshidan (1974—1977; 1980—1982; 
1990— 1993-yillarda) kechirgan edi. Jahon iqtisodiyotida 70-yil- 
lardagi siklli dinamikadan farqli o'laroq 80—90-yillaming siklli 
dinamikasi o'zining sinxronli (teskari) harakati bilan xarakterlanadi. 
1984-yilda AQSH va Kanadada, 1988-yilda Yaponiya, Buyuk Brita­
niya, Italiya, 1990-yilda G FR , AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada 
yangi iqtisodiy pasayishning eng yuqori cho'qqisiga chiqqan edi.
90-yillardagi iqtisodiy pasayishdan so'ng AQSHning iqtisodiy 
o'sishdagi 1995-yildan keyin bir m e’yorda borganligi kuzatiladi.
1993-yilda Yaponiya iqtisodiyoti iqtisodiy inqirozning eng past 
nuqtasida turganligi bilan xarakterlanadi. Yaponiya iqtisodiy o'sishni 
moliyaviy inqiroz buzgan bo'lib, 1997-yilda bu inqiroz butun 
Sharqiy Osiyoni qamrab oigan edi. Rivojlangan mamlakatlarda 
iqtisodiy siklning sinxron fazalari 70—80-yillarda neft va boshqa 
yoqilg'i xomashyo narxlarining global ko'tarilishi bilan asoslanadi.
Jahonning ilg'or mamlakatlarida bu holatning siklli rivojlanishiga 
ta ’sir etmasligiga doim ko'rilgan chora-tadbirlar 
avtotxon
xarakter
79


kasb etadi. Zamonaviy sharoitda siklli rivojlanish xarakteriga faqat 
kapitalning yangilanishi ta’sir etib qolmasdan balki yangi ishlab 
chiqarilgan m ahsulotlarini m oddiylashtirilishi va shuningdek, 
umumiy ishlab chiqarishning asosiy resurslari farqidagi m a’lumot 
almashuvlari ham ta ’sir qiladi. Jahonning sanoati rivojlangan dav­
latlarda iqtisodiyotning boshqa bir muhim jihatlarini biz ijtimoiy- 
iqtisodiy o'sishning nomutanosibligida ko'rishimiz mumkin.
U m um iy ishlab chiqarishda bozor iqtisodiyotining siklligi 
mehnat samaradorligi, daromad ko'rsatkichlari va shu kabilarda 
namoyon bo'ladi. Agar, XVIII asr oxiri va XIX asrning 70-yillariga 
qadar jahon iqtisodiyotida Buyuk Britaniya yetakchi davlatlardan 
biri bo'lgan bo'lsa, XIX asrning 80—90-yillariga kelib o'zining 
o'rnini yosh kapitalistik davlatlar bo'lmish AQSH, Germaniya va 
Fransiyaga bo'shatib bergan edi. Ammo G'arbiy Yevropada o'zining 
yetakchilik pozitsiyasini saqlab qolganligini ko'rishimiz mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori 
cho'qqisiga chiqishi bo'lib o'tgan ikki jahon urushiga bevosita bog'­
liqdir. Masalan, Birinchi Jahon urushida Germaniyaning yutqazishi 
AQSH, Angliya va Fransiyaning jahon xo'jaligida o'zining p o ­
zitsiyasini yanada m ustahkamlashiga sabab bo'ldi. G erm aniya­
ning Ikkinchi Jahon urushidagi yakka hukmronlikka bo'lgan inti- 
lishi esa uning mag'lubiyati va iqtisodiyotining nihoyatda pasayib 
ketishi bilan yakunlandi. Bu paytda esa AQSH jahonning rivojlangan 
kapitalistik davlatlarining yetakchilaridan biri bo'lib qolgan edi.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish