O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

5
-
353
65


— katta yoshdagi davr (15—16 yoshdan to 50—55 yoshgacha);
— qarilik yosh (55 yoshdan yuqori).
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun 
aholining «qarilik» a n ’ananing davom etib borishi xarakterlidir 
(qarilik yoshdagi aholi ko'pchilikni tashkil etadi). Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa aholining tabiiy o'sish darajasi yuqoriligicha 
(40 % va undan yuqori) qolmoqda. Qarilik yoshdagi aholi (55—60 
yoshdan yuqori) rivojlanayotgan mamlakatlarda ko'pchilikni tashkil 
qilmaydi (taxminan 4—5 % atrofida).
9.4. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda
xalqaro mehnat taqsimoti
1994-yilning iyun va bundan keyingi davrlarda bo'lib o'tgan 
BMTning demografik muammolariga bag'ishlangan simfozium va 
yig'ilishlarida ekspertlar Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan m am ­
lakatlarida Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining tug'ilishni sun’iy 
ravishda kamaytirish to'g'risida chiqqan takliflarini qabul qilmadi. 
BMTning demografiya bilan shug'ullanuvchi ekspertlaming fikrlariga 
qaraganda, XXI asr aholining «qariyalar asri» bo'lishligi bilan 
xarakterlanar ekan. Shu munosabat bilan rivojlanayotgan mamla­
katlarda qarilik alomatlari davom etishi bilan bir qatorda rivojla­
nayotgan mamlakatlarda ham qarilikni ortish a n ’ana boshlanganligi 
ko'zga tashlanmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi aholi soni sanoati 
rivojlangan mamlakatlarda yashovchi aholi soni ustidan mutlaq jihati­
dan ustunligi keskin kuzatilib, unda «qariyalar» guruhiga kiruvchi- 
laming xalqaro munosabatlarda yangi muammolar paydo bo'ladi, 
ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlardan sanoati rivojlangan mamlakat- 
larga mehnatkash aholinng ommaviy ketib qolishligi holatlari kuzatiladi.
Jahon iqtisodiyotida inson resurslariga baho berish va tahlil 
qilishda ulaming kasbiy (professional) strukturasi va ish bilan bandlik 
tomonlari hisobga olinadi. Yer kurasi aholisining kasbiy strukturasi 
doimo iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish omillari 
majmuasi asosida shakllanib boradi. Bu holatlar esa ijtimoiy 
jamiyatning rivojlanishida, mamlakatlaming iqtisodiy yutuqlarida, 
milliy iqtisodning turli sohalarda ishchi kuchining o'zaro taqsim- 
Ianishida namoyon bo'ladi.
Jahon statistikasida «mutaxassislik» (professiya) tushunchasidan 
tashqari «kasbkorlik» tushunchalari ham mavjud bo'lib, bunday
66


tushunchalar jahon iqtisodiyotida aynan bir fikrni anglatmaydi. 
H aqiqatdan ham iqtisodiyotda m a’lum bir malakaviy tayyor- 
garlikka ega b o ‘lgan kishilar nihoyatda kam chilikni tashkil etib
ular boshqa k o ‘rinishdagi ish faoliyatlari bilan band bo'lib qolish- 
gan. XX—XXI asrlar bo'sag'asida dunyo aholisining professional 
o'rtacha ish bilan bandligi 41—49 % ni tashkil etgan. Shuningdek, 
jahon iqtisodiyoti fanida «aholining iqtisodiy faolligi» tushunchasi 
mavjud bo'lib, bu tushuncha nafaqat umumiy ishlab chiqarishni, 
balki ishsizlik va to'liq ish kuniga ega bo'lmagan (haftalik) ishsiz- 
likning yashirin ko'rinishlarini ham hisobga olib o'rganadi.
XX asrning 50—70-yillarida sanoati rivojlangan mamlakatlarida 
iqtisodiy faol aholining asosiy qismi (30—45 %) sanoat-qurilish 
ishlarida band bo'lishgan edi. Ammo lekin bu munosabat keyinchalik 
nisbatan o'zgarib borishi bilan bog'liq holda bu tarm oqlarda aholi 
sonining aw al nisbiy, keyinchalik mutlaq bandlik darajasi keskin 
kamayib borayotganligini ko'rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida aholining iqtisodiy faolligini pasayishi 
qishloq xo'jaligida kuzatilmoqda. Masalan, 1980— 1990-yillarda 
qishloq xo'jaligida band bo'lgan aholi massasi taxminan Buyuk 
Britaniya va Belgiyada 3—4 % atrofida, Shvetsiya va G FR da 5—6 % 
atrofida, AQSHda 3—4 % atrofida bo'lgan. Biroq, hozirgi kunda 
ham ba’zi-bir rivojlangan mamlakatlaming qishloq xo'jaligida band 
bo'lgan aholi soni yetarli darajada yuqoriligicha qolmoqda (aholining 
iqtisodiy faol qismini umumiy aholi bilan taqqoslaganda). Bunday 
ahvol, ayniqsa, Janubiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlariga 
xosdir (Italiya qishloq xo'jaligida iqtisodiy faol aholining 13— 15 % 
band bo'lsa, Gretsiyada 35—40 %).
Jahon iqtisodiyotida qishloq xo'jaligida band bo'lgan aholi soni 
qisqarib borishining dastlabki bosqichini XVII—XVIII asrlarga, 
ya’ni G'arbiy Yevropa mamlakatlarida mehnatga qobiliyatli aholini 
iqtisodiy qiynalib qolgan davrga to 'g 'ri kelgan edi. Ana shu davr- 
Iardan boshlab (asosan, XVII asrlardagi sanoat inqilobidan so'ng) 
G 'arbiy Yevropaning sanoat tarm oqlarida m ehnatga qobiliyatli 
aholi sonining mutlaq ko'tarilish jarayonlari yuz bera boshladi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sanoati rivojlangan m am la­
katlaming qishloq xo'jaligi bilan sanoat tarmoqlari o'rtasida «dinamik 
muvozanat» o'rnatildi (ya’ni, aholi sonining chiqishi va kelishi 
asosan tenglashgan edi). Ushbu kuzatilgan jarayonlar sanoat va 
transport sohasida ham, ayniqsa, xizmat ko'rsatish sohalaridagi 
ish bilan band bo'lgan aholining iqtisodiy faolligining o'sishi bilan
67


ham xarakterlidir (misol uchun XX asrning 60—70-yillarida 
AQSHning xizmat ko'rsatish sohalaridagi ish bilan band bo'lgan 
aholi massasi 50—52 % atrofida bo'lgan).
Jahon iqtisodiyotida 70—80-yillardayoq sanoati rivojlangan 
yetakchi mamlakatlarda xizmat ko'rsatish sohalari keskin rivojlanib 
ketgan edi. Bu o'sishni jahon iqtisodiyotida 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish